--⊱⊱ 321 ⊰⊰--
MODELLARI: INNOVATSION YONDASHUV VA AMALIY ISTIQBOLLAR
K. Usmonova
Andijon viloyati Izboskan tumani 8-DMTT
direktori , Xalq taʼlimi aʼlochisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada maktabgacha taʼlim tizimida hamkorlikni tashkil etishning zamonaviy modellari, ularning ilmiy-nazariy asoslari va amaliy tatbiqi tahlil qilingan. Xususan, davlat–xususiy sheriklik, ota-ona bilan strategik hamkorlik, tarmoqlararo integratsiya, raqamli hamkorlik hamda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish modellarining mazmuni ochib berilgan. Shuningdek, mazkur modellarni joriy etish mexanizmlari va taʼlim sifatiga taʼsiri ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
Kalit soʻzlar: maktabgacha taʼlim, hamkorlik modeli, davlat–xususiy sheriklik, tarmoqlararo integratsiya, raqamli taʼlim, jamoatchilik ishtiroki.
Annotatsiya
V statye analiziruyutsya sovremenniye modeli organizatsii sotrudnichestva v sisteme doshkolnogo obrazovaniya, ix nauchno-teoreticheskiye osnovi i prakticheskaya realizatsiya. Osoboye vnimaniye udeleno modelyam gosudarstvenno-chastnogo partnyorstva, strategicheskogo vzaimodeystviya s roditelyami, mejotraslevoy integratsii, sifrovogo sotrudnichestva i usileniya uchastiya obshestvennosti. Raskrivayutsya mexanizmi vnedreniya dannix modeley i ix vliyaniye na kachestvo doshkolnogo obrazovaniya.
Annotation
This article analyzes modern models of cooperation in the preschool education system, their theoretical foundations, and practical implementation. Special attention is paid to public–private partnership models, strategic cooperation with parents, intersectoral integration, digital cooperation, and increased community participation. The mechanisms for implementing these models and their impact on the quality of preschool education are scientifically substantiated.
Bugungi kunda maktabgacha taʼlim tizimi mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida hal qiluvchi boʻgʻin sifatida qaralmoqda. Zamonaviy jamiyat sharoitida taʼlimni anʼanaviy usullarda boshqarish yetarli emas. Shu bois maktabgacha taʼlimni boshqarishda yangi modellar, innovatsion menejment mexanizmlari va samarali institutsional hamkorlik tizimini joriy etish dolzarb vazifaga aylandi.
Ushbu maqolada maktabgacha taʼlimni boshqarish va hamkorlikni tashkil etishning zamonaviy modellari, ularning ilmiy-nazariy asoslari va amaliyotda qoʻllash mexanizmlari keng yoritiladi.
1. Maktabgacha taʼlimni boshqarishning zamonaviy modeli
1.1. Markazlashtirilgan boshqaruvdan detsentralizatsiyaga oʻtish. Anʼanaviy tizimda qarorlar asosan markaziy darajada qabul qilingan. Yangi model esa: mahalliy hokimliklar vakolatini kengaytirish, MTT rahbarlariga moliyaviy va akademik mustaqillik berish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kabi tamoyillarga asoslanadi.
--⊱⊱ 322 ⊰⊰--
Bu oʻz navbatida maktabgacha taʼlim tashkilotlarning tezkor qaror qabul qilishini va mahalliy ehtiyojlarga moslashuvchanligini oshiradi.
Boshqaruv tizimini takomillashtirish har qanday davlat taraqqiyotining asosiy sharti hisoblanadi. Maktabgacha taʼlim sohasida markazlashtirilgan boshqaruv modeli uzoq yillar amal qilib, barqarorlikni taʼminlab keldi. Biroq hozirgi islohotlar sharoitida ushbu model oʻzining barcha imkoniyatlarini ochib bera olmayotgani koʻzga tashlanmoqda. Shu bois detsentralizatsiyaga oʻtish — zamonaviy boshqaruvning eng muhim yoʻnalishlaridan biri sifatida qaralmoqda.
Markazlashtirilgan boshqaruvning mohiyati va cheklovlari
1.1. Markazlashgan tizim xususiyatlari
Markazlashtirilgan tizim quyidagi jihatlari bilan tavsiflanadi: qarorlar asosan yuqori tashkilotlar tomonidan qabul qilinadi;
barcha moliyaviy va maʼmuriy resurslar markaz orqali taqsimlanadi;
mahalliy darajada mustaqil qaror qabul qilish cheklangan;
1.2. Amaldagi muammolar
hujjat aylanmasining ortiqcha byurokratlashuvi;
qaror qabul qilishning sekinligi;
mahalliy ehtiyojlarni yetarlicha inobatga olmaslik;
rahbarlarda tashabbuskorlikning pasayishi.
Boshqaruv markazlashgan davrda ayrim MTTlarda hatto mayda taʼmir ishlarini amalga oshirish uchun yuqori tashkilotdan ruxsat kutish 2–3 oygacha choʻzilgan holatlar uchragan.
2. Detsentralizatsiyaning mazmuni va tamoyillari
Detsentralizatsiya — bu vakolatlarni markazdan hududiy va muassasaviy darajaga bosqichmabosqich oʻtkazishdir.
Asosiy tamoyillar:
Vakolat va javobgarlik birligi;
mahalliy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash;
fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokini kengaytirish;
resurslardan samarali foydalanish.
3. Maktabgacha taʼlim tizimida detsentralizatsiyani joriy etish yoʻnalishlari
3.1. Moliyaviy mustaqillik berish
Yangi modelda:
MTTlarga mustaqil smeta shakllantirish huquqi beriladi;
xomiylar va grantlar jalb qilishga ruxsat etiladi;
mahalliy budjet bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlash imkoni kengayadi.
Ayrim MTTlarga tajriba tariqasida mustaqil xoʻjalik yuritish huquqi berildi va ular bolalar maydonchasini homiylar hisobiga qisqa vaqtda yangilashga muvaffaq boʻlishdi.
3.2. Kadrlar siyosatida mustaqillik
Detsentralizatsiya sharoitida:
direktor va tarbiyachilarni tanlash jarayonida mahalliy komissiyalar faollashadi;
ichki attestatsiya tizimi joriy etiladi;
pedagoglarni ragʻbatlantirish boʻyicha ichkiy mexanizmlar ishlab chiqiladi.
--⊱⊱ 323 ⊰⊰--
MTTlarda mahalliy darajada oʻtkazilgan ochiq tanlov orqali saralab olingan tarbiyachilar ishga qabul qilinib, natijada jamoada sogʻlom raqobat muhiti shakllandi.
3.3. Oʻquv-tarbiya jarayonidagi mustaqillik
Endilikda:
MTTlar davlat umumiy standartiga tayanadi, lekin oʻqitish shakl va usullarini mustaqil tanlaydi;
innovatsion dasturlarni sinov tariqasida joriy etish imkoni kengayadi.
Bir qator MTTlarda “erta rivojlantiruvchi markazlar” tashkil qilinib, bolalar uchun maxsus STEAM burchaklari ochildi.
1.2. Strategik boshqaruv modeli
Yangi boshqaruv modeli qisqa muddatli vazifalar emas, balki, uzoq muddatli strategiya, indikatorlar asosida natijani baholash, risk-menejment, sifatni boshqarish tizimini oʻz ichiga oladi.
Har bir MTT uchun 5 yillik strategik rivojlanish rejasi ishlab chiqilishi zamonaviy talabdir.
Maktabgacha taʼlim tizimini samarali rivojlantirish faqat davlat resurslari hisobidan emas, balki barcha manfaatdor tomonlar oʻrtasida mustaxkam hamkorlikni yoʻlga qoʻyish orqali amalga oshadi. Zamonaviy sharoitda maktabgacha taʼlimda hamkorlik (partnership) tushunchasi yangi mazmun kasb etib, davlat, oila, jamoatchilik, xususiy sektor va nodavlat tashkilotlar oʻrtasidagi integratsiyaga asoslanmoqda.
Hamkorlikning ilmiy-nazariy asoslari
Zamonaviy pedagogik nazariyalarda hamkorlik quyidagi tamoyillarga asoslanadi, oʻzaro ishonch;, masʼuliyatni boʻlishish, ochiq muloqot, barqaror hamkorlik munosabatlari, maqsadlarning umumiyligi.
Hamkorlik maktabgacha taʼlimni boshqarishda “shaxs – oila – jamiyat” integratsiyasini taʼminlaydi.
Maktabgacha taʼlimda hamkorlikning yangi modellari
- Davlat–xususiy sheriklik (DXSH) modeli
Bu modelda: xususiy sektor bogʻchalar ochishga jalb qilinadi;
davlat tomonidan yer, soliq imtiyozlari va subsidiyalar beriladi. taʼlim sifati ustidan davlat nazorati saqlanib qoladi. Samarqand va Toshkent viloyatlarida davlat–xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan MTTlar orqali bolalar qamrovi sezilarli oshirildi. Ota-ona bilan strategik hamkorlik modeli
Ota-ona: faqat kuzatuvchi emas, taʼlim-tarbiya jarayonining toʻlaqonli ishtirokchisi, sifatida ishtirok etadi.
Hamkorlik shakllari: ota-onalar klubi, ochiq mashgʻulotlar, trening va seminarlar, raqamli muloqot platformalari. MTTda joriy etilgan “Ota-ona maktabi” loyihasi orqali ota-onalarning pedagogik savodxonligi oshirildi.
Tarmoqlararo integratsiya modeli
MTT quyidagi tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi:
sogʻliqni saqlash muassasalari, ijtimoiy himoya organlari, psixologiya markazlari, madaniyat va sport tashkilotlari, mahalla tuzilmalari.
Bolalar stomatologik koʻrigi tuman poliklinikasi bilan hamkorlikda muntazam oʻtkazilmoqda.
Jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish modeli
Bu model quyidagilarni nazarda tutadi: vasiylik kengashlari, jamoatchilik nazorati, volontyorlar faoliyati, mahalliy faollarni jalb qilish.
--⊱⊱ 324 ⊰⊰--
MTT huzurida “Jamoatchilik kengashi” tashkil qilinib, muassasa faoliyati ustidan ochiq jamoatchilik muhokamasi yoʻlga qoʻyildi.
Raqamli hamkorlik modeli
Zamonaviy sharoitda hamkorlik onlayn platformalar orqali amalga oshiriladi: elektron kundaliklar,mobil ilovalar orqali ota-ona bilan aloqa, onlayn monitoring tizimlari, masofaviy seminarlar. MTTlarida Telegram va maxsus platformalar orqali ota-onalarga har kunlik maʼlumot uzatish tizimi yoʻlga qoʻyilgan. Inklyuziv hamkorlik modeli. Bu model alohida ehtiyojli bolalar uchun: logoped, defektolog, psixolog, tibbiyot muassasalari, ijtimoiy xizmatlar bilan integratsiyaga asoslanadi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida eshitishida qiyinchilik bor bolalar uchun maxsus qoʻshimcha mashgʻulotlar tashkil etildi.
Hamkorlik modellarini joriy etish mexanizmi
Samarali joriy etish uchun: aniq meyoriy baza, rol va masʼuliyatlarni taqsimlash, monitoring va baholash, KPI indikatorlarini belgilash muhim hisoblanadi.
Yangi modellarning afzalliklari
Yangi hamkorlik modellari, taʼlim sifatini oshiradi, bolalar qamrovini kengaytiradi, shaffoflikni taʼminlaydi, jamoatchilik ishonchini mustahkamlaydi.
Maktabgacha taʼlimda hamkorlikning yangi modellari — taʼlimni faqat davlat zimmasiga yuklab qoʻymasdan, jamiyatning barcha resurslarini safarbar etishga qaratilgan innovatsion yondashuvdir. Bu modellar barqaror taʼlim tizimini shakllantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1. BMT. Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiya. – Nyu-York, 1989.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: “Oʻzbekiston”, 2023.
3. Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuni. – Toshkent, 2019.
4. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat–xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuni. – Toshkent, 2019.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maktabgacha taʼlim sohasini rivojlantirishga oid farmon va qarorlari. – Toshkent, 2017–2023.
6. UNESCO. Early Childhood Care and Education: Policies and Practices. – Paris, 2020.
7. UNICEF. Public–Private Partnerships in Early Childhood Education. – New York, 2021.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.