ONA TILINI O'QITISHNING ILMIY ASOSLARI
Gulzar Jumamuratova. Tumaris Azizova
O'zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti
Qoraqalpogiston filiali katta ilmiy xodimalari
Аннотация:
В статье рассматриваются обязанности преподавателей, их методологии и решения для развития родного языка и литературы учащихся.
Abstract:
This article examines the responsibilities of teachers, their methodologies and for the development of the native language and literature of students.
Tayanch so'zlar: Boshlang'ish sinf o'quvchisi, nutq o'stirish, fonetika, grafika, matn yaratish.
Ключевые слова: ученики начальной школы, развитие речи, фонетика, графика, создание текста.
Key words: elementary school pupil, phonetics, graphic, text creation.
Ona tili o'qituvshilari o'z fanlari o'qitilishining o'ziga xos jihatlarini ilmiy asoslarda to'liq o'rganishmagan. Shuning ushun ham fanlarni o'qitishga qo'yilgan maqsad amalga oshmay, kutilayotgan natija yuzaga chiqmay qolayotir.
Metodik fan sifatida ona tili o'qitish metodikasi maktabda o'qitishning o'quvchilar nutqining yaxshi rivojlanishiga kafolat beradigan tilni har tomonlama bilishning ijtimoiy rolini tushuntiradigan yo'llari bilan ta'minlashi kerak. Demak, nutq o'stirish maktabning muhim vasifasidir. Analitek – sintetik ishlar yordamida til ustida kuzatishdan umumiy xulosa chiqarishga, nazariy ta'rif va qoidaga, shular asosida og'zaki va yozma tarzdagi jonli nutqiy aloqaga, to'g'ri talaffuzga o'tadilar. Ular kuzatish jarayonida bilib olgan, uzlashtirgan qoidalarini amaliyotga tatbiq etadilar.
Metodika bilish nazariyasidan tashqari, yangi fanlar, xususan, psixologiya, pedagogika ma'lumotlariga tayanadi. Pedagogik psixologiya bilimlarning o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishini, ko'nikma va malakalarning shakllanish jarayonini tekshiradi. Metodika psixolingvistika bilan ham bog'liq.
Metodikaga psixolingvistika nutq haqida, uni talab qiluvchi sabablar, nutq turlari, nutqni qabul qiluvchi signallar va boshqalar haqida ma'lumot beradi. Shuningdek, metodika, didaktika, umumiy pedagogika bilan o'zaro bog'liq. Ona tili o'qitish metodikasi ona tilining ma'lum qismini amaliy vanazariy egallashni nazarda tutadi. Shuning uchun ona tili – lingvistika metodikasining muhim asosi hisoblanadi. Savod o'rgatish metodikasini ishlashda fonetika, fonologiya, grafika asos bo'ladi. Lug'at ishini tashkil etishda leksikalogiya, so'z tarkibi, so'z yasalishini o'rganishda, etimologiya, grammatika asos bo'lsa, morfologiya va sintaksis til qurilishi haqida tushuncha hosil qilishda, to'g'ri yozuvga o'rgatishga orfografiya nazariyasiga asoslanadi.
Ona tili o'qitish tamoyillari.1. Til materiyasiga, nutqi, nutq malakalarining to'g'ri rivojlanishiga e'tibor berish tamoyili. Nutq, til qonuniyatlariga, oz bo'lsa-da e'tibor bermaslik amaliy nutq faoliyatini egallashga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Masalan, fonetik ko'nikmalarga yetarli e'tibor berilmasa imloviy savodxonlikka putur yetadi. Bu ta'lim tamoyili tildan olib boriladigan mashg'ulotlarda eshituv va ko'ruv ko'rsatmaliligini ta'minlashni va nutq organlarini mashqlantirishni (gapirib berish, ifodali o'qishni ichida gapirishni) talab etadi.
2. Til ma'nolarini (leksik, grammatik, morfemik, sintaksis ma'nolarini) tushunish printsipi. So'zni, morfemani, so'z birikmasini, gapni tushunish borliqdagi ma'lum voqea-hodisalar o'rtasidagi bog'lanishni aniqlash demakdir. Til ma'nolarini tushunish tamoyiliga amal qilishning sharti tilning hamma tomonlarini, tilga oid barcha fanlar (grammatika, leksika, fonetika, orfografiya, stilistika)ni o'zaro bog'langan holda o'rganish xisoblanadi. Masalan, morfologiyani sintaksisga tayangan holdagina o'rganish, o'zlashtirish mumkin. Sintaksisni o'rganishda esa morfologiyaga suyaniladi, orfografiya fonetika, grammatika, so'z yasalishiga suyanadi va h.k. So'zni morfemik tomondan tahlil qilish uning ma'nosini tushunishga yordam beradi. Tilning hamma tomonlari bir-biri bilan o'zaro bog'langan bo'lib, o'qitishda buni albatta hisobga olish kerak.
3.Tilga sezgirlikni o'stirish prinsipi. Til – juda murakkab hodisa, uning tuzilishini, sistemasini fahmlab olmay turib, sal bo'lsa da, uning qonuniyatlarini, o'xshashliklarini o'zlashtirmay turib uni yodda saqlab bilmaydi. Bola gaplashish, o'qish, eshitish bilan til materiallarini yig'adi, uning qonunlarini o'zlashtiradi. Natijada kishida tilga sezgirlik (til xodisalarini tushunish) xususiyati shakllanadi.
4.Nutqning ifodaligiga baho berish tamoyili. Bu tamoyil til hodisalarini tushunmay turib savodli yozish, nutq madaniyati vositalarining xabar berish funksiyasini tushunish bilan bir qatorda, uning ifodalilik (uslubga oid) funksiyasini tushunishini, mazmunigina emas, balki so'z va nutq aylanishining, tilning boshqa badiy-tasviriy vositalarining hissiy ottenkalarini ham tushunishni ko'zda tutadi. Bu tamoyilga amal qilish uchun, birinchi navbatda, badiiy adabiyotlardan, shuningdek, tilning funktsional-stilistik xususiyatlari aniq ifodalangan boshqa matnlardan foydalanish talab etiladi.
5. Og'zaki nutqni yozma nutqdan oldin o'zlashtirish tamoyili. Bu tamoyil ham kishi nutqining rivojlanishiga ta'sir etadi va til o'qitish metodikasini tuzishda xizmat qiladi.
Boshlangish sinf o'qish darslarida matn ustida ishlash orqali nutq o'stirish jarayonida uzluksizlikni taminlashning quyidagi tamoyillari katta ahamiyatga ega:
1. Yosh xususiyatlarini inobatga olish tamoyili.
2. Amaliy-faoliyatli yondashuv tamoyili. Ushbu tamoil boshlang'ich sinf o'qish darslarida matn bilan ishlash jarayoni, o'quv topshiriqlarining amaliy mashq, o'yin metodlariga asoslanishini ifodalaydi.
3. Tizimlillik va davomiylik tamoyili. Mazkur tamoyil boshlang'ich sinflarda matn ustida ishlashdan iborat o'quv-bilish faoliyatining tizimli va davomli kechishini anglatadi.
4. Onglilik tamoyili. Ushbu tamoyil har bir o'quvchi tomonidan matnga nisbatan ijobiy yondashilishini, uning mazmunini yetarlicha, to'g'ri tushunilishini, berilayotgan topshiriq, savollarga fikrlash, mulohaza yuritish asosida yondashilishini ifodalaydi.
Metodika tamoyillari, didaktika tamoyillari kabi o'qituvchi bilan o'quvchining maqsadga muvofiq faoliyatini belgilashga, ularning birgalikdagi ishlarida qulay yo'nalishini tanlashga yordam beradi, metodikaning fan sifatida nazariy asoslash elementlaridan biri, bo'lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Davlat ta'lim standartining boshlang'ich ta'lim o'quv dasturi (yangi tahrir) 2010- y.
2. Qosimova K. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi.- Toshkent: “ Mohir”, 2009y. v.352.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.