ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

Mifonimlar talqiniga doir “O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi” va “O‘zbek tili teomorfik metaforalarining qisqacha konseptual lug‘ati”ning qiyosiy tahlili

Annotatsiya

Bilamizki, mifonimlar atoqli otlar guruhiga kiradigan to‘qima obrazlarning nomlari hisoblanadi. Mifonimlar haqidagi to‘liq ma‘lumotlarni biz, avvalo, “O‘zbek tili izohli lug‘ati” ning har uchala nashrida, shuningdek, “ O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da va Sh.T.Maxmaraimovaning “ O‘zbek tili teomorfik metaforalarining qisqacha konseptual lug‘ati” da uchratishimiz mumkin. Ularning har birida mifonimlar izohiga o‘ziga xos yondashilgan


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

Termiz davlat universiteti

Lingvistika:o‘zbek tili

2-kurs magistranti

Narbayeva Gulmira Abdullayevna Mifonimlar talqiniga doir “O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi” va “O‘zbek tili

teomorfik metaforalarining qisqacha konseptual lug‘ati”ning qiyosiy tahlili

Bilamizki, mifonimlar atoqli otlar guruhiga kiradigan to‘qima obrazlarning nomlari hisoblanadi. Mifonimlar haqidagi to‘liq ma‘lumotlarni biz, avvalo, “O‘zbek tili izohli lug‘ati” ning har uchala nashrida, shuningdek, “ O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da va Sh.T.Maxmaraimovaning “ O‘zbek tili teomorfik metaforalarining qisqacha konseptual lug‘ati” da uchratishimiz mumkin. Ularning har birida mifonimlar izohiga o‘ziga xos yondashilgan. Masalan, AJDAR mifonimi izohiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, , “O‘zbek tili izohli lug‘ati”da unga quyidagicha izoh berilgan: “AJDAR [f.------] 1 Afsonaviy katta ilon. O‘rtancha botir qarasa, g‘ordan boshi xumday, uzunligi xariday ajdar chiqib kelayotgan emish. “Chalpak yoqqan kun”. 2 Kaltakesakning daraxtlarda yashovchi, uchishga moslashgan, Janubiy Osiyoda tarqalgan turi”1. “ O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da esa AJDARga shunday ta’rif berilgan: “AJDAR, ajdarho, ajdaho- afsonaviy maxluq. 1) Turli xalqlar og‘zaki ijodida qanotli, og‘zidan o‘t purkaydigan ikki va undan ortiq boshli afsonaviy ilon obrazi. O‘zbek xalq og‘zaki ijodida yovuzlik timsoli. Doston, ertak, cho‘pchak va b.larda bosh qahramon yo‘lida uchraydigan asosiy to‘siq va uni yengib o‘tish albatta shart qilib qo‘yilgan; 2) ba’zan haddan tashqari katta ilonlar (mas.,bo‘g‘ma ilonlar ham) A. ga qiyos etiladi”2. Sh.T.Maxmaraimovaning “ O‘zbek tili teomorfik metaforalarining qisqacha konseptual lug‘ati” da esa AJDAR mifonimi quyidagicha izohlangan: “Ajdarho- (f.- ajdar) eng murakkab va universal timsol. Uzoq Sharq madaniyatida, ko‘pincha a. bilan ilon farqlanmaydi. A. ilon maqomi vazifasini o‘taydi. Xitoyda ilon-ajdar hayotning boshlanishi; kamalak, u dunyo va bu dunyo orasidagi ko‘prik, shuningdek. Muchallardan biri, shomonlik maqomini belgilovchi qiyofa. Hozirgi Xitoy, yaponiya, Koreya va Sharqiy Osiyo ibodatxonalaridasaqlanib qolgan 1 O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 2020.-B. 44 2 O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi .-Toshkent, 2000.- 1-jild, 140-bet shomonlar odatiga ko‘ra, shu kunlarda ham ajdar, ilon raqslari o‘ynaladi. Qadimgi turklar shomonchiligidaa.- Bo‘ron, Quyun timsoli; bulut, yashin kabi tabiat stixiyalari yaxlit holda a.-tangri. O‘zbek xalq ertaklarida a.-yovuz, yirtqich ruh timsoli. Hind, grek, arman xalqlarining afsona va miflarida a. suv, hosildorlik, sel, daryo, dengiz va boshqa tabiat stixiyalari xudosi. Nasroniylikda a. yovuz, qora kuch, shayton timsoli. S.P.Tolstov fikricha, a. Sharqiy Eron va Markaziy Osiyo qadimgi qabilalarining, Avestodagi dualistic miflariga asosan, dastlab Angro-Maynyu kulti bilan bog ‘langan. ( Avesto, Bundaxishna). A. skiflar madaniyatiga oid ot-ilon obrazini ifoda etuvchi gippokamp, ilonning genezisida yunon mifologiyasinning umuman ta’siri yo‘q deyiladi. M.E.Masson fikricha, Markaziy Osiyoning boshqa hududlarida bu fantastic mavjudot “ajdarho” deb atalgan. Qadimgi o‘zbek xalqida, mifologik timsollar va ular bilan bog‘liq kultlar, shuningdek, a. kultining kelib chiqishini chuqur o‘rgangan olim M. Jo‘rayev uning Amudaryo sohillarida yashovchi o‘zbeklar orasida urf bo‘lganini yozarkan, a.ning shamol, quyi olam, hayot daraxtining tubi, suv, obi hayot bilan bog‘liq holda talqin etilishini qayd etadi. Olim mazkur mifologik mavjudotning chizgilari va tasnifiga doir quyidagi aniq ma’lumotni keltiradi: “…ilon to‘qqiz yoshgacha <<ilon>> deb aytiladi. To‘qqizdan to‘qson yoshgacha <<afhi>> deyiladi. To‘qson to‘qqiz yoshdan to‘qqiz yuz yoshgacha ajdarho, to‘qqiz yuzdan to‘qqiz ming yoshgacha <<yuho>> deb ataladi”3. Ushbu ma’lumotlardan ko‘rishimiz mumkinki, AJDAR so‘ziga mazmunan bir xil izoh berilgan , ya’ni afsonaviy katta ilon deb ta’rif berilgan. Ammo mifonimlarni izohlashda ayrim farqlarni ham kuzatishimiz mumkin: “O‘zbek tili izohli lug‘ati” va Sh.T.Maxmaraimovaning “ O‘zbek tili teomorfik metaforalarining qisqacha konseptual lug‘ati”da so‘zning qaysi tildan kelib chiqqanligi aytib o‘tilgan, o‘z va ko‘chma ma’noda qo‘llanishi, maqol va iboralarda qo‘llanishining misollar yordamida tushuntirilishi esa bu so‘z haqida yanada kengroq tushunchaga ega bo‘lishimizga yordam beradi. “ O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da esa umumiy izoh berib o‘tilgan, qisqartma so‘zlarga ko‘proq duch kelamiz. konseptual lug‘ati” orqali esa, nisbatan kengroq, izohlangan mifonimning boshqa xalqlarda qanday shakllarda uchratishimiz mumkin, qaysi olimlar qanaqa ta’rif 3 Sh.T.Maxmaraimova “ O‘zbek tili teomorfik metaforalarining qisqacha konseptual lug‘ati”.-T. Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2018.-23-bet. berganligi haqidagi ma’lumotlarga ham ega bo‘lishimiz mumkin. Shuningdek, bu lug‘atda keltirilgan mifonimlar ko‘chma ma’noda ishlatilganda har bir ma’nosi misollar orqali tushuntirib berilgan.

Bundan tashqari, “O‘zbek tili izohli lug‘ati”dagi ayrim mifonimlarni biz “ O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da uchratmaymiz. Jumladan, azozil, alvasti, bo‘ji, duldul, jin, jodugar va boshqa bir qator mifonimlar izohi “ O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”ga kiritilmagan. Quyida mifonimlar “O‘zbek tili izohli lug‘ati”da , “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da hamda Sh.T.Maxmaraimovaning “ O‘zbek tili teomorfik metaforalarining qisqacha konseptual lug‘ati”da qanday izohlanganligini ko‘rib chiqamiz.

AJINA mifonimi “O‘zbek tili izohli lug‘ati”da shunday izohlangan: “ AJI NA [a.______- jinn] 1 ayn. jin1. Kampirlarning mish-mishlariga ko‘ra, kishi ko‘ziga ko‘pincha kechalari echki bo‘lib ko‘rinadigan “ajina” va “alvasti”lar makoni bo‘lgan bu ovloq joy obod bir sayilgoh bo‘lib qoldi. P. Tursun, O‘qituvchi. Ajina chalmoq Jin tegib, aqldan ozdirmoq. Falonchi odam yong‘oq tagida uxlab yotgan ekan, ajina chalib ketibdi. Oybek, Tanlangan asarlar. 2 ko‘chma Kichkina, jikkak, ko‘rimsiz odam haqida.-Yuzboshini nima qilding , ajina? –dedi Nishonbek Muharramga. B.Rahmonov, Mardlar qissasi”. . “ O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da esa ajina so‘ziga quyidagicha ta‘rif berilgan: “AJINA (arab.-jin) –turkiy xalqlar og‘zaki ijodidagi demonologik salbiy obraz. A. yovuz ruhlar haqidagi animistik tushuncha, e’tiqod mahsuli. Obraz sifatida kishilik jamiyati hali urug‘chilik bosqichida ekanligida shakllangan. Og‘zaki ijod namunalarida A. tashlandiq joy, chakalakzor, kimsasiz o‘tloqlarda uchraydi, asosan, suluv qiz, chaqaloq, sochi yoyiq kampir, qo‘zichoq, echki qiyofalarida namoyon bo‘ladi, deyiladi”. Endi Sh.T.Maxmaraimovaning “ O‘zbek tili teomorfik metaforalarining qisqacha konseptual lug‘ati”dagi ajina so‘zining izohiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, unda quyidagicha ma’lumot keltirilgan: “ Ajina-(ar.- jin) o‘zbek , tojik, qoraqalpoq, qizg‘iz va qisman qozoqlarda yovuz ruh ( Islom mifologiyasidagi jin obraziga monand) bo‘lib, odatda odamlarga shaklan kattalashib boruvchi ayol yoki echki ko‘rinishida namoyon bo‘lgan. A. ning makonini kishilar yashaydigan joylardan yiroq bo‘lgan ovloq manzillar, ko‘proq kultepalar deb bilishgan”. Ushbu izohlardan ko‘rishimiz mumkinki, har uchala lug‘atda ham ajina so‘ziga berilgan izohda ajinaning arabcha jin ma’nosini anglatishi, odamlarning ko‘ziga ko‘pincha ayol, echki bo‘lib ko‘rinishi, ovloq, tashlandiq joylarda uchrashi mumkinligi aytilgan. Farqi esa “ O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da ajina so‘zi faqat izohlangan, “O‘zbek tili izohli lug‘ati”da uning o‘z ma’nosida, ko‘chma ma’noda qanday ishtilishi gaplar bilan keltirilgan bo‘lsa, Sh.T.Maxmaraimovaning “ O‘zbek tili teomorfik metaforalarining qisqacha konseptual lug‘ati”da ajina mifonimi qanday xalqlarda uchrashi , ko‘chma ma’noda ishlatilganda aynan qaysi o‘rinlarda ishlatilishi misollar yordamida ko‘rsatib o‘tilgan.

Endi AZROIL so‘zining izohiga e’tiborimizni qaratsak. Azroil so‘ziga “O‘zbek tili izohli lug‘ati”da “AZROIL[a._____________ - o‘lim farishtasi] Islom dinida to‘rt farishtadan biri, jon oluvchi farishta; ajal farishtasi. – Gardanimdagi qarzlarimni uzgunimcha, Azroil jonimni olib qo‘ymasa edi,- dedi qarzga botgan kishi afandiga. “Latifalar”, -deb, . “ O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da “AZROILislom dinida to‘rt bosh farishtadan biri, jon oluvchi farishta. Rivoyatlarga ko‘ra, A. dastlab oddiy farishta bo‘lgan, Alloh Odamatoni yaratish uchun farishtalarni yerdan tuproq olib kelishga yuboradi. Yer qarshilik qiladi va farishtalar undan bir siqim ham yulib ololmaydilar. Bu ishni faqat A. bajarganligi sababli u o‘limdan ustun turuvchi farishta deb hisoblangan. U to‘rt ming qanotli, to‘rt yuzli va tanasida yer yuzida yashovchilar qancha bo‘lsa, shuncha ko‘zi hamda tili bo‘lgan dahshatli maxluq sifatida tasvirlanadi. A. odamlar taqdirini biladi, ammo ularning har birining o‘lish vaqtini bilmaydi. Bu muddat yaqinlashganda Alloh taxti oldida o‘sadigan daraxtdan o‘limga mahkum etilgan kishining nomi yozilgan barg uzilib yerga tushar ekan. Shundan keyingina A. qirq kun ichida uning jonini olishi kerak ekan. A. taqvodorlarning jonini osongina, gunohkorlarning jonini esa qiynab olar ekan. Joni olinayotgan odam A. ga turli qarshiliklar ko‘rsatsa-da, pirovard natijada yengilar ekan. Xristianlikdagi to‘rt asosiy farishta ( arxangellar-Gavriil, Mixail, Azrail, Serafiil) islomdagi Jabroil, Mikoil, Azroil va Isrofilga muvofiq keladi. Bular Qur’onda <<al-muqarrabun>> (yaqinlar, yaqinlashtirilganlar) deb atalgan”,- deb , Sh.T.Maxmaraimovaning “ O‘zbek tili teomorfik metaforalarining qisqacha konseptual lug‘ati”da esa “ Azroil- Azroil (ar.-) yoki Malakul-maut ( ar.- o‘lim farishtasi ). Insoniyat tarixida mavjud bo‘lgan dinlarning mundarijasida A.ning muhim o‘rni bor. Xristian dinida A. Esrail ( oxirat kuni osiy bandalarni qiynoqqa soluvchi g‘azab farishtasi), Ezrail, Guru Grantx Sohibda Azraa-iil ( o‘lim farishtasi), chuvash dinida Esrel ( o‘lim farishtasi) bilan qiyoslanadi”,- tarzida izoh berilgan. Har uchala lug‘atdagi azroil so‘zining izohi jon oluvchi ajal farishtasi sifatida izohlangan. Farqi esa, “O‘zbek tili izohli lug‘ati”da Azroil so‘zining ma’nosi umumiy qisqacha izoh va izohga monand gap yordamida ochib berilgan. konseptual lug‘ati”da ham so‘zning izohi o‘z ma’noda qanday, ko‘chma ma’noda qay hollarda ishlatilishi misollar yordamida tushuntirib berilgan. “ O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”dagi Azroil so‘zining ma’nosi esa nisbatan kengroq keltirilgan. Unda Azroil qanday farishta ekanligi, uning bunday maqomga qanday erishganligi, ko‘rinishlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lamiz.

ALVASTI so‘zining izohi faqat “O‘zbek tili izohli lug‘ati”da hamda konseptual lug‘ati”da berib o‘tilgan. . “ O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da esa bu so‘zning izohi keltirilmagan. Bu so‘z “O‘zbek tili izohli lug‘ati”da quyidagicha izohlangan: “ALVASTI 1 Sharq mifologiyasi va xurofiy tasavvurda: go‘yo har xil qiyofada ko‘rinadigan afsonaviy maxluq. Kampirlarning mish-mishlariga ko‘ra, kishi ko‘ziga ko‘pincha kechalari echki bo‘lib ko‘rinadigan “ajina” va “alvasti”lar makoni bo‘lgan bu ovloq joy obod bir sayilgoh bo‘lib qoldi. P. Tursun, O‘qituvchi.

2 ko‘chma Shu maxluqqa nisbatlash, u bilan ataluvchi shaxs (asosan xotinqizlarga nisbatan). Shu choqqacha birovga so‘zini bermagan, birovdan gap eshitmagan Begim, notanish xotindan dakki yedingmi, u alvastining ola-kula ko‘zlaridan qo‘rqib, kaltagidan qochdingmi? I. Rahim, Chin muhabbat”. Sh.T.Maxmaraimovaning “ O‘zbek tili teomorfik metaforalarining qisqacha konseptual lug‘ati”da ham Alvasti so‘zining ma’nosi keltirilgan bo‘lib , u quyidagicha: “ Alvasti-( turk.- al, albassi, alvasti, albarsti, albasli, albasliqatin, albis, almasti) turk, Qozon, Qrim, G‘arbiy Sibir tatarlari , qozoq, boshqir, oltoyliklar, turkman, qoraqalpoqlar, Ozarbayjon, qo‘miq, qorachoy singari ko‘plab turkey xalqlarda- suv stixiyasi- (tabiiy ofati) bilan bog‘liq yovuz jin (demon), shayton. … A. odatda, och rangli uzun sochlarini yoyib olgan badbashara ayol ko‘rinishida tasavvur qilingan. O‘tmishda uning jonivorlar va jonsiz buyumlarga aylana olish qobiliyatiga ishora qiluvchi qarashlar vujudga kelgan. Qozon tatarlari a.ni tezak, somon g‘arami yoki archa ko‘rinishini oladi deb ishonganlar. Ozarbayjonliklar uning oyog‘i o‘rnida qush panjasi bor deb hisoblagan bo‘lsalar, Qozon miflarida uning oyoq tovonlari teskari joylashgan holda yohud tuyoq bilan tasvirlangan. Turkiy xalqlarga mansub o‘zga miflarda a.ning peshonasida bitta ko‘z bo‘lganligi, u ham bo‘lsa tosh ko‘z yoki misdan ekanligi , shuningdek, qo‘llarida o‘tkir tirnoqlar bo‘lganligi aytiladi. Qirg‘iz va qozoqlar sariq va qizil a.ni farqlaganlar. A.ning asosiy atributlari (qurollari ) sifatida jodu kitobi, taroq va tanga tilga olingan.

Tasavvurlarga ko‘ra a.ning istiqomat joyi daryo va suv havzalari bo‘lib , odamzotga sochlarini tarab o‘tirgan holda namoyon bo‘lgan. Turk, ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz miflariga ko‘ra, a.ning odam tana a’zolaridan: o‘pka, jigar yoki yurakni o‘g‘irlashi mumkinligi haqidagi qarashlar mavjud bo‘lgan . Shuningdek, a.ning xomilador ayollarga ziyon yetkazishi haqidagi aqidalar ham bo‘lgan.

A.ni odamzotga bo‘ysundirish mumkin deb hisoblangan: buning uchun uning soch tolasiga ega bo‘lish lozim deb topilgan bo‘lsa, turkman va o‘zbeklarda a.ga tegishli biror buyum (jodu kitobi, taroq va tanga) ni olib qo‘yish, turklarda esa, alvastining kiyimiga ignani sanchib qo‘yish shart deb o‘ylangan.

Shundan kelib chiqqan holda , o‘zbek , bolqor, nog‘ay, qo‘miq, turkmanlar a.ni uy-ro‘zg‘or ishlarida, o‘z xo‘jayinining moddiy tomondan boyib ketishida ko‘makchiga aylanadi deb faraz qilganlar.

A.obrazi turkiy ellar mifologiyasi, shuningdek, qator xalqlarda, o‘zining analogimuqobiliga ega. Xususan, albasti (tojik), al pab (lazgin) , ali (gruzin), xal anasy, alk (kurd), aly, alk (arman) , almazi ( ingush va Chechen) , almas ( mo‘g‘ul) shular jumlasidandir.

Taxmin qilinadiki, o‘tmishda <<al >> nomli ma’bud semit xalqlarining <<ilu>> nomli obraziga yaqin bo‘lgan, <<basti>> esa, hind-yevropa atamasi sifatida <<ma’bud>> ma’nosini anglatgan. Bu atamaning o‘zi ham ruscha << shayton>> (bes), osetincha <<uas>> singari tushunchalarga yaqin turgan. Bundan kelib chiqadiki, a. obrazi hind-yevropa va semit tillar oilasining o‘zaro aloqadorlik munosabatlari natijasida yuzaga kelgan.

Dastlab, a. hosildorlik, farovonlik va ovchilik, yirtqich hayvonlar, homilador ayollarning homiysi sifatida qabul qilingan. Zardushtiylik dinigacha bo‘lgan davrda tarqalgan turli mifologik tizimlarning vujudga kelishi oqibatida , yovuz kuchlar qatoriga tushirilgan. Bu ilmiy qarash <<..A.- <<Ko‘hna Osiyo Zuhrosi (Anaxitasi) ning transformatsiyalangan shakli >> degan fikrga o‘ta yaqindir.

Rus mifologiyasida a.ning albasta, lobasta, lobosta, lopasta singari fonemik variantlari mavjud bo‘lib, ularning rus leksikonida paydo bo‘lishiga qo‘shni turkey xalqlar ta’sir ko‘rsatganlar. A.ning ko‘pincha rusalka, chertovka, bolotnitsa, vodyanixa –leshachixa, leshiy bilan tenglashtirilgan. Shunga qaramay, ushbu taqqosda islomiy hamda <<Avesto>> mafkurasiga zid keluvchi jihatlarni o‘rni bilan qayd etish lozim bo‘ladi. Ya’ni:

-G‘arb mifologik dunyoqarashida insu jins, yovuz ruhlar ko‘proq suv havzalari, daryo, ko‘llar ( ba’zan botqoqliklar) bilan bog‘liq holda tasavvur qilinadi. Go‘yo bu obrazlar ana shu hududlarda istiqomat qiladi. Biroq, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan ko‘hna qadriyatlarimizga muvofiq, suv, tuproq, havoni ifsoslantirish kata gunoh sanalib, azal-azaldan, birlamchi suv havzalari va ularning atrofi pok saqlangan. Shunga ko‘ra, suv kulti bilan bog‘liq barcha mifologik qarashlarimiz yovuz ruhlarning ishtirokidan holi bo‘lib kelgan. Aksincha, ins-u jins, alvasti, dev, ajina singari yovuz ruh timsollarining makoni sifatida kultepalar, ivirsiq va xaroba, kimsasiz maskanlar nazarda tutilgan va bundayin <<farishtasiz>> joylar xosiyatsiz bo‘ladi, deb hisoblangan”. Bundan tashqari , “ O‘zbek tili teomorfik metaforalarining qisqacha konseptual lug‘ati”da alvasti so‘zining o‘z ma’nosida qo‘llanilishi hamda ko‘chma ma’noda qo‘llanilishiga , ko‘chma ma’noda qo‘llanganda ham aynan qanday ma’noda qo‘llanganligiga oid misollar bilan izohlab berilgan. Yuqoridagi izohlardan ko‘rinib turibdiki, Sh.T.Maxmaraimovaning “ O‘zbek tili teomorfik metaforalarining qisqacha konseptual lug‘ati”da alvasti so‘zining kelib chiqishi, tasviri, qaysi xalqlarda qanday ishlatilishi haqida kengroq ma’lumot berilgan. Alvasti so‘zining ma’nosini izlagan kishi bemalol ushbu lug‘atdan foydalanib, yetarlicha bilimga ega bo‘lishi mumkin deb o‘ylayman.

ALP so‘zining izohi “O‘zbek tili izohli lug‘ati”da hamda “ O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da keltirilgan. “ O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da alp so‘zining ma’nosi quyidagicha keltirilgan: “ALP- 1) qad. Turkiy xalqlarda ikki qo‘shin o‘rtasida jang boshlanishidan avval yakkama-yakka olishuvda ishtirok etuvchi bahodir jangchi, muboriz. A.lar qo‘shinning zarbdor kuchi hisoblangan va ularning soni uncha ko‘p bo‘lmagan. A.larning qahramonligi, jasurligi aksar hollarda jang natijasini hal qilgan; 2) o‘zbek xalq dostonlarida g‘ayritabiiy kuch-qudrati, mardligi, jasorati va aql-farosati bilan ajralib turadigan qahramon sifati. Barvasta, sog‘lom, baquvvat jussali kishilar ham A. ga qiyoslanadi”. “ALP 1 Qadimgi turkiy xalqlarda ikki qo‘shin o‘rtasidagi jang boshlanishidan oldin yakkama-yakka olishuvda ishtirok etuvchi jangchi.

2 folk. O‘zbek xalq dostonlarida g‘ayritabbiy kuch-quvvati, mardligi, jasorati va sh. K. bilan ajralib turadigan qahramon sifati. O‘zi ekan nomi ketgan pahlavon, Alp Avazni ko‘rdingizmi, onajon. “Zulfizar bilan Avazxon”,- tarzida izohlanadi alp so‘zining ma’nosi “O‘zbek tili izohli lug‘ati”da. Berilgan izohlardan ko‘rishimiz mumkinki, har ikkala lug‘atda so‘zimiz deyarli bir xil izohlangan, va “O‘zbek tili izohli lug‘ati”da keltirilgan misollar bizga so‘zning ma’nosini yanada aniqroq tasavvur qilishimizga yordam beradi.

ANQO mifonimi haqida gapiradigan bo‘lsak, bu so‘z biz keltirayotgan har uchala lug‘atda ham izohlab berilgan. Xususan, “ O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da: “ANQO- afsonaviy qush. Qad. Sharq xalqlari afsona, ertak va dostonlarida bosh qahramonga homiy. U insonlar ko‘ziga ko‘rinmaydi, qanoti, pati oltin, kumush va b.dan deb ta’riflanadi. Xalqimiz orasida A. baxt, tole, davlat qushi, kimga soyasi tushsa, o‘sha baxtli bo‘ladi, degan fikr mavjud. Taqchil , kamyob narsalar haqidagi <<anqoning urug‘i>> degan ibora shundan olingan. Afsona, ertak va cho‘pchakalarda A. Semurg‘ga , Humoga ham o‘xshatiladi”,-deya izohlangan bo‘lsa, konseptual lug‘ati”da anqo haqida quyidagicha ma’lumot keltirilgan: “Anqo- ( ar.- …afsonaviy qush) arab mifologiyasidagi Alloh tomonidan har tomonlama afsonaviy qilib yaratilgan afsonaviy, mo‘jizaviy qush. A. Arabiston sahrosida yashagan Qaqnusga o‘xshatilgan. Hazrat Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” asarida a.ning Qof tog‘ida yashashi va qadimda Simurg‘ nomi bilan shuhrat topganligi bayon etiladi.

O‘tmishda payg‘ambar Xanzala ibn Safvonning as’hob ar-Ross xalqini bahaybat qushlar- a.lardan qutqarganligi to‘g‘risidagi afsonalar mavjud bo‘lgan. Xanzala o‘z xalqini a.lardan himoya qilishni so‘rab, Alloh Taologa iltijo qiladi. Uning tilagi amalga oshgach, as’hob ar-Ross jamoati yaxshilikka yomonlik bilan javob qaytaradi va Xanzalani quduqqa tashlaydi. Alloh bu xalqni yo‘q qiladi. Ba’zi rivoyatlarda ko‘rsatilishicha, a. tamomila yo‘qolib ketgan emas, lekin juda kam uchraydi. Qadimgi Sharq xalqlari afsona, ertak va dostonlarida bosh qahramonga homiy. U insonlar ko‘ziga ko‘ronmaydi, qanoti, pati oltin, kumush va b.lardan deb ta’riflanadi. Xalqimiz orasida a. baxt, tole’ , davlat qushi , kimga soyasi tushsa, o‘sha baxtli bo‘ladi degan fikr mavjud. Taqchil, kamyob narsalar haqidagi <<anqoning urug‘i>> degan ibora shundan olingan”. Berilgan izohlarni ko‘rib, uchala lug‘atdan biz anqo mifonimining izohi, etimologiyasi, xalq orasida qanday shakllarda uchrashi, so‘z natijasida vujudga kelgan iboralar haqidagi ma’lumotlarni olishimiz mumkin.

Endi BAHODIR so‘ziga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, biz bu so‘z haqida kerakli ma’lumotni faqat “O‘zbek tili izohli lug‘ati” hamda “ O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”dan topishimiz mumkin. “BAHODIR, botir- 1) O‘rta asrlarda turkmo‘g‘ul xalqlari qo‘shinida janglarda ko‘rsatgan ulkan jasorativa qahramonligi uchun beriladigan faxriy unvon. Chingiziylar davrida Chingizxon avlodidan b‘lmagan zodagonlar, yirik lashkarboshilarga B. unvoni berilgan. Keyinchalik B. ma’nosining ushbu ijtimoiy xususiyati yo‘qoladi va B. mo‘g‘ul zodagonlarining tarkibiy qismiga aylanadi. Turkiyshunos olimlarning fikricha, B. turkiy- mo‘g‘ulcha botir so‘zining forscha shaklidir. 2) Chingizxon hukmronligi zamonida xonning shaxsiy gvardiyasi. Bunday qism Chingizxon 1203-y. keroyitlar ustidan ga‘alaba qilgandan keyin tashkil etilgan. B. lar 1000 kishidan iborat bo‘lgan. Tarixchi Nasaviyning (13-a) ma’lumotiga ko‘ra, 1221-22-yillarda ularning umumiy soni 10000 kishiga yetgan. B. urush vaqtida ilg‘or qism (avangard) bilan birgalikda harakat qilgan, tinchlik vaqtlarida esa, xon qarorgohini qo‘riqlagan”,- deya “ O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da izohlangan bahodir so‘zi haqidagi ma’lumotni biz “O‘zbek tili izohli lug‘ati”da quyidagicha uchratamiz: “BAHODIR [ mo‘g‘. baatar – jasur, qo‘rqmas] 1 folk.Jismonan qudratli, pahlovon; devqomat. Rustam baland bo‘yli, keng yelkali, bahodir yigit bo‘lib yetishibdi. «Ertaklar». Bahodirlar bu maydonda Turush bermoqqa havasda. «Gulshanbog‘»

2 Hech narsadan hayiqmaydigan, dovyurak, botir; himmatli. Vatanparvar, jangovar bo‘l, hushyor bo‘l, xalqing bilan hamkor bo‘l. Habibiy. Hosil jonkuyarlari va yaylov bahodirlari safida ko‘plab mardi-maydonlar bor. Gazetadan.

3 ko‘chma Qudratli, ulkan, azamat. Bu yaltiroq ko‘zli, qop-qora uzun gavdali, po‘lat bahodir (poyezd) o‘z bag‘rida butun bir hayot olib kelmoqda. P. Tursun, O‘qituvchi”. Lug‘atlardagi so‘zning izohiga e’tibor beradigan bo‘lsak, “ O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da asosan, bahodir so‘zining kelib chiqish tarixi yoritilgan bo‘lsa, “O‘zbek tili izohli lug‘ati”da bahodir so‘zining hozirgi kunda qo‘llaniladigan ma’nosi hamda bu ma’nolarga mos keluvchi gaplar yordamida tushuntirib berilgan. Asosiysi har ikki lug‘at orqali biz o‘zimizga kerakli bo‘lgan ma’lumotni olishimiz mumkin.

BIBI MUSHKULKUSHOD so‘ziga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu so‘zning ma’nosi konseptual lug‘ati”da hamda “ O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da keng yoritib berilgan. “O‘zbek tili izohli lug‘ati”da esa, bibi seshanba tarzida bibi so‘zining tarkibida kelgan. Sh.T.Maxmaraimovaning “ O‘zbek tili teomorfik metaforalarining qisqacha konseptual lug‘ati”da bibi mushkulkushod so‘zining ma’nosi quyidagicha izohlangan: “ Bibi mushkulkusho-[toj: mushkullarni yechuvchi xonim] o‘zbek va tojik xalqlarida qiyin vaziyatlarda ko‘makka chaqirilgan, kelib chiqishi tojikcha personaj. Bibi –Seshanbi bilan bog‘liq miflarga yaqin turadi. Afsonaga ko‘ra, kambag‘al chol o‘tin terayotib, o‘rtog‘ini yo‘qotib qo‘yadi. Uni qidirish asnosida Bibi mushkulkusho yashaydigan g‘orga borib qoladi. Bibi mushkulkusho cholga agar har chorshanba unga bag‘ishlab yig‘in o‘tkazib tursa, o‘rog‘ini albatta topishini va hatto o‘tinni keragidan mo‘lroq to‘plashini aytadi.

“Bibi Seshanba” va “Mushkul kushod”da shu nomdagi qissalar o‘qiladi. Ularning birida o‘gay ona qo‘lidagi yetim qiz ko‘rgan qiyinchiliklar, Bibi Seshanba onaning ko‘magi bilan yorug‘ kunlarga yetishi hikoya qilinadi. Ikkinchisida esa qiyinchilik bilan kun ko‘rayotgan o‘tinchi cholning Bibi Mushkul kushodning : “ har kuni bir tangadan sadaqa qilasan”, -degan ko‘rsatmasiga amal qilib, mo‘l-ko‘lchilikka erishishi, yodidan ko‘tarilganida esa yana boshiga falokat tushib, zindonband bo‘lishi, o‘sha bir tangani sadaqa qilib yuborgachgina, ozodlikka chiqishi aytilgan. Ayollar islomiy ruh berish maqsadida, Bibi Seshanba, Bibi Mushkul kushod nomini zuhd ahllari nomi bilan bog‘lashadi.

Surxondaryo viloyatida ushbu mifologik personaj bilan bog‘liq marosimlar <<Bibimushkul>> nomi bilan o‘tkazilib, undagi har bir aqidaviy jarayon (toq miqdordagi noz-ne’matlarning ishtirokchilarga teng taqsimlanishi, otinoyi-qushnoch xotin boshchiligida qissani o‘qish, peshana va yuzga un surish(poklik) , yuzga oyna tutish (yorug‘lik), shirin suvdan niyat qilib ichish (shirin turmush ) va h. ) qat’iy tartib ostida amalga oshiriladi. Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda ham o‘tkazilib kelinayotgan bunday marosimlarda o‘tmishdagi holatlardan farqli, hazrat Muhammad (s.a.v)ga bag‘ishlab salovot o‘qiladi. Bu orqali, marosimning ziyrak ishtirokchisiga mushkullarning yechimini Allohning o‘zidangina so‘rash kerakligi ishora qilinadi”. “ O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da esa Bibi mushkulkushod va Bibi Seshanba alohida-alohida keltirilgan: “BIBI MUSHKULKUSHOD- o‘zbek va tojiklarning afsonalarida hayotdagi turli mushkullarni oson qiluvchi kampir siymosi. Rivoyatlarga ko‘ra, Bahovuddin Naqshbandning xolasi. Ayollar turmushlarida biror-bir baxtsizlikka uchragan kezlarida yoki ishlari yurishmaganda, odatda chorshanba kuni B.M.ni eslab , unga atab majlis qurishgan, ziyofat uyushtirishgan , tilanchilarga xayr-sadaqa berishgan. BIBI SESHANBA, Seshanba ona- o‘zbek va tojiklarning afsonalarida oilaviy baxt, shuningdek, ip yigirish va tikuvchilik kabi hunarlarning homiysi, piri. B.S. sharafiga ayollar seshanba kuni to‘planib, yig‘in, marosim o‘tkazish, uni keksa, oliyjanob kampir siymosida tasavvur etib, B.S.dan olaviy turmushda o‘zlari uchun saodat, ishlari uchun rivoj berishini tilab, u to‘g‘ridagi rivoyatlarni yodga olish, o‘qish odati bor”. Izohlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, lug‘atlarda Bibi Seshanba va Bibi Mushkulkushod mifonimlari bir-biriga yaqin turadi va deyarli bir xil, insonlarga mushkul kinlarda yordam beruvchi kampir qiyofasida jonlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 1-12-jild

2. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”. 2020-yil, 1-5-jild.

3. Sh.T.Maxmaraimova. “O‘zbek tili teomorfik metaforalarining qisqacha konseptual lug‘ati”.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.