--⊱⊱ 72 ⊰⊰--
KOʻNIKMALARINI SHAKLLANTIRISH
Xaydarova Muqaddas Kaxramanovna
Jizzax viloyati, Zomin tumani 2-son
DMTT direktori
Annotatsiya: Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirish, sogʻlom ovqatlantirish, jismoniy chiniqtirish, ijtimoiy faolligini oshirish bo;yicha olib boriladigan ishlar mazmuni haqida maʼlumotlar berilgan.
Kalit soʻzlar: bola, oila, jismoniy madaniyat, maktabgacha taʼlim,organizm, salomatlik, sogʻlomlashtirish, hissiy farovonlik.
Oilada sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, uning maʼnaviy va tibbiy salomatligi negizidir. Sogʻlom turmush tarzi kishilarning hayot darajasi bilan, sihat-salomatligi, kayfiyati, intilishlari, ishonchi, kundalik oʻzgarishlar bilan, bu oʻzgarishlar qay darajada xalqimizning ehtiyojini qondirishi bilan, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va maʼnaviy taraqqiyoti darajasi bilan, eng muhimi yosh avlod tarbiyasini yuksak samaradorligini taʼminlaydigan chora-tadbirlar bilan bogʻliqdir.
Sogʻlom turmush tarzi oilaning farovonlik darajasi, sogʻligi, maishiy xizmatga boʻlgan ehtiyojlarini toʻla qondirish demografik jarayonlarni maqbul holatga keltirish, oila aʼzolarining maʼnaviy madaniyati, ongliligi, ahloqiy jihatlari va ijtimoiy mehnatdagi faolligi bilan belgilanadi.
Oilada turmush tarzi jismonan sogʻlom va aqlan barkamol yangi avlodni shakllantirish, mehnat qilish, dam olish va ijtimoiy faoliyat koʻrsatishga yordam beruvchi oqilona hayot tarzini tashkil etadi.
Sogʻlom turmush tarzini shakllantirish uy-joy sharoitini yaxshilash, oila byudjetini toʻgʻri taqsimlash, toʻgʻri va sifatli ovqatlanish, spirtli ichimliklar, giyohvandlik, chekishni qatʼiyan man etish, muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shugʻullanish, sanitariya-gigiena qoidalariga toʻla rioya qilish, maʼnaviy intellektual shaxs boʻlishni talab etadi. Oilani moddiy imkoniyatlarini yaratish, ota-onalarning ongliligi, maʼnaviyati darajasi farzandlarni jismonan sogʻlom, maʼnan boy qilib oʻstirishga imkoniyat yaratadi.
Atrof-muhitning ekologik musaffoligini taʼminlash, ekologik ong va tafakkurni shakllantirish ham aynan oilada amalga oshirilgandagina oilada sogʻlom turmush tarzini shakllanishida oʻzining ijobiy samarasini beradi.
Bolalarda jismoniy madaniyatni shakllantirishga qanday turtki beriladi? Sogʻlom turmush tarzi asoslari qoidalarini qanday rivojlantiriladi? Qaysi yoshdan boshlash kerak? – degan savollar har bir ota onani oʻylantirishi tabiiy. Maktabgacha yosh bolalarda sogʻlom turmush tarzini (STT) shakllantiruvchi poydevor yosh hisoblanadi. Uzoq umr koʻrish sirlaridan biri bu bolalikdan oʻz salomatligiga eʼtiborli boʻlishdir. Bolalikda shakllantirilmagan xususiyatni keyinchalik amalga oshirish juda qiyin. Bugungi kunda maktabgacha taʼlimning uzviy yoʻnalishlaridan biri bu, bolalar salomatligi darajasini oshirish, ularda STT koʻnikmasini shakllantirish, shuningdek doimiy jismoniy mashqlar, sogʻlomlashtirish ishlari hisoblanadi. MTT pedagoglari bolalarni turli vaziyatlarda salomatliklari uchun foydali boʻlgan narsalardan foydalanish, zararli odatlardan uzoq yurishga oʻrgatib borishlari lozim. Bolalarda kichikligidanoq oʻz salomatliklariga eʼtiborli boʻlish, uning uchun masʼuliyat hissini singdirib borishlari zarur. Zero, salomatlik bu – nafaqat kasal boʻlmaslik, bu
--⊱⊱ 73 ⊰⊰-- organizmning ishga yaroqlilik holati, ijodiy oʻsish hamda kelgusida barkamol shaxs kelajagining poydevori hisoblanadi.
Salomatlik bolaning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishining asosidir. Mazkur sohani oʻrgangan olimlar oʻtqazgan tadqiqotlar maktabgacha yosh bola hayotidagi qiyin davr ekanligini aytadilar. M.A.Runovaning fikricha, “faol haraktlanish” tushunchasiga inson hayoti davomida bajaradigan barcha harakatlar kiradi. Maktabgacha yosh bola organizmi uchun eng faol harakatlanish davri hisoblanadi. Harakatlarning barcha turlari oʻsayotgan organizmning asosiy ehtiyojidir. Harakatlanish faoliyati bolalarda miya faoliyatini yaxshilaydi, moddalar almashinuvini tezlashtiradi, gepofiz bezi tomonidan oʻsish gormonlari ishlab chiqishi tezlashadi. Shuni alohida taʼkidlab oʻtish kerakki, faol harakatlanish nafaqat bola salomatligiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, balki aqliy jihatdan ham uning rivojlanishiga taʼsir koʻrsatadi. Harakatlanish taʼsirida bolada hissiy anglash, iroda shakllanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda harakatlanishga ehtiyoj juda katta, ammo bu har doim ham zarur darajada amalga oshirilmaydi. Bugungi kunda bolalar koʻp vaqtlarini oʻtirgan holatda (stol atrofida, televizor qarshisida, kompьyuter va x.k.) oʻtqazadilar. Bu esa bolalar salomatligida qator muammolarni keltirib chiqaradi: umurtqa pogʻonasining zaiflashuvi, gavda tuzilishining buzilishi, umurtqa qiyshayishi, yassioyoqlik, tengqurlaridan rivojlanish darajasi pasayishi yoki tezlashib ketish va h.k.
Bolalarda STTni shakllantirishda oʻz tanasini oʻrganish, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, inson salomatligining ekologiya holatiga bogʻliqligini anglash, olgan bilimlarini tushunish va tizimlashtirish pedagogikaning asosiy komponent tizimi hisoblanadi. Jahon statiskasi koʻrsatishicha, dunyoda yildan yilga salomatligida muammosi boʻlgan bolalar soni koʻpayib bormoqda. Buning asosiy sabablari zamonaviy hayotdagi ijtimoiy muammolar, ekologiyaning buzilishi, oila va nikoh institutidagi rivojlanishning pasayishi, zararli odatlar: alkogolizm, chekish, giyohvandlik, taʼlim muassasalari va oiladagi zaif tarbiya tizimi etib koʻrsatilmoqda. Shu sababli bolalarda STTni shakllantirishning yangi, innovatsion metodlariga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Bolada STTni shakllantirishda oila va MTT katta rol oʻynaydi. Muammo nafaqat tibbiy, balki pedagogik hamdir, chunki toʻgʻri tashkil etilgan taʼlim-tarbiya faoliyati bola va jamiyat oʻrtasida koʻprik vazifasini bajaradi. Shu sababdan bola hayotida STTni shakllantirish boʻyicha MTT va oila hamkorligida turli xil faoliyat yoʻnalishlarini olib borish lozim. Aynan oilada va MTTda bolaning ilk rivojlanish davrida salomatlikning qadr-qiymati, uning hayotdagi maqsadi, bolaning mustaqil va faol rivojlanishi, oʻz salomatligini asrash va avaylash koʻnikmalari shakllantiriladi. STT nafaqat oddiy oʻzlashtirilgan bilimlar manbai, yashash tarzi, turli vaziyatlarga adekvat yondoshuv (bola kutilmagan vaziyatlarga koʻchada va uyda duch kelishi mumkin), oʻz hayoti uchun masʼuliyat va javobgarlik va mustaqil fikrlashidir. Biz oʻrgatayotgan barcha narsalarni bola real hayotda qoʻllay olishi kerak.
1-shoʻba
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.