ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

QISHLOQ XO’JALIK TARMOQLARINI KARTAGA OLISHNI MASALALARI

Annotatsiya

Mazkur maqolada Xorazm viloyatining qishloq xo’jalik tarmoqlari o’rganildi va sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning holati tahlil qilindi. Shuningdek viloyatni qishloq xo’jalik tarmoqlaridan biri donchilik tarmog’ini kartaga olish masalalari yoritildi. Natija sifatida viloyatning donchilik kartasi tuzildi.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

MASALALARI

Sadullayeva Nodira Umirbek qizi

Urganch davlat universiteti o’qituvchisi

Telefon +998(99)0844745

Allanazarov Doniyor Yakub o’g’li

Urganch davlat universiteti o’qituvchisi

Telefon +998(93)0931995

Annotatsiya Mazkur maqolada Xorazm viloyatining qishloq xo’jalik tarmoqlari o’rganildi va sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning holati tahlil qilindi. Shuningdek viloyatni qishloq xo’jalik tarmoqlaridan biri donchilik tarmog’ini kartaga olish masalalari yoritildi. Natija sifatida viloyatning donchilik kartasi tuzildi.

Kalit so’zlar: qishloq xo’jaligi, dehqonchilik, donchilik, yer resurslari, agrotexnologiya, GIS, kartografik metod,

Kirish Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab barcha sohalarda keng koʼlamli islohotlar olib borilayotganini bugun barchamiz gʼurur va iftixor bilan tilga olmoqdamiz. Insoniyat tajribasi shuni koʼrsatadiki, har qanday mukammal tizim ham zamon va makon taʼsirida, taraqqiyot tendentsiyasiga mos ravishda rivojlanmogʼi uchun islohotga, yangilanishga ehtiyoj sezadi. Bu islohotlar va yangilanishlarga boʼlgan ehtiyoj dehqonchilik tarmoqlari tizimini ham chetlab oʼtmadi. Bu sohada ham yer resurslaridan aniq maqsadlarda, samarali foydalanishni tashkil etish va boshqarishga qaratilgan bir qancha islohotlar amalga oshirildi. Bugungi kunda esa, yer resurslaridan samarali foydalanish, dehqonchilik ekinlarini to’g’ri tanlashni takomillashtirish eng dolzarb masalalardan biriga aylandi.

Bunda albatta, mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy yirik tarmogʼi qishloq xoʼjaligining asosiy moddiy negizi hisoblangan yerdan har qanday davrda va sharoitda oqilona, unumli va ilmiy asoslangan tarzda foydalanishni toʼgʼri tashkil etish va boshqarish mamlakat buguni va kelajagi uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda mukammal agrotexnologiya mintaqa, muayyan hudud, xoʻjalik, almashlab ekish dalasining tuproq-iqlim sharoitlari va ekiladigan oʻsimlik xususiyatlariga, shuningdek, xoʻjalikning ishlab chiqarish resurslariga mos kelishi kerak. Dehqonchilikning asosiy vazifasi ekinlarni yetishtirishning ilmiy asoslangan jadal texnologiyalari negizida don, sabzavot, meva va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirishdan iborat.

Respublika qishloq xoʻjaligida dehqonchilik yetakchi oʻrinda turadi, uning qishloq xoʻjaligi yalpi mahsuloti hajmidagi hissasi 60—65%. Dehqonchilikda agrotexnikaning ilgʻor usullarini qoʻllash, ekinlarning hosildor navlarini yaratish, navlarni muttasil yangilash va nav almashtirish, oʻgʻitlardan samarali foydalanish, oʻsimliklar himoyasi xizmatini yoʻlga qoʻyish, ekin maydonlari tarkiblarini oʻzgartirish tufayli yuqori natijalarga erishildi. Dehqonchilikda gʻoʻza maydonlari qisqartirildi, aholini oziq-ovqat bilan taʼminlashni tubdan yaxshilash uchun respublikada don ekinlari maydoni koʻpaytirildi va respublikaning gʻalla mustaqilligi taʼminlandi.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev aytganlaridek: “Biz qishloq xo’jaligini barqaror rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida agrar tarmoqda boshlagan islohotlarimizni izchil davom ettiramiz. Xususan, qishloq xo‘jaligida suv ta’minotini yaxshilash, suv xo‘jaligi infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha yirik loyihalarni boshlaymiz. Paxtachilik va g‘allachilikda bozor tamoyillarini keng joriy etish, ilmiy asosda mahsulot yetishtirish, fermer va dehqonlar manfaatdorligini oshirish choralari kuchaytiriladi. Shu bilan birga, mahalliy sharoitga mos, arzon qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish, ularni fermer va dehqonlarimizga imtiyozli shartlarda yetkazib berish, subsidiyalar ajratish va qo‘shimcha moliyalashtirish imkoniyatlari kengaytiriladi”. Qishloq xo‘jaligida xizmat ko‘rsatish sifati va darajasini oshirish, amaliyot va ilm-fan integratsiyasini mustahkamlash masalalari ham e’tiborimiz markazida bo‘ladi.

Mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish, bandlikni ta’minlash maqsadida boshlangan ijobiy tajriba davom ettirilib, dehqon xo‘jaliklari tashkil etish uchun qo‘shimcha 100 ming gektardan ortiq yer aholiga tarqatiladi.

Viloyatda qishloq xo’jaligining donchilik tarmog’ini tumanlar kesimidagi ulushini karta ma’lumotlari asosida tahlil natijasi shuni ko’rsatadiki, bug’doy yetishtirish bo’yicha viloyatda eng yuqori ko’rsatkichni 31 ming tonna Xazarasp va Qo’shko’pir tumanlari, 28-30 ming tonnagacha Shovot va Urganch tumanlari, 25-27 ming tonnagacha Bog’ot, Yangibozor va Gurlan tumanlari, 23-24 ming tonnagacha Yangiariq tumani, 22 ming tonnadan kam bug’doy yetishtiriladigan tumanlar Xiva, Xonqa va Tuproqqal’a tumanlari hisoblanadi.

Xorazm viloyati don ekinlari karta sxemasi.

Tadqiqot obʼekti boʼlib, Xorazm viloyatidagi dehqonchilik tarmoqlari, yer resurslari hamda mavjud yer egalari va yerdan foydalanuvchilar hisoblanadi.

Tadqiqot predmeti tanlangan obʼektda dehqonchilik tarmoqlarini kartaga olish masalalarini o’rganish jarayonida vujudga keladigan munosabatlardir.

Tadqiqotning maqsadi: Dehqonchilik tarmoqlarini kartaga olish masalalari yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, dehqonchilikni kartalashtirish va ularni amalda qo’llashdan iborat.

Tadqiqotning vazifalari:

- dehqonchilik tarmoqlarini kartaga olish masalalarini ilmiy – amaliy ahamiyatini o’rganish

- dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirishda yerlarning tabiiy holatini oʼrganish va kartaga olish;

- tumani dehqonchilik tarmoqlarini kartalashtirishni to’g’ri yoʼnaltirish choratadbirlarini ishlab chiqish.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi dehqonchilik tarmoqlari statistik ma’lumotlar, topo kartalar, kadastr ma’lumotlari va sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari asosida tadqiq qilingan, joyda olib borilgan amaliy izlanishlar, GIS va masofadan olingan ma’lumotlar asosida oʻrganilgan va kartalashtirilgan.

Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Qishloq xo’jaligi mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy omilini tashkil qilgan paytda qishloq xo’jaligini va uni tarmoqlarini kartaga olish masalalari keng targ’ib qilinmoqda. Qishloq xo’jaligining asosiy tarmog’i hisoblanadigan dehqonchilikni kartalashtirish mamlakat aholisini oziq-ovqat mahsuloti bilan ta’minlash va ishlab chiqarishga xom-ashyo yetkazib berish vazifalarini bajaradi. Qolaversa, qishloq xo’jaligining barcha sohalarida kartalashtirishning ahamiyati juda katta. Shu bois Xorazm viloyatining dehqonchilik tarmoqlarini kartaga olish orqali yerlardan oqilona foydalanish va tarmoqlarni to’g’ri joylashtirishga yordam berish kabi muammolarga yechim topish mumkin.

Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi(tahlili). Tadqiqot ishiga oid koʻplab ilmiy izlanishlar olib borilgan. Mavjud adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, Qishloq xoʼjaligini tasniflash, ularning mavzuli kartalar tizimida joylashgan oʼrni, boshqa mavzuli kartalar bilan oʼzaro bogʼlikligini taʼminlaydi. Qishloq xoʼjaligi kartalarini sinflashtirish boʼyicha Ye.А.Proxorova, А.P.Zolovskiy, I.Yu.Levitskiy, Ye.M.Kroxmal, А.А.Reminskiylarning ilmiy-tadqiqot ishlari tahlil qilindi. Kartalarning tasniflanishi qishloq xoʼjaligining 4 ta yirik tarmoq kartalarini qamrab olib, har bir tarmoq alohida mavzuli kartalarga ajratilgan. “Qishloq xoʼjaligi tarmoqlari kartalari” oʼz navbatida qishloq xoʼjaligining asosiy tarmogʼi boʼlgan dehqonchilik va chorvachilik kartalariga ajratilgan.

Tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi Tadqiqot ishida asosan qiyosiy tahlil, adabiyotlar tahlili, dala kuzatishlari, GAT, masofadan ma’lumotlar olish, analiz va sintez, kartografik, prognozlash, geoinformatsion metodlardan foydalanilgan.

Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati Tadqiqot ishi natijalaridan Dehqonchilik tarmoqlarini to‘g‘ri tashkil etish, Qishloq xo‘jaligi yerlari to’g’risida ma’lumot olish, dehqonchilikni rivojlantirishda va kartalashtirishda foydalanish mumkin. Shu bilan birga Kadastr agentligiga shu mavzuga oid muommalarni hal qilishda tavsiya qilish mumkin.

Xulosa va takliflar Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, qishloq xo’jaligini kartalashtirish masalalari bugungi kunda shu sohaning barcha mutaxassislari oldida turgan asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Qishloq xo’jaligi kartalarini tuzishda to’g’ri rejalashtirish, aniq va eng oxirgi ma’lumotlardan foydalanish, kartaning mavzusi va mazmunidan kelib chiqqan holda ma’lumotlarni tanlash va maqbul kartografik metodlarni tanlash muhim hisoblanadi. Hozirgi paytda deyarli barcha sohalarda kartalarning ahamiyati yuqoriligini bilgan holda, karta yaratishda mutaxssisdan yuqori malaka va tajriba talab qilinadi. Qishloq xo’jaligi sohasida kartalarning ahamiyati yuqoriligining yana bir sababi inson grafik tasvir yordamida hudud bo’yicha ko’proq va aniq ma’lumotlarga ega bo’ladi va bir vaqtning o’zida undagi ma’lumotlarni tahlil qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ko’p yillik ma’lumotlarni solishtirish uchun ham karta katta ahamiyatga ega. Shunday ekan qishloq xo’jaligini kartalashtirish mamlakat iqtisodiyoti uchun zarur tarmoq hisoblanadi.

Manba va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. O‘zbekiston Respublikasining «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonuni. 1998-yil 30-aprel. / Qishloq xo‘jaligiga oid qonun hujjatlari. -T.: «Adolat», 1999

2. Dehqonchilik va bog’dorchilik sirlari 2015 Rustam Qurbonov

3. T.Mirzaliyev, I.Musayev Kartografiya Toshkent “ILM ZIYO” 2007

4. Xorazm viloyati statistika boshqarmasi.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.