TASNIFI
Qodiriy Firdavsxon Nodirjon qizi
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabasi
fkadiriy1822@mail.ru
ANNOTATSIYA
Maqolada o‘zbek adabiyotining atoqli adibi, shoir va yozuvchi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekning “Bolalik (xotiralarim)” qissasi haqida ma’lumotlar berilgan. Adibning ushbu ijodiy merosi va adib to‘g‘risida ilmiy fikrlar bayon etilgan va asar bo‘yicha shaxsiy fikr va mulohazalar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: bolalik, xotiralar, qissa, tarix, hikoya, o‘zbek xalqi, milliy o‘yin.
CLASSIFICATION OF THE CHILDHOOD STORY OF MUSA
TASHMUHAMMAD'S SON OYBEK
ANNOTATION
ABSTRACT
The article provides information about the story "Childhood (my memories)" by the famous writer of Uzbek literature, poet and writer Musa Tashmuhammad son Oibek. Scientific opinions about this creative heritage of the writer and the writer are presented, and personal opinions and comments about the work are given.
Key words: childhood, memories, narrative, history, story, Uzbek people, national game.
КЛАССИФИКАЦИЯ ИСТОРИИ ДЕТСТВА МУСЫ ТАШМУХАММАДА,
СЫНА ОЙБЕКА
АННОТАЦИЯ
В статье представлена информация о рассказе «Детство (мои воспоминания)» известного писателя узбекской литературы, поэта и писателя Мусы Ташмухаммеда сына Ойбека. Представлены научные мнения об этом творческом наследии писателя и писательницы, а также даны личные мнения и комментарии о произведении.
Ключевые слова: детство, воспоминания, повесть, история, повесть, узбекский народ, национальная игра.
KIRISH
O‘zbek she'riyatining yorqin vakili va kitobxonlar qalbidan alohida o‘rin egallay olgan yozuvchi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek o‘zbek adabiyoti chuqur iz qoldirgan buyuk adiblaridandir. Uning "Bolalik" qissasi o‘zbek adabiyotida eng qimmat meros hisoblangan asarlar qatoriga kiradi va bu asar bir necha marta qayta nashr etilgan va turli tillarga tarjima ham qilingan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Yozuvchi 1963-yili qoraqalpogistonlik saylovchilar bilan uchrashuvda qilgan nutqida “Bolalik xotiralarimni tamomladim”, deya ta’kidlagan. Shu sababli ham muallifning “Bolalik” qissasi “Bolalik xotiralarim” deya atalgan. Yozuvchi Oybek bu xotiralarda bolalik chog‘ida boshidan kechirgan, Nikolay podsho va mahalliy hokim, beklar, din ahli hukm surgan davrni hamda Lenin rahbarligida Sovet hokimiyati barpo qilingan, mehnatkashlar azob-uqubatlardan ozod bo‘lgan yangi sovet davrining ilk kunlarini tasvirlaydi, “Bolalik” asarini o‘qir ekansiz, savodsiz, diniy xurofot ichida o‘ralib qolgan o‘zbek mehnatkashlari, boylar, mirshablar, devonalar, qalandar va darveshlar, xo‘roz urishtirish, bedanabozlik, eski diniy maktab, arava zo‘rg‘a sig‘adigan qing‘ir-qiyshiq tor ko‘chalar, pastak-pastak uylar, kichkina do‘konchalar, yoymachilik, eshak, ot, tuya, konka umuman olganda oldingi eski shahar gavdalanadi. Bu qissa orqali eski Toshkentni va umuman o‘zbek xalqining sovet hayotini Oybek xotiralari asosida ko‘z oldimizga keltirish mumkin. Adib ushbu xotiralarida o‘tgan tarixning yosh va navqiron guvohi sifatida kelajak avlodlar bilan muloqotga kirishadi. Kitobxonlarga o‘sha yillarning tirik nafasini purkab, xalqimizning mashaqqatli turmush tarzi, urf-odatlari, orzu va intilishlari haqida darak berib turadi.
Oybekning “Bolalik” nomli avtobiografik asarida bosh qahramon Musavoy muhtaram Oybekning o‘z aksi bo‘lib, yoshlik haqidagi nozik xotiralarini bolalarning kulgisidek musaffo tilda hikoya qiladi. Ushbu xotira yo‘laklari bo‘ylab sayohatlar o‘tgan davrlarning jo‘shqin tuslari bilan bezatilgan, chunki Oybek qalami nafaqat uning bolalikdagi injiqliklarini abadiylashtiribgina qolmay, balki davrning eng muhim voqealarini ham haqiqiy va haqqoniy tarzda tasvirlab beradi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
“Bolalik” qissasi nafaqat shaxsiy sarguzashtlarni hikoya qiladi, balki katta hayotiy tajriba bo‘lib xizmat qiladi, unda chuqur tushunchalar va davrning xarakterli lahzalari o‘zining yorqin ifodasini topadi. Muallif qalamining har bir harakati orqali bu qissa shunchaki hikoya emas, balki zamon talqinini shakllantiradigan umuminsoniy haqiqatlarning yorqin aksi ham hisoblanadi. Bu adabiy manzara ichida bosh qahramon Muso bobosi Otaqo‘zining doimiy davrasida, umr yo‘llarida sayr qilib, bu muhtaram ustozi tomonidan latifalar, xalq ertaklari, hikoyatlari bilan chizilgan dunyoga sho‘ng‘iydi. Bundan tashqari, ona tomondan bobosi bilan bo‘lgan nozik rishta Musoning tushunchasini chuqurlashtiradi, chunki u bobosi huzuridagi xalifalarning turli xil hangomalarini o‘ziga singdiradi. Qolaversa, onasi Karomatning Mashrab hamda Fuzuliy g‘azallarini o‘qishi Musoda kitob olamiga, she’riyatga chuqur qiziqish uyg‘otadi, uning qalbida adabiyotga bir umrlik muhabbat urug‘ini qadab qo‘yadi. Yosh shoir ulg’aygani sayin uning qalbidagi tuyg’ular yanada samimiylasha, teranlasha boradi. Jonivorlarga bo’lgan bolalik mehri katta insoniy sevgi daryosiga kelib tutashadi.
Oybek parrandalar orqasidan quvib, tomma-tom varrak uchirib yurgan, arzon shaftolini xarid qilib, qimmatroqqa sotmoqchi bo‘lgan-u, ammo chuv tushgan, choyxona-yu do‘konlarga kirib mo‘ysafid kishilarning suhbatlariga quloq tutishni sevgan bolakay bo‘lgan. Yozuvchi bolalar dunyosini, ularning fikrlari va o‘ylarini qanchalik yaxshi bilishini ushbu qissa orqali oshkor etadi. Chunki bu asarda bolalar xarakteri va dunyosining eng nozik jihatlari hamda murakkablik tomonlari ham mohirlik bilan yoritilgan. “Bolalik xotiralarim” qissasida Musavoyning tengdosh do‘stlari Turgʻun, Aʼzam, Ahmad, Qodir, Hoji, Sobir obrazlari ham berilgan. Ularning har biri oʻz shaxsiy xarakter va qiyofalariga ega edi. Ularning turmush tarzi va hayoti yo‘li turlicha bo‘lishiga qaramasdan doim birga edilar. Asarda oldingi bolalar o‘ynagan eski o‘zbek milliy o‘yinlari ham kiritilgan bo‘lib, bunga alohida e'tibor qaratilgan: oshiq va chillak o‘yinlari, tol novdalaridan foydalanib ot qilib minish kabi. Oybek oʻsha davr tashvishlari bolalar hayoti va taqdirini chetlab o‘tmaganini mahorat bilan tasvirlaydi. Ushbu asar bolalikning beg‘ubor davri hamda sovet davri o‘zbek bolalari turmush tarzi, ularning kechinmalari hikoyasidir.
Oybek xalq tili boyligini ruhini mukammal bilgan va ulardan ustalik bilan foydalana olganligi uchun ham asarning tili shirali, sodda va hammaga tushunadigan tarzda ravondir. Asar tilining bu fazilati, eng avvalo adibning tabiiylikni ta‘minlashi bilan o‘lchanadi.
XULOSA
Rassom o‘z bolaligini faqat ayrim manzaralar orqali aks ettirishi mumkin. Boshqalar ham tovush va ohanglar yordamida bolalik olamini ba'zi bir lavhalar ichra jonlantira oladi. Lekin bolaligining va umuman hayotining katta bir davr oralig‘idagi nafasini faqat yozuvchi tasvirlashi mumkin. Ammo bolalik xotiralarini asar sifatida yozish huquqi hammaga ham nasib etavermaydi, bu huquq hatto yozuvchilar ham butun umrlari davomida qozongan obro‘-e’tiborlari bilan qo‘lga kiritadilar. Oybek esa bu huquqqa erisha olgan buyuk yozuvchidir.
REFERENCES
1. Oybek. Bolalik xotiralarim, “Yosh gvardiya” nashriyoti, Toshkent – 1963
2. Oybek. Bolalik xotiralarim, “G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at” nashriyoti, Toshkent – 1995
3. Karimov N. Oybek. Atoqli o‘zbek yozuvchisi hayoti va ijodidan lavhalar. Toshkent: “Yosh gvardiya”, 1985 yil.
4. A.Zunnunov., N.Xotamov Adabiyot nazariyasidan qo`llanma. O`rta maktablarning yuqori sinflari uchun. – T.: O`qituvchi, 1978
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.