ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

Annotatsiya

Ushbu maqola o‘zbek demokratik  adabiyotining  yirik  namoyandalaridan  biri bo‘lmish Muhammad Aminxo‘ja Muqimiyning ijodiy me’rosini o‘rganishga qaratilgan. Shuningdek, uning  asarlari  matn   sifatida tahlil  qilingan  va  Muqimiyning  ilmiy-badiiy me’rosini puxta o‘rgangan bir qancha adabiyotshunoslarning fikrlari o‘rganilgan.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

Muqimiy ijodi badiiy matn sifatida

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

“O`zbek tili va adabiyoti” kafedrasi

katta o`qituvchisi

Muxlisa Sadriddinovna Muhitdinova,

2-kurs talabasi Ne’matova Mavsuma Ulug’bek qizi

Annotatsiya: Ushbu maqola o‘zbek demokratik adabiyotining yirik namoyandalaridan biri bo‘lmish Muhammad Aminxo‘ja Muqimiyning ijodiy me’rosini o‘rganishga qaratilgan. Shuningdek, uning asarlari matn sifatida tahlil qilingan va Muqimiyning ilmiy-badiiy me’rosini puxta o‘rgangan bir qancha adabiyotshunoslarning fikrlari o‘rganilgan.

Аннотация: данная статья посвящена изучению творческого наследия одного из крупнейших деятелей узбекской демократической литературы Мухаммада Aминходжи Мукими. Его произведения также были проанализированы как тексты и изучены мнения нескольких литературоведов, которые тщательно изучили научно-художественное наследие Мукими.

Kalit so‘zlar: qo‘lyozma asarlari, matnshunoslik, ijtimoiy-iqtisodiy hayot, aholining yashash tarzi, davlat boshqaruvi, iqtisodiy qarashlar, aholi farovonligi.

Ключевые слова: произведения, текстология, социально-экономическая жизнь, образ жизни населения, государственное управление, экономические взгляды, благосостояние населения.

O`rta Osiyoda XVIII-asr davomida yuz bergan siyosiy parokandalik natijasida Buxoro xonligi parchalandi va undan asosiy hududlari Farg’ona vodiysini egallagan Qo‘qon xonligi ajralib chiqdi va natijada O‘rta Osiyo uch xonlikka – Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklariga bo‘linib ketdi. Har bir xonlik tepasida turgan hukmdor o‘z mustaqil davlatining istiqlolini mustahkamlash va istiqboli uchun faoliyatini kuchaytirishga harakat qildi. Jumladan, mamlakatning moddiy va ma’naviy madaniyatini rivojiga alohida ahamiyat berish lozimligi ayon edi. Madaniyat uning tarkibiy qismi bo‘lgan san’atning barcha turlari sohasida salmoqli siljishlar, o‘sishlar ro‘y berdi, uning taniqli namoyondalari yetishib chiqdi. Bu davrda hunarmandchilik nafaqat yirik shaharlarda, balki qishloq joylarda ham o‘iga xos yo‘nalishda bordi. Aynan shu davrda vujudga kelgan dostonchilik - baxshichilik keying asrlardagi yuksalishiga va hozirgi rivojiga mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qildi. Ilm-fanning rivoji asosida yuzlab tarixiybadiiy asarlar, tarjima ishlari yaratildi. Ular madaniyatimiz xazinasida hozirgi kungacha bebaho me’ros bo‘lib qolmoqda. Ushbu davrlarda yuzlab turli hajmdagi me’moriy inshootlarning bunyod etilganligi, ta’mir ishlarining bajarilganligi esa moddiy madaniyatning rivoji salmoqli bo‘lganligidan dalolat bermoqda. Bu davrda ham ijod ahli kitobat, xattotlik ishlarida amaliy san’at, musavvirlik va tasviriy san’at namunalaridan samarali foydalanib, o‘zlarining betakror san’atlarini yuzlab asarlarga muhrladilar. Adabiyotda, ayniqsa, she’riyat ijodida yuqori yutuqlarga erishildi, deyilsa mubolag’a bo‘lmaydi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ijodning tarixiy asarlar yaratish, she’riyat sohalari bilan xalqning deyarli barcha qatlami vakillari shug’ullanadilar. Bu davrda ma’naviy sohalari ham yuksala bordi. XIX-asr boshlarida shakllangan Qo‘qon adabiy muhiti ham xonlikning madaniy hayotida katta o‘rin tutgan. Qo‘qon hukmdorlarning qator namoyondalari temuriylar an’anasini davom ettirib, o‘zlari ham ilm-ma’rifat bilan shug’ullanib bu sohani ravnaq topdirishga katta sa’y-harakat qilganlar. Ayniqsa, bunda, Qo‘qon xonlaridan Umarxon va Muhammad Alixon davrlari yaqqol ajralib turadi. Xususan, Akmal Sher, Amiriy, Boqixonto‘ra, Gulxaniy, Zavqiy, Zoriy, Maxmur, Muqimiy, Muhtazib, Mushrif, Nasimiy, Nizomiy, Xo‘qandiy, Nodir, Nozil, Pisandiy, Umidiy, Furqat, Shuxrat va boshqalarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Amiriy (Umarxon Norbo‘tabek o‘g’li (1787-1822yy) shoir va Qo‘qon xonligining hududining hukmdori edi. Umarxon davrida Qo‘qon adabiy muhiti shakllandi, ko‘plab madrasa, masjid va maktablar barpo etdi. O‘zbek mumtoz so‘z san’ati tarixida o‘zbek adabiyoti tarixiga «Qo‘qon adabiy muhiti» nomi bilan kirgan ulkan bir adabiy maktabni tashkil etgani va unga homiylik qilganligining o‘zi uning madaniyatimiz oldidagi beqiyos xizmatidir. Binobarin, uning boy adabiy me’rosi va serqirra madaniy-adabiy faoliyatini chetlab o‘tib, XIX- asr birinchi yarmi o‘zbek adabiyoti haqida to‘liq tassavur hosil qilish mumkin emas. Amir Umarxon 70 dan ortiq qalam ahlini atrofiga to‘plab butun bir adabiy muhitga asos soldi, uni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlab turdi, unga rahnamolik qildi. O‘zbek adabiyotshunosligi tarixida ilk marta she’riy yo‘l bilan yaratilgan mazkur tazkirada XIX-asr boshlari Qo‘qon adabiy muhitining 100dan ortiq vakillari haqidagi qimmatli ma’lumotlar mavjud. Qo‘qon adabiyoti vakillari ichida o‘sha davr voqea-hodisalarining diqqat bilan kuzatib borgan, turmush va tirikchilik muamolarini hal qilish haqida bosh qotirgan, xalqning orzu-umidlarini ifodalagan o‘zining insonparvarligi bilan alohida ajralib turgan Gulxaniy, Maxmur, Madan, Hoziq kabi shoirlar ijodida muhim g’oyaviy-badiiy yangiliklar ham ko‘rinar edi. Qo‘qon adabiy muhitining yana bir muhim xarakterli jihati shundaki, bu davrda bir qator taniqli va mashhur o‘zbek shoiralari iste’dodi keng rivoj topdi. Masalan, Dilshod otin, Zebuniso, Mohzoda Begim, Mahzuna, Mushtariy, Nodira, Nozuk Xonim, Uvaysiylarning ijodi ayricha ahamiyatga molikdir. Qo‘qon adabiyotining yirik va mashhur shoiralaridan biri Nodira Mohlaroyim (1792-1842) o‘zbek shoirasi ma’rifatparvar «Komila va Mahzuna» taxalluslari bilan she’rlar yozgan. Nodira bir necha kitoblarni ko‘chirtirdi va shoirlarni yangi-yangi devonlar asarlar, dostonlar yozishga tashviq qiladi. Nodira bozor va rastalar, masjid va madrasalar, karvonsaroylar qurilishiga e’tibor beradi. «Mohlaroyim madrasasi» «Dahmai shohon» majmuaasini Nodira qurdirgan. Nodira she’riyatining asosini lirika tashkil etadi. U muhabbat, sadoqat, vafogo‘y kuychisidir. Shoira go‘zallik va sadoqatli Sharq xotin-qizlarning dard-alamlari ohu-fig’onlari kuylaydi. Qo‘qon adabiyotining ma’rifatparvar vakillaridan biri Zebunisodir. U XIX asr o‘zbek shoirasi hisoblanadi. U Qo‘qonda tug’ilib yashab ijod qilgan vakili hisoblanadi. Shoira o‘z davridagi xotin-qizlarning ayanchli qismati, ularning huquqsizligi va mudhish hayotini tasvirlab, o‘zi yashayotgan tuzumning adolatsizligidan shikoyat qiladi. Qo‘qon adabiy muhitining samarali ta’siri o‘laroq bu yurtdan keyinchalik Muqumiy, Furqat, Zavqiy va boshqa yetuk badiiy so‘z san’atkorlari yetishib chiqdi. Umuman olganda, XIX-asrning o‘rtalariga kelib, O‘rta Osiyo xonliklarida adabiyot va tarixshunoslik bilan bir qatorda matematika, tibbiyot, geografiya, astronomiyaga oid hamda diniy asarlar yaratildi. Bu xonliklarda miniatura va xattotlik san’ati ham o‘z o‘rniga ega. Bu davrning madaniy hayotida dorbozlik, askiya, qo‘g’irchoq teatri, masxarabozlik, ayniqsa, bastakorlik bir muncha rivojlandi. DS Lixachev fikricha: “Matn tarixi tushunchasi ma’lum asar matnining barcha masalarini qamrab oladi. Modomiki, matn tarixi badiy asar matniga oid barcha muammolarni qamrab oladi, chunki o‘zbek matnshunosligida bu nazari muammo kachondan kelib chiqqan holda o‘rganilgani, boshqacha aytganda, matn tarixi muammosining genesis haqida fikr tug’ilishi zarur. Mutaxassislar matn tarixini tadqiq qilish idizlari Qur’oni karim va hadisi shariflarning urganilishi bilan bog’lik bo‘lgan ta’kidladi.

Matnshunoslik — yordamchi tarixiy filologik fan sohasi, adabiyot va folklorga oid qoʻlyozma asarlarni, tarixiy hujjatlarni, ularning aniq matnlarini aniqlash va tanqidiy oʻrganish, sharhlab eʼlon qilish maqsadida ular ustida tadqiqotlar olib boradi. Muqimiyning vazifasi matnni har tomonlama tadrijiy-tanqidiy (matn tarixiga chuqur kirib borish, matnni yaratishda foydalanilgan manbaalarni, muallif taxrirlari, variantlari va boshqalar) oʻrganib, nashrga tayyorlashdan iborat. Muqimiyning kuyidagi asosiy xillari farqlanadi: antik, oʻrta asr va yangi adabiyot. Mas, kad. yunon olimi Aristarx (miloddan avvalgi X -asr) Gomer asarlari matnini tanqidiy oʻrgangan. Sharq islom olamida VII-asrdan hozirgacha bir harfi oʻzgarmay, mashhur xattotlar tomonidan minglab nodir nusxalarda koʻchirilgan qoʻlyozmalardan biri muqaddas Qurʼoni Karim matnidir. Ular dunyoning turli joylaridagi kutubxonalarda saqlanadi. Uygʻonish davrida antik adabiyot yodgorliklarining dastlabki koʻrinishlarini, asliy matnlarini tiklashga qiziqish kuchaygan.Oʻzbekistonda Muqimiy oʻz tarixiga ega. O‘rta Osiyoda hadis ilmining rivoji, mashhur muhaddislarimizning hadislarni sanadlariga ko‘ra sahih, nosahih, hasan, qudsiy kabi turlarga ajratib chiqishlari, mufassirlarning esa Qur’oni Karimni tafsirlash, sharhlash, fiqhiy masalalar bilan bog’liq ijmo‘, aqoyid ilmlarning keng yoyilishi manbashunoslikda va matnshunoslikda muayyan an’analar paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Hadis to‘plamlari, fiqhiy majmualar, diniy naql va rivoyatlardan xrestomatiyalar tuzish va ularni ko‘chirish maktablari shakllandi. Imom Buxoriy, Burhoniddin Marg’inoniy ilmiy merosi keng o‘rganilib, ularning asarlari matnlari ustida turli tajribalar olib borilgan. Jumladan, ularning asarlari to‘liq holda yoki juzvlarga bo‘lingan holda ko‘chirilgan. Ko‘pincha muayyan boblar alohida matn sifatida shakllantirilib, majmualar tarkibiga kiritilgan. Ayrim holatlarda asarlar qisqartirib ko‘chirilgan. 1400 yil davomida Oʻzbekiston olimlarining arab, fors va oʻzbek tilida yaratgan koʻplab yirik durdona asarlari oʻz davrida, undan keyingi davrlarda oʻrganilib, xattotlar tomonidan koʻchirilib, xató-nuqsonlari boshqa nusxalar orqali toʻgʻrilanib, hozirgi kunimizga qadar yetkazib kelingan. Bu ishga rus olimlari V. V. Bartold, I. Yu. Krachkovskiy, A. K. Borovkov, A. N. Kononov va boshqa ham munosib hissa qoʻshishdi. Respublikamizda M. boʻyicha ishlar Oʻzbekiston FA Til va adabiyot, sharqshunoslik institutlarida olib borilmoqda. Alisher Navoiy asarlarining ilmiyt anqidiy matnlarini tayyorlash va nashr ettirishni S. Ayniy ("Hamsa"ning qisqartirilgan nashri), O. Sharafiddinov, I. Sultonov ("Mezon ul-avzon"), A. N. Kononov ("Mahbub ul-qulub") va boshqa amalga oshirdilar. Matnshunos olim P.Shamsiyev Navoiy "Hamsa"sining toʻla va yaxlit bir kitob holida nashrga tayyorlash borasida murakkab matnchilik tadqiqiy ishlar olib bordi. Natijada "Hamsa"ga kirgan besh doston: "Hayrat ul-abror", "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Sabʼai sayyor", "Saddi Iskandariy"larning barcha nashrlarini Sultonali Mashhadiy, Abdujamil Kotib va boshqa kotiblar tomonidan koʻchirilgan nusxalari bilan qiyoslab, "Hamsa"ning asl matniga yaqin keladigan ilmiy-tanqidiy matnini tayyorladi va 1960 yil nashr ettirdi. Hamid Sulaymonov Navoiyning "Xazoyin ulmaoniy" asari tanqidiy matnini tayyorlab nashr ettirdi (1958—61). S. Gʻaniyeva "Majolis unnafois" asari tanqidiy matnini tayyorladi. Oʻzbek olimlardan S. Mirzayev, Gʻ. Karimov, S. Mutallibov, S. Dolimov, R. Majidiylarning matnchilikdagi xizmatlari natijasida bir qator oʻzbek mumtoz shoirlarining asarlari nashr etildi. Yozuvchi va shoirlardan Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Hamza, Oybek, Hamid Olimjon, Gʻafur Gʻulom, Usmon Nosir asarlari matnini nashr etishda ham M. ishlari amalga oshirildi. Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi asarlari matnini tayyorlash, nashr etish sohasida B. Karimov, H. Zarifov, 3. Karimova, M. Afzalov, T. Mirzayev, M. Murodov va boshqa xizmatini taʼkidlash mumkin. Muqimiy asarlari turli xil qo‘lyozma va toshbosma baozlarda, san’atkorlarning yon daftarlarida, adabiyot havaskorlari kolleksiyalarida, airim brocade of kogzlarda turli xil odamlarning kulida saqlanib kelgan. Shoir asarlarini yigish va nashr etishda professor G’ulom Karimovning xizmatlari katta bo‘ldi. Muqimiyning "Asarlar To‘plami" da to‘rt marta chop etdi. Garchi o‘sha davrda Muqimiy asarlarini tulik va mukammal bo‘lmagan holda nashr etish imkoni bo‘lmasa ham, olim shoir adabiy me’rosini birinchilardan bo‘lib o‘rgandi, o‘rta va oliy ta’lim dasturlariga, darsliklariga olib kirdi.

Xulosa qilganda, Muqimiy o‘z asarlarida o‘zi yashab o‘tgan davrning ijtimoiyiqtisodiy holati haqida ma’lumot bera olgan. Bundan tashqari u o‘z davrida adolatparvarlardan biri bo‘lgan va jamiyatdagi turli illatlarni har doim tanqid qilib kelgan. U uchun o‘zining yaxshi yashashi emas, balki jamiyat farovonligi birinchi o‘rinda turgan. U xalq qadriyat va ana’analarini hurmat qilgan va o‘z davrida oddiy inson bo‘lib, xalq orasida katta hurmatga ega bo‘lgan shaxslardan biri bo‘lgan. Uning hayot yo‘li insonlar uchun o‘rnak sifatida qarash mumkin. Chunki u har doim adolat tarifida bo‘lgan va jamiyat rivojlanishiga hissa qo‘shishga harakat qilib yashagan. Shundan kelib chiqqan holda, Muqimiyning hayotini va asarlarini nafaqat O‘zbekistonda balki, butun dunyoda keng jamoatchilikka yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa yoshlar tarbiyasida Muqimiy tamoyillargi tayanish orqali yaxshi natijaga erishish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Jo‘raboyev, Otabek. 2001. “Qo‘lyozma manbalarda Muqimiy ijodi”. Til va adabiyot taʼlimi 3: 36 – 40.

2. Umid Bekmuhammad. Muhtojlikdagi Muqimiy. Xurshid Davron kutubxonasi.

3. Peculiarities of Muqimi’s Work and Its Significance Muhitdinova M. S. - Central Asian Journal of Literature, Philosophy and , 2021

4. Saydullayeva Muazzamxon. Bitiruv malakaviy ish. “ Yozuvchi hayoti va ijodini o‘rganishda savol va topshiriqlarning o‘rni” T. 2018

5. Vol. 2 No. 4 (2023): THE ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN

THE MODERN WORLD /ОСНОВНЫЕ ЧЕРТЫ ТВОРЧЕСТВА МУКИМИ

6. Po‘latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta’limning rivojlanish bosqichlari.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.