OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA JISMONIY TARBIYA MASHG‘ULOTLARINI SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TASHKIL ETISH: PEDAGOGIK MODEL VA SAMARADORLIK TAHLILI
Annotatsiya
Oliy ta’lim tizimining raqamli transformatsiyasi sharoitida jismoniy tarbiya fanini zamonaviy pedagogik va texnologik yondashuvlar asosida takomillashtirish dolzarb vazifalardan biridir. Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini sun’iy intellekt texnologiyalari asosida tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi sun’iy intellektdan foydalanishga asoslangan pedagogik modelni ishlab chiqish va uning samaradorligini baholash mezonlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida tizimli, kompetensiyaviy va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar, pedagogik modellashtirish va statistik tahlil usullaridan foydalanildi. Olingan natijalar sun’iy intellekt asosidagi yondashuv talabalarning jismoniy tayyorgarligi, funksional holati va motivatsiyasini oshirishda samarali ekanligini ko‘rsatdi.
In the context of the digital transformation of the higher education system, improving the discipline of physical education based on modern pedagogical and technological approaches is one of the urgent tasks. This article analyzes the theoretical and practical aspects of organizing physical education classes in higher education institutions based on artificial intelligence technologies. The purpose of the study is to develop a pedagogical model based on the use of artificial intelligence and determine the criteria for assessing its effectiveness. In the research process, systematic, competency-based and person-oriented approaches, pedagogical modeling and statistical analysis methods were used. The results obtained showed that the approach based on artificial intelligence is effective in increasing the physical fitness, functional state and motivation of students.