VUJUDGA KELISHINING PSIXOLOGIK ASOSLARI
Komiljonova Dilfuzaxon Nazirjon qizi
Samarqand shahar 16-umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologi
Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘smir o‘quvchilarida zo‘ravonlik va tajavvuzkorlikni vujudga kelishi, ularga turtki beruvchi omillar, deviant xulq muomala belgilari, diagnostika qilish masalalari va inson kamolotida oilaviy tarbiyaning o’rniga oid qarashlar taxlil qilinib, tavsiyalar yoritilgan
Kalit so‘zlar.deviant xulq, zo‘ravonlik, tajavvuzkorlik, xulqi og’ishganlik, oila, diagnostika, psixik rivojlanish
Аннотация. В этой статье анализируются взгляды на возникновение насилия и агрессии у учащихся-подростков, факторы, которые их мотивируют, признаки девиантного поведения, диагностические вопросы и роль семейного воспитания в взрослении человека, а также даются рекомендации
Ключевые слова. девиантное поведение, насилие, агрессия, отклонения в поведении, семья, диагностика, психическое развитие
Abstract. This article analyzes the views on the occurrence of violence and aggression in adolescent students, the factors that motivate them, signs of deviant behavior, diagnostic issues and the role of family education in human adulthood, and also provides recommendations
Keywords. deviant behavior, violence, aggression, behavioral abnormalities, family, diagnosis, mental development
Hech kimga sir emaski bugungi kun bolalari o‘zlarining yigirma yil oldingi tengdoshlaridan farq qilishadi. Hozirgi yoshlar tez ta’sirlanuvchan, musaqillikka moyilligi yuqoriligi va shu bilan birga nisbatan befarq, o‘z vaqtlarini mazmunli ijtimoiy foydali faoliyatga sarflagilari kelmaydi. Vaholanki inson tabitan o‘ziga xos oson va ko‘ngilochar mashg‘ulotlarga moyil bo‘ladi. Inson xulq-atvori tarkibining aksariyati tabiiy instinktlari taziyqi ostida bo‘lishini inobatga olsak ushbu taziyqlarni to‘g‘ri muvofiqlashtirish insondan irodaviylikni talab qiladi Bu holatni zamonaviy texnikaning rivojlanganligi ta’siri deb ham izohlash mumkindir. Ko‘pchilik hollarda bolalardagi bu o‘zgarishlarga ota-ona va jamiyat a’zolarining e’tiborsizligi va befarqligi ularning xulqatvorida salbiy og‘ishlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Ma’lumki, bolalar va o‘smirlar o‘rtasida xulq og‘ishining oldini olish tadbirlari eng avvalo, xulq og‘ishini keltirib chiqaradigan shart-sharoit va sabablarni bartaraf qilishni taqoza qiladi. Masalaning dolzarbligidan kelib chiqqan holda bugungi kunda butun dunyo miqyosida, shu jumladan Respublikamizda voyaga etmaganlar o‘rtasida xulq og‘ishining oldini olish borasida bir qator ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan choratadbirlar ishlab chiqilmoqda.[1]
Haqiqatdan ham o‘sib kelayotgan yosh avlodning ertangi kunimiz, kelajagimizning davomchilari ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, bolalar va o‘smirlar o‘rtasidagi turli xil g‘ayri qonuniy, shu jumladan xulq og‘ishi va tarbiya buzilishining oldini olishga qaratilgan profilaktik chora tadbirlarni ishlab chiqish, har qachongidan ham dolzarb muammo sifatida namoyon bo‘ladi.
Zo‘ravonlikning psixologik "ildizi" shundaki, jinoyatchi o‘z qurboniga (ko‘p jihatdan ongsiz ravishda) ehtiyojlarini qondirish yoki o‘zini uning axloq to‘g‘risidagi tasavvurlariga mos ravishda tutish qobiliyatini yuklaydi. Zo‘ravonlikka moyillik kishi hayotining ilk bosqichlarida, erta bolalikda shakllanadi va bolaning (bo‘lajak jinoyatchining) o‘z oilasida egallagan o‘rni natijasi hisoblanadi. Zo‘ravonlik muammosini sosiologiya fani doirasida dastlab E.Dyurkgeym maxsus o‘rgangan bo‘lsa-da, jamiyatning eng qadimiy muammolaridan biri sifatida deviant holatlarga munosabatlar qadim davrlardan shakllanib kelgan. Qadimgi xalqlarning diniymifologik tasavvurlari, xususan Misr, Hindiston va Xitoy diniy qonun-qoidalaridagi axloqiy me’yorlar bu sohadagi dastlabki qarashlar edi. Qadimgi Yunon va Rim faylasuflari ham o‘z asarlarida mazkur muammolarni tahlil qilib berganlar. O‘rta asrlarda axloq me’yorlari diniy qarashlar ta’siri ostida rivojlandi va ulardan chekinish diniy nuqtai nazardan baholangan. Evropada xristian dini barcha sohada hukmronlik qilgan bo‘lsa, Sharq dunyosida axloqiy-huquqiy me’yorlar va ular haqidagi ta’limotlar islom falsafasi ta’sirida rivojlandi. XVII-XVIII asrlarga kelib, Evropada jamiyat rivojining kuchayishi axloq me’yorlarining xristiancha talablari doirasiga sig‘mayqoldi. XVIII asr mutafakkirlari ijtimoiy me’yor va undan chekinish muammosini yanada chuqurroq tahlil qildilar. Sh.L.Monteske, J.J.Russo, Ch.Bekkaria,Gelvesiy,D.Didro, P.Golbax, Morelliva, Sh.Furelar o‘z ilmiy izlanishlarida ijtimoiy me’yorlar, qadriyatlar uchun umumiy bo‘lgan qonuniyatlarni topishga intilganlar. XIX asr oxirlarida tabiiy fanlarda erishilgan ilmiy yutuqlar ijtimoiy fanlar taraqqiyotiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Xususan, sotsiologiyada ijtimoiy me’yordan og‘ish holatlarini tushuntiruvchi dastlabki ta’limot — E.Dyurkgeymning ― anomiya g‘oyasi yaratildi. Ma’lumki, sotsologiyaning fan bo‘lib shakllanishida ijtimoiy patologiya omiliga e’tibor qaratilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada E.Dyurkgeymning to‘rtta asari chop etilgan bo‘lib, shulardan biri «O‘z joniga qasd qilish» (1897) kitobi deviantlik muammosiga bag‘ishlangan edi. Amerika sotsiologiyasida muhim o‘rin tutuvchi ta’limotlardan biri E.Saterlendning differensial aloqalar ta’limotidir. Bunga ko‘ra, har qanday xulq-atvor, shu jumladan, deviant xulqatvor ham o‘rganiladi, ya’ni mavjud jamiyat a’zolari tomonidan mazkur xulq-atvor boshqalarga o‘rgatiladi. Deviant xulq-atvor muammolarini tahlil qilishda R.Merton ishlab chiqqan ta’limot sotsiologiyada yetakchi o‘rin tutadi. E.Dyurkgeymning anomiya g‘oyasini rivojlantirib, Merton devian txulq-atvorga quyidagicha ta’rif beradi: - Deviant xulq-atvor jamiyatda e’lon qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-atvor motivlari hamda mavjud imkoniyatlarining bir-biriga mos kelmay qolishi natijasidir. Jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy me’yorlardan chetga chiqish holatlarini o‘rganuvchi deviant xulq-atvor sotsiologiyasi muammolari O‘zbekistonda istiqlol sharofati bilan o‘rganila boshlandi. Deviant xulq-atvorning turli ko‘rinishlarini mamlakatimiz olimlari o‘z tadqiqot obektlari doirasida o‘rganganlar. Respublika faylasuflari X.Shayxova, Q.Nazarov, M.Xolmatova, N.Komilov (shaxs tarbiyasida ma’naviy-axloqiy tarbiya ta’siri masalalari), sotsiolog M.B.Bekmurodov (ijtimoiy me’yorlarga jamoatchilik fikrining ta’siri jarayonlari), huquqshunoslar A.Qulahmetov, Y.Karaketov, M.Usmonaliyev (jinoyatchilikning umumiy jihatlari va o‘smirlar jinoyatchiligi masalalari), psixolog olimlar G‘.B.SHoumarov, N.A. Sog‘inov, S.A.Axunjanova, Z.R.Qodirova, E.SH.Usmonov, B.M.Umarov (o‘z joniga qasd qilish va jinoyatchilik muammolarining ruhiy-psixologik asoslari), pedagog-olimlar O.Musurmonova, D.J.Sharipovalarning (oilada barkamol shaxsni tarbiyalash hamda giyohvandlik, ichkilikbozlik, chekish kabi illatlarning oldini olish muammolari) olib borgan ilmiy ishlarini shunday ishlar jumlasiga kiritish mumkin. [4]
Zo‘ravonlikka moyillik kishi hayotining ilk bosqichlarida, erta bolalikda shakllanadi va bolaning (bo‘lajak jinoyatchining) o‘z oilasida egallagan o‘rni natijasi hisoblanadi. Bu o‘rinning mohiyati uni ota-onasi yoqtirmasligi, ba’zan to‘g‘ridanto‘g‘ri undan yuz o‘girishidan iborat bo‘ladi. Bolaning o‘z onasi rad etuvchi, yoqtirmovchi rolida chiqsa, bunday vaziyat o‘ta fojiali bo‘ladi. «Yoqtirmaslik» atamasi onaning o‘z bolasiga shunday munosabatini anglatadiki, farzandini avvalambor tabiiy – ovqatga, issiqlikka, tozalikka ehtiyojlarini o‘z vaqtida va aniq qondirishga qodir emas, yoki istamaydi, yohud qilolmaydi. Buning natijasida bola surunkali tanqislik, o‘z ehtiyojlarining doimiy qondirilmasligi vaziyatida bo‘lib qoladi. Bu holat uni doimiy ravishda boshqa odamga (onasiga) qaram qilib qo‘yadi, chunki faqat ugina ushbu ehtiyojlarni qondirishi mumkin. Bunday ehtiyoj saqlanar ekan qaramlik ham saqlanib qoladi. Demak, tajovuzkor- zo‘ravon jinoyatchilar uchun hayotiy muhim (vital) ehtiyojlarning surunkali ravishda qondirilmasligi xosdir, shuning uchun ham ularni qondira oladigan ob’ektlarga xuddi shunday surunkali tobelik yuzaga keladi. Rad etilayotgan bola uning xavfsizligini ta’minlovchi aniq bir kishi (onasi) yuzida mujassam bo‘lgan uning uchun hayotiy muhim shart-sharoitlarga qaram bo‘lib qoladi. Bu omillarning yetishmovchiligi uning hayoti uchun doimiy tahdid vaziyatini yuzaga keltiradi. U go‘yo so‘nggi darajada yashaydi: hech qachon to‘liq xavfsizlikni va o‘z ehtiyojlarining qondirilganini his etmaydi va shu vaqtning bu hayotiy muhim shartsharoitlardan to‘liq mahrum bo‘lishgacha borib yetmaydi. Bu potensial ravishda o‘zida halokatli tahdidni olib keluvchi mavjudlikning o‘ziga xos "ekstremalligi"dir. U qotillik va boshqa shakldagi jinoiy zo‘ravonlik namoyon bo‘lishining kelib chiqish manbaidan iboratdir. Agar qayd etilgan vaziyat kishi hayotining ilk davrida yuzaga kelgan bo‘lsa, unda vaqt o‘tishi bilan (qariganda) u yo‘qolib ketmaydi, balki uning mazmuni va asosiy munosabatlarini saqlab boshqa shaklga o‘tadi. Onaning o‘rnini asosiy hayotni ta’minlovchi omil sifatida boshqa shaxs egallashi mumkin, lekin to‘la tobelik munosabati saqlanib qoladi. Qayd etilgan qaramlik munosabati boshqa o‘ta ahamiyatli oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Ularning asosiylaridan biri mustaqil, tobe bo‘lmay yashash layoqatini olish jarayonining to‘xtashidir. Bu to‘xtash, o‘z navbatida, shaxsning ruhiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun jiddiy oqibatlarga ega. Ulardan asosiysi va eng umumiysi ruhiy funksiyalarning – xotira, o‘zlashtirish, fikrlash, diqqatni jamlash va boshqalarning sekinlashgan va uncha chuqur bo‘lmagan rivojlanishi hisoblanadi. Inson shaxsiyati bu erda go‘yo sust differensiallashadi va o‘z tuzilishiga ko‘ra murakkablashadi. Qotillik sodir etganning shaxsiyatini o‘rgangan tadqiqotchilar ularda rivojlanishning o‘rtacha olganda past, qoloq darajasini, yuqori bo‘lmagan umumiy madaniyat, tor bilim va manfaatlar doirasini belgilashlari bejiz emas. Bu orqali ushbu shaxslardagi moslashtiruvchi imkoniyatlarning sust rivojlanishi uchun asos yaratiladi, ular atrofdagi muhit o‘zgarishlariga moslashuvning g‘oyat cheklangan vositalari va usullariga ega bo‘ladilar, tashqi hodisalardan juda past va hissiy-qoloq darajada ta’sirlanadilar va o‘zlashtirilayotgan axborotni intellektual ravishda qayta ishlash imkoniyatlarida g‘oyatda cheklanganlar. Ruhiy rivojlanishning umumiy past darajasi va saqlangan moslashuv imkoniyatlari sababli tajovuzkor-zo‘ravon jinoyatchilarda ko‘proq rivojlangan shaxslarga nisbatan ular tahdid qiluvchi deb qabul qiladigan tashqi voqealar va vaziyatlar keskin ortgan. Tajovuzkor zo‘ravonlik harakatlari sodir etiladigan vaziyatda, har doim ham jinoyatchilar ularga jiddiy bog‘liqlikda bo‘lgan kishilar ishtirok etadilar. Bu bog‘liqlik jinoyatchilar tomonidan anglanmasligi mumkin, lekin u aynan tajovuzda boshqa kishining faolligini unga jismoniy yoki ruhiy zarar etkazgan holda yanchib tashlashga intilishda namoyon bo‘ladi. Zo‘ravonlikka moyillik odatda ilk yoshlikdanoq namoyon bo‘ladi. SHaxs bolalikda tabiiy qiziquvchanlik, o‘zini biron-bir ish bilan band qilishga layoqatsizligini namoyon etadi, boshqa odamlar bilan munosabat o‘rnatishda unga qiyinchilik tug‘ilmaydi. Mohiyatiga ko‘ra, bu holatda ham uning g‘ayriixtiyoriy ravishda boshqa shaxsga psixologik tobeligi saqlanib qoladi. Tajovuzkor-zo‘ravon jinoyatchi shaxsning yana bir muhim psixologik xususiyati uning ayrim vaziyatlarda namoyon bo‘ladigan fikrlari, g‘oyalarining yuqori darajasi hisoblanadi. Ular uchun shaxslararo munosabatlarning istalgan tarafiga nisbatan ularda yuqori darajada sezuvchanlik, xavfsirash, atrof muhitni dushmanlarcha qabul qilish xosdir. Vaziyatga to‘g‘ri baho berishdagi qiyinchiliklar, to‘g‘rilash qiyin bo‘lgan xatolari shularga bog‘liq bo‘ladi. Tajovuzkor-zo‘ravon jinoyatchilarning fikrlari, g‘oyalari yuqori darajada hissiyotga to‘laligi muhitni patalogiya bilan cheklaydi va umuman, ularning jamiyatdan begonalashganidan dalolat beradi. O‘z navbatida, axloqni boshqara olmaslik shunga bog‘liq bo‘ladi. SHu bilan birga, ular atrofdagilarga juda yuqori talablar qo‘yishga moyil bo‘ladilar, ular tez xafa bo‘luvchi va xudbindirlar, xulqlari qo‘pol, odobsiz va kayfiyatlari «otashin shod-xurramlikdan o‘lar darajadagi g‘am-g‘ussagacha» o‘zgarishga moyildir. Ayrim tajovuzkor-zo‘ravon jinoyatchi shaxslarning mazmu- niga ko‘ra ekstazga (o‘zini yo‘qotish darajasida huzurlanishi) o‘xshash bo‘lgan chuqur va kuchli tashvishlarga moyilligi g‘oyat diqqatga sazovor xususiyatdir. Mazkur holatning psixologik mazmuni o‘ta murakkab bo‘lib, unda shaxsiyatning eng chuqur qatlamlari qamrab olinadi; zo‘ravonlik harakatlari sodir etish vaqtida ushbu shaxs uchun favqulodda qimmatga ega bo‘lgan ruhiy erkinlik, qaramlik holatidan chiqish tuyg‘ulari qamrab olinadi. SHuning uchun odam o‘ldirishning tushunish qiyin bo‘lgan sabablaridan biri ularning bu holatni boshdan o‘tkazishga ehtiyoj sezishi hisoblanadi. Tajovuzkor-zo‘ravon jinoyatchilarning boshqa toifasi qaramlikdan ozod bo‘lish muammosini o‘z shaxsiyatini boshqa odamlarga faol ravishda zo‘rlab o‘tkazish yo‘li bilan hal etadi. Ular o‘z «Men»larining qimmatliligini isbot qilish va uning e’tirofiga erishish ehtiyoji bilan yashaydilar. Boshqa kishini o‘zining ta’sir doirasiga tortish, mohiyatiga ko‘ra uni o‘ziga bo‘ysundirish va undan «kayf qilishning» barcha – moddiy, moliyaviy, energetik, g‘oyaviy va hokazo shakllari uchun donor sifatida foydalanishning barcha usullari qo‘llanganda, bu zo‘rlab o‘tkazish ko‘pincha yaqqol namoyishli qarash xususiyatga ega bo‘ladi. Tajovuzkor-zo‘ravon jinoyatchilarning uchinchi toifasi - bu keraklilik tuyg‘usi gipertrofiyalangan odamlar bo‘lib, ular shaxsiy tasavvurlari va axloq me’yorlari nuqtai nazaridan atrofdagilarga g‘oyatda yuqori va qat’iy talablar qo‘yadilar. Ular o‘zlarining kerakliligi to‘g‘risidagi tasavvurlariga qat’iy bog‘langan bo‘lib, boshqa odamlardagi axloqning bu tasavvurlardan ozgina og‘ishi ularda hissiy noqulaylikni, sezilarli og‘ishlar esa -vaziyatni ularning tasavvurlariga mutanosib ravishda zo‘rlik bilan tuzatish bo‘yicha harakatlarni – ichki qahr-g‘azabni vujudga keltiradi. Bu erda inson shaxsiy o‘z ideal tasavvurlarining iskanjasida bo‘ladi va hayotning rang-barangligini qabul qila olmaydi: u zo‘rlik bilan ularni o‘z tasavvurlari ostiga olib keladi. Ko‘pincha bunday odamlar adolat uchun shiddatli kurashchilar bo‘lib chiqadilar. Uni o‘rnatishning asosiy usuli esa zo‘ravonlik, majbur qilishdir. Keraklilik haqidagi gipertro- fiyalangan tasavvur namoyon bo‘lishi shakllaridan biri – rashk tuyg‘usidir. Unda boshqa kishining xayrixohligidan yolg‘iz o‘zi foydalanish «huquqini» egallagan mulkdorning nuqtai nazari to‘plangan va o‘zgalar hamda o‘zgalar tomonidan ko‘rsatiladigan har qanday e’tibor belgilari uning sha’nini kamsitish va qayd etilgan «huquqqa» suiqasd deb qabul qilinadi. Rashk bilan asoslantirilgan zo‘rlik – bu o‘zi haqida ideallashtirilgan tasavvurlarini himoya qilishi va boshqa kishini o‘zi haqida bunday tasavvurlarga ega bo‘lishdan mahrum etish hamda o‘zini shunga munosib tutishdir. Tajovuzkor-zo‘ravon jinoyatchilar orasida o‘zi haqidagi shaxsiy fikrlarida qaror qilish, biron ish qilish, g‘ayrioddiy qaltis, xatarli harakat sodir qilishga qodir bo‘lgan shaxs sifatida ishonch qozonish ehtiyojiga ega bo‘lgan kishilar ham uchraydi. Doimiy ravishda o‘ziga ishonchsizlik, ikkilanish, qaror qabul qilishga layoqatsizlik, ularning shaxsiy xos xususiyatlari bo‘lib, ular ongli ravishda tinkani qurituvchi nomukamallik, keraksizlik tuyg‘usini boshdan kechiradilar va shuning uchun uni engishga doimo shay turadilar. Bu tayyorlik ularni qaltis, oqibati yomon bo‘ladigan xavfli holat vaziyatlariga undaydi. Ayrim jinoyatchilar o‘zlari sodir qilgan og‘ir jinoyat sababini bevosita «zo‘r ishni bajarish» deb belgilaydlar. SHunday tajovuzkor-zo‘ravon jinoyatchilar toifasi borki, pasaygan, salgina tushkun kayfiyat, qiziqishlari, intilishlari, istaklari o‘tmaslashuvida ifodalangan passiv psixologik nuqtai nazar ularga xosdir. Bu toifadagilar ko‘pincha shaxsiy nomukammalliklari, hayotiy orzu-istaklari va davlatmandligi yo‘qolganligini suitsidal fikrlarda ifoda etadilar. Ularning yashirin tajovuzkor odatlari tashqi axloqlarida qiyin namoyon bo‘ladi.
Voyaga yetmaganlarda xulq og‘ishi va tarbiya buzilishining oldini olishda ijtimoiy-psixologik, individual-psixologik, sotsiologik, hududiy va kriminologik xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi. Shuningdek, voyaga etmaganlar o‘rtasida yuzaga kelayotgan xulq-og‘ishi va tarbiya buzilishining oldini olish ishlari umumiy va maxsus-individual tarzda olib borilishi bilan xarakterlanadi. Umumiy ijtimoiy choratadbirlarga jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, siyosiy barqarorlikni ta’minlash, xalqning turmush tarzi va mikro muhit munosabatlarini yaxshilash, fuqarolarning madaniy-ma’naviy va ma’rifiy salohiyatini o‘stirish va boshqalar kiradi. Maxsus-individual xarakterdagi tadbirlar sifatida esa bolalar va o‘smirlarning shaxs xususiyatlari, ularning psixologiyasi, dunyoqarashi, qadriyatlar orientatsiyasi, hayotiy pozitsiyasi, onglilik darajasi va ijtimoiylashuv xususiyatlarini hisobga olgan holda chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qo‘llash tushuniladi. Profilaktik chora tadbirlarni ishlab chiqishda voyaga etmaganlar o‘rtasida xulq og‘ishining kelib chiqishigacha bo‘lgan davrga, bu davrda olib boriladigan umumiy tarbiyaviy tadbirlarga, ularni takomillashtirishga, ta’sirchanlik darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. SHuning uchun ham voyaga etmaganlar o‘rtasida yuzaga kelayotgan xulq og‘ishining oldini olishda ushbu oraliq davri muhim ahamiyat kasb etishligini unutmasligimiz kerak. Voyaga yetmaganlar o‘rtasida xulq og‘ishining oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar tabiatini tushunish uchun avvalo ularning boshlanish davrini, uning ob’ektini hamda xulq og‘ishiga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlar shaxsiga qanday ta’sir ko‘rsatish xususiyatini bilib olish talab etiladi. Ushbu masalani echish uchun tabiiy ravishda shaxsning motivatsion sohasiga aloqador bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Xulq og‘ishi va tarbiya buzilishiga ega bo‘lgan voyaga yetmaganlar shaxsining umumiy yo‘nalishi tahlili xulq og‘ishi va tarbiya buzilishining oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni nafaqat xulq og‘ishi va salbiy illatlarga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlar o‘rtasida olib borish, balki sog‘lom xulqli bolalar va o‘smirlar o‘rtasida ham ularni olib borish zaruriyatini ko‘rsatadi. Voyaga etmaganlarda xulq og‘ishi jarayoni shaxs xususiyatlari bilan tashqi muhit voqea-hodisalari o‘rtasidagi murakkab bog‘lanishli jarayon bo‘lib hisoblanadi. Bu jarayonda o‘smir shaxsi subekt sifatida tashqi muhit axborotlarini qabul qiladi va qayta ishlaydi. Ob’ekt sifatida esa tashqi muhit elementlari shaxsga ta’sir etuvchi eliment sifatida ifodalanadi. O‘smir shaxsining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari shunday o‘ziga xos imkoniyatlarga egaki, u ba’zan shaxsning sog‘lom munosabatlari va sog‘lom turmush tarzini belgilasa, ba’zan esa nosog‘lom xulqatvorning kelib chiqishi uchun imkoniyat yaratadi. Ushbu xususiyatlar o‘smirlarda g‘ayri qonuniy xulqatvorning kelib chiqqishining oldini olishga qaratilgan psixologikpedagogik jihatdan ta’sirchan tadbirlarni ishlab chiqish zarururiyatini ko‘rsatadi. Voyaga etmaganlar o‘rtasida xulq og‘ishi va tarbiya buzilishining oldini olish tadbirlari samaradorligi va ularning ta’sirchanligi eng avvalo, o‘smir shaxsidagi ijobiy fazilatlar, ijtimoiy foydali ehtiyoj va qiziqishlarning shakllanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Shu ma’noda o‘quv-tarbiyaviy tadbirlar va mashg‘ulotlar voyaga etmaganlar o‘rtasida xulq og‘ishi va tarbiya buzilishini oldini olishning dastlabki profilaktikasi sifatida xizmat qilishi kerak. Xulq og‘ishiga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlar o‘rtasida olib boriladigan tarbiyaviy tadbirlarning samaradorligi ularda faol hayotiy pozitsiyani shakllantirish, o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida o‘zaro yaqinlik va sog‘lom munosabatni o‘rnatishga bog‘liqdir. SHuning uchun o‘qituvchining tarbiyasi og‘ir o‘smirga nisbatan berayotgan e’tiborini, ularni o‘zlariga yaqin olayotganligini va yordam bermoqchi bo‘layotganligini o‘smir har doim his qilib turishi muhim hisoblanadi. Bu o‘smir xulqini sog‘lomlashtirishga qo‘yilgan ilk qadam bo‘lib hisoblanadi. Xulq og‘ishiga ega bo‘lgan bolalarga profilaktik ta’sir ko‘rsatishda o‘smirning shaxs sifatidagi shakllanishi jarayonini, uning o‘ziga xos xususiyatlarini, xarakter xislatlari va psixologiyasini hisobga olgan holda ish tutish yaxshi natija berishini unutmaslik lozim. Bolalar va o‘smirlarda xulq og‘ishining oldini olishning muhim shartlaridan yana biri – tarbiyaviy jarayonda maktab va oila hamkorligini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishdir. Afsuski, bu masalani bugungi kunda talab darajasida deya olmaymiz. SHuning uchun ham bunday paytlarda ko‘pincha oila va maktab hamkorligi, ota-ona va o‘qituvchi o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning uzilishi tufayli bolalar va o‘smirlar tarbiyasini, ayniqsa, ular xulqidagi o‘zgarishlarni tuzatish ancha qiyin kechadi. O‘qituvchi o‘quvchi o‘sib voyaga etayotgan oila muhitini, uning axloqiy qiyofasini har doim ham bilavermaydi. Ba’zan ayrim o‘qituvchilar bolalar va o‘smirlar bilan olib boradigan tarbiyaviy ishlarni otaonalar bilan maslahatlashmay, ular haqida muayyan ma’lumotlarga ega bo‘lmay amalga oshiradilar. Bunday holatlarda tabiiy ravishda tarbiyaviy tadbirlarning olib borilishi ko‘zda tutilgan profilaktik choralarning ta’sirchanlik darajasining pasayishiga sabab bo‘ladi. Oqibatda profilaktikadan ko‘zlangan maqsadga erishilmay qolinadi.[12]
Ma’lumki, kishining deviant axloqini jamiyatda qabul qilingan me’yorlarga zidligi va ruhiy jarayonlarining muvozanatsizligi, moslashuvchan emasligi ko‘rinishida yoki uning shaxsiy axloqi ustidan axloqiy va estetik nazoratdan bo‘yin tovlash ko‘rinishidagi o‘zini faollashtirish jarayonining buzilishida namoyon bo‘luvchi alohida qilmishlar yoki qilmishlar tizimi sifatida belgilash mumkin. Ijtimoiylashtirish jarayonida inson jamiyatda normal hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan ishonch, axloqning ijtimoiy ma’qul shakllariga ega bo‘ladi. Pedagogik qarovsizlikda, o‘qishdagi qoloqlik, darslarni qoldirish, o‘qituvchilar va sinfdoshlar bilan ziddiyatlarga qaramay, sub’ektlarda qimmatli-me’yoriy tasavvurlarning keskin deformatsiyasi kuzatilmaydi. Bu holda, shaxs uchunmehnatning qadri etarli darajada baland bo‘lib qoladi, u kasb tanlash va uni egallashga yo‘naltirilgan bo‘ladi, uning uchun atrofdagilarning fikrlari farqsiz bo‘lmaydi, ijtimoiy va referent munosabatlar o‘z ahamiyatini saqlab qoladi. Ijtimoiy qarovsizlikda asotsial axloq bilan bir qatorda qimmatli-me’yoriy tasavvurlar, qimmatli yo‘nalishlar, ijtimoiy hukmron g‘oyalar tizimi keskin deformatsiyalanadi, mehnatga salbiy munosabat, tirikchilik uchun shubhali va noqonuniy vositalar hisobiga mehnatsiz daromadlar topish va «chiroyli hayotga» erishish maqsadi hamda unga intilish istagi shakllanadi. Bunday shaxslarning referent munosabatlari va qimmatli yo‘nalishlari pozitiv yo‘nalishli ijtimoiy aloqalar va ijtimoiy institutlarning shaxslardan anchagina begonalashishi bilan tavsiflanadi. Ijtimoiylashtirish deganda, insonlarning o‘tib ketgan avlod-ajdodlari va hozirgi yaqinlari tomonidan hosil qilingan va atrofdagi moddiy va ma’naviy borliqda mujassamlangan ijtimoiy hayot, ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy qadriyatlar tajribasini (nutq va bilimlar, inson tafakkuri va ongi, atrofdagi olamga va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlari, mahorat va bilimlari, me’yorlar, odatlar, sifatlar, ehtiyojlar, qobiliyat va hokazo) butun ko‘p qirrali jarayonini tushunish kerak. Biroq, inson sivilizatsiyasining yutuqlarini o‘zlashtirish turli shaxs- larda muvaffaqiyat bilan bir xilda davom etmaydi. O‘smirning deviant axloqini diagnostika qilish uchun psixologlar tomonidan «qarshi harakat» deb nomlanuvchi mezonlar ishlab chiqilgan. Bunday holda, ular ijtimoiy, o‘quv yoki shaxslararo sohadagi buzilishlar bilan bog‘liq eksternal devia- siyani (nafrat, dushmanlik, tajovuz, o‘g‘pilik, yolg‘on) o‘z ichiga oladi. O‘smirdagi deviant axloqning muomala belgilari quyidagicha namoyon bo‘ladi: hishayajonliportlashlar; kattalar bilanjanjallar; kattalarning qoidalari yoki
iltimoslarini mensimaslik yoki bajarishni radetish; boshqa odamlarni jo‘rttaga bezorqilish; o‘z xatolarida boshqa birovlarniayblash; jizzakilikning eng keskindarajasi; badjahllik, darg‘azablik, qasoskorlik, keksaqlash; haqoratlar va uyatsiz so‘zlarni teztezishlatish.
Tadqiqotlarga ko‘ra, bunday tajovuzkorlik, gipperfaollik va ota-onalari bilan o‘zaro munosabatlarda qiyinchilik alomatlari yaqqol ko‘rinib turgan bolalar kattaroq yoshga etganlarida hayotda bunday muammolari bo‘lmagan bolalarga nisbatan besh marta ko‘proq jinoyatchi yoki ichkilikboz bo‘lib yetishganlar. Shaxsni ijtimoiylashtirish umumiy jarayonining bir qismi uni huquqiy ijtimoiylashtirish bo‘lib, uning mohiyati shaxs tomonidan huquqiy qadriyatlarning o‘zlashtirilishi, ularni o‘z hayoti va axloqining me’yorlariga, shaxsiy sifatlariga aylantirishidan iborat. Huquqiy axloqning har qanday harakatida albatta, unda ishtirok etayotgan shaxsning huquqiy ongi namoyon bo‘ladi. Buning aniq bir huquq me’yorini bilishi yoki bilmasligi, davlat hokimiyati, qonun, huquqni muhofaza qiluvchi organlar nufuzining turli darajasi, amaldagi huquqiy taqiqlar va ularni buzganlik uchun huquqiy sanksiyalarning mavjudligi va unga nisbatan shaxsning salbiy munosabati bilan tavsiflanishi mumkin. Og‘uvchi axloqqa ega bo‘lgan kishilarning katta qismi umuminsoniy qadriyatlar va axloq me’yorlari haqida tasavvurlarni eslab qoladi, lekin bir qator sabablarga ko‘ra o‘z xulqidagi bu me’yorlarga tayana olmaydi yoki turli motivatsiyalangan himoya mexanizmlari bilan o‘zining jamoatchilikka zid og‘ishlarini oqlashga harakat qiladi. Ruhiy himoya mexanizmlari - sub’ekt uchun og‘riqli, chidab bo‘lmaydigan tashvishlarga qarshi himoya usuli bo‘lib, uning borliqni, «Men» (obraz)ini yoki tashqi dunyoni buzib ko‘rsatish kabilarning natijasidir. Shunday qilib, og‘uvchi axloq o‘zini namoyon qilishning keng shakllariga ega. Deviant axloq namoyon bo‘lishi xususiyatlarining differensiatsiyasini o‘tkazish uchunzamonaviy psixologiyaning quyidagi qoidalariga tayanish zarur.
1.Garchi psixopatologik buzilishlar mavjud bo‘lgan barcha sub’ektlarning axloqi deviant deb hisoblansada, deviant axloqning har qanday turi orqasida ham psixopatologiya yashirinib yotavermaydi.
2. Ruhiyat buzilishlari, ya’ni kognitiv, his-hayajonli va boshqaruvchi jarayon, jarayonlar borishidagi buzilishlar albatta, shaxsning nuqsonini belgilabbermaydi.
3. Buzilishlarning bir qancha ko‘rinishlari shakllanishida organik omillarning roli dezadaptiv ta’sirlanishlarga o‘rganish imkoniyatini inkoretmaydi.[7]
Ma’naviy-axloqiy jihatdan sust rivojlanganlik va shaxs tipidagi o‘ziga xos xususiyatlar (o‘zgaruvchan xarakterlilik, qo‘zg‘aluvchanlik, beqarorlik, hissiyotga beriluvchanlik, tobelik, jur’atsizlik va boshqalar) esa bolalar va o‘smirlarda xulq og‘ishining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bolalar va o‘smirlarda xulq og‘ishi-ning oldini olish ning muhim shartlaridan biri tarbiyaviy jarayonda ta’lim muassasasi va oila hamkorligini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishdir. Ko‘pincha oila va muassasa hamkorligi, ota-ona va o‘qituvchi o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning uzilishi tufayli bolalar va o‘smirlar tarbiyasini, ayniqsa, ular xulqidagi o‘zgarishlarni tuzatish ancha qiyin kechadi.O‘smirlik davrini o‘tish davri, deb yuritadilar, chunki ana shu davrda bolalikdan kattalik holatiga o‘ziga xos o‘tish davri yuzaga keladi. Bu jarayonlar bola ruhiy faoliyatining jiddiy ravishda qayta qurilishi bilan bog‘liqdir. Bolalarning ekspressiv-emotsional xususiyatlarini bilish ham ularni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. Yoshlar bilan individual munosabatda ularning qanchalik emotsionalligi, hissiyotga beriluvchanligini, affektga moyil yoki moyil emasligini, o‘z hissiyotini tuta olisholmasligini va shuningdek, unda qanday hislar ustun ekanligini bilish juda muhimdir.Salbiy axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan yoshlarda tajang-lik, qo‘pollik, yolg‘onchilik, bezorilik, egoizm, qaysarlik, o‘jarlik, intizomsizlik, qoidalarga rioya qilmaslik, o‘zbilarmonchilik kabilar kuzatiladi va bunday xis-latlarga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashda individual yondashuv lozim. Chunki ular jamoa yoki ko‘pchilik orasida o‘zlarining ayblarini oshkor bo‘lishini yoki tarbiya, tanbeh berayotgan kishining nasihat yoki ko‘rsatmalariga bo‘ysunishni yoqtirmaydilar, ular bilan muomalada nihoyatda ehtiyotkorlik, samimiylik, do‘stona munosabatda bo‘lish talab qilinadi. Yoshlar bilan ishlashda ularning xarakteri, qiziqishlari, shaxsiy xususiyatlari e’tiborga olinishi lozim. Ko‘p nasihat qilmaslik, urishmaslik, ovozini baland ko‘tarmaslik, ko‘p gapirmaslik maqsadga muvofiq. Tarbiyalanuvchiga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishda ishontirish, tushuntirish,o‘rgatish, inontirish,namuna, o‘rnak, ko‘rgazmali, rag‘batlantirish usullaridan foydalanish, bola shaxsini xurmat qilish, ruhiyatini asrash qoidalariga rioyaqilingan holda amalga oshirilishi lozim. O‘zaro samimiy munosabat, shaxsiy namuna, oila va muassasadagi kishilarning ishga ijobiy munosabatigina yoshlarda shunday bo‘lishga havas tug‘diradi. Eng muhimi shundaki, tarbiyalanuvchilarga ishonish kerak. Ularning qo‘lidan keladigan ishlarga e’tiborli bo‘lib, uni bajarganidan keyin rag‘batlantirish, uni ishni yana ham yaxshi bajarishda o‘z fikrlarini bayon qilish ham muhimdir. Yoshlarni be’mani hordiq chiqarish va ko‘cha-ko‘yda maqsadsiz yurishlariga yo‘l qo‘ymaslik lozim.Ta’lim muassasasida pedagoglar psixologlar bilan hamkorlikda o‘quvchilarda eng yaxshi insoniy fazilatlarni rivojlantirishda quyidagilarga e’tibor berishimiz lozim: a) bolalarni o‘z xulq-atvorini o‘zi baholashga o‘rgatish; b) o‘quvchilarning ijobiy xatti-harakat qilishlarini muntazam nazoratga olish va ularga ishonish; v) oilada, muassasada bolalarning oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishda erishgan yutuqlarini rag‘batlantirish; g) o‘quvchilarga individual yondashuv har biriga aniq maxsus pedagogik ta’sir o‘tkazish; d) darsdan tashqari faoliyatlarda bolalarga mustaqil faoliyat (o‘qish, o‘yin, mehnat, xobbi va qiziqishlari)ni tanlash uchun imkoniyat berish; e) har bir bola uchun ularni aqlan hamda axloqan rivojlanishiga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ishlarni tashkil etish; j)ota-onalar bilan ishlash jarayonida xududiy “Oila markaz”lari, mahalla fuqarolar yig‘ini va shifokorlar bilan hamkorlik qilish.Umuman psixik rivojlanishi sustlashgan yoki xulqida ma’lum bir anomaliyalari bo‘lgan bolalarni vaqtida psixologik-pedagogik tekshirishlar o‘tkazib ularga to‘g‘ri tashxis qo‘yilib, korreksion ishlar o‘z vaqtida boshlansa, boladagi nuqsonlarni tuzatish va ularni kompensatsiya qilish orqali bolaga yordam ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.
Adabiyotlar
1.Raximov X. Oila – mustahkam jamiyatning mustahkam negizi. – Toshkent: «Ma’naviyat”2006., 25-46-b
2. Романова Е.С. Психологическая диагностика. СПб.: Речь, 2005. 42 стр
3. Rasulov A. I. Psixodiagnostika.-Toshkent, “Mumtoz so‘z” – 2010., - 169 b
4. Asadov Yu. "O‘smirlar deviant xatti-xarakatining psixologik xususiyatlari" - Toshkent.2011., 22-26 b
5. Yadgarova N.F. "Psixopatologik sindromlar to‘plami" - Toshkent.2014. 35 b
6. Xakimova L. M. "Deviant xulq-atvor psixologiyasi"- Toshkent.2014. 15 b
7. Байярд Р.Т., Байярд Д. «Ваш беспокойный подросток». М.: “Просвещение”, 1991.33 стр
8. Захаров А.И. «Как предупредить отклонения в поведении ребёнка».: 1986. 12 стр
9. Леви В.Л. «Нестандартный ребёнок» М., «Левицентр»,1996. 5 стр
10. Лютова Е.К., Монина Г.Б. Шпаргалка для врослых. Психокоррекционная работа с гиперактивными, агрессивными, тревожными и аутичными детьми. М.: «Генезис», 2000. 34-36 стр
11. Эриксон Э. Идентичность: юность и кризис. М.: Прогресс, 1996. 17 стр
12. Эйдемиллер Э.Г. Юстицицкис В. Психология и психотерапия семьи. Санкт-Петербург.: «Питер», 2000. 5 стр
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.