ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

PEDAGOGIK AMALIYOTNING BO‘LAJAK O‘QITUVCHINING KASBIY TAYYORGARLIK FAOLIYATIDA TUTGAN O‘RNI

Annotatsiya

Ushbu  maqolada bo'lajak  pedagoglarning  kasbiy tayyorgarlik faoliyatida pedagogik amaliyot qanday o'rin tutishi hamda ularda kasbiy ko‘nikma va malakani tarkib toptirishning mazmuni, moxiyati, shakl va metodlari haqida so‘z yuritiladi.


This article talks about the role of pedagogical practice in the professional training of future pedagogues, as well as the content, essence, form and methods of developing professional skills and qualifications.

To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

PROFESSION OF THE FUTURE TEACHER OF PEDAGOGICAL

PRACTICE

ROLE IN PREPARATORY ACTIVITY

ПРОФЕССИЯ БУДУЩЕГО УЧИТЕЛЯ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ПРАКТИКИ

РОЛЬ В ПОДГОТОВИТЕЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

Termiz davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti o'zbek tili va

adabiyoti yo'nalishi 3-bosqich 307-guruh talabalari

Boboqulova Umida va Boboniyozova Manzura

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bo'lajak pedagoglarning kasbiy tayyorgarlik faoliyatida pedagogik amaliyot qanday o'rin tutishi hamda ularda kasbiy ko‘nikma va malakani tarkib toptirishning mazmuni, moxiyati, shakl va metodlari haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar: kasbiy tayyorgarlik, pedagogik amaliyot, kasbiy ko‘nikma va malaka, pedagoglik faoliyati.

ANNOTATION

This article talks about the role of pedagogical practice in the professional training of future pedagogues, as well as the content, essence, form and methods of developing professional skills and qualifications.

Key words: professional training, pedagogical practice, professional skills and qualifications, pedagogical activities.

АННОТАЦИЯ

В данной статье говорится о роли педагогической практики в профессиональной подготовке будущих педагогов, а также о содержании, сущности, форме и методах формирования профессиональных навыков и квалификации.

Ключевые слова: профессиональная подготовка, педагогическая практика, профессиональные навыки и квалификация, педагогическая деятельность.

KIRISH

Bugungi kunda rivojlanyotgan O‘zbekistonda ta’lim soxasiga juda kata e’tibor qaratilib kelinmoqda. 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi qonunning yangi tahriri ta’lim tizimiga juda katta o‘zgarishlar kiritdi. Mazkur qonunning 35-moddasida “O‘quv rejasida, qoida tariqasida, ta’lim jarayonining jadvali, o‘qitishning boshlanishi, muddati va davriyligi, o‘quv yillari, choraklar, semestrlar, amaliyot, ta’tillar hamda attestatsiya, ajratilgan haftalar soni, o‘rganiladigan fanlar (modullar) va ularga ajratilgan soatlar (kreditlar) hamda boshqa zarur parametrlar aks ettiriladi”.

Ta’lim oluvchilarning amaliyotni o‘tash tartibi va uni tashkil etish ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi deyilgan. Ta’lim oluvchilar kasbiy ko’nikmalarni mukammal egallashi uchun o‘quv rejalari va muayyan fanlarning o‘quv dasturlarida o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tashlari shart.

AADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Amaliyotlar bakalavr ta’lim jarayoninig majburiy qismi bo‘lib, talabalarning kasbiy tayyorgarligi, amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltiriladi. Bakalavrlar tayyorlashda ko‘plab amaliyot turlari o‘tkaziladi. Shulardan biri pedagogik amaliyotdir. Pedagogik amaliyot bo‘lajak mutaxassisni kasbiy tayyorlash tizimining asosiy va muhim bo‘g’inidir. Pedagogik amaliyot talabaning nazariy ta’limi va bo‘lajak mustaqil faoliyatini bog‘laydigan hamda kasbiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni ta’minlovchi jarayon bo‘lib, dastlabki tajriba maktabi hisoblanadi. Pedagogik amaliyot – bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda o’quvpedagogik jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Pedagogik amaliyot namunaviy va ishchi o‘quv rejasiga mos ravishda amalga oshiriladi. Pedagogik amaliyotning mazmuni amaliyot turiga qarab, kafedrada ishlab chiqilgan dasturiga mos bo‘ladi. Pedagogik amaliyot o‘quv mashg‘ulotlaridan ajralgan holda tashkil etiladi. Pedagogik amaliyotning maqsadi – bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash, olgan bilimlarini amaliyotda sinab ko’rish, pedagogik faoliyat mas’uliyatini his etish va o‘z ustida ishlash ko’nikmasini shakllantirish, shuningdek, tajribali o‘qituvchilarning ish faoliyatini o‘rganishdan iboratdir. Pedagogik amaliyot vazifalari:

Talabalarda o‘qituvchi kasbiga qiziqishni tarbiyalash;

Pedagogik faoliyat haqida bir butun tushunchani shakllantirish;

Pedagogik ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;

Pedagogik faoliyat bo‘yicha tajribani yaratish.

Pedagogik amaliyot bo‘lajak o‘qituvchining o‘qituvchilik faoliyatiga qo‘yayotgan ilk qadami hisoblanadi. Pedagogik amaliyot – kasb ta’limi yo‘nalishlari uchun qo‘llaniladi va pedagogik maxoratni oshirishga qaratiladi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi pedagogik amaliyot bilan birgalikda kechadi. Pedagogik amaliyotning eng muhim vazifalaridan biri bu bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirishdir. Pedagogik amaliyotning samaradorligi quyidagilarda ko‘rinadi:

Kasbiy tayyorgarlik – zaruriy kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish asosida yuzaga keluvchi shaxs ijtimoiy kompetentligining o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida izohlanadi. Kasbiy tayyorgarlik o’z-o’zidan yuzaga kelmay, balki aniq maqsadlar asosida rejalashtirilgan muayyan bosqichlarni qamrab oladi. Shaxsda kasbiy tayyorgarlikning shakllanishi dastlab kasbga xos tasavvur, tushunchalarni tarkib topganligi bilan belgilansa, keyinchalik mutaxassislikka oid bilim, malaka va ko‘nikmalarning o‘zlashtirilishi, kasbiy sifatlarning qaror topishi hamda kasbiy moslashish darajasi bilan izohlanadi. Oliy ta’lim muassasalari va ulardagi o‘quvtarbiya jarayonini modernizatsiyalash, pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimi sifat– monitoringini oshirish, bo‘lajak o‘qituvchilarni zamonaviy kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirish, ularda kasbiy faoliyatga nisbatan akmeologik motivatsiyani shakllantirish pedagog mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirish jarayonidagi muhim vazifalardan sanaladi. Pedagogik amaliyot talabalarda tanlangan mutaxassislikning o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda intellekt va mantiqiy tafakkurni rivojlantirishdan iborat bo‘lib, mazkur vazifani bajarish asosida ta’lim oluvchilarning kasbiy tayyorgarligi ta’minlanadi. Bunda kasbiy tayyorgarlikning asosiy mezonlari sifatida bo‘lajak mutaxassisning faoliyatga amaliy tayyorgarligi va ixtisoslik doirasidagi bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zlashtirish, kasbiy faoliyat talablariga moslashish darajasi belgilanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Kasbiy tayyorgarlik mutaxassisning butun faoliyati davomida ma’naviy axloqiy hamda kasbiy sifatlarining yanada takomillashishi, kasbiy kompetentlikning shakllanishi uchun zarur bo‘lgan bilim, ko'nikma va malakalar darajasini ifodalaydi. Keltirilgan mazkur vazifalarning amaldagi ijrosi pedagogika oliy ta’lim muassasalari oldiga qo‘yiladigan masalalardan eng muhimi, ya’ni bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash jarayoniga nisbatan innovatsion yondashuvlarni talab etadi:

- mehnat bozori talablari hamda ilm-fan, texnika, texnologiyalar, iqtisodiyotning eng so‘ngi yutuqlari asosida uzviy ravishda takomillashtirilib turiladigan kasbiy ta’lim dasturlarini yaratish;

- uzluksiz ta‟lim, ilm-fan va ishlab chiqarish orasidagi o‘zaro mustahkam integratsiyani yo‘lga qo‘yish;

- ta‟lim muassasalarini zamonaviy moddiy-texnik baza va o‘quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlash;

- oliy ta‟lim tizimiga yuqori malakali o„qituvchi, metodist va muhandispedagoglarni jalb etish;

- bo‘lajak o‘qituvchilarning bilish faolligi, kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek, ularda faol kasbiy motivatsiyani qaror toptirish;

- oliy ta’lim muassasalari o‘quv amaliyotiga innovatsion o‘qitish texnologiyalarini keng tatbiq etish zaruriy omillardan hisoblanadi.

Kasbiy tayyorgarlik – maxsus nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar, shuningdek, ma‟naviy-axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish asosida shaxsning kasbiy faoliyatni olib borishga nisbatan fiziologik, psixologik va jismoniy tayyorgarlik darajasi. Kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish – DTS talablari asosida shaxsda maxsus nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar, shuningdek, ma’naviy – axloqiy sifatlarni shakllantirish, bo‘lajak mutaxassisni kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli olib borishga nisbatan fiziologik, psixologik va jismoniy tayyorgarlik jarayonidir. Bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik amaliyoti mobaynida ularga kerak bo‘ladigan asosiy narsa bu – kasbiy bilimdir.

Kasbiy bilim – aniq mehnat faoliyati doirasida bajariladigan ishlar uchun zarur bo‘lgan axborotlar va o‘zlashtirilgan nazariy ma’lumotlar birlashmasidir. Kasbiy ko‘nikma va malakalar – amaliy faoliyat jarayonida paydo bo‘ladigan, shaxsning o‘zlashtirilgan kasbiy bilimlarini anglangan ish harakatlariga aylanishidagi avtomatlashgan usuldir. O‘rta maktab o‘qituvchisining ixtisoslashgan tavsifnomasi – professiogrammasini yaratishda N.V. Kuzmina, Z.F. Esarova, M.G. Davletshin, M. Abdullajonova, T. Hamroqulov va boshqalar quyidagi kasbiy malakalarni farqlaydilar:

1. Gnostik malakalar.

2. Konstruktiv malakalar.

3. Kommunikativlik.

4. Tashkilotchilik malakalari

Gnostik (yunoncha “gnosis” – “bilish”) malakalar tarbiyachining bilim sohasiga taalluqli bo‘lib, bolalarning individual-psixologik taraqqiyot darajasini aniqlay bilish, o‘zining tajribasi va pedagogik faoliyatiga refleksiv yondashish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish, novatorlik, pedagogik-psixologik adabiyotlardan foydalana bilish, empatiya va pedagogik ziyraklik doirasidagi malakalarni mujassam etadi. Konstruktivlik (loyihalash qobiliyatiga egalik) – bu tarbiyachining pedagogik jarayonni metodik jihatdan to‘g’ri loyihalashtirishi va tashkil etishi ko'zda tutiladi. Bunda ta’lim jarayoni natijalarini prognoz qilish, o‘quv-tarbiya jarayonini maqsadli loyihalash, o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlaridan kelib chiqib ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni to‘g’ri belgilash va darsning texnologik tuzilmasini aniq belgilash, amalga oshirish bilan bog‘liq malakalar nazarda tutiladi. Kommunikativlik – bu tarbiyachi-pedagogning alohida xususiyati bo‘lib, unda o‘quvchilar va hamkasblari bilan o‘zaro hamkorlik muloqoti nazarda tutiladi. Bunda tarbiyachining bolalarni o‘ziga jalb etishni bilishi, o‘quvchilar va ota-onalar bilan muloqotni tashkil etishi, boshqarishi va nazorat qilishi, ular bilan pedagogikpsixologik nuqtai nazardan maqsadga muvofiq o‘zaro aloqa bog‘lashga, shaxslararo munosabatlarni faollashtirishga qaratilgan malakalardir. O‘quvchilar bilan muloqotda pedagogik tayyorgarlikning muvaffaqiyatli bo‘lishi ko‘p jihadan o‘qituvchining kommunikativ ko‘nikma va malakalarni uzluksiz ravishda egallab borishi, uni qo‘llay olish layoqatiga bog‘liq. Tashkilotchilik – tarbiyachining o‘quvchilar jamoasini uyushtira bilishi, jamoani jipslashtira olishi, o‘quvchilarning bilish faolligini faollashtira olishi, shaxsiy tajribasi va ilg‘or pedagogik g‘oyalarni dars jarayoniga tatbiq eta olishi bilan tavsiflanadi. Pedagogik amaliyot ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish va uning uslubiy ta’minotini yaratish kasbiy moslashtirish jarayonidagi muhim tashkiliy-metodik shart-sharoitlardan biri bo‘lib hisoblanadi.

XULOSA

kasbiy ko‘nikma va malakalarini amaliyotda qo‘llash uchun ham eng qulay fursat pedagogik amaliyot hisoblanadi.

REFERENCES

1. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni Ta’lim to‘g’risida Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil.

2. O‘zbekiston uzluksiz ta’limining davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim davlat ta’lim standarti 2021-yil 16-iyul.

3. B.Xadjayev, A. Choriyev, Z. Saliyeva. Pedagogik tadqiqotlar metadologiyasi. Toshkent “IQTISODIYOT DUNYOSI” 2018.

4. Haydarov F.I., Xalilova N.I. Psixologiya fanlarini o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2006. B– 18-32.

5. Tolipov O’. Ooliy pedagogik ta’lim tizimida umummehnat va kasbiy ko‘nikma hamda malakalarni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari/ Monografiya. – T.: Fan, 2004.b – 73-80.

6. Xusnidinova Gulnoza Zoxidjon qizining Magistrlik dissertatsiyasi «Bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy moslashtirishning pedagogikshart-sharoitlari ».

7. Baydjanov, B. (2021). Protection from the threat of harmful information that negatively affects the physical and mental development of students as a pedagogical problem. “Innovative technologies in sports and physical education of the younger generation”. Collection of materials of the international online conference.

8. Karimova, M., & Tuychieva, R. (2019). THE PEDAGOGICAL BASICS OF

TRAINING STUDENTS FOR PROFESSIONAL, MORAL AND EDUCATIONAL

FUNCTION. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(10), 311-317.

9. Maksudov, U. K. (2020). ISSUES OF NATIONAL VALUES AND

SOCIAL

ACTIVITY OF STUDENTS IN THE DEVELOPMENT OF POSITIVE

PSYCHOLOGY. In Психологическое здоровье населения как важный фактор

обеспечения процветания общества (pp. 394-396).

10. SAIDKULOVICH, S. B., & UGLI, T. J. U. The Social Pedagogical Necessity of

Developing Students' Aesthetic Culture in the Process of Globalization. International

Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, 8(1), 75-77.

11. Siddikov, B. S. (2020). THE IMPORTANCE OF SPORTS AND

RECREATION

ACTIVITIES FOR A HARMONIOUSLY DEVELOPED GENERATION.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.