MUAMMO VA YECHIMLAR
Dilnoza Nazarova
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti 2-bosqich talabasi
+998937588833
Ilmiy rahbar: Zafar Nurmatovich Abdusamadov OʻzDJTU Ingliz tili 3-fakulteti
dekani f.f.f.d.,PhD
Annotatsiya: Ushbu maqola o’zbek tilining to’la-to’kis davlat tiliga aylanishi borasidagi muammolar va yechimlarni o’z qamroviga oladi. O’zbekistonda hozirgi kunda butun dunyo qatori chet tillarning rivojlanishi va davlat tili qatorida aktivlashishi kuzatilmoqda. Bu o’z o’rnida mukammal islohotlar va investitsiyalar yo’lini ochishi shubhasiz, lekin bu yo’lda o’z milliy tilimiz bo’lgan davlat tili- o’zbek tilimizni e’tibordan chetda qoldirmasligimiz mumkin. Dunyo bo’yicha rivojlanish bosqichida turgan ushbu tillar qatoriga o’zbek tilini kiritish zarur. Bunda biz bir qator muammolarga, qiyinchiliklarga yuzlanishimiz mumkin, ammo uning yechimi muammodan kelib chiqqan holda bartaraf etiladi.
Key words: o’zbek tili, chet tillari, aktivlashuv, ommaviy til, metodika, yangi qo’llanma, ilmiy izlanish, eski adabiy til.
“Davlat tili haqida”gi qonunni olib chiqish va qabul qilish biz uchun oson kechmaganligi ham, mustaqillik yillarida o‘zbek tilini davlat tiliga aylantirish yo‘lida amalga oshirilgan qator chora-tadbirlarni ham xalqimiz juda yaxshi biladi, ammo ushbu o‘tgan yillar ichida o‘zbek tili chindan ham davlat va xalq tili darajasiga erisha oldimi? Bu savol bugungi kunda ham dolzarb bo‘lib qolmoqda. Bu borada yurtimiz tarixi va buguniga nazar solib, o’tgan muddat ichida tilimizni qiyoslasak, hammasi aniq va ravshan bo’ladi.
2019- yil 21-oktabr kuni muhtaram Birinchi Prezidentimiz “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. Farmonga binoan 21-oktabr sanasi yurtimizda “O‘zbek tili bayrami kuni” deb belgilandi. Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish uchun mo’ljallangan departament tashkil etildi. Shu bilan bir qatorda Vazirlar Mahkamasi qoshida o‘z faoliyatini jamoatchilik tuzilmasi va hayoti asosida amalga oshiradigan, yangi so‘z va atamalarni rasmiy ravishda iste’molda qo’llash bo‘yicha Atamalar komissiyasi tashkillashtirildi. Davlatimiz va milliy tilimiz uchun ahamiyatga ega bo’lgan bu muhim hujjatning qabul qilinishi davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan ishlarning ko’p ma’noda mantiqiy davomi bo‘ldi, bu sohada yana bir muhim qadam tashlandi, chunki O‘zbekistonda shu vaqtgacha davlat tili to‘g‘risida qabul qilingan qonun va hujjatlarga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshiradigan yagona, rasmiy, mustaqil va markazlashgan tuzilma mavjud bo’lmagan. Biroq oldimizda bir qancha o‘z yechimini kutayotgan muammolar mavjud. “Davlat tili haqida”gi Qonunning bir qator normalari deklarativ va umumiy xarakterga ega bo‘lganligi sababli ko‘zlangan maqsadga to‘la erishish yo’lida qiyinchiliklarga uchralyapti, balki imkoni bo’lmayapti.
Mustaqillikka erishganimizga, o’z ona tilimizga ega bo’lganimizga ancha yillar bo’lgan bo’lsa-da, hali-hanuz rivojlanish bosqichining ostonasidamiz. Chet tillarni davlatimiz siyosatiga tatbiq etish, ta’lim muassasalarida joriy etish bo’yicha bir qator investitsiyalar olib borilmoqda, ammo o’z ona tilimiz bo’lgan Davlat tili- O’zbek tilini qaysidir ma’noda chetda qoldirmoqdamiz. Shu o’tgan muddat ichida biz allaqachon davlatning mutlaq tili deya o’zbek tilini joriy etgan bo’lishimiz shart edi. Shu o’rinda men o’zimning bir qator talif va fikrlarimni aytib o’tmoqchiman.
Xorijiy rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar tajribasini inobatga olgan holda davlat tilini takomillashtirish yuzasidan quydagilarni taklif qilaman.
1. Davlat tilini bilish davlat xizmatchilari, deputatlar, ommaviy va boshqa bir qator kasb egalari, oliyu ta’lim vazirliklari uchun davlat tilini bilish majburiyligini qonun bilan mustahkamlash hamda ushbu keltirilgan shaxslar uchun davlat tilini bilish borasida imtihonlar topshirishni yo’lga qo’yish zarur. Hozirgi kunda davlatimiz idoralarida xat-hujjatlarning aksariyati o’zbek tilida amalga oshirilayotgan bo’lsa-da, davlat vakillarining hammasi ham o’zbek tilidan to’laqonli bilimga ega emas. Qanday qilib o’z ona tilimizni mukammal bilmaadan, u haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo’lmasdan davlatimiz tilini shakllantirmoqchimiz. Ushbu tepada sanab o’tilgan shaxslar tilning faqat o’zlari uchun kerak bo’ladigan sayoz nuqtalarinigina bilishadi, xolos, u haqida hech qanday chuqur ma’lumot yoki boshqa narsalardan boxabar emas, vaholanki, ularning har bir ishi til bilan bog’liq. Ushbu o’rinlarda faoliyat yuritmoqchi yoki yuritayotganlardan til bilish ko’nikmasi boyicha ma’lum muddatda yangidan yangi yo’llarda imtihonlar olinsa, muvaffaqiyatsizlikka uchragan shaxslarni ishdan chetlatib yoki lavozimidan bir miqdorda tushirilisa, ular izlanishda va o’zlashtirishda yashashadi. Aks holda, davlatimiz vaqti kelib tildan, o’z mutaxassisligidan bexabar bo’lgan kadrlar qo’liga o’tib qolishi ham ehtimoldan holi emas.
2. Davlat va har xil xo’jalik boshqaruvi organlari tomonidan hujjatlarni tayyorlashda atamalarning o‘zbekcha muqobili turganda, boshqa tildagi variantini ishlatish ta’qiqlanishini va belgilangan tartibda jazo qo’llanilishini qat’iy belgilab qo‘yish zarur.
3. Davlat boshqaruv organlarida, idoralarda, muassasalar, va jamoat birlashmalarida ish olib borish, hisob-kitob va boshqa aloqador hujjatlarini davlat tilida yuritishni shart qilib, zaruriyat bo’lsagina boshqa tillarga tarjima qilinishini belgilash lozim.
4. Xorijiy tilda uzatilayotgan reklamalar, afishalar va e’lonlar ularning o‘zbek tilidagi variantidan keyin joylashtirilishi lozimligini qat’iy belgilash kerak.
O’ylaymanki, mazkur yuqorida sanab o’tilgan, olib borilishi shart bo’lgan bu turdagi o’zgarish va islohotlar davlatimizda ichki siyosat borasida tilni hurmat qilish, o’zbek tilini to’laqonli davlat tili maqomiga ko’tarish va yuqori bosqichlarga olisb chiqish kabi bir qator ijobiy o’sishlarga sabab bo’ladi. Zero, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan har bir investitsiya borasida yoki milliy tilimizni saqlab qolish va ardoqlash uchun har birimiz javobgarmiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Galskova N.D. Nikitenko Z.N. Chet tillarni o'qitish nazariyasi va amaliyoti. boshlang'ich maktab: uslubiy qo'llanma.-M.: Airis-press, 2004.
2. Guseva L.P. Biz o'ynaymiz, o'qitamiz, o'zlashtiramiz - biz ingliz tilini bilishni xohlaymiz. - Rostov n / a: Feniks, 2009 y.
3. Zemchenkova T.V. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ingliz tili. - M.: VAKO, 2008 yil.
4. Trofimova G.S. Chet tillarni o'qitishning pedagogik asoslari (Subaktika didaktikasi). -Izhevsk: Udmurt universiteti nashriyoti, 1999 y.
5. Kozina S.V. Ingliz tilida maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ta'til. - M.: TC Sphere, 2008 yil.
6. Хидиров, Х. Н. (2019). Philosophical Analysis of the Role of the Media in Shaping Civic Culture in Uzbekistan. Молодой ученый, (15), 322-324.
7. Marufova, Z. (2022). LINGUISTIC AND CULTURAL MEANS OF
REALIZING THE CONCEPT OF “BEAUTY” IN CLASSIC ARTISTIC TEXTS.
International Journal Of Literature And Languages, 2(10), 05-13.
8. Салохиддинова, Н. И. (2020). Вопросы поэтического образа в поэзии.
ББК: 71.01 К 90, 203.
9. Salohiddinova, N. (2019). Zebo Mirzo's poetry and image. International Journal on Integrated Education, 2(6), 115-118.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.