SHAKLLANTIRISH
Kuchkarova Fazilat Xonkeldiyevna
Samarqand Zarmed Universiteti "Ijtimoiy fanlar"kafedrasi mudiri, dotsent
Asrorova Madina Orzuyevna
Negmatova Dilora Abdugʻaforovna
Zarmed Universiteti talabalari
Annotatsiya. Ushbu maqolada pedagogik ta'lim jarayonida muloqot madaniyatini shakllantirish muhim omili sifatida koʻriladi. Bu pedagogik faoliyatda odob-axloq, oʻqituvchi va oʻquvchilar oʻrtasidagi sogʻlom muhit, madaniyatli tinglash, samimiy suhbatlarni yaratishga xizmat qiladi. bu muloqot madaniyati oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasidagi sogʻlom psixologik muhit yaratish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda asosiy va vosita sifatida koʻrib chiqiladi.
Kalit soʻzlar: madaniyat, suhbat, axloq, tarbiya, faoliyat, muhit, ta'lim jarayoni, muloqot madaniyati, pedagogik muloqot, tinglash madaniyati, oʻzaro hurmat, didaktik muloqot.
ФОРМИРОВАНИЕ КУЛЬТУРЫ ОБЩЕНИЯ В ПРОЦЕССЕ
ПЕДАГОГИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ
Аннотация. В данной статье рассматривается формирование культуры общения в процессе педагогического образования как важный фактор. Эта педагогическая деятельность направлена на создание этикета, здоровой атмосферы между преподавателями и студентами, цивилизованного слушания и искренних бесед. Такая культура общения считается основой и инструментом создания здоровой психологической среды между преподавателями и студентами, повышения качества и эффективности образования.
Ключевые слова: культура, беседа, этика, воспитание, деятельность, среда, образовательный процесс, культура общения, педагогическое общение, культура слушания, взаимоуважение, дидактическое общение.
FORMATION OF A CULTURE OF COMMUNICATION IN THE PROCESS
OF PEDAGOGICAL EDUCATION
Abstract. This article examines the formation of a communication culture in the process of pedagogical education as an important factor. This pedagogical activity is aimed at creating etiquette, a healthy atmosphere between teachers and students, civilized listening and sincere conversations. Such a communication culture is considered the basis and tool for creating a healthy psychological environment between teachers and students, improving the quality and effectiveness of education.
Key words: culture, conversation, ethics, education, activity, environment, educational process, culture of communication, pedagogical communication, culture of listening, mutual respect, didactic communication.
Kirish. Zamonaviy ta'lim tizimida oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasidagi sog'lom, madaniyatli muloqot ta'lim samaradorligini asosiy sifatida qaralmoqda. Muloqot shunchaki gapirish, suhbatlashish yoki axborot almashish emas, balki tarbiyaviy ijtimoiy va psixologik ta'sirga ega boʻlgan murakkab jarayondir. Shuning uchun pedagogik ta'lim jarayonida muloqot madaniyatni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Pedagogik muloqotda oʻqituvchi oʻzining nutq madaniyati, odob axloqiy, kiyinish madaniyati, tinglash qobiliyati va estetik jihatdan ham oʻquvchiga nafaqat bilim, balki axloqiy namuna boʻlishi kerak. Oʻqituvchi pedagogik jarayonda oʻquvchilar bilan hamkorlikda toʻg'ri tashkillashtirilsa oʻzaro tushunishni yoʻlga qoʻya olsagina koʻzlangan maqsadiga erishadi.
Muloqot kishilarning birgalikdagi faoliyatining muhim shartlaridan biridir. Muloqot-bu kishilar oʻrtasidagi oʻzaro axborot almashish jarayonidir. Muloqot bu insonlarning tabiiy ehtiyojlaridan biri hisoblanadi, chunki odamlar bir-biri bilan gaplashishmasdan, suhbat qilmasdan, axborot almashmasdan yashay olmaydilar. Muloqot tufayli kishilar bir-birini tushunadilar, mehnat jarayonida hamkorlik, hamjihatlikka erishadilar oʻzaro fikr va tajriba almashadilar. Lekin bugungi kunda maktablardagi oʻqituvchi va oʻquvchi munosabati tarbiyaviy ishning eng dolzarb nuqtalaridan biri boʻlib qolayotgani hech kimga sir emas. Oʻqituvchi va oʻquvchilar bir-birini yaxshi tushunmasligi turli xil ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda. Kuzatish va tadqiqotlar bugungi kunda shunday koʻrsatmoqdaki, oʻquvchilar koʻpincha "yomon oʻqituvchi" oʻqituvchisini yaxshi koʻrmasliklari bu oʻqituvchilarni oʻz fanini yaxshi bilmasliklari yoki qattiq qoʻlliklari emas balki oʻqituvchilarning oʻquvchilar bilan yaxshi munosabati olmasliklari ular bilan qoʻpol munosabat qilishlari bunga misol boʻla oladi. Oʻqituvchi bilan oʻquvchi oʻrtasidagi muloqotning samarali boʻlishi eng avvalo muloqot odobiga oʻzaro hurmat bir-birini tushunishga intilishiga bog'liqdir. Muloqot odobi oʻqituvchiga oʻz fikrlarni oʻquvchilar qanday qabul qilayotganini kuzatib borish, ularning yuz ifodalaridagi oʻzgarishlarga e'tibor, muloqotning borishiga oʻz vaqtida tegishli oʻzgarishlar kiritish imkonini ham beradi. Samarali muloqot oʻquv jarayonining muvaffaqiyatli kechishini ta'minlaydi. Oʻqituvchi muloqot madaniyatga ega boʻlsa u talabalarda bunday fazilatlarni shakllantiradi [1]. Muloqot madaniyati oʻqituvchi oʻquvchining erkin fikr bildirishishiga oʻz nuqtai nazarini asoslashga va boshqalarning fikrni tinglashga yordam beradi [2].
Muloqot madaniyatini shakllantirish uchun quyidagilarga e'tibor qaratishimiz lozim:
Oʻquv dasturiga axloqiy psixoligik muloqotga oid mashgʻulotlaeni kiritish. Oʻquvchilar uchun kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish uchun treninglar tashkil etish oʻquvchilarni bahslashish, tinglash muloqotga yuritishga oʻrgatish[3]. Oʻqituvchining muloqotdagi ovoz ohangi yuz ifodasi tana til kabi omillar bevosita oʻtuvchining ruhiyatiga ta'sir koʻrsatadi[4]. Muloqot madaniyatini oʻzida mujassamlashtirgan pedagok-bu madaniyat targʻibotchisidir. Ushbu madaniyatni shakllantirish oʻqituvchi doimo oʻz ustida ishlashi, kommunikativ kompitensiyalarni rivojlanririb borishi kerak[5]. Shu boisdan ham, pedagoklar uchun kommunikativ madaniyatni rivojlanrirish boʻyicha malaka oshirish kurslarini oʻtkazish dolzarbdir[6].
Xulosa. Muloqot madaniyatini rivojlanrirish-bu faqatgina oʻqituvchi vazifasi emas, balki bu jamiyatda har birimiz inson boʻlib, yashayotgan ekanmiz, insonlar munosabatda oʻzaro hurmat, ularni fikrlarini tinglay olish, ochiqlik va samimiylik, toʻgʻri soʻzlikka, aytayotgan fikrlarni sabr toqat bilan eshita bilish muloqot madaniyatining eng goʻzal madaniyatidir. Mana shunday insonlarni jamiyatga otaonalar, oʻqituvchi ta'lim tarbiya berish shakllantiradilar. Bola tuĝilgandan unga Otaonasi asrab-avaylab tarbiya berib, maktab yoshiga yetganida esa, oʻqituvchilar ta'limtarbiya, bilim beradilar. Oʻqituvchi oʻquvchilarga nafaqat bilim beradi, balki oʻz xulqi, muomalasi va muloqot madaniyati orqali ularga namuna boʻladilar. Muloqotda hurmat, sabr, toqat, aloqa, adolat va e'tibor koʻrsatgan oʻqituvchi bu qadriyatlarni amaliyotlarga singdiradi, bu esa jamiyatning madaniy rivojlanishiga xizmat qiladi. Yaxshi muloqot madaniyatiga ega oʻqituvchi jamiyatda hurmat topadi, bu esa ta'lim tizimining nufuzini oshiradi. Oʻqituvchi ota-onalar bilan toʻgʻri muloqotda boʻlsa, bolalarning tarbiyasi va ta'limi yanada sifatli boʻladi. Men uchun muhim boʻlgan narsa pedagogik ta'lim jarayonida muloqot madaniyatini shakllantirish uchun avvalo oʻzim namuna boʻlar edim.
Oʻquv jarayonida ularning fikrini qadrlab, hurmatli va ochiq muloqot olib borib, har bir oʻquvchining soʻziga quloq tutar edim. Oʻquv jarayonida turli xil samarali metodlardan, guruhli ishlash, bahs-munozaralar, rolli oʻyinlar, klaster usulli, oʻquvchilarni faol ishtirok etishga undardim. Yana men uchun muhim boʻlgan narsa faqat bilim berish emas, balki ularni madaniyatli muloqot qilishga oʻrgatish. Chunki kelajakdagi pedagoklar jamiyatda oʻz oʻrnini va ta'siriga ega boʻlishlari uchun avvalo, toʻgʻri va madaniyatli muloqot qila oladigan shaxs boʻlishlari kerak deb oʻylayman.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Gʻoffurov K. , Xasanova M. , Oʻralov B. (2021) Ta'lim psixologiyasi va pedagogik muloqot Buxoro: "BuxDU" nashriyoti. 2. Karimova N. (2021). Didaktika va pedagogik muloqot asoslari. Toshkent: "Fan va texnologiya" 3. Ziyayeva M. (2020) Kommunikatsiya va axloq madaiyati. Qarshi "Nafas" nashriyoti. 4. Yusupova I. Oʻqituvchining nutq madaniyati-Toshkent, 2018. 5. Toshpulatova D. Oʻqituvchilar uchun kommunikativ kompitensiyalar-Namangan, 2021. 6. Oʻzbekiston Respubliyasi XTV pedagogik kadrlarni qayda tayorlash va ularning malakasining oshirib boroshi-Toshkent, 2023.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.