Original paper
INNOVATSION BOSHQARUVINING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI
1Termiz davlat pedagogika instituti, Termiz, O‘zbekiston
Annotatsiya
KIRISH
professor-oʻqituvchilarning zamonaviy faoliyatga tayyorligining muhim ijtimoiy va kasbiy sifatlari, nafaqat taʼlim muassasasidagi iqtisodiy va moliyaviy vaziyatga, balki bevosita bu sifatlarning talab etilganligi bilan ham bogʻliqdir. Zamonaviy oliy taʼlimning asosiy real talablaridan biri oʻqituvchilarning kasbiy sifatlari va yetarlicha malakaga ega boʻlishidir. Maqolada taʼlim menejmentidagi innovatsiyalar va zamonaviy pedagogik faoliyat haqida barqaror hamda hammaga maʼqul boʻlgan ilmiy tasavvurlar va tasniflarni yanada takomillashtirish zarurligi tahlil etilgan.
MAQSAD
ushbu maqolaning maqsadi – pedagogika oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifati monitoringi innovatsion boshqaruvining samarali mexanizmlarini bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdir. Shuningdek, pedagogika oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifati monitoringi borasida sifat menejmenti munosabatni shakillantirish ahamiyatini aniqlash, ulardan ta’lim jarayonida maksimal samaradorlik bilan foydalanish usullarini taklif qilish hisoblanadi.
MATERIALLAR VA METODLAR
ushbu maqolada pedagogika oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifati monitoringi innovatsion boshqaruvining samarali mexanizmlarini shakillantirish imkoniyatlarini o‘rganish uchun ilmiy-tadqiqot metodlari qo‘llanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
oliy taʼlim muassasalarida oʻzlari tomonidan koʻrsatiladigan taʼlim xizmatlari sifatini boshqarish, uni takomillashtirishga boʻlgan intilish obyektiv zaruratga aylanib qolmoqda. Oliy taʼlim muassasalari faoliyatida sifat menejmentini joriy etish borasida mazkur yoʻnalishda hozirgi kunlargacha shakllangan xorijiy tajribalarni oʻrganib, ularning ilgʻor gʻoyalarini tatbiq etgan holda mamlakat oliy taʼlim tizimining sifat menejmentini shakllantirish muhim masaladir.
Taʼlim faoliyati sifatini boshqarishning amaldagi yondashuvlar va amaliyotining tahlili shuni koʻrsatadiki, taʼlim muassasalarini, oʻz mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan davlat taʼlim standartlarini bajarishga, oʻqitish jarayonini tashkillashtirishga qoʻyilgan rasmiy talablarning nazorati va oʻquvchilarning shahodatlanishi asosida taʼlim berish sifatini baholashga koʻproq yoʻnalgan.
XULOSA
oliy ta’lim muassasalari ta’lim–tarbiya sifatining holati, uning monitoringi axborot–kommunikatsiya texnologiyalari vositalari imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda xolis baholansa, ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etgan omillar o‘z vaqtida korreksiyalanib, istiqbolga yo‘naltirilgan chora–tadbirlarni amalga oshirishda katta imkoniyatlarga ega ekani aniqlandi.
Kalit so‘zlar: oliy ta’lim, ta’lim menejmenti, ta’lim sifati, pedagogik faoliyat, zamonaviy pedagogik faoliyat.
Iqtibos uchun: Bozorov Z.Y. Pedagogika oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifati
monitoringi innovatsion boshqaruvining pedagogik mexanizmlari. // Inter education &
global study. 2025. №1 B.437–445.
ПЕДАГОГИКА, МОНИТОРИНГ КАЧЕСТВА ОБРАЗОВАНИЯ В ВЫСШИХ
УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЯХ, ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ МЕХАНИЗМЫ
ИННОВАЦИОННОГО МЕНЕДЖМЕНТА
1Термезский государственный педагогический институт, Термез, Узбекистан
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ
важные социально-профессиональные качества профессорскопреподавательского состава с точки зрения их готовности к современной деятельности связаны не только с экономическим и финансовым положением образовательного учреждения, но и с непосредственным спросом на эти качества. Одним из главных реалистичных требований современного высшего образования являются профессиональные качества и достаточная квалификация преподавателей. В статье анализируется необходимость дальнейшего совершенствования устойчивых и общеприемлемых научных концепций и классификаций инноваций в образовательном менеджменте и современной педагогической деятельности.
ЦЕЛЬ
целью данной статьи является разработка научно обоснованных рекомендаций по эффективным механизмам инновационного управления мониторингом качества образования в высших педагогических учебных заведениях. Также ставится задача выявить значимость формирования управленческого подхода к контролю качества образования в педагогических вузах и предложить методы его максимально эффективного использования в образовательном процессе.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ
в статье с использованием исследовательских методов изучены возможности формирования эффективных механизмов инновационного управления мониторингом качества образования в высших педагогических учебных заведениях.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ
стремление управлять и повышать качество образовательных услуг, предоставляемых высшими учебными заведениями, становится объективной необходимостью. В плане внедрения управления качеством в деятельность высших учебных заведений важно изучить зарубежный опыт, который сложился в этой области к настоящему времени, и внедрить их передовые идеи для формирования управления качеством в системе высшего образования страны.
Анализ современных подходов и практик управления качеством образовательной деятельности показывает, что образовательные организации в большей степени ориентированы на реализацию государственных образовательных стандартов, разработанных собственными специалистами, мониторинг официальных требований к организации образовательного процесса, оценку качества образования на основе по отзывам студентов.
ВЫВОД
если объективно оценивать и контролировать качество образования и подготовки кадров в высших учебных заведениях с использованием потенциала информационно-коммуникационных технологий, то можно своевременно устранять факторы, негативно влияющие на качество образования, и принимать меры, ориентированные на будущее. - Было установлено, что он имеет большой потенциал для реализации мер.
Ключевые слова: высшее образование, образовательный менеджмент, качество образования, педагогическая деятельность, современная педагогическая деятельность. Для цитирования: Бозоров З.Ю. Педагогика, мониторинг качества образования
в высших учебных заведениях, педагогические механизмы инновационного
менеджмента. // Inter education & global study. 2025. №1. С. 437–445.
PEDAGOGICAL MECHANISMS OF INNOVATIVE MANAGEMENT OF
MONITORING THE QUALITY OF EDUCATION IN HIGHER PEDAGOGICAL
EDUCATIONAL INSTITUTIONS
1Termez State Pedagogical Institute, Termez, Uzbekistan
Annotation
INTRODUCTION
the important social and professional qualities of professors and teachers for modern activity are not only related to the economic and financial situation in the educational institution, but also directly related to the demand for these qualities. One of the main real requirements of modern higher education is the professional qualities and sufficient qualifications of teachers. The article analyzes the need to further improve stable and universally acceptable scientific concepts and classifications of innovations in educational management and modern pedagogical activity.
AIM
the purpose of this article is to develop scientifically based recommendations on effective mechanisms of innovative management of monitoring the quality of education in higher pedagogical educational institutions. Also, the purpose of the article is to determine the importance of forming a quality management approach to monitoring the quality of education in pedagogical higher educational institutions, to propose methods for their maximum effectiveness in the educational process.
MATERIALS AND METHODS
in this article, scientific and research methods were used to study the possibilities of forming effective mechanisms for innovative management of monitoring the quality of education in pedagogical higher educational institutions.
DISCUSSION AND RESULTS
the desire to manage the quality of educational services provided by them in higher educational institutions and improve it is becoming an objective necessity. In terms of introducing quality management in the activities of higher educational institutions, it is important to study foreign experiences that have been formed in this direction to date and to implement their advanced ideas, thereby forming quality management in the country's higher education system.
The analysis of current approaches and practices of quality management of educational activities shows that educational institutions are more focused on implementing state educational standards developed by their specialists, monitoring the official requirements for the organization of the educational process, and assessing the quality of education based on student testimonials.
CONCLUSION
it was found that if the state of the quality of education and upbringing in higher educational institutions is objectively assessed, its monitoring is carried out using the capabilities of information and communication technologies, then the factors that negatively affect the quality of education have great opportunities for timely correction and implementation of forward-looking measures.
Keywords: higher education, educational management, quality of education, pedagogical activity, modern pedagogical activity.
For citation: Zakir Y. Bozorov. (2025) ‘Pedagogical mechanisms of innovative
management of monitoring the quality of education in higher pedagogical educational
institutions’, Inter education & global study, (1), pp. 437–445. (In Uzbek).
Mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalarida ularning oliy maʼlumotli yuqori raqobatbardoshlikka ega mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasidagi taʼlim faoliyati sifatini oshirish usullarini joriy qilishda hozirgi zamon sharoitlaridagi oliy kasbiy taʼlimning sifatiga yondashuvlar boʻyicha yuzaga kelgan tendensiyalarni eʼtiborga olish maqsadga muvofiq boʻlmoqda. Chunki, Oʻzbekistonda taʼlim sohasini isloh qilish davomida shakllantiriladigan zamonaviy, modernizatsiyalashgan oliy taʼlim tizimi xalqaro oliy taʼlim xizmatlar maydonida oʻzining munosib oʻrnini topishi shu islohotlar oldiga qoʻyilgan vazifalardan biri sanaladi.
Bugungi kunda oliy taʼlim muassasalari yosh avlodning uzluksiz taʼlim olishini taʼminlovchi tizimda yetakchi oʻrinni mustahkam egallagandir. Ularning faoliyati iqtisodiyot, texnika-texnologiyalar, ilm-fan va umuman olganda butun jamiyatdagi madaniy-maʼrifiy turmushning barcha sohalari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlangandir. Shuning uchun ham oliy taʼlim muassasalarining rivojlanishi, ular koʻrsatadigan oliy taʼlim xizmatlari sifatini boshqarish tizimining rivojlantirilishi milliy iqtisodiyot va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga katta turtki beruvchi kuchga aylanmoqda.
Soʻnggi davrlarda mamlakatimiz oliy taʼlim tizimida taʼlim xizmatlarini tasarruf etish va uning sifatini taʼminlovchi shart-sharoitlarni yaratishga keng qamrovli yondashuvlar va ularning amalda joriy etilishi tendensiyalari kuzatilmoqda[1]. Shu bilan birga, mazkur jarayonlar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini innovatsion yoʻlga oʻtkazish boʻyicha bugungi kunda oliy taʼlim tizimi oldiga qoʻyilayotgan talablardan birmuncha ortda qolmoqda. Shu munosabat bilan ayrim ilgʻor oliy taʼlim muassasalarining bu boradagi saʼyharakatlarni amalga oshirishga bel bogʻlaganliklari va ularning mamlakat hukumati tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotganliklari oliy taʼlim sifatini boshqarish amaliyotida yangicha yondashuvlarning keng joriy etilishiga imkon berdi. Ayni paytda oliy taʼlim tizimini va jumladan, taʼlim sifatini boshqarishning kelgusi modernizatsiyalanish jarayonlari unda keng koʻlamli, tizimli oʻzgarishlarni amalga oshirish uchun katta kuch-gʻayratlar sarflanishini talab qiladi.
Oliy taʼlim tizimida soʻngi yillarda sifatli kadrlar tayyorlash jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan iqtisodiyotning barcha boʻgʻinlari uchun kadrlar tayyorlash masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, soʻngi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida koʻplab sohalarda jadal rivojlanishlar, yangi yangi gʻoyalar, ish oʻrinlari va monomarkazlar faoliyati samarali yoʻlga qoʻyilmoqda. Ayniqsa, mamlakatimizda taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish maqsadida farmon, qarorlar ishlab chiqildi [2].
Oliy taʼlim sohasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi oliy taʼlim tashkilotini tashkil qilish yuzasidan ham bir qator ishlar amalga oshirilib, hozirgi kunda respublikamizda 166 ta oliy taʼlim muassasasida (shundan, 106 ta davlat) kadr tayyorlanmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”[2]gi PQ-60-son qarori qabul qilinganligi ham raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda oliy taʼlim muassasalari berilayotgan imkoniyatlardan yana biridir. Buning natijasi akademik va moliyaviy mustaqillik berilgan qator institut va universitetlarga quyidagi vakolatlar berildi:
a) akademik mustaqillik sohasida: oʻquv rejalari, oʻquv dasturlari, malaka talablarini kasbiy standartlar asosida tasdiqlash, taʼlim tilini hamda taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari xususiyatlarini inobatga olgan holda taʼlim olish shaklini belgilash; bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun oʻqish davomiyligi muddatlarini belgilash; doktoranturada toʻlov-kontrakt asosida oʻqish qiymatini belgilash, byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan grant ajratish orqali doktoranturaga tanlov asosida kvotaga qoʻshimcha ravishda qabul qilish; doktorant va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilish tartibini tasdiqlash.
b) tashkiliy-boshqaruvdagi mustaqillik sohasida: faoliyatining asosiy yoʻnalishi taʼlim, ilm-fan, uning natijalarini joriy etish hamda tijoratlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan, davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilmaydigan tarkibiy tuzilmalar, tijorat va notijorat tashkilotlarni tashkil etish; xorijiy davlat fuqarolarini toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish va masofaviy taʼlim olish shaklida oʻqitishni tashkil etish; oliy taʼlim muassasalari tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq mustaqil ravishda amalga oshirishiga ruxsat berilganligi tayyorlayotgan kadrlari sifati, oʻquv jarayonini tashkil etishning samarali uslublarini, taʼlim sifati monitoringini yanada takomillashtirishni taqozo qiladi [3].
Bu oʻz navbatida, bosqichma-bosqich barcha oliy taʼlim muassasalari akademik va moliyaviy mustaqillikka erishishi natijasida pedagogika oliy taʼlim muassasalari ham kelajakda ushbu vakolatlarga ega boʻlganda, taʼlim sifatini yanada oshirish, monitoring koʻrsatkichlarini yaxshilanishini taʼminlashga maqsadida zamonaviy sifat menejmenti elementlaridan unumli foydalanishi zarur bo’ladi va buning natijasida kadrlar isteʼmolchilari talablariga javob beradigan professional kadrlar tayyorlar koʻrsatkichlari yanada oshadi.
Oʻquv-uslubiy jarayonda zamonaviy faoliyat – pedagogning oʻz kasbini takomillashtirishdagi mavjud shakl va vositalarni egallashga ijodiy yondashuvini nazarda tutadi [4]. Taʼlim menejmentidagi innovatsiyalar va zamonaviy pedagogik faoliyat haqida barqaror hamda hammaga maʼqul boʻlgan ilmiy tasavvurlar va tasniflarni yanada takomillashtirish zarurligini eʼtirof etish lozim. Bunday holatning asosiy sabablaridan biri taʼlimga yoʻnaltirilgan ilmiy bilimlar tizimlari oʻrtasidagi qiyinchilik bilan yengib oʻtiladigan uzilishlardir. Oʻqituvchi zamonaviy faoliyatning subyekti va tashkilotchisi sifatida yangilikni yaratish, qoʻllash hamda ommalashtirishda ishtirok etadi. U fandagi bilim, anʼanalardagi oʻzgarishlar mazmunini va mohiyatini tahlil eta bilishi kerak.
Taʼlim jarayonining “zamonaviy” texnologiyalari talabani nafaqat ijtimoiy, kasbiy bilimlar bilan taʼminlaydi, balki unda kasbiga xos sifatlar shakllanishiga ham yordam beradi.
Taʼlim jarayonining texnologiyasi quyidagi asosiy maqsadlarga erishishga xizmat qiladi: davlat manfaatlariga mos holda, talabani boʻlajak mutaxassis sifatida tayyorlaydi; talabani jamiyat aʼzosi sifatida shakllantirib, ijtimoiy tajriba, qadriyatlarni, meʼyorlarni anglagan jamiyat manfaatlari bilan hamohang faoliyat koʻrsatuvchi kadrni tayyorlaydi; talabani faol, tashabbuskor, kreativ fikrlashga qodir shaxs sifatida rivojlantiradi [5].
Shuni taʼkidlab oʻtish lozimki, kadrlar masalasi hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri boʻlib qolmoqda. Chunki kadrlar masalasini hal etmas ekanmiz, saʼy-harakatlarimiz kutilgan natijalarni bermaydi, hayotimiz, maʼnaviyatimiz esa oʻzgarishi qiyin boʻladi.
Oliy taʼlim muassasalari fakultetlarida professor-oʻqituvchilar yosh oʻqituvchilarga taʼlim berish sirlarini oʻrgatishi, oʻqitish uslublarini qoʻllash boʻyicha maslahatlar berishi, interaktiv oʻqitish usullarini namoyon qilishi zarur.
Natijada oʻqituvchilar quyidagilarga erishadilar: oʻz faoliyatlarini baholashning yangi usullarini topish, kasbga boʻlgan qarashni oʻzgartirish; pedagogik va ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish; oʻqituvchilarda kasbiy masʼuliyat va fidoyilikni rivojlantiradi[6].
Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi kun nafaqat yuqori intellektual salohiyatga ega boʻlgan yoshlarni, balki milliy uygʻonish va umumbashariy qadriyatlarni idrok etish mafkurasi asosida, vatanga mehr-muhabbat, mustaqillik ideallariga sadoqat ruhida taʼlim olgan va tarbiyalangan mutaxassislarni tayyorlashni taqozo etadi.
Bugungi kunda deyarli koʻpchilik oliy taʼlim muassasalarida ularning oʻzlari tomonidan koʻrsatiladigan taʼlim xizmatlari sifatini boshqarish, uni takomillashtirishga boʻlgan intilish obyektiv zaruratga aylanib qolmoqda. Bunday intilish OTMlarida sifat menejmenti tizimini joriy qilish masalasiga olib keldi.
Oliy taʼlim muassasalari faoliyatida sifat menejmentini joriy etish borasida mazkur
yoʻnalishda hozirgi kunlargacha shakllangan xorijiy tajribalarni oʻrganib, ularning ilgʻor
gʻoyalarini tatbiq etgan holda mamlakat oliy taʼlim tizimining sifat menejmentini
shakllantirish muhim masaladir.
Taʼlim faoliyati sifatini boshqarishning amaldagi yondashuvlar va amaliyotining
tahlili shuni koʻrsatadiki, taʼlim muassasalarini, oʻz mutaxassislari tomonidan ishlab
chiqilgan davlat taʼlim standartlarini bajarishga, oʻqitish jarayonini tashkillashtirishga
qoʻyilgan rasmiy talablarning nazorati va oʻquvchilarning shahodatlanishi asosida taʼlim
berish sifatini baholashga koʻproq yoʻnalgan[7].
Oliy taʼlim muassasalarining sifat menejmenti tizimini joriy qilish obyektlari
sifatidagi asosiy oʻziga xos xususiyatlari qatoriga boshqarishning uchta darajasini –
universitet, fakultet, kafedraning tarmoqlangan tashkiliy tuzilmasi mavjudligini,
taʼminotchilar va ichki iste’molchilarning koʻp sonli miqdori, oliy taʼlim muassasalari ichki
hujjatlarining koʻp miqdordaligini kiritishimiz mumkin.
Taʼlim jarayonining subyektlari sifatida isteʼmolchilar (abituriyentlar, talabalar, ota-
onalar, korxonalar va tashkilotlar rahbarlari), oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, bandlik
xizmatlari, ommaviy axborot vositalari, oʻrta maxsus oʻquv muassasalari, oliy taʼlim
muassasasi xodimlari qaraladi. Bu umumiy tavsiflar xizmat koʻrsatish jarayonining
ishlab chiqarish jarayonidan prinsipial farqini bildiradi va taʼlim xizmatlari sohasi uchun
sifatni boshqarish tizimini maxsus talqin qilishga olib keladi.
Xorijiy mutaxassislarning fikricha, chet el taʼlim muassasalarining oʻz sifat
menejmenti tizimini ishlab chiqish, joriy etish va sertifikatlash uchun muayyan vaqt
hamda katta mablagʻ sarflashi bejiz emas. Chunki bu bilan obroʻli xorijiy iqtisodiyot
sektorlari uchun yuqori raqobatbardosh malakali xodimlarni yetkazib berish hajmini
oshirish bilan ular ham yaxshigina mablagʻlarga ega boʻladilar, ham oʻz faoliyati
samaradorligini taʼminlaydilar.
Rivojlangan davlatlar tajribasini oʻrganish asosida taʼlim sifatini baholash va uning monitoringini yuritish uchun quyidagi mezonlarga tayanish zarur:
1. Oliy taʼlim muassasasining akkreditatsiya va attestatsiyaga taqdim qilinadigan har bir taʼlim dasturi:
Pedagogika yo‘nalishidagi OTM rejasiga va mazkur dasturning potensial isteʼmolchilari talablariga muvofiq keladigan aniq shakllantirilgan, hujjatlashtirilgan maqsadlarga erishishni baholash va korreksiyalash mexanizmi;
vazifalari shakllantirilgan dasturiy maqsadlarga mos keladigan ishchi rejalar va oʻquv fanlari dasturlari;
oʻquv rejasining bajarilishi va qoʻyilgan vazifalarning hal qilinishini uzluksiz nazorat qilish, shuningdek, taʼlim dasturini takomillashtirish uchun qayta aloqa mexanizmiga ega boʻlishi lozim.
2. Taʼlim dasturi taʼlim sohasi davlat taʼlim standartiga, taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari malaka talablariga mos kelishi va dastur nomlanishiga muvofiq mutaxassis tayyorlash kengligi va belgilangan mutaxassislik sohasida tayyorgarlikning zarur darajadagi chuqurligini taʼminlash.
3. Taʼlim dasturlarini akkreditatsiyalashda talabalarning tayyorgarlik darajasi, oʻqish sifati va kasbiy faoliyatga tayyorligi muhim omil hisoblanishi.
4. Professor–oʻqituvchilar tarkibi taʼlim dasturlarida qamrab olingan barcha bilim sohalari mutaxassislaridan iborat boʻlishi kerak. Ularning kompetentlik darajasi quyidagi komponentlar bilan tasdiqlanishi mumkin:
bazaviy maʼlumoti, qoʻshimcha maʼlumoti (malaka oshirish, o‘quv stajirovkalar);
ilmiy va pedagogik tajribasi, taʼlim dasturlarini takomillashtirish va taʼlim samaradorligini oshirishga intilishi;
kasbiy hamjamiyatlardagi ishtiroki, stipendiya va grantlar olganligi;
fan va texnika sohasida unvonlar berilgani va h.k.
5. Taʼlim dasturini oʻzlashtirish natijasida bitiruvchi kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasi: oʻz mutaxassisligi boʻyicha tahsil olish davrida oʻzlashtirgan bilimlarini amaliyotda qoʻllay olish qobiliyati; fanlararo mavzular boʻyicha jamoada ishlashga tayyorlik; oʻz mutaxassisligidan kelib chiqib muammolarni shakllantirish va hal qilish malakasi; kasbiy va axloqiy majburiyatlarni anglash qobiliyati; jamoada samarali oʻzaro hamkorlik koʻnikmalari; zamonaviy ijtimoiy, siyosiy va ilmiy–texnikaviy muammolarni bilishi.
6. Auditoriya, laboratoriya va ularning jihozlanishi zamonaviy va dasturiy maqsadlarga mos boʻlishi kerak.
Talabalarga mustaqil oʻqishi va izlanishi uchun yetarli imkoniyatlar yaratilishi zarur. Pedagogika yo‘nalishidagi oliy taʼlim muassasasi moddiy–texnik bazasini litsenzion koʻrsatkichlardan past boʻlmagan darajada doimiy yangilab, takomillashtirib va kengaytirib borishi.
7. Oʻquv, texnik, maʼlumotnoma va umumiy adabiyotlar, turli davriy nashrlar va h.k. bilan taʼminlangan kutubxona, axborot resurslari (lokal tarmoq, internet)ga kirish imkoni boʻlgan kompyuter sinflaridan foydalanish imkoniga ega boʻlishi zarur. Oliy taʼlim muassasasi axborot bazasini doimiy yangilab, takomillashtirib va kengaytirib borishi.
8. Pedagogika yo‘nalishidagi oliy taʼlim muassasasida ishga joylashtirish, mutaxassislar bilim va malakalari sifati hamda ularga talabni oʻrganish, ularning kasbiy oʻsishi (karyerasi)ni kuzatib borish, oliy taʼlim muassasasi bitiruvchilarining doimiy oʻqishi va malaka oshirish tizimi mavjud boʻlishi kerak. Bu tizim yordamida olinadigan maʼlumotlar taʼlim dasturlarini yanada takomillashtirish uchun qoʻllanilishi.
Sifat menejmenti chora-tadbirlari uchun xarajatlarni taqsimlash hisobidan
kamchiliklarni aniqlash va tuzatish uchun sarflanadigan xarajat ulushi, kamchiliklar
hamda nomuvofiqlik sababli oliy taʼlim muassasalari faoliyatida yuzaga keladigan tashqi
va ichki xatarlar kamayishi isbotlangan. Buning natijasida umumiy sarflanadigan
mablagʻ kamayadi va qoʻshimcha daromad olish imkoniyati paydo boʻladi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Qambarov J.X., Turdalieva M.M. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini nazorat
qilishni takomillashtirish masalalari. Zamonaviy ta'lim jurnali. 2014 yil. 7-son. -B. 19. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy taʼlim muassasalarining
akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-
tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-60-son qarori 3. Bozorov Z.Y. “Ta’lim sifati menejmenti va unga bo‘lgan yondashuvlar” research and
education, Scientific Journal Impact Factor 2023: 5.789, ISSN: 2181-3191,Volume 2,
Issue 5, 2023 4. Денякина Л.И. Педагогическая диагностика как основа движушей
силпедагогического коллектива. -М.: Радуга, 2017. -C. 186. 5. Ковалев Л.Ф. Теория и практика моделирования региональной системы оценки
качества обучения (На примере системы общего среднего образования) Дис. ...
канд. пед. наук: 13.00.01: Великий Новгород, 2004. 199 c.; 6. Bozorov Z.Y. “Geometrik masalalarni yechishda koordinatavektor usulidan
foydalanish” Academic Research in Educational Sciences, Scientific Journal Impact
Factor (SJIF), 2021: 5.723, ISSN: 2181-1385, doi: 10.24412/2181-1385-2021-11-
1471-1478, Volume 2, Issue 11, 2021 7. Bozorov Z.Y. Ta’lim sifatini oshirish bugungi kunning dolzarb masalasidir. “Mug‘allim
hәm uzliksiz bilimlendirio‘” ilmiy metodologik jurnali. 2023 yil 5/2 son. 146-150 bet.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.