O’ZBEK TILLARIDAGI ORNITONIMLARNING LISONIY TADQIQI
Anvarova Shohista Valijonovna
O’zbekiston Milliy Universiteti
Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi
shohista9609@gmail.com
Annotation. This article dwells on different kind of opinions which is given by scientists who worked with ornithonym in Uzbek languages. The study describes ornithonyms specific to Turkic languages based on a study of bird names in the Uzbek language. In linguistics, mythological creatures in the form of birds are called "mythornithonyms", so they are analyzed as symbolic meaning in the article.
Key words: scientists, ornithonyms, zoonym, mythornithonyms, linguistics, language, lexemes, bird names, words.
Annotatsiya. Bu maqolada oʻzbek tillarida ornitonim bilan shugʻullangan olimlarning fikrlari taxlil qilinadi. Tadqiqotda o‘zbek tilidagi qush nomlarini o‘rganish asosida turkiy tillarga xos ornitonimlar tavsiflanadi. Tilshunoslikda qushlar timsolidagi mifologik mavjudotlar “mifoornitonimlar” deb ataladi, maqolada ular go'yo ramziy ma'no sifatida tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar: olimlar, ornitonimlar, zoonimlar, mifoornitonimlar, tilshunoslik, til, leksema, qush nomlari, so‘zlar
Аннотация. В статье анализируются мнения ученых, изучавших орнитонимию в узбекских языках. В исследовании на основе изучения названий птиц в узбекском языке описываются орнитонимы, характерные для тюркских языков. В лингвистике мифологические существа, представленные в образах птиц, называются «мифорнитонимами», в статье они анализируется как символическое значение.
Ключевые слова: ученые, орнитонимы, зоонимы, мифорнитонимы, лингвистика, язык, лексема, названия птиц, слова
O‘zbek tilshunosligida maxsus tadqiq etishni talab etadigan leksik qatlamlardan biri qush nomlari (ornitonimlar)dir. Qush nomlarini lisoniy nuqtayi nazardan o‘rganish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Tilshunoslik fanida ornitonimlarning til xususiyatlarini ilmiy asosda tadqiq etish borasida qator jiddiy ishlar amalga oshirilganligi ilm ahliga, ayniqsa, onomastlarga yaxshi ayon. Ma‘lumki hozirgi zamon turkiy tillaridagi zoologik terminologiya chuqur tarixiy ildizlarga, qadimgi turkiy, eski turkiy va eski o‘zbek adabiy til obidalariga borib taqaladi. Shuningdek, o’zbek tilshunosligida tilimizdagi xayvon nomlari zoonim tushunchasi bilan ifodalanadi. Shuni unutmaslik zarurki, xayvon leksemasi mazmunan “zoonym” va “arnitonim” leksemalaridan ancha keng bo’lib, qisman ana shu ikki leksema mazmunini ham o’zida qamrab oladi. “Zoonim” atamasi sut emezuvchilar oilasini, keng ma’noda esa nabotot olamiga nisbatan qaramaqarshi, jonli-jonsiz zidlanishda butun hayvonot olamini o’zida aks ettiradi. Shu bolan birga u ma’lum darajada qushlar olaminiyam o’z ichiga oladi. Turkiy xalqlar hayotining qadimgi davrlaridayoq xayvon nomlari, zoonimlar va ornitonimlar bu tillar leksikasinig ajralmas tarkibiy qisimi bo’lib kelgan. Jahon folklorida qushlar qanotli bo‘lgani uchun osmon ilohlari bilan ham bog‘lanadi. Shuningdek, qushlar olov va suv, ruh tushunchalari bilan bog‘lab talqin etilishi an’anaga aylangan. Jumladan, zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da ham qushlar masalan, Xvarna far olov bilan bog‘lab talqin etilgani kuzatiladi. Qadimgi miflarda qush quyosh olovini olib kelib, insonlarga yaxshilik qilgan jonzot sifatida ulug‘lanadi. Sayena – Semurg, Humo shunday qushlar obrazi hisoblanadi. Xvarna Far olov ma’budi, omad va tole timsoli bo‘lib, u kimning boshiga qo‘nsa yoki soya solsa, unga baxt va iqbol ato etadi, deb qaralgan.[ 1; 16] Turkiy xalqlarda burgut, qaldirg‘och shunday talqin qilinadi. Rus mifologiyasidagi Olov qush “Jarptisa” obrazi ham shundan darak beradi. Qushlarning suv bilan bog‘lab talqin etilganini Buxorodagi Varaxsha xarobalaridan topilgan qanotli, qo‘shoyoq, yarmi qush, yarmi ayol surati ham tasdiqlay oladi. Bu suratda Semurg‘ va suv ma’budasi Anaxita timsolining uyg‘unlashtirilgani anglashiladi. [2; 25] Tilshunoslikda qush ko‘rinishidagi mifologik jonzotlar “mifoornitonimlar” deb yuritiladi. Bunga Semurg‘, Humo, Anqo, Bulbuligo‘yo, Samandar (Qaqnus) kabilar misol bo‘la oladi. Mifologik qushlar to‘qima obraz bo‘lib, ko‘pincha epik qahramonlarga yetib bo‘lmas va xayolan tasavvur qilingan manzilga borishda, bajarilishi imkonsiz bo‘lgan, aslida sodir bo‘lishi orzu qilingan ishni bajarishda yordamchi, homiy obrazlarida gavdalantiriladi. Ular inson qiyofasiga evrilishi va inson tilida gapira olishi bilan g‘aroyiblik kasb etadi. D.X.Bazarova o‘z tadqiqotida o‘zbek tilida mavjud qush nomlarini o‘rgangan. Asrlar mobaynidagi tashqi aloqalar natijasida o‘zbek tilida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar qush nomlarining variantlashuvi, dubletlar va sinonimlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lganligi ta’kidlangan.Tadqiqotda o‘zbek tilidagi qush nomlari tadqiqi asosida turkiy tillarga xos ornitonimlar tavsiflangan.
Ko‘pincha abadiy hayot, adolat va baxt, davlat timsollarini ifodalashga xizmat qiluvchi, ertak va dostonlarda epik qahramonni o‘zga olamga olib borib, olib keluvchi vazifasida talqin qilinadigan Semurg‘ obrazi dunyo xalqlari, xususan, eron-so‘g‘d xalqlari folkloridagi mushtarak mifologik obrazlardan yana biridir. Semurg‘ obrazi o‘zbek folklorida quyidagi epic vazifalarda talqin topgani ko‘rinadi: 1. “Hayot daraxti” ining himoyachisi. 2.Uzoq masofalarni ko‘z ochibyumguncha bosib o‘tishga ko‘makdosh. 3. Yer osti mamlakatidan yer yuziga chiqarib qo‘yuvchi qudratli qush. 4. Dono maslahatgo‘y. 5. Gʻaroyib xususiyatli sehrli narsalarni qo‘lga kiritishda yaqin yordamchi. 6. Ikki olam – yer usti va yer osti olami o‘rtasida vositachi. 7. Tupigi bilan davolovchi qush. 8. Taqdirni oldindan bashorat qiluvchi. 9. Baxt va davlat in’om etuvchi. Yana o‘zbek folklori namunalarida Semurg‘ quyidagi xarakter-xususiyatlarda tasvirlanadi: 1. Bolajon qush. 2. Inson kabi bilag‘on, sezgir, dono qush. 3. Insonlardek rahmdil, mehrmuruvatli, oqibatli va diyonatli qush. 4. Muruvvatli, saxovatli, najotkor qush. 5.Go‘shtxo‘r qush. 6. Juda balanparvoz qush. 7. Inson qiyofasiga evriluvchan qush. 8. Podsho, hukmdor. 9. Bir pati yarim podsholikka teng oltin qanotli noyob qush. 10. Qo‘rqmas, moʻjizakor qobiliyatga ega sehrli qush. Semurg‘ning bu kabi badiiy vazifalari va xususiyatlari “Kenja botir”, “Semurg‘”, “Rustam”, “Xipcha mergan”, “Qahramon”, “Guliqahqah”, “Zorliq bilan Mungliq” nomli bir qator o‘zbek xalq ertaklari syujetida yorqin kuzatiladi. Bu ertaklarda Semurg‘ obrazi timsoliy ma’no kasb etib, yetakchi personajlardan biri sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Ayrim ertaklarda Semurg‘ nomi ba’zan Anqo, Murg‘ufarmon, Humo, Bulbuligo‘yo, Davlat qushi, Baxt qushi kabi afsonaviy qushlarga o‘xshashlikda tasvirlangan. Lekin aslida Semurg‘ obrazi o‘z ko‘rinishiga, badiiy vazifasiga ko‘ra bu qushlardan farq qiladi.
K.Imomov tilsimli ertaklar o‘ziga xos poetik qurilishi bilan boshqa tip ertaklardan ajralib turishini alohida qayd qilar ekan: “Semurg‘ qushlar zulm va zo‘rlikni yengishda hal qiluvchi vazifani o‘taydi” deb yozadi.[3;82] Xalq og‘zaki ijodi badiiy an’analarining bevosita ta’sirida o‘zbek mumtoz adabiyotida Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” asarida, Alisher Navoiy “Lison ut-tayr” dostonida Muhammad Gʻazzoliy kabi Semurg‘ timsolidan qushlar podshosi va ramziy ma’noda Ollohning tasavvufiy obrazini aks ettirish uchun foydalanilgan. Humo ham o‘zbek folklorida ko‘p qo‘llanadigan mifologik qush turlaridan biridir. U ko‘pincha davlat qushi, baxt qushi, jannat qushi timsollarida talqin qilinadi. “Qurandoz” ertagida Humo qushi va uning xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. O‘zbek xalq ertaklarida uchraydigan yana bir mifologik qush obrazi Bulbuligo‘yodir. Uning nomi atalgan alohida ertak ham bor. “Olmos botir” ertagida ko‘zi xiralashgan podshohning ko‘ziga Bulbuligo‘yoning sayrashi shifo bo‘lishi aytiladi. Adiblar asarlarining sarlavhalarini nomlashda ham ornitonimlardan unumli foydalanilgan. Qaldirg‘och juda ko‘p xalqlarning qushlarga oid poetik tafakkuri tizimida keng ramziy ma’no kasb etgan qushlar sirasiga kiradi. O.M.IvanovaKazas “Mifologiya, folklor va san’atda qushlar” asarida qaldirg‘ochga ezgulik va baxt darakchisi deya ta’rif beradi.[ 4;43] Qaldirg‘och ayrim xalqlarda kelin ramzi, uy va rizq qo‘riqchisi ham hisoblangan.
Dunyo xalqlarining qarg‘aga nisbatan qarashlarida o‘ziga xos muayyan o‘xshashliklar borligi alohida e’tiborni tortadi. Qarg‘a, odatda, o‘lim, urush, tabiiy ofat va turli falokatlardan iborat yomon xabarlarni yetkazuvchi darakchi qush sifatida qaraladi. U ko‘proq xazinalar saqlanadigan joylarda yashab, uzoq umr ko‘rishi, donoligi aytiladi. Lekin qarg‘a qora rangli qush bo‘lganligi uchun ko‘pincha o‘lim, yomonlik bilan bog‘lab talqin qilinadi. Butun dunyo xalqlari ertaklarida qarg‘a obrazi uchraydi. Jumladan, o‘zbek xalq ertaklari orasida ham qarg‘a hatto bosh qahramonlardan biri sifatida talqin etilganlari mavjud. Bunga bevosita “Qarg‘a bilan qo‘zi”[ 5; 129] , “Qarg‘a bilan kunjut”[6;56] ertaklari misol bo‘la oladi. Ularda och qarg‘a obrazi keltirilgan.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Insoniyatning ilk ajdodlariyoq qushlar hayotiga alohida e’tibor qaratib kelgan. Shu asosda barcha xalqlar mifologiyasida qush kultiga ishonch paydo bo‘lgan. Butun jahon xalqlarining mifologiyasi, og‘zaki va yozma adabiyoti, tasviriy san’atida qush kultiga ishonch asosida qushlar obrazi shakllangan. Ularning badiiy asar tarkibidagi o‘rni va poetik vazifalarini kuzatish orqali epik qahramonga homiy yo raqib sifatida poetik talqin qilinish asoslari, insonning ruhiy olam, o‘zga dunyo haqidagi tasavvur-tushunchalari ildizlarini ochish mumkin. Zero, qushlar obrazi tadqiqi ularning badiiy evolyusiyasi, mifologik tafakkurning poetik tafakkurga qarab rivojlanish yo‘llariyu qonuniyatlari haqidagi ilmiy tasavvur va bilimlarni boyitishga xizmat qiladi.
ADABIYOTLAR
1. Имомов К. Ўзбек фольклорида Ҳумо қуши // Ўзбек тили ва адабиёти. 2011. 5-сон, Б.25.
2. Асқар М. Авесто таржимаси. Тарихий адабий ёдгорлик «Шарқ», 2001. – Т. 384 -16 бб.
3. Токарев С.А. Огонь / Мифы народов мира. Том 2. –М., 1997. 346- 348сс.
4. Словарь античности. Пер. с нем. – М.: Прогресс, 1989. С.534
5. Raximov X. Yetti oqqush (Olmon xalq ertaklari). – Toshkent: “Cho‘lpon” nashriyoti, 1991. B. 264
6. Jumayev Akmal Axmatovich. “Qush-ruh” bilan bog‘liq e’tiqodiy qarashlarning nemis va o‘zbek ertaklaridagi o‘xshash talqini. // «Til, adabiyot, tarjima, adabiy tanqidchilik: zamonaviy yondashuvlar va istiqbollar» halqaro ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Buxoro – 2022. - 234 bet. –B. 191-194.
7. Носиров Ш. Диалектал орнитологияга оид кузатишлар // Ўзбек тили ва адабиёти. - Тошкент, 1986. - № 4. - Б. 56-60
8. Djumabaeva, J. S., & Avazmatova, M. M. (2022). International Journal of Social Science Research and Review.
9. Djumabaeva, J. S. (2015). Plesionymy and graduonymy in English and Uzbek. European Journal of Literature and Linguistics, (2), 55-58.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.