ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

Qo’qon xonligidagi harbiy boshqaruv tizimi.

Annotatsiya

Ushbu maqola Qo’qon xonlikidaki harbiy qoshin holati mamuriy tuzilishi, xonlikdaki muntazam va nomuntazam qoshin, harbiy mansablar va harbiy taminoti haqida malumotlar beradi.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

Qo’qon xonligidagi harbiy boshqaruv tizmi.

Matyaqubova Munojat Baxodir qizi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti 4-kurs

talabasi

Tel:93 511-93-33, 93-259 -47-67 Annotatsiya: Ushbu maqola Qo’qon xonlikidaki harbiy qoshin holati mamuriy tuzilishi, xonlikdaki muntazam va nomuntazam qoshin, harbiy mansablar va harbiy taminoti haqida malumotlar beradi. Kalit so’zlar: Sipoh, Amir al–muslimin, qil quyruq, qoracherik, miltiq puli, qa’la puli.

XVIII asr boshlarida Buxoro xonligidagi ijtimoyi-siyoiy vaziyat chigalashib markaziy hokimyat yanada zayiflashdi.Bundan foydalangan Chodak xo’jalari 1709- yilda Buxoro xonligiga tobe hisoblangan Farg’ona vodiysida “bosh ko’tarib ‘’vodiyning bir qismini egalaganlar.XVIII asrda faqat Farg’ona vodiysidagina iborat bo’lgan bu davlat XIX asr birinchi choragida hozirgi Toshkent vohasi ,Qozog’iston Respublikasi , Janubiy Qozog’iston va Shimoliy Tojikiston hududlarini ham qamrab olgan yirik davlatga aylandi.1710-yilda Ming urug’i siyosiy hokimyatini Chodak xo’jalariga mansub bo’lgan Xo’jag’on jamosidan kuch bilan tortib olingandan so’ng taxtni Shohuhbiy ibn Ashur Muhammad (1710-1721) egalagan.Shohruhbiy vafotidan so’ng taxtni uning uch o’g’illari birin ketin egalladi.

Qo’qon xonligiga asos solgan Ming urug’i vakillari Shohruhbiy vorislari dastlabki yillardanoq mamlakat sarhadlarini kengaytirish, davlat harbiy qudratini mustahkamlash maqsadida muhum qadamlar qo’ygan. Ular yangi tashkil topgan davlat tomonida amalga oshirilgan barcha ichki va tashqi siyosatda malum miqdorda harbiy qo’shinga tayanib ish ko’ranlar. Ming sulolasi dastlabki yillarda Abdurahimbiy o’z qo’shini sonini 20 ming kishiga yetkazgan va buni 1725-yilda 20 minglik qo’shin bilan Xo’jand qalasiga qarshi yurish qilib qalani qo’lga kirtadi1.

Katta hududlarni hududlatlarni egallash va mamlakatda harbiy kuchlarni mustahkamlashga qaratilgan bir qator tadbirlarni amalga oshirgan Olimxon (1798- 1810) aynan uning davrida yani 1805-yilda o’q otar qurollar bilan qurolangan 10 ming kishilik qo’shin tashkil qiladi.Umarxon (1810-1822) davrida ham harbiy ishga yetarli darajada e’tibor qaratilgan.Mushrifning asarida “Umarxon davrida ulamo va fuzalo 1 Бейсембиев Т.К. "Тарихи Шохрухи" как исторический источник... С. 92. donishlari qadir topdi.Sipoh va askarlari nizom,aroyish topib,davlatdan xalq ko’nglida ravshanlik paydo bo’ldi”2 deb qayt etgan.Umarxon davridagi qo’shin soni haqida Ma’sumxonning asarida keltirilishicha “O’rta osiyoda tarqalgan an’anaga ko’ra “ Amir al–muslimin” unvoniga ega bo’lish uchun qo’shindaki askarlar soni 12 ming kishini tashkil qilishi shart edi.1815- yilda Umarxon ushbu unvonga loyiq deb topilganda , qoidaga ko’ra askarlar ro’yxatga olinib, ularning soni 40 ming kishini tashkil qilganligi qayd etilgan3.Qo’qon xonligida Sheralixon hukimronlik davrida yordamchi bo’lima “Qil quyruq”tashkil qilingan. Bu haqida Is’hoqxon Junayodulloxoja o’g’li Ibrat o’z asarida “Toshkand ustig’a yurganida Sheralixon “qil quyruq” degan bir qoida joriy qilgan ekan , yani ot mingan kishidan qolmay urushga borur ekan,qil quyruq ul vaqitda chiqqan ekan’’4deya yozadi. O’z navbatida xonlik harbiy qudratini oshirishda nomuntazam qo’shin, yordamchi bo’linmalar – qoracherik va qilquyruq ham muhim ahamyat kasb etardi va harbiy harakatlar vaqtida 20 ming kishi atrofida to’plangan.

Tarixiy manbalar ma'lumotlariga asoslangan holda Qo'qon xonligida uch toifadagi - oliy, o'rta, quyi darajadaki harbiy mansab va unvonlar borligini kuzatish mumkin. Oliy darajadagi harbiy mansab va unvonlar toifasiga Mingboshi, amirlashkar, qushbegi, botirboshi, voly (noib), qa’labon, quraboshi, yovar, to’pchiboshi, to’qsoba, ponsodboshilar. O’rta darajali mansab va unvonlar sirasiga esa yuzboshi, ellikboshi, dahboshi, qorovulbegilarni kiritish mumkin. Quyi darajadagi harbiy mansab va unvonlar askar, sarboz, navkar, mergan mahram botur, to’pchi, qo'rchi, qorovullardan iborat edi.

Bu mansab va davogarlik unvon shaxslar tomonidan tayinlangan.Tarixiy manbalar tahlili shuni ko’rsatadiki, xonlikdagi barcha tabaqa va urug'larni turli harbiy mansab va unvonlarga egalik qilishlari mumkin bo’lgan. Qoʻqon xonligida ma’muri va harbiy mansablarning birinchi darajasidan to yettinchi darajasigacha asosan oʻzbeklar tayinlangan 5.Qo’qon xonligi harbiy mansab va unvonlar tizimida 2 Мирзаолим Мушриф. Ансоб ус —салотин ва таворих ул хавокин... Б. 19. 3 Хакимхон ибн Саййид Маъсумхон. Мунтахаб — ут —таворих. —. У́зР ФА ШИ. ку́лёзма N°_594. 281б — варак. 4 Ибрат Исхокхон Жунайдуллохожа Фаргона тарихи. — Т., 1991. Б. 297. 5 Бобобеков Х. Кукон тарихи . – Т., 1996. 43–бет. mingboshidan keying o’rinda qushbegi lavozimi egalar edi. XIX asr 50-60 yillariga kelib, Qoʻqon xonlig qoʻshinida afg’onlardan iborat chet ellik yollanma askarlar ham hizmat qila boshlardi. ‘’Asirga olingan boshqa dinga mansub odamlar musulmon dinini qabul qilish kerak, agar asir musulmon dinini qabul qilsa, uni askarlar safiga qo'shganlar, agar rad etsa o'ldirganlar yoki bo'lmasa qul qilib sotib yuborilgan’’Chet ellik yolanma askarlar va rus asirlarni qo’shinga jalb qilishdan maqsad qo’shini Yevropa uslubida jang qilishga o’rgatishdan iborat edi. XIX asr 70 yillariga oid tarixiy ma’lumotlar darolat berishicha, xonlikda harbiy harajatlarni qoplash uchun, aholidan mahsus soliqlar yig‘ilgan. Bu soliq "miltiq puli" deb nomlangan XIX asr muallifi A.K. Geyonsning yozishicha, soliq mikdori o'rta hol odamga 2.5 tilla, boy odamga 5 tilladan harbiy yurishlar vaqtida bu soliq miqdori ham oshirilgan. Aholi "miltiq pulidan’’tashqati qa’lalar qurish va ularni ta'mirlash uchun "qal'a puli", "muhrona", "ulov puli" ham to’lardi. Qo'qon xonlig qo'shinidagi harbiy mansabdorlardan biri bo’lgan yuzboshiga 1835-1836 yillarda xon xazinasidan turli kiyim-bosh, oziq-ovqat mahsulotlari va oylik maosh ajratilgan. Yuzboshiga bir yil davomida ajratilgan umumiy qiymati 36 tilla 107 tangadan iborat kiyim-bosh, oziq-ovqat, oylik maosh bilan taminlangan. Yuzboshining ushbu yillik taminoti rus rubli bo’yicha 158 rubl 20 tiyinni tashkil qilardi. Qo’shinning asosiy bo’linmalaridan biri hisoblangan piyodalar sarbozlar ta'minoti talab darajasidan past bo’lgan. Sarbozlarga yilda davlat bitta po’stin va to’n, bir juft etik berilgan, ular har kuni 2 donadan bug’doy unidan tayyorlangan non bilan ta'minlanganlar.Bazi bayram kunlarida sovg'alar ham tarqatilgan. Oylik maosh sarbozlarga o'z vaqtida berilmagan, shu sababdan odatda maoshiga 2 tanga qo'shib berilgan6.Askarlar tinchlik paytida bitta, harbiy harakatlar vaqtida 2 tadan 3 tagacha to’n kiyganlar.Chunki to’n harbiy safarlar vaqtida to’shak vazifasini ham bajargan. Xonlikda harbiy tayyorgarlik oldidan ham askarlarga kiyim-bosh va qo'shimcha haq to’langan. Yuzboshi 2 till, ellikboshi 1,5 till, oddiy askar 1 till olgan. Jangda jasorat ko’rsatgan askarlar pul va to’n bilan taqdirlanganlar, ayrim hollarda yuqori vazifatlarga ham tayinlanganlar.

Xulosa o’rnida aytish lozimki Qo'qon xonlari Olimxon, Umarxon, Madalixon davrlariga oid manbalardan askarlarning turmush tarzi bir oz yaxshiroq bo’lganini ko’rish mumkin. Chunki, bu hukmdorlar vaqtida, ayniqsa Olimxon zamonida harbiy islohatlar o’tkazilib, askarlar hayotiga ham jiddiy munosabatda bo’lingan. Bular orqali 6 Кокандское ханство (по новейшим известями) // Туркестанский сборник. Т. 23. Спб., 1870. С.25-70. Qo’qon hukimdorlari qo’shini har tamonlama tamin etishga harakat qilganligidan dalolat beradi.

Adabiyotlar ro’yxati: 1. Бейсембиев Т.К. "Тарихи Шохрухи" как исторический источник.. 2. Мирзаолим Мушриф. Ансоб ус —салотин ва таворих ул хавокин... 3. Хакимхон ибн Саййид Маъсумхон. Мунтахаб — ут —таворих. —. У́зР ФА ШИ. ку́лёзма N°_594. 281б — варак. 4. Бобобеков Х. Кукон тарихи . – Т., 1996. 5. Ибрат Исхокхон Жунайдуллохожа Фаргона тарихи. — Т., 1991. Б. 297. 6. Кокандское ханство (по новейшим известями) // Туркестанский сборник. Т. 23. Спб., 1870.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.