ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

O‘ZBEKISTONDAGI DAVLAT VA XUSUSIY KORXONALARNING KAPITAL TUZULMASINI TAKOMILLASHTRISH

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekistondagi davlat va xususiy korxonalarning kapital tuzilmasini takomillashtirish zarurati, uning asosiy omillari hamda islohotlarning samarali amalga oshirilishi uchun tavsiyalar keng tahlil qilinadi. Davlat va xususiy korxonalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, moliyaviyboshqaruv mexanizmlarini rivojlantirish va investitsiyalarni rag‘batlantirish orqali iqtisodiyotning turli sohalarida barqaror o‘sishni ta’minlash imkoniyati yaratiladi.Ushbu maqolada O‘zbekistondagi xususiy korxonalarning kapital tuzilmasi, uning tarkibiy qismlari, boshqaruv strategiyalari va unga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilinadi


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

KAPITAL TUZULMASINI TAKOMILLASHTRISH

Madumarov A’zamjon Abdullo o‘g‘li

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti magistranti

Annotatsiya. Mazkur maqolada O‘zbekistondagi davlat va xususiy korxonalarning kapital tuzilmasini takomillashtirish zarurati, uning asosiy omillari hamda islohotlarning samarali amalga oshirilishi uchun tavsiyalar keng tahlil qilinadi. Davlat va xususiy korxonalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, moliyaviy boshqaruv mexanizmlarini rivojlantirish va investitsiyalarni rag‘batlantirish orqali iqtisodiyotning turli sohalarida barqaror o‘sishni ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Ushbu maqolada O‘zbekistondagi xususiy korxonalarning kapital tuzilmasi, uning tarkibiy qismlari, boshqaruv strategiyalari va unga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilinadi.

Key words. davlat korxonasi, xususiy korxona, kapital, baxolash, takomillashtirish, kapitalni shakllantirish, samara, resurs, aktivlar, ishlab chiqarish

O‘zbekiston iqtisodiyoti so‘nggi yillarda jadal rivojlanib, davlat va xususiy sektorlar faoliyatini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida davlat va xususiy korxonalarning kapital tuzilmasini takomillashtirish muhim iqtisodiy masalalardan biriga aylandi. Korxonalar uchun samarali kapital tuzilmasini shakllantirish raqobatbardoshlikni oshirish, investitsiyalarni jalb qilish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Davlat korxonalari ko‘pincha davlat byudjetidan moliyalashtirilsada, ular ham qarz kapitalini jalb qilish va ichki moliyaviy resurslarni boshqarish orqali kapital tuzilmasini takomillashtirishga ehtiyoj sezadilar. Bunda davlat ulushi va qarz majburiyatlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash strategik ahamiyatga ega.

Xususiy korxonalar esa bank kreditlari, aksiyadorlik kapitali va tashqi investitsiyalar orqali moliyaviy resurslarini shakllantiradi. Ularning kapital tuzilmasini takomillashtirish investitsion muhitning barqarorligi va moliyaviy infratuzilmaning rivojlanganligi bilan bevosita bog‘liqdir. Shuningdek, xususiy sektor uchun soliqqa tortish siyosati, kredit resurslari mavjudligi va regulyatsion talablarning qulayligi muhim omillar hisoblanadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston hukumati tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy strategiyalar va davlat dasturlarining mazmuni kapital tuzilmasini takomillashtirish jarayoniga qaratilganligi mamlakatning global iqtisodiyotdagi o‘rnini mustahkamlash uchun muhim poydevor yaratadi. Shu sababli, davlat va xususiy korxonalarning kapital tuzilmasini boshqarish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish iqtisodiy siyosatning ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda.

O‘zbekiston iqtisodiyoti so‘nggi yillarda xususiy sektorning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlovchi keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirdi. Xususiy korxonalar mamlakat iqtisodiyotida muhim rol o‘ynab, yangi ish o‘rinlari yaratish va milliy daromadni oshirishda asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2021-yil 3- fevraldagi PF-6155-son hamda “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 27-oktabrdagi PF-6096-son Farmonlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini asoslangan darajagacha qisqartirish va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarorida1 o‘z tastig‘ini topadi.

Bunda xususiy korxonalarning kapital tuzilmasi iqtisodiyotda muhim o‘rin tutadigan moliyaviy tushunchalardan biri hisoblanib, korxonaning moliyaviy resurslarini to‘g‘ri boshqarish va ularni samarali taqsimlash uning uzoq muddatli muvaffaqiyati uchun asosiy omillardandir. Ushbu maqolada xususiy korxonalarning kapital tuzilmasi tushunchasi, uning asosiy tarkibiy qismlari va boshqaruv omillari keng yoritiladi. 1 https://lex.uz/en/docs/-5348948#-5349565 Bunda kapital tuzilmasiga izoh beradigan bo‘lsak, kapital tuzilmasi korxonaning faoliyatini moliyalashtirish uchun foydalaniladigan mablag‘ manbalarining nisbati va tarkibi. U o‘z mablag‘lari (aksiyadorlik kapitali) va jalb qilingan mablag‘lar (qarz kapitali)dan tashkil topadi. Kapital tuzilmasi samarali tashkil etilgan bo‘lsa, bu korxonaning moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’minlaydi.

O‘z mablag‘lari (aksiyadorlik kapitali) kompaniyaning egalari yoki aksiyadorlari tomonidan taqdim etilgan moliyaviy resurslarni anglatadi. U quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:

- Ustav kapitali: Korxona tashkil etilganda asosiy sarmoya sifatida aksiyadorlar yoki tadbirkorlar tomonidan kiritilgan mablag‘.

- Jamg‘arilgan daromadlar: Korxonaning o‘tgan davrlardagi sof foydasi hisobidan qayta investitsiya qilingan mablag‘lar.

- Qo‘shimcha aksiyalar chiqarish: Yangi aksiyalar chiqarib, aksiyadorlardan qo‘shimcha sarmoya jalb qilish.

Jalb qilingan mablag‘lar (qarz kapitali) kompaniya tomonidan tashqi manbalardan qarz olish yo‘li bilan olingan mablag‘larni o‘z ichiga oladi. Bunga quyidagilar kiradi:

- Bank kreditlari: Banklardan olingan qisqa yoki uzoq muddatli qarzlar.

Kapital tuzilmasining asosiy

tarkibiy qismlari

Jalb qilingan

mablag‘lar (qarz

kapitali)

O‘z mablag‘lari

(aksiyadorlik

kapitali)

- Obligatsiyalar chiqarish: Korxonaning investorlarga obligatsiyalar chiqarib, moliyaviy resurslarni jalb qilishi.

- Yetkazib beruvchilardan olingan qarzlar: To‘lov muddatlari kechiktirilgan holda tovar va xizmatlar sotib olish orqali olinadigan qarzlar.

- Lizing shartnomalari: Asbob-uskunalar va boshqa aktivlarni uzoq muddatli ijaraga olish.

O‘zbekistonda davlat va xususiy korxonalarning kapital tuzilmasini takomillashtirish orqali korxonaning qiymatini maksimal darajada oshirish va moliyaviy xavflarni minimal darajada ushlab turishdan iborat. Buning uchun korxona qarz va o‘z mablag‘lari o‘rtasida optimal nisbatni ta’minlaydi.

O‘zbekistonda davlat va xususiy korxonalarning kapital tuzilmasini shakllantirishda bir qator ichki va tashqi omillar muhim ahamiyatga ega. Quyida ushbu omillarni ko‘rib chiqish mumkin.

• Yirik va kapitalga boy sanoat tarmoqlarida korxonalar odatda

katta miqdorda qarz kapitalini jalb qiladi

• Yuqori foyda olish imkoniyatiga ega korxonalar odatda o‘z

mablag‘larini qayta investitsiya qiladi

• Yangi tashkil etilgan kompaniyalar ko‘pincha aksiyadorlik

kapitaliga tayanadi, tajribali kompaniyalar esa qarz jalb qilishi

mumkin

Ichki

omillar

• Bozordagi foiz stavkalari va moliyaviy vositalar narxi qarz

kapitali qiymatiga ta’sir qiladi

• Soliqqa tortish tizimi qarz va aksiyadorlik kapitali o‘rtasidagi

tanlovga ta’sir ko‘rsatadi

• Mamlakatdagi moliyaviy regulyatsiyalar korxonalarning kapital

tuzilmasini shakllantirishda cheklovlar qo‘yishi mumkin

• Investorlarning daromad olish bo‘yicha kutilmalari kapital

tuzilmasiga ta’sir etadi

Tashqi

omillar

1-rasm. O‘zbekistonda davlat va xususiy korxonalarning kapital tuzilmasini

shakllantirishga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar2

O‘zbekistonda davlat va xususiy korxonalarida investitsion kapital korxonalarning kelajakdagi rivojlanishi va raqobatbardoshligini ta’minlash uchun muxim ahamiyatga ega. O‘zbekistonda chet el sarmoyalarini jalb qilish va infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda. Investitsiya strategiyalarini ishlab chiqishda aniq maqsadlarga e’tibor berish kerak. O‘zbekistonda sarmoya jalb qilish va davlat dasturlari orqali investitsion muhitni yaxshilash yo‘nalishida ko‘p ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, industrial zonalar va infratuzilmani rivojlantirish dasturlari sarmoyadorlar uchun jozibador hisoblanadi. 2023 yilda mamlakatimizdagi to‘g‘ridan – to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 7.2 milliard AQSh dollarini tashkil etdi, bu 2022 yilga nisbatan ikki barobar o‘sish ko‘rsatkichiga ega3. Mamlakatimizning halqaro bozordagi investitsion jozibadorligi yuqori va bu jarayonda halqaro sarmoyadorlar bilan hamkorlik orqali muhim natijalarga erishilmoqda. Mamlakatning chet el sarmoyadorlarini jalb qilishga qaratilgan qonunchilik o‘zgarishlari va investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan islohotlar sarmoyadorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratmoqda. Xalqaro investitsiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning xalqaro investitsiya reytingi 2023 yilda 5 foizga yaxshilanib, mamlakatga jalb qilinayotgan sarmoyalar hajmi ortishiga olib keldi4.

Davlat ishtirokidagi korxonalarda kapital jalb qilish masalalari muhim ekanligini e’tirof etish bilan bir qatorda jalb qilingan moliyaviy resurslardan samarali foydalanishga ham alohida e’tibor qaratish lozimligini qayd etish joiz. Mamlakatimizda davlat ishtirokidagi korxonalarda kapital jalb qilish amaliyoti aksiyalar va obligatsiyalar orqali amalga oshiriladi. Xususan, davlat ishtirokidagi korxonalar sifatida Oʻztelekom AJ hamda Asia Alliance Bank ATBda aksiyadorlik kapitali tarkibi oʻzgarishini quyida tahlil qilishimiz mumkin. 2 Muallif ishlanmasi 3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Statistika Agentligi ma’lumotlari asosida. Manba https://www.stat.uz 4 https://www.stat.uz

2-rasm. Oʻzbektelekom va Asia Alliance Bankda aksiyadorlik kapitali hajmi

oʻzgarishi tahlili (oktyabr, 2023)5

Oʻztelekom AJda 2023-yil oktyabrda aksiyadorlik kapitali hajmi kamaytirilgan boʻlib, ustav kapitali hajmi 331,6 mlrd. soʻmdan 326,2 mlrd. soʻmga pasaytirilgan. Asia Alliance Bank ATBda esa ustav kapital hajmi qoʻshimcha aksiyalar emissiyasi hisobiga oshirilgan boʻlib, ustav kapital hajmi 536,8 mlrd. soʻmga yetkazilgan (2- rasm).

Mamlakatimizdagi davlat va xususiy korxonalar tahlili sifatida aksiyadorlik jamiyatlarida davlat ishtirokini tahlil qiladigan boʻlsak, aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlar egalik qiluvchi aksiyalar hajmini quyida tahlil qilamiz (3-rasm). 5 https://uzcsd.uz/financialReport - Oʻzbekiston Respublikasi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi rasmiy sayti

Ko'rsatkichlar

Sohasi

O'zgarish turi

O'zgarish

hajmi

O'zgarishdan

avvalgi

ko'rsatkich

O'zgarishdan

keyingi

ko'rsatkich

O'zbektekom

Aloqa

Kamaytirish

5.4 mlrd

so'm

331.6 mlrd

so'm

326.2 mlrd

so'm

Asia Alliance

Bank

Moliya

Qo'shimcha

156.5 mlrd

so'm

380.3 mlrd

so'm

536.8 mlrd

so'm 3-rasm. Jami aksiyadorlik jamiyatlarida davlat egalik qiluvchi aksiyalar hajmi,

mlrd. soʻm (27.10.2023)6

2023-yil 27-oktyabr holatiga koʻra jami aksiyadorlik jamiyatlarida davlat ulushi tahlil qilingan boʻlib, davlat 84,6 foiz, xoʻjalik boshqaruv organlari 1,8 foiz va boshqa aksiyadorlar 12,3 foiz aksiyalarga egalik qilgan. Joylashtirish jarayonidagi aksiyalar esa 1,3 foizni tashkil etgan (4-rasm).

4-rasm. Jami

aksiyadorlik jamiyatlarida davlat

ulushi, foizda

(27.10.2023)7 6 https://uzcsd.uz/financialReport - Oʻzbekiston Respublikasi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi rasmiy sayti 7 https://uzcsd.uz/financialReport - Oʻzbekiston Respublikasi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi rasmiy sayti

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, O‘zbekistondagi davlat va xususiy korxonalarning kapital tuzilmasini takomillashtirish mamlakatning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash va raqobatbardoshlikni oshirish uchun muhim omil hisoblanadi. Kapital tuzilmasini samarali boshqarish investitsiyalarni jalb qilish, moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish va korxonalarni strategik rivojlantirish imkonini beradi.

Davlat korxonalari uchun ustuvor vazifa byudjetga bog‘liqlikni kamaytirish va bozor sharoitlariga moslashuvchan moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etishdan iborat. Xususiy korxonalar esa bank kreditlari, aksiyadorlik kapitali va investitsiyalar kabi moliyaviy manbalardan samarali foydalanishi lozim.

Davlat siyosatining izchil amalga oshirilishi, moliyaviy bozorlarni rivojlantirish, kreditlash tizimini soddalashtirish va soliq imtiyozlari taqdim etish kapital tuzilmasini takomillashtirish uchun zarur sharoitlarni yaratadi. Shu bilan birga, korxonalarning moliyaviy savodxonligini oshirish va boshqaruv tizimini mustahkamlash ham dolzarb masala hisoblanadi.

Shunday qilib, davlat va xususiy sektorning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish va barqaror investitsion muhit yaratish orqali O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish sur’atlarini tezlashtirish mumkin.

Davlat ishtirokidagi korxonalarga kapital jalb qilish imkoniyatlarini oʻrganish asosida quyidagi xulosalar shakllantirilgan: - davlat ishtirokidagi korxonalarga kapital jalb qilish imkoniyatlarini oʻrganish asosida ta’kidlash lozimki, milliy amaliyotda davlat ishtirokidagi korxonalarda aksiyalar, obligatsiyalar kabi qimmatli qogʻozlar orqali kapital jalb qilish amaliyotini kengaytirish zarur; - korporativ qimmatli qogʻozlar bozorida davlat ishtirokidagi korxonalarning ishtirokini kengaytirish zarur. Mazkur holat davlat ishtirokidagi qimmatli qogʻozlarning kapital jalb qilish imkoniyatini oshirish bilan bir qatorda mazkur korxonalarning investitsion faoliyatini rivojlantirishga ham yordam beradi; - mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyadorlik kapitalida davlat ulushi yuqoriligicha qolmoqda. Mazkur holatda davlat ulushini qisqartirishda aksiyalarni ommaviy joyalshtirish (IPO va SPO) amaliyotlaridan foydalanish foydali boʻladi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1. Viet Anh Dang, Ahmet Karpuz, Abdul Mohamed. Venture Kapital Directors and Corporate Debt Structure: An Empirical Analysis of Newly Listed Companies. // Journal of 241 134 576 85 Davlat Xo'jalik boshqaruv organlari Boshqa aksiyadorlar Joylashtirish jarayonidagi aksiyalar Scientific Journal of “International Finance & Accounting” Issue 6, December 2023. ISSN: 2181-1016 Banking & Finance, Available online 24 October 2023.

2. Meiying Liu, Xuxia Niu. The impact of kapital market opening on earnings management: Empirical evidence based on “Land−Port Connection”. // Finance Research Letters, Volume 55, Part A, July 2023.

3. Manel Kammoun, Gabriel J. Power, Djerry C. Tandja M. Kapital market reactions to project finance loans. // Finance Research Letters, Volume 45, March 2022.

4. Zichen Wang, Chang Zhang. Do shareholder litigations have spillover effects on peer companies from the perspective of financing constraints? // Finance Research Letters, Volume 58, Part B, December 2023.

5. Жўрабекович Қ. Ж. и др. Халқаро IPO амалиётлари таҳлили: ташкилий хусусиятлари ва институционал инвесторлар иштироки //Экономика и финансы (Узбекистан). – 2021. – №. 1 (137). – С. 53-61.

6. Elmirzayev S., Omonov S. Rivojlangan mamlakatlarda dividend siyosati tahlili va Dividend Aristokratlari //Xalqaro moliya va hisob” ilmiy-elektron jurnali. – 2020. – Т. 2.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.