O’zbekiston Respublikasida amal qiladigan chet tili darajasini
aniqlash imtihonlari va sertifikatlari
Davlatova Dildora Dilshod qizi
Terniz davlat universiteti “Xorijiy filologiya fakulteti” 313-guruh talabasi
Ilmiy rahbar: Imomova Umida Muzafarovna
Termiz davlat universiteti “Xorijiy filologiya fakulteti” katta o‘qituvchisi
Annotatsiya: Til inson fikrini bayon qiluvchi, jamiyatdagi odamlarning muloqoti, fikr almashishi va o’zaro bir-birini tushunish quroli hisoblanadi. Chet tillarini bilish va uni nutqda to’g’ri qo’llay olish nafaqat til o’rgangan shaxsga balki, davlatlar o’rtasida aloqalarni o’rnatishga ham katta yordan beradi. Maqolaning asosiy mazmuni O’zbekiston Respublikasida amal qiladigan chet tili darajasini aniqlash imtihonlari va sertifikatlari haqida ma’lumotlardan iboratdir
Kalit so’zlar: Prezident qarorlari, xalqaro darajadagi sertifikatlar, O’zbekiston Respublikasi serifikatlashtirish milliy tizimi
Mamlakatimizda xorijiy tillarni o’rgatish bo’yicha kelajak uchun mustahkam poydevor bo’ladigan yangi tizimni yo’lga qo’yish vaqti-soati keldi
Sh.M.Mirziyoyev
So’ngi yillarda chet tillarini o’rganishga va o’qitishga bo’lgan talab tobora ortib bormoqda. Zeroki bugungi kunda jahondagi taraqqiy etgan davlatlar qatoridan o’ziga munosib o’rin egallashga intilayotgan mamlakatimizning bundan keyingi ravnaqi va taraqqiyoti uchun chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda o’z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun chet tillarini mukammal bilishning ahamiyati juda katta. Ma’lumki,“Ta’lim to’g’risi”dagi qonunda chet tillarni o’qitishning yangi texnologiyasini ishlab chiqishga, intensivlashtirilgan usullardan foydalanishga, namunali, davr talabiga javob beradigan darsliklar, qo’llanmalar va lug’atlar, bilimni baholash va nazorat qilishga mo’ljallangan xalqaro va milliy daraja beruvchi imtihonlarni ochiq va shaffof tarzda tashkil etish orqali yetuk kadrlar, mutaxassislarni kashf qilish asosiy maqsad qilib belgilangan.
Bugungi kunda ta’lim davlat siyosatining ustivor sohasiga aylanib, chet tilini o’rganish va o’rgatishda tub islohatlar amalga oshirilmoqda. “Xorijiy tillarni o’rganishni takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori buning yorqin na’munasidir. Yurtimizda so’ngi yillarda olib borilayotgan islohotlar natijasida 25 oliy ta’limda o’qitish tizimi chet tilida amalga oshirilmoqda. Xalqaro til sertifikatini olib bitirgan o’quvchilar soni 10 baravardan oshdi. Joriy yilda “El-yurt umidi” jamg’armasi orqali 350 nafar talabalar uchun xorijiy universitetlarda o’qishlari uchun stipendiyalar ajratildi. Olib borilgan izlanishlar natijasida 1 million 400 ta maktabda chet tilini o’qitish sifatini oshirish kerakligi aniqlangan. Ushbu maskanda o’qituvchilarning 4 % ida milliy va xalqaro sertifikati mavjud xolos. Albatta bu yaxshi ko’rsatkich emas. Bu ko’rsatkichni yuqori foizlarga chiqorish uchun bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda, ta’lim sifatini yaxshilash va xorijiy tillarda nashr etilgan ilmiy kitoblarni o’qibo’rganish va o’zimizga tadbiq qilish masalalari ko’rib chiqildi. Bunda B2 va C1 darajalari bor bo’lgan o’qituvchilarga ustama ajratish va 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta ’limdan keyingi ta ’lim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi tartibi joriy etildi. Oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan ingliz tili, fransuz tili, nemis tili, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk tillaridan qabul qilinadi.
Jumladan nemis tili uchun “Milliy” hamda unga mos darajadagi “ GoetheZertifikat” , “ Deutsches Sprachdiplom (DSD II) ” , “ Test Deutsch als Femdsprache ( Test DAF) ” xalqaro sertifikatlar talab qilinadi.
“Milliy” sertifikat. O’zbekiston Respublikasida amal qiladigan sertifikat hisoblanib, u O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat Test markazi, Chet tillarini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi tomonidan tashkillashtiriladi. Chet tilini bilish darajasi test sinovi, yozma ish va gapirish ko‘nikmasini baholash yo‘li bilan aniqlanadi, u quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘ladi:
a) “tinglab tushunish” bo‘limi — og‘zaki nutqni qabul qilish ko‘nikmalarini, eshitilgan matnlardagi asosiy fikr va detalni tushunish mahoratini tekshiradi;
b) “o‘qish” bo‘limi — o‘qilgan matnlardagi asosiy fikr va detalni tushunish mahoratini tekshiradi;
v) “yozma ish” bo‘limi — tegishli darajadagi grammatik tuzilishdan va talabgorning lug‘at zaxirasidan foydalangan holda berilgan mavzular bo‘yicha bir-biri bilan bog‘langan matnlar tuzish mahoratini tekshiradi;
g) “gapirish” bo‘limi — tegishli darajadagi grammatik tuzilishdan va lug‘at zaxirasidan foydalangan holda, berilgan savollarga mos javob berish va o‘z nuqtai nazarini asoslash mahoratini tekshiradi.
Milliy sertifikati olish malaka imtihonining har bir daraja uchun o‘tkaziladigan test sinovi: “tinglab tushunish”, “o‘qish” bo‘limlarining har biri 30 ta savoldan,“yozma ish” bo‘limi ikkita yozma topshiriqdan (darajaga bog‘liq holda birinchi topshiriq — 30 — 150 ta so‘zdan, ikkinchi topshiriq — 50 — 250 ta so‘zdan),“gapirish” bo‘limi topshiriqlarning uchta turidan iborat bo‘ladi. Bu imtihonni topshirish “tinglab tushunish”, “o‘qish”, “yozma ish” bo’lmlari bir kunda, “gapirish” bo’limi esa boshqa kunda tashkil etiladi.
Goethe- Zertifikat. Gyote Institutining imtihonlari barcha qiziqqanlar uchun ochiq bo’lib, Germaniya fuqarolaridan boshqa barcha nemis tili o’rganuvchilari uchundir. Ular nemis tili chet tili sifatida va nemis tili ikkinchi til sifatida tegishli til bilimlari mavjudligini tasdiqlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Nemis tili imtihonlari darajalari quyidagicha tarmoqlanadi:
Tilning elementar darajalari
A1-aniq turdagi ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan bilish, kundalik iboralar va juda oddiy iboralarni tushuna oladi va ishlata oladi. O'zini va boshqalarni tanishtirishi va boshqalarga o'zlari haqida savollar berishlari mumkin - masalan, ular qayerda yashaydilar, ular qanday odamlarni bilishadi yoki ularda qanday narsalar bor va shu kabi savollarga javob bera oladi. Boshqa odam sekin va aniq gapirsa uni bemalol tushuna oladi.
A2-eng muhim sohalarga (masalan, shaxsiy va oilaviy ma'lumotlar, xarid qilish, ish, mahalliy hudud) tegishli jumlalar va tez-tez ishlatiladigan iboralarni tushuna oladi. Tanish va odatiy masalalar bo'yicha oddiy va to'g'ridan-to'g'ri ma'lumot almashishni talab qiladigan oddiy, muntazam vaziyatlarda o'zaro aloqada bo'lishi mumkin. O'z ma'lumoti va ta'limini, yaqin atrofni va bevosita ehtiyojlar bilan bog'liq masalalarni tasvirlash uchun oddiy vositalardan foydalana oladi.
Tildan mustaqil foydalana olish darajalari:
B1-ish, maktab, bo'sh vaqt va hokazolar bilan bog'liq tanish masalalar bo'yicha aniq, standart tilning asosiy fikrlarini tushuna oladi. U tilda so'zlashadigan hududda sayohat qilishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ko'p vaziyatlarni hal qila oladi. Tanish mavzu va shaxsiy qiziqish bo‘yicha oddiy bog‘langan matn tuza oladi. Tajribalar va voqealar, orzular, umidlar va maqsadlar haqida hisobot berishi va rejalar va qarashlar uchun qisqacha sabablar yoki tushuntirishlar berishi mumkin.
B2-aniq va mavhum mavzulardagi murakkab matnning mohiyatini tushuna oladi; o'zining maxsus sohasida texnik munozaralarni ham tushunadi. U shu qadar o'zo'zidan va ravon muloqot qila oladiki, ona tilida so'zlashuvchilar bilan oddiy suhbatni ikkala tomondan ham ko'p harakat qilmasdan osongina qilish mumkin. Turli xil variantlarning afzalliklari va kamchiliklarini ko'rsatib, dolzarb masala bo'yicha nuqtai nazarni tushuntirib, keng doiradagi mavzular bo'yicha aniq, batafsil matn yarata oladi.
Tildan malakali foydalish darajasi:
C1-keng doiradagi talabchan, uzunroq matnlarni, shu jumladan yashirin ma'noni tushuna oladi. Ko'pincha so'zlarni aniq qidirishga hojat qoldirmasdan, o'z fikrini o'zo'zidan va ravon ifodalay oladi. Ijtimoiy va kasbiy hayotda yoki ta'lim va o'qishda tildan samarali va moslashuvchan foydalana oladi. Murakkab mavzular bo'yicha matnni aniq, tuzilgan va batafsil shaklda, turli xil matnlarni bog'lash vositalaridan to'g'ri foydalangan holda yarata oladi.
C2-o'qigan yoki eshitgan deyarli hamma narsani osongina tushuna oladi. Turli yozma va og'zaki manbalardan olingan ma'lumotlarni umumlashtira oladi, sabab va tushuntirishlarni izchil taqdimotda takrorlay oladi. O'z fikrini o'z-o'zidan, juda ravon va aniq ifoda eta oladi, murakkabroq vaziyatlarda ham nozik ma'no turlarini aniqlay oladi.
Xulosa o’rnida shuni takidlab o’tmoqchimanki, chet tilini o’rganish orqali inson dunyoqarashi, boshqa bilimlarni olishga bo’lgan imkoniyatlarini, ma’naviyatiniyuksaltirish, qobilyatlarini oshirishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.Z.Po'latova. "Xorijiy tillarni o'rganishdagi muammolar". Maqola.
2. Xorijiy tillarni o’rganishni takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha choratadbirlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori
3. “TA’LIM TO‘G‘RISIDA”Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.