ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

QARSHI TUMANI QISHLOQ XO‘JALIGI TARMOQLARINING RIVOJLANISHI VA MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH DINAMIKASI TAHLILI

Annotatsiya

Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati va Qarshi tumanlarining qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotlari ko‘lami tahlil qilingan. Olib borilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, tumanda yetishtirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari ko‘lami 2021 yilda 2018 yilga nisbatan anchaga kamayib ketgan. Ushbu muammolar o‘rganilib, tegishli xulosalar qilindi.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

VA MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH DINAMIKASI TAHLILI

Muxammadieva Yulduz Yusupovna

TATU Qarshi filiali “LAT”kafedrasi o’qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati va Qarshi tumanlarining qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotlari ko‘lami tahlil qilingan. Olib borilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, tumanda yetishtirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari ko‘lami 2021 yilda 2018 yilga nisbatan anchaga kamayib ketgan. Ushbu muammolar o‘rganilib, tegishli xulosalar qilindi.

Kalit so‘zlar: bozor mexanizm, oziq-ovqat xavfsizligi, fermer xo‘jaliklari, innovatsion jarayonlar, diversifikatsiyalash, modernizatsiya, innovatsion rivojlantirish, dehqonchilik mahsulotlari, chorvachilik mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi

Kirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi o‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»24gi Farmonining 30-maqsadida «Qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo‘jaligining yillik o‘sishini kamida 5 foizga yetkazish» masalasi ilgari surilgan. Bunda tumanlarni aniq mahsulot turini yetishtirishga ixtisoslashtirish, qishloq xo‘jaligida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish va sug‘urtalashning yangi mexanizmlarini amalga oshirish, yangi va foydalanishdan chiqqan 464 ming gektar maydonni o‘zlashtirish va klasterlarga ochiq tanlov asosida ajratish. 200 ming gektar paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirish hamda aholiga ochiq tanlov asosida uzoq muddatli ijaraga berish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish hamda meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, intensiv bog‘lar maydonini 3 baravar va issiqxonalarni 2 baravar ko‘paytirib, eksport salohiyatini yana 1 milliard AQSh dollariga oshirish, tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish, ilm-fan va innovatsiyaga asoslangan agroxizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish. Agrosanoat korxonalarini xom ashyo bilan ta’minlash va ishlab chiqarish hajmini 1,5 baravar oshirish kabi vazifalar dolzarb masala sifatida belgilandi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi faol qo‘llabquvvatlanadigan davlatlar sirasiga kiradi. Bugungi kunda respublikamiz agrar sohasiga davlat tomonidan rivojlangan mamlakatlarga nisbatan 2-3 barobar ko‘p mablag‘ ajratilmoqda. Biroq ushbu mablag‘larni to‘g‘ri va maqsadli yo‘naltirilyapti, deb bo‘lmaydi. Shuning uchun ham 2025 yilga borib, davlat tomonidan qishloq xo‘jaligi faqat bozor mexanizmlari asosida tartibga solinadi. Tan olish kerak, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligining eksport salohiyatini oshirish va qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar hajmini ko‘paytirish borasida hali ishga solinmagan imkoniyatlar ko‘p. Birinchidan, bozorni o‘rganish va bozor topish borasida muammolar bor.

Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda, xususan, Turkiyada 1 gektar yerdan 2 ming, Misrda 8 ming, Isroilda 12 ming dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilsa, bizda bu raqam 300 dollardan oshmayapti.

Aslida, mamlakatimizning 20 milliard dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish imkoniyati mavjud. Buning uchun 1 gektar yerda kamida 10 ming dollarlik mahsulot ishlab chiqarilishi zarur.

Eksport uchun qulay bozorlar kam emas. Masalan, dunyo bozorida bodomning yillik import hajmi salkam 3 milliard dollarni, gilos va olchaniki 2 milliard dollarni, pistaniki esa 1,5 milliard dollarnitashkil etadi. Ushbu bozorlar biz kirib boradigan va sifatli mahsulotlarimiz bilan muqim joy egallaydigan katta maydon. Bu orqali 2025 yilgacha eksport hajmini yiliga 2 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yilgani shu maqsaddagi muhim qadamdir.

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida eng katta e’tibor bozor mexanizmlariga qaratilgan. Buning zamirida dehqon, fermer ishlagandan keyin yerdan daromad topsin, degan maqsad yotibdi. Shu bilan birga, unda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash ham nazarda tutilgan. Chunki aholi har yili ko‘payib bormoqda. Bu bozorda ehtiyoj ham ortib boryapti, degani. Shunday ekan, paydo bo‘layotgan ehtiyojni qondirishning eng asosiy yo‘llari bu unumdorlik va hosildorlikni oshirishdir.

Endi Qashqadaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari boyicha YahMning o‘sish ko‘rsatkichlari va uning tarmoqlaridagi o‘zgarishlarni ko‘rib chiqamiz va tahlil qilamiz.

1-jadval

Qashqadaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari tahlili

O‘lchov

nisb. (+;-)

Yalpi hududiy

mahsulot

28412,2 31153,2 34618,1 43833,3 15421,1

nisbatan

% 101,0 101,6 102,2 107,6 +6,6

sh.j. sohalar ulushi

Sanoat % 27,1 18,7 18,7 18,0 -9,1

Qishloq xo‘jaligi % 42,2 42,7 43,6 41,4 -0,8

Qurilish % 5,8 6,7 6,5 6,2 +0,4

Tashish va

saqlash,

aloqa va axborot

% 4,8 5,2 5,0 5,1 +0,3

Savdo va

um.ovqatlanish

% 5,8 6,6 6,4 6,5 +0,7

Boshqalar % 14,3 20,1 19,8 22,8 +8,5

Sof soliqlar % 5,4 8,5 3,8 4,3 -1,1

Kichik biznes

ulushi

% 64,3 69,5 69,9 69,9 +5,6 qilingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YAHM) hajmi joriy narxlarda 43 833,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2020 yilga nisbatan 7,6 %ga o‘sdi. YAHM deflyator indeksi 2020 yildagi narxlarga nisbatan 114,4 %ni tashkil qildi.

Hudud iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kuzatilgan o‘sish sur’atlari YAHM o‘sishida asosiy omil bo‘lib xizmat qildi. Jumladan, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi tarmog‘ining o‘sish sur’ati 102,2 %, (YAHM tarkibidagi ulushi - 41,4 %), sanoat - 115,3 % (18,0 %), qurilish - 112,7 % (6,2 %), savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 109,8 % (6,5 %), tashish va saqlash, axborot va aloqa - 122,3 % (5,1 %) va boshqa xizmat tarmoqlari – 106,7 % (22,8 %) ni tashkil etdi.

Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2018–2021 yildagi asosiy natijalariga erishildi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi sifat o‘zgarishlari va uni diversifikatsiyalash fermer xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish, qoramollarni aholi va fermer xo‘jaliklariga kimoshdi savdolari orqali sotish mexanizmlarini yaratish, imtiyozli maqsadli kreditlar ajratilishi, veterinar xizmatlari ko‘lamining kengayishi va sifati oshishi, zarur miqdorda yem-xashak yetkazib berish bilan bog‘liqdir.

2-jadval

Qashqadaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish

ko‘rsatkichlari

birligi 2018 yil 2019 yil 2020 yil 2021 yil O‘zg.%

baliqchilik xo‘jalik

so‘m 17685,8 20415,1 24510,3 29352,8 166,0

Shundan:

6956,4 7978,9 9236,3 11117,7 159,8

YaMda

dehqonchilik

mahsulotining ulushi

% 39,3 39,1 37,7 37,9

1,04

kamaygan

Chorvachilik mlrd. 10250,1 11955,0 14541,5 17224,9 168,0

mahsulotlari so‘m

YaMda chorvachilik

mahsulotining ulushi % 58,0 58,6 59,3 58,7

1,01

nisbatan (solishtirma

bahoda)

% 96,6 101,2 104,0 102,2

1,06

oshgan. qilingan

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini o‘rganib, tumanda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘lamini tahlil qilib chiqamiz.

3-jadval

Tumanda yetishtiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarining o‘sishi ko‘rsatkichlari tahlili

nisb.%da

Dehqonchilik mahsulotlari

Kartoshka tonna 1387

76,4

Sabzavot tonna 6793

75,8

Poliz tonna 2608

76,4

Meva tonna 1354

86,7

Uzum tonna 9161 1059 1028 1059 115,7

7 0 6

Paxta tonna 3089

148,3

Don tonna 7807

61,6

Chorvachilik mahsulotlari

Go‘sht tonna 2271

103,5

Sut tonna 9073

110,1

Tuxum ming

dona

103,8

Jun tonna 409,8 481,7 482 482 117,6

Qorako‘lteri dona 1437

85,5

Pilla tonna 180,2 192,2 194,2 166,0 92,1

Ushbu 3-jadval tahlilidan ko‘rinadiki, tumanda dehqonchilik mahsulotlaridan faqatgina uzum va paxta xom ashyosini yetishtirish biz tahlil qilayotgan yillarda ko‘paygan. Biroq boshqa turdagi mahsulotlar tahlil qilinayotgan yillarda past ko‘rsatkichga ega bo‘lgan.

Chorvachilik mahsulotlaridan qorako‘l teri va pilla yetishtirish hajmi anchaga pasaygan. Biroq, boshqa turdagi mahsulotlar hajmi 100 foizdan oshganligini jadval ma’lumotlari tahlilidan ko‘rish mumkin.

Ushbu muammolarni quyidagi bir qator holatlar bilan izohlash mumkin:

Birinchidan, yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni jadallashtirish va barcha sohada innovatsion jarayonlarni faollashtirish boyicha tizimli chora- tadbirlarni amalga oshirish kabilarni qamrab olgan innovatsion rivojlanishning aniq tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqish va tegishli shart-sharoitlar yaratilgandagina innovatsion siyosatni muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkindir.

Ikkinchidan, sohani rivojlantirishda moddiy–texnika ta’minot tizimi, ilmiy- texnika taraqqiyot va intensiv texnologiyalar sohalarni ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligini oshirishda hal qiluvchi omildir. Sohani intensiv asosida ishlab chiqarish qurollari takomillashuvi, xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish va jonli mehnat hissasini kamaytirish evaziga ulardan samarali foydalanishni taqozo etadi. Mamlakatni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarini innovatsion rivojlantirishning tashkiliy – iqtisodiy mezanizmlarini takomillashtish orqali tarmoqlar mahsulotlari yetishtiruvchilariga talab darajasida xizmat ko‘rsatish va ularning ehtiyojlarini to‘liq qondirilishini talab etadi.

Qarshi tumani qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2018-2021 yillar davomida o‘sish ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan. Bunda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jalik yalpi mahsulot hajmi 152, 6 foizga, dehqonchilik mahsulotlari esa 136,3 foizga va chorvachilik mahsulotlari hajmi esa 164,1 foiz o‘sish ko‘rsatkichiga erishilgan (4-jadval).

4-jadval

Qarshi tumani qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish

ko‘rsatkichlari tahlili

o‘lchov

nisb.% da

baliqchilik xo‘jaliklari

so‘m 1593,5 1872,6 2013,2 2431,3 152,6

shu jumladan:

744,0 874,2 815,7 1014,4 136,3

Chorvachilik mahsulotlari mlrd.

809,6 940,6 1134,4 1328,4 164,1

O‘tgan yilga nisbatan % 98,8 101,4 94,5 101,9 1,03 punktga

Dunyoda oziq-ovqat muammosini o‘tkirlashib borayotgan hozirgi murakkab sharoitda agrar sohani rivojlantirish, tabiatning turli ekstremal sharoitlariga (qurg‘oqchilik, haddan tashqari issiq kabi) chidamli, sifatli beradigan navlarini yaratish, yetishtirilgan mahsulotlardan tejamkorlik asosida samarali foydalanish, qayta ishlash sanoatini modernizatsiyalab borish kabi masalalarni hal etish bugungi kunda dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, tuman qishloq xo‘jaligida mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, texnika va agrotexnologiyalarni yangilash, erkin bozorni shakllantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari rentabelligi oshirish, tannarxni pasaytirish yo‘llarini axtarib topish bugungi kunning dolzarb masalalaridan bo‘lib hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Nusriddinovich, i. N., & ilhomkhojayevna, a. N. (2022). Cyber threats, vulnerabilities and risks in economic sectors. Galaxy international interdisciplinary research journal, 10(9), 139-140.

2. Ibragimov, n., amirov, a., & abduraxmanov, v. (2022). Axborot tizimlarining tahdidga zaifligi. Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: muammolar va yechimlar, 1(28), 15-18.

3. Ibragimov, n. N. (2021, april). An imitation model of the development of public utilities. In archive of conferences (vol. 19, no. 1, pp. 18-20).

4. Ibragimov, n. N. (2021, april). Empirical modeling of public utilities. In archive of conferences (vol. 18, no. 1, pp. 19-20).

5. Ibragimov, n. N. (2021, april). Econometric modeling of public utilities. In archive of conferences (vol. 20, no. 1, pp. 54-55).

6. Mukhitdinov, s. K., & ibragimov, n. N. (2021, april). The importance of improving the quality of information and communication technologies in the provision of utility services. In archive of conferences (vol. 20, no. 1, pp. 52-53).

7. Mukhitdinov, k. S., & ibragimov, n. (2021). Providing household goods and computer repair services to the population of the region. South asian journal of marketing & management research, 11(2), 22-32.

8. Ibragimov, n. N., aliev, g. M., abdinov, d. S., mamedov, s. M., & mekhtieva, s. I. (1970). Certain results of research on selenium. Soviet physics uspekhi, 12(6), 792.

9. Iso 15190:2003. Medical laboratories — requirements for safety.

10. Yusupovna, muxammadiyeva yulduz. "qashqadaryo viloyati salohiyatini iqtisodiy tahlili." journal of universal science research 1.11 (2023): 371-374.

11. Ibragimov, nodirjon nusriddinovich, et al. "globallashuv jarayonida axborot xavfsizliga va ahamiyati." scientific progress 4.4 (2023): 38-41..

12. Nusriddinovich, ibragimov nodirjon, abduraxmanov vohid abdumuqim o‘g‘li, and amirov akbarshox dilshod o‘g‘li. "axborot xavfsizligiga tahdidlarni tahlili va baholash." journal of universal science research 1.4 (2023): 93-97.

13. Nusriddinovich, ibragimov nodirjon, and abdurakhmanov vahid abdumuqim oglu. "relevance and importance of ensuring the security of information in networks." galaxy international interdisciplinary research journal 11.4 (2023): 906-908.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.