ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

Annotatsiya

Qadimgi Xorazm davlatining geografik joylashuvi, sug‘orish tizimining shaharlashuvga olib kelish jarayoni, qadimgi shahar qal'alarining tasnifi,turli manbalarda Xorazm toponimining lug‘aviy ma'nosi,qadimdan bu Xorazm deb ataluvchi geografik makondagi davlatlar xususida.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

QADIMGI XORAZM DAVLATI

Ro‘ziboyeva E'zoza Davlatboyevna Qarshi davlat universiteti Tarix

fakulteti 1-bosqich talabasi

Annotatsiya

Qadimgi Xorazm davlatining geografik joylashuvi, sug‘orish tizimining shaharlashuvga olib kelish jarayoni, qadimgi shahar qal'alarining tasnifi,turli manbalarda Xorazm toponimining lug‘aviy ma'nosi,qadimdan bu Xorazm deb ataluvchi geografik makondagi davlatlar xususida.

Kalit so‘zlar: Xorazm, Xitoy, Parij, O‘zbekiston, YUNESKO, O‘rta Osiyo, Ko‘zaliqir, Qal’aliqir, Zarafshon vohasi,Quyi Amudaryo, Kasbiy dengizi, Orol dengizi, Beruniy, S.P.Tolstov, ibn Xavqal, Avesto, konferensiya, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi.

O‘zbekistonning 3 ming yildan ortiq bo‘lgan qadimgi dehqonchilik sivilizatsiyasi ko‘plab regionlari madaniyati uyg‘unligidan iborat. Mamlakatimizning har bir tarixiy-madaniy viloyatlari ma'lum bir tarixiy bosqichda rivojlangan davlatlar va taraqqiy etgan madaniyatlarning markazi bo‘lgan. Xorazm zamini shular jumlasidam bo‘lib, uning hududida ХХ asrning mashhur olimj S.P.Tolstov tomonidan nom berilgna «Xorazm sivilizatsiyasi » shakilllangan va taraqqiy etgan edi. O‘lkaning alohida farqlanuvchi jihatlaridan biri – bu insoniyatning aql va mehnati ixtirosi bo‘lgan o‘ziga xos sun’iy sug‘orish tizimi orqali gullagan hududga aylanganligida edi. Buniyatovning fikricha, bu yerda irrigatsiya Mil.avv II ming yilliklar o‘rtalaridan mavjud bo‘lib, uning texnikasi “eng yuqori cho‘qqigga Mil.avv I ming yilliklar o‘rtallarida erishdi" . Bu ma‘lumotlar Xorazm tarixi bo‘yicha mumtoz adabiyotlarga aylangan S.P.Tolstov va Y.G‘. G‘ulomov kabi mashhur olimlarning tadqiqotlarida o‘z isbotini topgan. Bu olimlar Xorazm sivilizatsiyasining muntazam taraqqiy etishini tosh davridan to so‘nggi o‘rta asrlargacha kuzatib, uni ko‘p jihatdan Amudaryo bilan bog‘liqlikda deyishadi.

Quyi Amudaryo hududida joylashgan, ilk shahar madaniyatiga oid bo‘lgan eng qadimgi yodgorliklar Qal'aliqir va Ko‘zaliqir yodgorliklaridir. Bu yodgorliklarda ilk marotaba rivojlangan me’morchilik, shahar madaniyatiga xos bo‘lgan yuqori rivojlangan hunarmandchilik xarakterlidir. Deyarli barcha tadqiqotchilarning fikricha Qal'aliqir va Ko‘zaliqir yodgorliklarining, ya’ni Quyi Amudaryo shahar madaniyating paydo bo‘lishi bevosita Qadimgi Baqtriyada yashagan xorazmliklar bilan bog‘liq ravishda keng rivoj topgan.

Xorazm haqidagi ilk ma'lumotlar “Avesto”da Xvarezim, Doro I ning Behistun bitiklarida Uvarazmis, qadimgi yunon mualliflari Sikilak, Gekatey, Geradot, Strabom ma'lumotlaridam Xorasmiya, o‘rta asrlarda yashab o‘tgan arab geografllari asarlarida Xvorazm ko‘rinishlarida uchraydi.

S.P.Tolstov «Xorazm» atamasini eroncha «Xur Xurshed» va «zm, zem» so‘zlari birikmasi asosida vujudga kelgan deb hisoblaydi va «Quyoshli o‘lka», «Quyoshli yer» degan ma'noni anglatadi deb hisoblaydi. Olimning ikkinchi fikriga ko‘ra Xorazm «Xvarri yoki Xarri (Xurriy, Xurrit) xalqi o‘lkasi» ma'nosini anglatadi.

S.P.Tolstovning ikkinchi fikrini yarim asrdan so‘ng E.V. Rtveladze qo‘llab quvvatladi va u O‘rta Osiyoning bronza davri aholisi xurritlar tili bo‘lgan degan g‘oyani ilgari surdi. Zarafshon vohasida joylashgan Mitan, Urmitan, Xurmitan hamda Xorazm kabi joy nomlarini xurritlardan qolgan, хurritlarga оid tarixiy toponim deb hisoblaydi.

Sug‘dshunos olim M.N.Bogolyubovning fikricha, Xorazm uchta so‘zdan tarkib topgan. Xu (Xush, Xash), var (vara)va zm (zim, zem). Eroniy tillarda Xu – «yaxshi» «ma'qul», var(vara) – «devor», «marza», «fob», «qal'a», «qo‘ra» degan ma'nolarni bildirgan. Zm (zim, zem) esa – «yer», «o‘lka», «diyor», «mamlakat » kabi ma'nolarni anglatadi deb hisoblaydi va «yaxshi qo‘rali yer», «ajoyib qal'ali o‘lka», «mustahkam qal'alari bor diyor» degan ma'noni anglatadi deb yozgan.Qadimgi Xorazm tarixi arxeologik adabiyotlarda ikki davrgga ajratilgan. Birinchi davr arxiak davr deb ataladi Mil.avv. VII asrning oxiri – Mil.avv. IV asrni o‘z ichiga оladi. Bu davrning 2 bosqichi – ilk va so‘nggi bosqichlari aniqlangan. Birinchi bosqich ahamoniylar bosqinigacha bo‘lgan davr bo‘lib, Mil.аvv. VII аср oxirlari va VI asrlarni o‘z ichiga oladi. Tadqiqotchilar bu davrni Meshekli, Quyisoy madaniyati, Ko‘zaliqir , Xumbuztepa yodgorliklari topilmalari asosida o‘rganishgan. So‘nggi bosqich ahamoniylar hukmronligi davri bo‘lib, u Hazorasp, Qal'aliqir , Jingil'ji yodgorliklari asosida o‘rganilgan. Uning xronologik doirasi Mil.avv.VI asrning ikkinchi yarmidan V asr oxirlari– IV boshlari bilan belgilangan. S.R. Bolelov o‘zining tadqiqotlarida qadimgi Xorazmning Mil.avv. VIII asrning oxiri – VI asrlaring ilk temur davri (РЖВХ – ранний железный век Хорезма) deb ko‘rsatadi. Shuningdek, arxiak davrini РЖВХI va РЖВХ-II bosqichlariga ajratib, Quyi Amudaryo bo‘ylarida shakillangan madaniyatlar Ko‘zaliqir, Quyisoy, Xumbuztepa yodgorliklarini shu asosida tahlil qiladi. Arxiak davrga oid yodgorliklar Amudaryoning Sariqamish del'tasi, qadimgi Dovdon kanallari, Oqchadaryo va janubiy Хorazmning Tuyamo‘yin havzalaridan topilgan. Ko‘zaliqir atroflari va janubiy Dovdon havzasida 34 ta arxiak qishloq va manzilgohlar, shimoliy va janubiy oralig‘ida sug‘orish tizimlari va arxiak davrga oid qishloqlar, Мanqirqal'adan 6–10 km sharq tomonda 3 ta mustahkamlangan qishloq xarobalar аniqlangan. M.G.Vorobeva bu davrga oid 300 ga yaqin qishloqlar aniqlagan. Qadimgi Xorazm tarixining ikkinchi davri antik davr sanaladi, u Mil.аvv. IV asr oxirlaridan – milodiy IV asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga оladi. Bu davrdа Qadimgi Xorazm mustaqil davlat bo‘lib, uning tarixi Oqchaxonqal'a, Тuproqqal'a tarixchi, geograf,sayyoh ibn Xavqal: “Shahar qal'a va qo‘rg‘ondan iborat edi. Uning o‘rtasida Jardur kanali kesib o‘tar edi. Bozorlari obod, savdo- sotiq qizg‘in edi”, deb yozgan. Xorazm tarixini chuqur o’rgangan mashhur rus olimi S.P.Tolstov “Qadimgi Xorazm” kitobida antik Xorazm tarixini to’rt davrga bo’ladi:

1. Uy-joy devorlari bo’lgan shahriston madaniyati (miloddan avvalgi VI-IV asrlar)

2. Qanqa (Qang) madaniyati (miloddan avvalgi IV asr - milodiy I asr)

3. Kushonlar madaniyati (milodiy II – II asrlar)

4. Kushon-Afrig’ o’tish madaniyati (milodiy Sh-V asrlar)

Bu davrlarga oid Amudaryoning o’ng sohilida 250 dan ziyod, so’l sohilida 60 ta qadimiy shahar va qishloqlar o’rni topilgan. Qanqaqal’a, Qo’shqal’a, Tuproqqal’a, Jingilja, Toshxirmon singari qal’a va istehkomlar o’rni bunga misol bo’la oladi.

Abu Rayhon Beruniy o’zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida shunday yozadi: “Xorazmliklar Xorazmga odamlar joylasha boshlaganidan tarix olar edilar. Bu Iskandardan 980 yil ilgari bo’lgan edi. Undan keyin Siyovush ibn Kaykovusning Xorazmga kelishidan, Kayxusrav va uning naslining Xorazmga podshohlik qilishlaridan tarix oldilar. Shu vaqtda Kayxusrav Xorazmga ko’chib, turk podshohlari (ustidan) hukmronligini yurgizgan edi. Bu voqea Xorazmga odam joylashishidan 92 yil keyin bo’ldi”.

Xitoyning Tan sulolasi davrida (milodiy VII-X asrlar) Xorazmda asosan turkiy qabilalar yashagan. Tanshu solnomasida shunday deyiladi: “Barcha turk elatlari ichida ho’kiz qo’shilgan arava faqat shu yerda (Xorazm) uchraydi. Bu aravalarda savdogarlar turli viloyat va elatlarni aylanib, savdo qilib yuradilar.” Bu o’rinda gap Xorazmning savdo-sotiq bilan kun kechiruvchi o’troq aholisi ustida ketyapti. Shu bilan birga Xorazm vohasiga yaqin cho’l va dashtlarda ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi chorvador turkiy qabilalar yashagan.

Eron Axomaniylari shohi Kayxusrav (Kir, Kurush) (miloddan avvalgi 558-530 y.) Xorazm va unga tutash hududlarni bosib olgan. Xorazm miloddan avvalgi 6-5 asrlarda Axomaniylar davlatining 16-satrapligi (viloyati) tarkibiga kirgan. Lekin ko’chmanchi Sak (Massagetlar) qabilasi ustiga hujum qilganida

Kayxusrav malika To’marisdan engilib, halok bo’lgan. Xorazm o’z mustaqilligini tiklagan. Miloddan avvalgi III asrda esa u Qang davlati tarkibida bo’lgan.

Xorazm tarixining to afrig’iylar sulolasi asoschisi Afrig’gacha (305 y.) bo’lgan davri haqida ma’lumotlar kam. Faqat qadimda Kayxusrav (mil.av. 1200-1140 y.), Saksafar (mil.av. 519- 517 y.), Farasman (mil.av. 329-320 y.), Xusrav (mil. av. 320 y.) singari xorazmshohlar bo’lganligi, Farasman miloddan avvalgi 328 yilning bahorida O’rta Osiyoga bostirib kirgan makedoniyali Aleksandr (Iskandar) huzuriga muzokara uchun sovg’a-salomlar bilan kelganligi tarixiy manbalarda yozib qoldirilgan.

Abu Rayhon Beruniy afrig’iylar sulolasiga mansub xorazmshohlardan 22 tasining nomini keltirgan. Xorazm davlatining poytaxti dastlab Tuproqqal’a, 305 yildan keyin esa Kot (Kos) shahri bo’lgan.

Miloddan avvalgi 4-3 asrlarda Xorazm iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksalib, yirik sug’orish kanallari, yangi shahar va qal’alar barpo etilgan.

Xiva shahrining jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan alohida o‘rnini hisobga olgan holda, YUNESKO Bosh konferensiyasining 1995-yil oktyabr-noyabr oylarida Parijda o‘tgan 28-sessiyasi Xiva shahrining 2500 yilligini dunyo miqyosida keng nishonlash haqidagi qarori qabul qilindi va YUNESKO Bosh konferensiyasi 28- sessiyasining Xiva shahrining 2500 yilligi yubileyini 1997-yilda YUNESKO rahnomaligida jahon miqyosida keng nishonlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda 1997-yilda Xiva shahrida shaharning 2500 yilligi yubileyiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi.

Xulosa: Qadimgi Xorazim nafaqat butun O‘rta Osiyo, balki Jahon sivilizatsiyasida o‘z o‘rniga ega. Tarix guvoh bo‘lgan barcha sivilizatsiyasilarning omilini o‘zida namoyon etadi hamda o‘z davrining qudratli davlatlari bo‘lgan zamin hisoblanadi . Ming yillar mobaynida yig‘gan juda boy tarixga ega. Hozirda ham Xorazm o‘zbek va xorijiy davlat olimlaring ilmiy izlanishalari markazida.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1 Толстов С.П. Древний Хорезм. М.: Наука, 1948; Виноградов А.В. Охотники и рыболовы Среднеазиатского междуречье. М.: Наука, 1981.

2 Сагдуллаев А.С. Маргиана и Бактрия. Исторические традиции и культурные связи в доантичную эпоху // Древний Мерв. Ашхабад: Ылим, 1989. С. 17.

3 Болелов С.Б. Некоторые итоги археологических работ на Хумбузтепе // ОНУ. 1999. № 9-10. С. 90.

4 Ягодин В.Н. Древнейшая государвенность и проблемы «Большого Хорезма» (2-цикл) // Вестник Каракалпакского отделения АН РУз. Нукус, 2007. № 2. С. 71-76.

5 Баратов Р., Рахманов У.В., Матрасулов Ш., Садуллаев Б., Рахимов Ш. Археологические исследования населения Хумбузтепа в 2011-20112 годах // Археологические исследования в Узбекистане в 2012 году. Самарканд, 2013. С. 42-43.

6 Гулямов Я.Г. Памятники города Хивы... 42 с.; Гулямов Я.Г. История орошения Хорезма с древнейших времен до наших дней. Тошкент: Фан, 1957. 310 с.; Ғуломов Я.Ғ. Хоразмнинг

суғорилиш тарихи. Қадимги замонлардан ҳозиргача. Тошкент: Фан, 1959. 312 б.; Ғуломов Я.Ғ. Археология – тарих фани хизматида. Тошкент, 1976. 111 б.

7 Каримов И. Юксак маънавият – енгилмас куч. Тошкент: Маънавият, 2008. 98 бет

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.