ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

OLAMNING LISONIY MANZARASIDA "EZGULIK" KONSEPTINING AHAMIYATI VA UNI TURLI TILLARDA IFODALANISHI

Annotatsiya

Mazkur maqola keying yillarda lingvistikaning dolzarb mavzularidan biri bo’lgan olamning lisoniy manzarasining ifodalanishi haqida ma’lumotlar jamlangan. Shuningdek, konsept so’zining izohi va ezgulik konseptining ahamiyati yoritilgan.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

AHAMIYATI VA UNI TURLI TILLARDA IFODALANISHI

Andijon davlat chet tillari institute Ingliz filologiyasi, o'qitish metodikasi va

tarjimashunoslik fakulteti talabasi

G'ulomova Bibi Muxlisa Maxmudjon qizi

Annotatsiya: Mazkur maqola keying yillarda lingvistikaning dolzarb mavzularidan biri bo’lgan olamning lisoniy manzarasining ifodalanishi haqida ma’lumotlar jamlangan. Shuningdek, konsept so’zining izohi va ezgulik konseptining ahamiyati yoritilgan.

Kalit so’zlar: Til vositalari, Lingvomadaniyatshunoslik, mifologik, diniy, falsafiy, lisoniy manzarasi, nospetsifik ranglar, “konsept”, madaniyat konsept.

Аннотация: Данная статья содержит информацию о репрезентации языкового ландшафта мира, что является одной из актуальных тем языкознания в последние годы. Также разъясняется значение слова понятие и важность понятия добра.

Ключевые слова: языковые средства, языкознание, мифологический, религиозный, философский, языковой ландшафт, неспецифические цвета, «концепт», концепт культуры.

Abstract: This article contains information about the representation of the linguistic landscape of the world, which is one of the current topics of linguistics in recent years. Also, the explanation of the word concept and the importance of the concept of goodness are explained.

Key words: Language tools, Linguistics, mythological, religious, philosophical, linguistic landscape, non-specific colors, "concept", culture concept.

Ma’lumki, bugungi kunda lingvistika fanida eng muhim mavzulardan biri olam lisoniy manzarasi va ularning fragmentlarini hamda ma’naviy — madaniy konseptlarni o‘rganish bo‘lib qoldi. Til vositalari bilan anglanadigan olamning lisoniy manzarasi timsollari — ilmiy va sodda manzaralari ham mavjuddir. Quyida shu tushunchalar haqida fikr yuritiladi. Olamning ilmiy manzarasi fani ishlab chiqilgan fundamental tushunchalar va fanning prinsiplari bilan ifodalanadigan borliq haqidagi tasavvurlarning eng umumiy tizimidir. Bu tasavvurlardan ushbu fanning asosiy postulatlari, ya`ni, dastlabki qoida, farazlar kelib chiqadi. Olamning sodda manzarasi - kundalik hayotda qo‘llaniladigan borliq haqidagi fangacha bo‘lgan bilimlar va tasavvurlar tizimi hissoblanadi. “Olamning lisoniy manzarasi” tushunchasi lingvomadaniyatshunoslikning xazinasida mustahkam o’rnashgan bo`lib, unga murojaat uning falsafa faniga aloqador “olam manzarasi” tayanch tushunchasi bilan o'zaro bog‘lanishini aniqlashni talab qiladi. e’tiborni, eng avvalo, sub’yektga bog‘liq bo‘lgan olam manzarasining xilma-xilligi faktiga madaniyatshunoslar e`tiborlarini qaratadilar, sub’yekt esa alohida inson, odamlar to‘dasi, ma’lum bir xalq, umuman insoniyat bo‘lishi mumkin.

Kishining ijtimoiy tajribasiga olam manzarasining ko‘p variantligi bog‘liqdir. Boshqacha qilib aytganda, kuzatuvchi qarab turgan his qilish (tushunish, anglash, idrok etish) dunyosi qancha keng bo’lsa, shuncha olam manzarasi mavjuddir. Tegishli olam manzaralari — mifologik, diniy, falsafiy, ilmiy manzaralar olamni ko‘rishning tegishli yakunidir[1]. Agar olam m anzarasining xilma-xilligi haqidagi g‘oya nisbatan yaqin vaqtlarda aytilgan bo‘lsa, olamning alohida o’ziga xos lisoniy manzarasi ko‘rinishining mavjudligi haqidagi fikr V.fon Gumboldt tomonidan XIX asrning boshlaridayoq bildirilgan edi. Ta’kidlash joizki, olamning lisoniy manzarasi bo‘yicha o'tkazilayotgan tadqiqotlarda u ikki yo‘nalishda amalga oshirilmoqda. Bir tomondan, ushbu tilga tegishli bo'lgan o’ziga xos konseptlar, har bir tilga oid spetsifik tushunchalar yoki nospetsifik ranglarni ifodalovchi so’zlar aniqlanadi va tasvirlanadi. Boshqa tomondan, muayyan tilga, garchi sodda bo‘lsa ham, xos boMgan konseptual tushunchalar m a’nolari haqida tadqiqotlar faol tarzda olib boriladi. Bu qoidalar olamning sodda manzarasi fragmentlarini tasvirlashga harakat qilingan tadqiqotlar uchun tayanch bo‘lib qoldi. Ammo olam sodda manzarasining u yoki bu fragmentini tadqiq qilish ikkita o’lchovni — til materialini tanlash va uni interpretatsiya qilishni shart qilib qo‘yadi. Bizning fikrimizcha, “olamning lisoniy manzarasi” va “konsept” tushunchalarini o’rganishda bu o’zini oqlaydi.”Konsept” termini hozirgi fanda eng faol terminlardan biri, ammo uning mazmuni yetarli darajada aniqlanmagan. Til madaniyatda va idrok qilishda asosiy va faol ro`l o’ynaydi. U insonni boshqa butun olamdan ajratib turadigan noyob xususiyatdir. Ona tilini idrok qilish uni egallashning tabiiy uslubini belgilaydi, inson ona tilini tug‘ilgandan boshlab, ona suti bilan birgalikda egallaydi. Shuningdek, til insonning borliq haqidagi bilimlari shakllanishining va mavjudligining eng muhim yo’llidir. Faoliyat jarayonida ob’yektiv borliqni aks ettirib, inson idrokining natijalarini so‘zda mustahkamlaydi.

Reallikning ob’yektiv bilimlarini olamning lisoniy manzarasi to'ldiradi. Til shaklida aks ettirilgan bu bilimlarning majmui turli konscpsiyalarda “oraliqdagi lisoniy olam”, “olamni tilda qayta lasavvur qilish”, “olamning lisoniy modeli”, “olamning lisoniy manzarasi” deb ataladigan tushunchalardan iborat. Tilshunoslikda bu tushuncha ko‘p tarqalganligi bois biz “olamning lisoniy manzarasi”terminini tanlaymiz. “Olam manzarasi” tushunchasi (shu jum ladan olamning lisoniy manzarasi) insonning borliq haqidagi tasavvurlarini o'rganishdan tashkil topgan[2].

Inson va muhitning birgalikdagi o’zaro munosabati, olam manzarasi esa borliqdir.”muhit va inson haqidagi ma’lumotni qayta ishlash natijasidir”. Oxirgi yillardagi lingvokulturologik tadqiqotlarda olamning lisoniy manzarasini o’rganish yo‘nalishida faol tadqiqotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Olam manzarasi (jumladan, olamning lisoniy manzarasi) tushunchasi insonning olam haqidagi tasavvurlarini o‘rganish asosida amalga oshiriladi. Agar dunyo — bu inson va atrof-muhit bilan o’zaro bog‘liqlik bo‘lsa, olam manzarasi esa muhit va odam haqidagi qayta ishlangan axborot hissoblanadi.

Konsept lotin tilidagi “conceptus” – tushuncha so`zining kalkasidir. Konsept rus tilshunosligida XX asrning birinchi choragida faylasuf S. Askoldov tomonidan ilmiy muomalaga kiritiladi. Ushbu termin o`tgan asrning 80-yillaiga qadar tilshunoslikda tushuncha so`ziga sinonim sifatida ishlatilgan bo`lsa, hozirgi kunda uning ma’nosini anchayin kengayganini kuzatish mumkin. Konsept ikki tomonlama xususiyatga ega. Chunki u bir tomondan madaniyat konsept ko`rinishida insonning mental dunyosiga kirsa, boshqa bir tomondan, inson konsept yordamida madaniyatga kiradi va ba’zan unga ta’sir ko`rsatadi. Konseptga taniqli rus tilshunosi V.A.Maslova quyidagicha ta’rif bergan: “bu lingvomadaniy o`ziga xoslik qayd etilgan va muayyan etnomadaniyat egalarini u yoki bu tarzda tavsiflovchi semantik tuzilmadir”. Tilshunos olim N. Mahmudov o`zining “Til tizimi tadqiqi” nomli risolasining “Tilning mukammal tadqiqi yo`llarini izlab…” mavzusidagi maqolasida “…konsept tafakkurga oid, mazmuniy mental tushuncha, lekin uni milliy-madaniy unsurdan tamoman xoli bo`lgan hodisa sifatida qarash anchayin munozaralidir”[3] deb yozadi.

Pragmalingvistika hamda kognitiv tilshunoslik asarlari muallifi, tilshunos Sh. Safarov ta’biri bilan aytganda, “…inson til va moddiy olamni bir xil uslubda hamda bir xil yo`nalishda o`zlashtiradi. Moddiy dunyo idroki ayni paytda idrok etilayotgan predmet –hodisalar haqida tushuncha tug`ilishini, keyinchalik ushbu tushuncha mental namuna – konsept sifatida shakllanib, moddiy nom olishini taqozo qiladi.”

Konsept zamonaviy tilshunoslikning har ikki sohasi uchun ham, ya’ni lingvokognitologiya va lingvokulturologiya uchun ham faol qo`llaniluvchi birlik hisoblanadi. Konseptning tahlilini quyidagi poetik matn misolida ko`rishimiz mumkin:

Oymomoyu oymomo,

Kosa to`la moy momo.

Balki, shakar solingan

Shiringina choy momo.

Oymomoyu oymomo,

Kulcha bo`ling, hoy momo.

Yaxshilarga kulchayu

Yomonlarga yoy momo[4].

(Anvar Obidjon)

Keltirilgan she’riy matnda “Oy” konsepti orqali o`zbek tili vakillarining tafakkurida “oy yuzli”, “oydayin go`zal yuzli” o`xshatishlar shuningdek, “Oyni etak bilan yopib bo`lmas” kabi maqollar mavjud. Safarga otlangan kishiga ezgulik ulashish maqsadida “Oy borib, omon qayt” birligi ham qo`llaniladi. Yuqorida keltirilgan she’riy mantda ham “oy” konsepti ezgulik vositasi sifatida qayd etilgan.

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlashimiz joizki, oxirgi yillardagi lingvokulturologik tadqiqotlarda olamninglisoniy manzarasini o’rganish yo‘nalishida faol tadqiqotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Olam manzarasi (jumladan, olamning lisoniy manzarasi) tushunchasi insonning olam haqidagi tasavvurlarini o‘rganish asosida amalga oshiriladi. Agar dunyo — bu inson va atrof-muhit bilan o’zaro bog‘liqlik bo‘lsa, olam manzarasi esa muhit va odam haqidagi qayta ishlangan axborotdir. Ma’lumki, madaniyatni inson, inson shaxsi yaratadi va uning o^zi unda yashay boshlaydi. Aynan shaxsda isonning ijtimoiy tabiati oldingi planga chiqib oladi, odamning o‘zi esa ijtimoiy-madaniy hayot sub’yekti sifatida namoyon bo‘ladi. Shaxs etnos yoki xalqning madaniy an’ana istiqbollari nuqtai nazaridan o'rganilishi shart, chunki odam tasawurida inson tug'ilishi uchun madaniyat doirasida shakllanuvchi madaniy-antropologik prototip zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. A.E. МАМАТОУ. Zamonaviy lingvistika. Toshkent “Noshir” 2019

2. Арутюнова Н.Д. Культурные концепты. М.: 1991

3. Pirnazarova Dilbarxon Abdullajon qizi. Zamonaviy tilshunoslikda konsept tushunchasi. Tafakkur manzili. 2022

4. Anvar Obidjon. Saylanma. Toshkent -2019. 161-bet

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.