Kirish: ushbu maqolada jamiyat ma’naviy salohiyatning shakllanish jarayonining o‘ziga xosligi, sharq mutafakkirlarining ushbu salohiyatni yuksaltirishdagi o’rni haqida so’z boradi. Shuningdek Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mirzo Ulug’bek singari shaxslarning ushbu jarayonda tutgan o‘rni va O‘zbekiston ma’naviy salohiyatining muhim xususiyatlariga alohida urg’u berilgan. Maqsad: O‘zbekistonda ma’naviy salohiyatning nazariy asoslari va tarixiy rivojlanishini tahlil qilish, buyuk olimlarning milliy mafkura va madaniy merosni shakllantirishdagi rolini ko‘rsatish. Materiallar va metodlar: tarixiy manbalar, falsafiy asarlar va madaniyatshunoslik tadqiqotlari o‘rganildi. Taqqoslash va tarixiy-kontekstual metodlardan foydalanildi. Natijalar va muhokama: tadqiqot natijalari al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino va Ulug‘bek asarlari O‘zbekistonning ilmiy-ma’naviy muhitini boyitganini ko‘rsatdi. Ularning merosi ijodiy tafakkur, ilmiy taraqqiyot va ma’naviy hamda ijtimoiy salohiyat integratsiyasini ta’minladi. Xulosa: O‘zbekistonning ma’naviy salohiyati buyuk olimlarning ilmiy yutuqlariga asoslangan. Ularning merosi milliy mafkura, madaniy meros va barqaror ijtimoiy taraqqiyotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Introduction: the article talks about the uniqueness of the process of forming spiritual potential in Uzbekistan, the role of Eastern scientists in increasing this potential. The role of such scientists as Musa al-Khorezmi, Ahmad al-Fargani, Abu Raikhan Beruni, Abu Ali ibn Sina, Mirza Ulugbek in this process and important features of the spiritual potential of Uzbekistan are also emphasized. Purpose: to analyze the theoretical foundations and historical development of spiritual potential in Uzbekistan, highlighting the role of prominent scholars in shaping national ideology and cultural heritage. Materials and Methods: historical sources, philosophical works, and cultural studies were examined. Comparative analysis and historical-contextual methods were applied to evaluate the contributions of classical scholars. Results and Discussion: the study shows that the works of al-Khorezmi, al-Fargani, Beruni, Ibn Sina, and Ulugbek enriched the intellectual and spiritual environment of Uzbekistan. Their legacy fostered creative thinking, scientific progress, and the integration of spiritual and social potential. Conclusion: the spiritual potential of Uzbekistan is rooted in the intellectual achievements of its scholars. Their contributions remain vital for strengthening national ideology, cultural heritage, and sustainable social development.