ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

OTA-ONALAR BILAN SAMARALI HAMKORLIKNI TASHKIL ETISHDA DIREKTORNING STRATEGIK YONDASHUVI

Annotatsiya

Maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlari (MTT) va oilalar oʻrtasidagi hamkorlikni tashkil etishning samarali usullari, ota-onalarning pedagogik vakolatlarini rivojlantirish va bolalarning tarbiyaviy rivojlanishiga taʼsiri tahlil qilinadi. Ota-onalarni turli faoliyatlarga jalb etish, tarbiyachi-pedagog ishida ishtirokini taʼminlash, ijtimoiy-pedagogik tayyorgarlik orqali ularning kompetensiyalarini oshirish masalalari yoritilgan. Shu bilan birga, MTT va oilalar hamkorligidagi mavjud muammolar, xususan, ota-onalarning tarbiyaviy masʼuliyatni kamaytirishi yoki faqat moddiy ehtiyojlarga eʼtibor qaratishi kabi holatlar tahlil qilingan


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

--⊱⊱ 336 ⊰⊰--

DIREKTORNING STRATEGIK YONDASHUVI

Djumaniyazova Nodira Nurmatovna

Xorazm viloyati Urganch shahar 6-son

DMTT direktori

Annotatsiya

Maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlari (MTT) va oilalar oʻrtasidagi hamkorlikni tashkil etishning samarali usullari, ota-onalarning pedagogik vakolatlarini rivojlantirish va bolalarning tarbiyaviy rivojlanishiga taʼsiri tahlil qilinadi. Ota-onalarni turli faoliyatlarga jalb etish, tarbiyachipedagog ishida ishtirokini taʼminlash, ijtimoiy-pedagogik tayyorgarlik orqali ularning kompetensiyalarini oshirish masalalari yoritilgan. Shu bilan birga, MTT va oilalar hamkorligidagi mavjud muammolar, xususan, ota-onalarning tarbiyaviy masʼuliyatni kamaytirishi yoki faqat moddiy ehtiyojlarga eʼtibor qaratishi kabi holatlar tahlil qilingan

Kalit soʻzlar: maktabgacha taʼlim, ota-ona hamkorligi, pedagogik vakolat, tarbiyaviy rivojlanish, innovatsion usullar, ijtimoiy-pedagogik tayyorgarlik, pedagog-tarbiyachi faoliyati.

Annotation

The article examines effective methods of cooperation between preschool education institutions (PEIs) and families, the development of parental pedagogical competence, and its impact on childrenʼs educational and developmental outcomes. The study also analyzes challenges in PEIfamily collaboration, including reduced parental responsibility or exclusive focus on childrenʼs material needs. Findings provide practical recommendations for improving preschool education quality and developing parental pedagogical activity.

Keywords: preschool education, parental cooperation, pedagogical competence, child development, innovative methods, socio-pedagogical training, educator activity.

Jahonda ijtimoiy-iqtisodiy sohalar taraqqiyotni taʼminlovchi maktabgacha taʼlim tizimi taʼlim-tarbiya jarayonlarini oila hamkorligi asosida tashkil etish, oila va maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini integratsiyalashtirish borasida yangicha yondashuvlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu jarayonlarni tizimli yoʻlga qoʻyish, shart-sharoitlarni yaratish, zamonaviy sharoitda maktabgacha taʼlim tashkilotlari va oila oʻrtasida innovatsion usullarni keng qoʻllash hamda maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachi pedagogi va ota-onalar uchun yaratilgan oʻquv metodik taʼminotini yangilab borish, ota-onalarni tarbiyachi-pedagog faoliyati toʻgʻrisidagi koʻnikma va qobiliyatini shakllantirish boʻyicha Angliya, AQSH, Germaniya, Finlyandiya, Singapur, Yaponiya kabi rivojlangan davlatlarda va Oʻzbekiston Respublikasi MTT tajribalarida amaliy loyihalar bajarilmoqda.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ota-onalarning ishtiroki bolalar tarbiya uchun ham juda yaxshi natija olib keladi. Bola tarbiyasida oilaning oʻrni beqiyos. Oila bolaga qattiq taʼsir koʻrsatadi, uni atrofdagi hayotga moslaydi. Jamiyatda esa tarbiya faqat ota-onaning shaxsiy ishigina boʻlib qolmasdan, balki ularning ijtimoiy burchi hamdir. Ota-onalarni tashkiliy ishlarga jalb etish masalan, yumshoq oʻyinchoq tayyorlash, suv va qum bilan oʻynashi uchun oʻyinchoqlar yasash,

--⊱⊱ 337 ⊰⊰-- maydonchalarni koʻkalamzorlashtirish uchun jihozlar tayyorlash muhim tadbirlardir. Bunday tanlovlar tarbiyachining yillik ish rejasida oʻz aksini topgan boʻlishi kerak. Tanlov shartlarini umumiy ota-onalar yigʻilishlarida muhokama qilish va maʼqullab olish kerak. Faol ishtirokchi ota-onalarga tashakkurnoma eʼlon qilish, bu borada buvi-yu, bobolarning ham maslahatlariga quloq tutmoq lozim.

Maktabgacha taʼlim tashkilotining oila bilan ishlash tizimida aniq maqsad mazmun boʻlishi kerak. Ota-onalar bilan hamkorlik borasida avvalo erishilgan yutuq va tajribalarning natijalarini tahlil qilib, bolaning ijobiy tomonlarini koʻrsatib, keyin asta-sekinlik bilan ularning xulq-atvoridagi salbiy holatlarni bartaraf etishga, tevarak-atrofga qiziqishlarini oshirib borishga astoydil harakat qilish lozimligini uqtirish kerak. Ota-onalarni maktabgacha taʼlimga jalb etish maqsadida turli xil toʻgaraklar, tadbirlar, davra suhbatlari, savol-javob kechalari, guruhiy va umumiy ota-onalar yigʻilishlari, ochiq eshiklar kunini tashkil etish diqqatga sazovor holatlardir.

Odatda ota-onalar bolalarni tarbiyalashda qiyin vaziyatlarga duch kelganda, yordam uchun mutaxassislarga murojaat qilishadi. Ular bilan oʻzaro munosabatlarning konstruktiv usullarini izlash bugungi kunda barcha taʼlim tashkilotlarining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan.

Bugungi kunda, pedagog-tarbiyachilar, psixologlar oldida jamiyatning yangi voqeliklari va zamonaviy oilalarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda ota-onalarning pedagogik vakolatlarini rivojlantirish vazifasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ijtimoiy-pedagogik tayyorgarlik otaonalarning yangi kompetensiyalarini oʻzlashtirishning eng samarali shakllaridan biridir.

Oilalar va mahalliy jamoatchilik hamkorligida pedagogning roli beqiyosdir. Bolalarni barkamol tarbiyalashga ularning ota-onalari va jamoatchilikning taʼlim jarayonida faol ishtirokisiz erishib boʻlmaydi, ota-onalarning MTT ning oila bilan hamkorligi borasidagi qarashlari turlicha boʻlganligi bois MTT sharoitlaridan ota-onalarning qoniqish jihatlari oʻzgarib bormoqda va bu quyidagi muammolarni keltirib chiqaradi:

birinchidan, baʼzi oilalarda ota-onalarning oʻz farzandlarini tarbiyalash va shaxsiy rivojlanishi masalalarini hal qilishdan voz kechish tendensiyasi kuchaygan;

ikkinchidan, baʼzi ota-onalar esa faqat bolaning ovqatlanishi bilan qiziqishadi, ular MTT ni faqat bolalarni boqadigan joy deb hisoblashadi;

uchinchidan, MTT ularning farzandlariga taʼlim berishlari kerak deb hisoblashadi;

toʻrtinchidan, tarbiyachilarning maslahatlarini eʼtiborsiz qoldiradigan ota-onalar toifasi ham uchraydi. Baʼzi ota-onalar, ularning vazifasi faqat bolaning kiyinishini taʼminlashdir deb hisoblashadi.

Ota-onalarning pedagogik faoliyat sohasiga jalb etilishi, ularning taʼlimiy oʻyin faoliyati jarayoniga qiziqishi oʻz bolasi uchun juda muhimdir.

Maktabgacha taʼlim muassasalarida oilalar bilan hamkorlik qilish nuqtai nazaridan tarbiyachilarning kompetensiyalarini koʻrib chiqqan olimlar tomonidan olib borilgan bir qator tadqiqotlar mavjud. Jumladan: Hiatt-Michael Oilalarni maktablarga jalb qilishning istiqbolli amaliyotlari. Routledge. Kitob oilalar bilan hamkorlik qilishda turli xil yondashuvlarni taklif etadi, oilaviy ishtirok etishning ahamiyatini oʻrganadi va uning rivojlanishi uchun eng muvaffaqiyatli amaliyotlarni belgilaydi.

Oila va yosh bolalarni parvarishlashning maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsi rivojlanishiga taʼsiri prinsipial ravishda pedagoglar, jamoat tashkilotlari va oilalarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi, bunda tarbiya bilan shugʻullanuvchi barcha shaxslar, tashkilotlar, jamoat tashkilotlari birgalikda harakat qilishlari, kelishilgan talablarni bir-birlariga koʻrsatishi, bir- birlariga yordam berishi, pedagogik taʼsirni toʻldirish va kuchaytirishi kerak. Agar bunday birdamlik va saʼy-

--⊱⊱ 338 ⊰⊰-- harakatlarni muvofiqlashtirishga erishilmasa, unda muvaffaqiyatga erishish qiyin. MTT bilan oila va jamoatchilikning oʻzaro hamkorligini tashkil etish quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:

Bugungi kunda maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish tizimi jamiyatdagi ijtimoiyiqtisodiy oʻzgarishlar, taʼlimning mazmuniy yangilanishi hamda oilaning taʼlim-tarbiyadagi ishtirokiga boʻlgan talablar asosida tubdan qayta koʻrib chiqilmoqda. Bunday sharoitda maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarining – xususan, direktorining – nafaqat boshqaruv funksiyalarini bajaruvchi, balki strategik fikrlovchi, tizimli qarorlar qabul qiluvchi va ijtimoiy sheriklikni yoʻlga qoʻyuvi sifatidagi roli ortib bormoqda.

Direktorning strategik boshqaruvdagi oʻrni, birinchi navbatda, tashkilot rivojlanishining uzoq muddatli yoʻnalishlarini aniqlash, mavjud resurslarni samarali safarbar etish, tashqi va ichki muhit omillarini hisobga olgan holda taʼlim sifati va barqarorligini taʼminlashda namoyon boʻladi. U otaonalar, pedagoglar, mahalla va boshqa ijtimoiy institutlar bilan hamkorlikda bolalar tarbiyasi va taʼlimining integral modelini yaratishga yoʻnaltirilgan strategiyani ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

Ilmiy manbalarda strategik boshqaruv subyekti sifatida direktorning quyidagi asosiy funksiyalari qayd etilgan: ustuvor yoʻnalishlarni belgilash, inson resurslarini rivojlantirish, muammolarni aniqlash va innovatsion yondashuvlar orqali ularni hal etish, ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash. Ayniqsa, ota-onalar bilan tizimli va maqsadli hamkorlik strategiyasi direktor faoliyatining ajralmas boʻlagi hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorining strategik boshqaruvdagi oʻrni va roli anʼanaviy boshqaruvdan tubdan farq qiladi. U tashkilotning tashabbuskor rahbari, yangilanishlarga ochiq, ijtimoiy sheriklikka tayangan holda barqaror rivojlanishni taʼminlaydigan ilgʻor menejer sifatida namoyon boʻladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

10. Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida” 595-sonli Qonuni – 2019-yil 16-dekabr.

11. Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi 637-son Qonuni – 2020-yil 23- sentyabr.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-4312-sonli Qarori.

13. Shin A.V. Perspektivы razvitiya sistemы doshkolnogo obrazovaniya Respubliki

Uzbekistan. //Maktabgacha taʼlim metodikasi va nazariyasi – Toshkent. , – 2020. – № 2. –C.2-6.

14. Henderson, A. T., & Mapp, K. L. (2002). A New Wave of Evidence: The Impact of

School, Family, and Community Connections on Student Achievement. National Center for

Family & Community Connections with Schools.

15. Valiyeva F.R., Sharipova G. N. Innovative technologies in improving the management

of preschool educational organizations// International Journal of Early Childhood Special

Education (INT-JECSE) DOI:10.9756/intjecse/v14i5.94 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 05 2022

16. Abdullayeva N.Sh. Significance of health-saving technologies in a Preschool educational

organization// Abstracts of V International Scientific and Practical Conference,Osaka, Japan 29-

31 January 2020, 14-16 bet

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.