OʻRTA MASOFAGA YUGURUVCHILARDA CHIDAMLILIKNI TARBIYALASH METODIKASI
Annotatsiya
Mazkur maqola o‘rta masofaga yuguruvchilarda chidamlilikni tarbiyalash metodikasiga bag‘ishlangan bo‘lib, sportchilar jismoniy tayyorgarligining muhim omili bo‘lgan chidamlilikni rivojlantirish masalalarini yoritadi. O‘rta masofaga yugurish yurak-qon tomir va nafas olish tizimlariga katta yuklama beruvchi murakkab energetik jarayonlarga asoslanadi. Shu bois boshlang‘ich tayyorlov bosqichida sportchilarning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda, chidamlilikni bosqichma-bosqich va ilmiy asosda shakllantirish muhimdir.Maqolada mashg‘ulotlarning hajmi va intensivligi, siklik hamda intervalli mashg‘ulotlarning fiziologik asoslari va amaliy samaradorligi tahlil qilingan. Amaliy kuzatuvlar natijasida boshlang‘ich tayyorlov guruhidagi sportchilarda chidamlilik darajasining barqaror oshgani aniqlangan. Ushbu maqola murabbiylar, sport pedagoglari va tadqiqotchilar uchun amaliy ahamiyatga ega.
This article is devoted to the methodology of developing endurance in middle distance runners and highlights the issues of endurance development as an important component of athletes’ physical fitness. Middle-distance running is based on complex energetic processes that place significant stress on the cardiovascular and respiratory systems. Therefore, it is essential to develop endurance gradually and on a scientific basis, taking into account the individual characteristics of athletes at the initial stage of training. The article analyzes the volume and intensity of training loads, the physiological foundations of cyclic and interval training, and their practical effectiveness. Practical observations revealed a stable increase in the endurance level of athletes in beginner training groups. This article has practical significance for coaches, sports pedagogues, and researchers.