O‘ZBEKISTON INSON HUQUQLARI KAFOLATLANGAN DAVLAT
Choriyev Nuriddin Xushboqovich Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali “Ijtimoiy – gumanitar fanlar” kafedrasi
assistenti
Annotatsiya:
Maqolada O‘zbekiston Mustaqilligining yangi bosqichida inson huquqlariga oid davlat siyosatini amalga oshirish jarayonlari, BMT tomonidan qabul qilingan "Inson huquqlari umumjahon Dekloratsiyasi" va O‘zbekistonda inson huquqlari asosida qabul qilingan Qonun va Prezident farmonlarining ijrosi haqida, inson huquqlari borasida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohatlar, farovonlik va ma’naviy – ma’rifiy ishlar, inson qadr-qimmati, inson huquqlari bo‘yicha halqaro hamkorlik, millatlararo totuvlikning ta’minlanishi va diniy bag‘rikenglik, xalqimiz ezgu qadriyatlarining e’zozlanishi, umuman, insonning qadr topishi va yuksak ma’naviy kamol topishi, yoshlarning sog‘lom, ma’naviyatli, sof insoniy fazilatlar egasi bo‘lib voyaga etishi bayon etilgan.
Aннотатция:
В статье рассмотрены процессы реализatsiи государственной политики в области прав человека на новом этапе независимости Узбекистана, «Всеобщей декларatsiи прав человека», принятой ООН, и реализatsiя Закона и указов Президента, принятых в Узбекистане на основе права человека, реформы, реализуемые в нашей стране в области прав человека, благосостояния и духовнопросветительских дел, человеческого достоинства, международного сотрудничества в области прав человека, обеспечения межэтнического согласия и религиозной толерантности, уважения благородных ценностей нашего народа. В целом человеческое достоинство и высокое Утверждается, что молодежь вырастет здоровыми, духовными, чистыми человеческими качествами.
Abstract:
In the article, the processes of implementing the state policy on human rights at the new stage of Uzbekistan's independence, the "Universal Declaration of Human Rights" adopted by the UN and the implementation of the Law and Presidential Decrees adopted in Uzbekistan on the basis of human rights, the reforms implemented in our country regarding human rights, welfare and spiritual and educational affairs, international cooperation on human dignity, human rights, ensuring inter-ethnic harmony and religious tolerance, honoring the noble values of our people, in general, human dignity and high spiritual maturity, youth it is stated that he will grow up as a healthy, spiritual, pure human being. Kalit so‘zlar:Inson, inson qadr-qimmati, Dekloratsiya, millat, so‘z erkinligi, vijdon erkinligi, ehtiyojdan erkinlik, qo‘rquvdan erkinlik, madaniy huquq, Konstitutsiya, shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy huquqlar. Ключевые слова: Человек, человеческое достоинство, Декларatsiя, нatsiя, свобода слова, свобода совести, свобода от нужды, свобода от страха, культурное право, Конституция, личные, политические, экономические, социальные, культурные права. Key words: Man, human dignity, Declaration, nation, freedom of speech, freedom of conscience, freedom from need, freedom from fear, cultural right, Constitution, personal, political, economic, social, cultural rights.
“Inson huquqlari - bu, barcha ne’matlardan foydalanishda o‘z ehtiyojlari va qonuniy manfaatlarini qondirishda shaxsning real imkoniyatlarini aks ettiruvchi tabiiy, ajralmas, universal va ob’ektiv huquqlardir. Davlat insonga uning huquqlari taqdim etmaydi, balki ularni o‘z qonunlari bilan mustahkamlab qo‘yadi. Jamiyat rivojlanishi bilan inson huquqlari erkinlikning ko‘lamiga, adolat, tenglik darajasiga va insonlarning mumkin bo‘lgan huql-atvoriga aylanadi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi – shaxs huquqlari va erkinliklari uchun kurashda alohida davrni ochib bergan va dunyodagi barcha insonlarni Yerda inson huquqlarini himoya qilish va ta’minlash ishida birga birlashishga imkon bergan muhim xalqaro hujjatdir.
O‘zbekiston Respublikasidagi inson huquqlarini himoya qilish mexanizmiyaratilgan. Shu bilan bog‘liq ravishda inson huquqlari sohasidagi ta’lim va ma’rifatning zarurligini, har bir inson tomonidan Deklaratsiyada belgilab qo‘yilgan g‘oyalar va prinsiplarni, o‘z huquq va erkinliklarini anglash lozimligi muhimdir. Joriy yilning 10 dekabr kuni Umumjahon Inson huquqlari deklaratsiyasi qabul qilinganiga 75 yilligini qarshi olamiz. BMT Bosh Assambleyasining 3-sessiyasida qabul qilinib, tashkilotga a’zo barcha mamlakatlarga tavsiya mazmuniga ega bo‘lgan mazkur Deklaratsiya Yer sayyorasida yashayotgan insonlarning barchasiga birdek tegishli bo‘lgan huquqlarini ta’minlaydi. Bu hujjat dunyoning shu kungacha besh yuzdan ortiq tiliga tarjima qilingan bo‘lib, eng ko‘p tarjima qilingan hujjat, 30 moddadan iborat Deklaratsiya hisoblanadi. Inson huquqlariga rioya qilinishi kun tartibiga chiqarilgan bugungi O‘zbekistonda Umumjahon Inson huquqlari deklaratsiyasini tarixini bilish foydadan xoli bo‘lmaydi, albatta. Inson huquqlari bo‘yicha umumiy deklaratsiyaси BMT Bosh Assambleyasining Fransiyaning Pale-de-Shayo qarorgohida bo‘lib o‘tgan 183-plenar majlisida o‘sha vaqtdagi BMTga a’zo 58 davlatdan 48tasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. 1948 yil 10 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berish jarayonida Belorussiya SSR, Ukraina SSR, SSSR, Chexoslovakiya, Polsha, Yugoslaviya, Janubiy Afrika ittifoqi va Saudiya Arabistoni betaraf qolgan, Gonduras va Yaman ishtirok etmagan. Kanada Deklaratsiyani dastavval rad etgan bo‘lsa, keyinchalik uni tasdiqladi. Sotsialistik lager davlatlari Deklaratsiyani erkin emigratsiya huquqini (inson va fuqarolarning mamlakatdan ko‘chib ketish huquqi) e’tirof etishni xohlamaganlari sabab rad etishdi. Janubiy Afrika ittifoqi va Kanada irqiy mazmunni ro‘kach qilishgan bo‘lsa, Saudiya Arabistoni dinga e’tiqod qilish erkinligi va nikoh tuzish erkinligi tan olinmagani sababli Deklaratsiyani rad etdi. Avvalboshdanoq qayd etganimizdek, Deklaratsiya majburiy emas, balki tavsiyaviy maqomga ega. Biroq uning negizida xalqaro majburiy bo‘lgan ikkita hujjat qabul qilingan. Bular Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro pakt hamda Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt. O‘zbekiston mazkur hujjatlarga 1995 yilda qo‘shilgan. O‘tgan yillar mobaynida Deklaratsiya odatdagi huquqiy me’yorlar maqomiga ega bo‘lgan bo‘lsa, ayrim davlatlar hamon uni qisman tan oladi. 1950 yili BMT Deklaratsiya qabul qilingani munosabati bilan 10 dekabrni Inson huquqlari nishonlanadigan kun sifatida belgiladi. Uni turli insonlar, jamiyatlar va diniy uyushmalar, parlamentlar, hukumatlar va albatta BMT ham ishonlaydi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining Rezolyusiya 217 A (III) bilan 1948 yil 10 dekabrda qabul va e’lon qilingan. .[1]
Ona yurtimiz O‘zbekistonda «Inson qadri uchun» degan ezgu g‘oyani to‘liq ro‘yobga chiqarish, inson huquq va erkinliklari sohasidagi xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish, davlat organlari faoliyatiga tizimli va bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Inson huquqlari va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish hamda qonun ustuvorligini ta’minlash, shuningdek, jamiyat va har bir fuqaro hayotiga ularni tatbiq etish Yangi O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosatida markaziy o‘rinni egallab kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasida zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarini samarali bajarishga qaratilgan Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiyasida belgilangan vazifalarning izchil amalga oshirilayotgani uning xalqaro maydondagi obro‘si yanada mustahkamlanishiga hamda mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklariga hurmat munosabati shakllanishiga xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha kengashining a’zosi sifatida faol harakati, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari hamda inson huquqlari masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachilar bilan yaqin hamkorligi bunga yorqin misol bo‘lmoqda. Inson huquqlariga oid xalqaro standartlarni amalga oshirish, ayniqsa ayollar, bolalar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish hamda ijtimoiy adolat tamoyillariga konstitutsiyaviy maqom berildi. Shuningdek, xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, qiynoqqa solishning oldini olish bo‘yicha milliy preventiv mexanizmning qonuniy asoslarini shakllantirish, majburiy mehnat va bolalar mehnatiga barham berish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturining qabul qilinishi mamlakatimizda inson huquqlari sohasidagi ta’limni yanada rivojlantirishga, aholining inson huquqlari sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirishga, shuningdek, davlat xizmatchilarining inson huquqlari va gender tenglik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan.
BMT Bosh kotibining «Inson huquqlari yo‘lida harakatga da’vat» tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasida zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarini izchil va qat’iy bajarishni davom ettirish, fuqarolarning Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi tamoyillari va normalari to‘g‘risidagi bilimlarini oshirish, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy, qonunchilikka oid chora-tadbirlar tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi XX asrning eng muhim hujjatlaridan biridir. U 350 dan ortiq tilgan tarjima qilingan. Deklaratsiya qabul qilinganiga 75 yil bo‘lganiga qaramasdan, bugungi kungacha u davlatlar, shaxslar va nodavlat tashkilotlarning inson huquqlari sohasidagi faoliyatining asosi hisoblanadi. .[2]
Mazkur hujjat dunyoning deyarli barcha mamlakatlari tomonidan ratifikatsiya qilingan va boshqa hech qaysi xalqaro hujjat bunday sharafga da’vo qila olmaydi. Chunki unda sayyoramizda yashayotgan har bir insonning, u qaerda tug‘ilgani, yashayotgani, qaysi millatga mansubligi, qanday tilda so‘zlashishi, diniy e’tiqodidan qat’i nazar, bir xil huquq va erkinliklarga ega ekani belgilangan.
1948 yil 10 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi bugungi kunda ma’lum bo‘lgan inson huquqlari tushunchasining tub mohiyatini ochib berdi. Deklaratsiya turli siyosiy tizimlarga ega bo‘lgan davlatlarda inson huquqlarini bir xilda tushunish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib, inson huquqlari sohasida standartlashtirishga asos soldi. 1943-1945 yillarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomini ishlab chiqish jarayonida Inson huquqlari deklaratsiyasini ishlab chiqish zarurligi masalasi ko‘tarilgan. Nima uchun aynan shu paytda inson huquqlarini xalqaro darajada himoya qilish mexanizmini yaratish muammosi bunchalik dolzarb ahamiyat kasb etdi va uni yangi xalqaro tashkilotni yaratish bilan bog‘lash qanchalik asosli edi? Buning sababi Deklaratsiya Muqaddimasida bayon qilingan. Jumladan, unda inson huquqlarini mensimaslik va uni poymol etish insoniyat vijdoni qiynaladigan vahshiyona ishlar sodir etilishiga olib kelganini, kishilar so‘z erkinligi va e’tiqod erkinligiga ega bo‘ladigan hamda qo‘rquv va muhtojlikdan holi sharoitda yashaydigan dunyoni yaratish, inson huquqlari qonun kuchi bilan himoya etilishi zarur ekanligini e’tiborga olib, barcha xalqlar va barcha davlatlar bajarishga intilishi lozim bo‘lgan vazifa sifatida ayni Deklaratsiya ishlab chiqilgani ta’kidlangan.
Natsistlar Germaniyasining Ikkinchi jahon urushi bilan bog‘liq vahshiyliklari jamoatchilikka ma’lum bo‘lgach, BMT Nizomida inson huquqlarini yetarlicha aniq belgilanmaganligi, hali himoya qilinishi lozim bo‘lgan jihatlar juda ko‘pligi ayon bo‘ldi. Shuni ta’kidlash kerakki, BMT Nizomida "inson huquqlarini himoya qilish" kabi atamalar ishlatilmagan, faqat "inson huquqlariga hurmatni rag‘batlantirish va rivojlantirish" jumlasigina qo‘llangan. Ushbu holatda shaxsning huquqlarini batafsil sanab o‘tadigan va tavsiflaydigan umumjahoniy bir hujjat zarur edi. Shu ma’noda, Deklaratsiyani Ikkinchi jahon urushi davomida sodir bo‘lgan vahshiyliklarga xalqaro hamjamiyatning javobi sifatida tushunish mumkin. Dunyoning yarmi vayronaga aylangan, millionlab odamlar halok bo‘lgan, insoniyat hayoti izdan chiqqan o‘sha davrda Deklaratsiya bunday dahshatli harakatlarning takrorlanishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaslik uchun xalqaro majburiyatni belgilab berdi. Shunday qilib, tarixda birinchi marta inson huquqlari bo‘yicha normalar umumlashtirilib, 30 ta moddadan iborat yagona hujjat shakliga keltirildi.
Bugungi kunda deyarli barcha huquqshunos olimlar Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini inson huquqlarini universallashtirishning asosi deb biladi. Chunki birinchi marta inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar aynan shu hujjatda birlashtirilidi. Hozirgi vaqtda ushbu hujjat, o‘zining tavsiyaviy xarakterga ega ekanligiga hamda siyosiy xususiyatiga qaramasdan, butun xalqaro hamjamiyat tomonidan xalqaro-huquqiy majburiyatlarni keltirib chiqaradigan hujjat sifatida tan olingan. U inson huquqlarini himoya qilishning xalqaro tizimini rivojlantirishda yangi sahifa ochgan hujjatdir.
Deklaratsiya har qanday demokratik jamiyatda inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarning hurmat qilinishi va ularga amal qilinish darajasini aniqlash uchun mezon vazifasini bajaradi. Unga barcha davlatlar va xalqlar bajarishi lozim bo‘lgan vazifa sifatida qaraladi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, uning nomidan ko‘rinib turibdiki, universaldir. Ya’ni, undagi normalar dunyoning barcha mamlakatlaridagi barcha odamlarga tegishli. Deklaratsiyaning asosiy tamoyil va qoidalari jahondagi aksariyat davlatlarning Konstitutsiyalaridan joy oldi hamda ularning inson huquqlari sohasidagi milliy qonunchiligi rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi va milliy huquqning tarkibiy qismiga aylandi. Xususan, hozirgi vaqtda 1948 yildan keyin qabul qilingan 100 dan ortiq davlatlarning milliy Konstitutsiyalarida Deklaratsiya qoidalariga uyg‘un va hamohang ko‘plab moddalar mavjud. Deklaratsiya inson huquqlari bo‘yicha boshqa ko‘plab xalqaro majburiy ahamiyatga ega bo‘lgan pakt va konvensiyalarni, xartiya va boshqa shartnomalarni ishlab chiqish uchun asos yaratdi. Shu nuqtai nazardan, u barcha mamlakatlarda rag‘batlantirilishi va himoya qilinishi kerak bo‘lgan inson huquqlari bo‘yicha universal standartlar uchun aniq “yo‘lchi yulduz” vazifasini bajardi, desak, o‘rinli bo‘ladi.
Deklaratsiya inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro normalarni yaratish bo‘yicha huquq ijodkorligining boshlang‘ich nuqtasi bo‘lgani uchun ham unda insonning asosiy huquq va erkinliklarini to‘laqonli ifodalash mumkin emas. Aynan shu omil keyinchalik 1966 yil 16 dekabrda Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro pakt va Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida xalqaro paktning qabul qilinishiga sabab bo‘ldi.Mazkur paktlarda Deklaratsiyada nazarda tutilgan huquq va erkinliklar yanada aniqlashtirildi hamda to‘ldiradi. Ular Deklaratsiyadan farqli ravishda majburiy xarakterga ega. Dunyoning ko‘plab davlatlari ushbu ikki paktning ishtirokchilari hisoblanadi, bu ularga ushbu paktlarda belgilangan huquq va erkinliklarni ta’minlash majburiyatini yuklaydi. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro pakt hamda uning ikkita qo‘shimcha protokoli, shuningdek, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida xalqaro pakt Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi bilan birgalikda Inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro billni tashkil etadi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin qo‘shilgan birinchi xalqaro-huquqiy hujjat bo‘ldi. Zero, demokratik, huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lini tanlagan O‘zbekiston inson huquqlari va manfaatlarini jamiyatni rivojlantirish va davlat qurilishining, butun ichki va tashqi siyosatining eng ustuvor yo‘nalishi etib belgiladi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, insonning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlaydigan milliy qonunchilik normalarida o‘z ifodasini topgan. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi O‘zbekistonda demokratiya va insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish yo‘lida katta ahamiyat kasb etdi. Endigina mustaqillikka erishgan O‘zbekiston o‘z Konstitutsiyasini, undagi inson huquq va erkinliklarini ta’minlovchi normalarni shakllantirishda Deklaratsiya dasturilamal vazifasini bajargan.
Ta’kidlash joizki, 1992 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” deb nomlangan ikkinchi bo‘limida Deklaratsiyaning deyarli barcha norma va qoidalari o‘z ifodasini topgan bo‘lsa, joriy yilning 30 aprelidagi referendum natijasida qabul qilingan Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada Deklaratsiya bilan birga, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro pakt hamda Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida xalqaro pakt normalari ham ancha keng o‘rin oldi. Shu ma’noda, bugungi kunda O‘zbekiston Konstitutsiyasini Inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro bill normalarini o‘zida mujassamlashtirgan yetuk huquqity hujjat sifatida e’tirof etish mumkin. .[3]
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya mamlakatimiz tarixida birinchi marta Deklarasyaining 1-moddasida mustahkamlangan inson huquqlarining tabiiy xususiyatini e’lon qildi. Konstitutsiyaning 19-moddasida inson huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘lishi belgilab qo‘yildi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi 15-moddasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalari bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimining tarkibiy qismi ekanligi hamda milliy qonunchilikka nisbatan ustun ahamiyatga egaligi tan olingani, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Shu bilan birga, Konstitutsiyamizning 19-moddasida O‘zbekistonda insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga binoan e’tirof etilishi va kafolatlanishining belgilanishi, Deklaratsiyaning inson huquqlari bo‘yicha umume’tirof etilgan norma sifatida mamlakatimizda to‘g‘ridanto‘g‘ri amal qilishi nazarda tutilgan. So‘nggi yillarda mamlakatimizda BMTning boshqa hujjatlari qatori Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida belgilangan normalarni hayotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. .[4]
BMT Bosh kotibi Antonio Gutterish Xalqro inson huquqlari kuni munosabati bilan yo‘llagan murojaatida barcha davlatlarni Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganliging 75 yilligi munosabati bilan inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha faol harakatlarni amalga oshirishga, ushbu sohada yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga chaqirdi. Shu munosabat bilan joriy yilning 12 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” farmoni qabul qilindi. Farmon bilan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi tasdiqlandi. .[5]
Ushbu Farmon nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida mustahkamlangan huquq va erkinliklarning ta’minlanishi bo‘yicha davlat siyosatini izchil amalga oshirish va tizimlashtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish va uni targ‘ib qilish, ushbu sohadagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga yordam beradi. Muxtasar aytganda, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi axloqiy, huquqiy va siyosiy ahamiyatga ega bo‘lib, inson huquqlari konsepsiyasini doimiy ravishda kengaytirish va takomillashtirish uchun katta ahamiyatga ega hujjatdir. Binobarin, agar 75 yil ortga nazar solsak, 1948 yilda qabul qilingan Deklaratsiyaning sezilarli yutuqlarni qo‘lga kiritganiga guvoh bo‘lamiz. Deklaratsiya orqali millionlab odamlarning kundalik hayoti yaxshilandi, so‘zlab bo‘lmaydigan azob-uqubatlarning oldi olindi va adolatli dunyoning poydevori qo‘yildi. Deklaratsiyaning vaqt sinovidan o‘tganligi, tenglik, adolat va inson qadr-qimmatining kafolatlovchi normalari uning umumbashariy tabiatidan dalolat beradi. Shunday ekan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligi munosabati bilan barchamiz birlashishimiz va bor kuchimizni mamlakatimizda inson qadr-qimmati hamda erkinliklarini himoya qilishga, ushbu sohadagi muammolarni hal etishga, Deklaratsiyada belgilangan tamoyil va qadriyatlarni jamiyatimiz va davlatimiz hayotiga yanada keng joriy etishga safarbar etishimiz darkor. Shundagina mamlakatimizda «Inson qadri uchun» degan ezgu g‘oya ro‘yobga chiqib, O‘zbekistonimiz inson huquqlari to‘la qaror topgan davlatlar qatoridan joy olajak.
Foydalanilgn adabiyotlar: 1. “Inson huquqlari umumjahon Dekloratsiyasi” 1948 yil 10 dekabr. 2. «Yangi O‘zbekiston» gazetasining 2023 yil 12 iyul kungi 137-soni. 3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” 1992 yil 8 dekabr. 4.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi “ 2023 yil 1 may. 5.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev: 2023 y.12-may PF-70-son Farmoni.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.