Qoraqalpog‘iston shimoliy tumanlarida araxis (Araxis hypogaea L.)
yetishtirish texnologiya
Eshmuratov Elbrus Gaybullaevich
Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori к.х.ф.д. (PhD)
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institut
O‘zbekiston Nukus
Atabayev Izzat Bazarbay o‘g‘li
Magistr, O‘simlikshunoslik (ekinlar guruhi bo'yicha)
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institut
O‘zbekiston Nukus
Annotatsiya: Yeryong‘oq o‘simligi moyli o‘simlik bo‘lib, u moy va oziq-ovqat sanoatida ahamiyali hisoblanadi. Yeryong‘oq o‘simligi bugungi kunda oziq-ovqat sanoatda ekporti yildan yilga ortiq bormoqda, bu xalqning oziq-ovqatga bolgan talabni qondirish maqsadida yeryong‘oq o‘simligining ahamiyat katta ekanligini korsatadi.
Аннотация: Растение арахиса является масличным растением, которое имеет важное значение в масложировой и пищевой промышленности. Сегодня экспорт арахисового растения в пищевой промышленности увеличивается из года в год, что свидетельствует о важности арахисового растения для удовлетворения потребностей населения в продуктах питания.
Kalit so‘zlar: yeryong‘oq, kultivatsiya, moy, oziq-ovqat
Ключевые слова: арахис, выращивание, масло, продукты питания.
Yer yong‘oq (Arachis hypogaeae L.) qimmatli moy va oziq-ovqat o‘simlikdir. Uning tarkibida 45-66% qurimaydigan va istemol qilinadigan moy boladi, u yoqari sifatli konservalar, kandolat mahsulotlari, va margarin tayyorlash uchun ishlatiladi. Uning tarkibida 23-38% oqsillar va vitamin mavjud.Yeryong’oq yetishtiriladigan maydonning 97 foizi, yalpi hosilning 94foizi rivojlanayotgan mamlakatlar ulushiga to’g’ri keladi. O’zbekistonda so’nggi yillarda 5,5-6,0 ming gektar yerga ekib kelinmoqda , ilg’or innovatsion texnologiyalar qo’llanilganda 20-40 s/ga va undan ham yuqori hosil yetishtirilmoqda [2].
Yaqin kelajakda yeryong’oq ekin maydonlarini kengaytirish, bir
gektarmaydondan olinadigan hosil miqdorini oshirish hisobiga qandolatchilik sanoatinirespublikada rivojlantirish va mahsulotlarni xorijiy mamlakatlarga eksportga yo’naltirish borasida ishlar davom ettirilmoqda. Yeryong’oqning vatani - JanubiyAmerika (Braziliya). 16-asrda Janubiy Amerikadan Osiyoga,
soʻng Yevropagatarqalgan. Xitoy va Аmerika Qo’shma Shtatlarining ulushiga to’g’ri kelib, aynan shu mamlakatlarda yetishtirilgan mahsulotning 60-80% qayta ishlanadi. Dunyo bo’yicha eng yuqori hosildorlik Xitoy (2,5-3,0 t/ga) va Аmerika Qo’shma Shtatlarida (3,0-4,0 t/ga) qayd etilgan. O’zbekiston yeryong’oq yetishtirish bo’yicha dunyoda 51-o’rinni,hosildorlikbo’yicha esa 1-o’rinni egallagan,
Respublikamizda bu ko‘rsatkich o’rtacha takroriy ekin sifatida parvarishlanganda 1,5-1,8 t/ga ni, asosiy ekin sifatidailg’or fermer xo’jaliklarida
yetishtirilganda 3,5-4,0 t/ga ni tashkil qiladi. O’zbekistonda yeryong’oqni yetishtirish, dunyo mamlakatlarida bo’lgani kabi, asosan ichki bozorga qaratilgandir [5]. O’zbekistonda 2017 yilgacha 5,5-6,0 ming gektar,2020 yilga kelib 19 ming gektardan ortiq maydonlarda yeryong’oq asosan takroiyekin sifatida ekib kelinmoqda. Takroriy ekin sifatida yetishtirilganda o’rtacha 15-20s/ga, asosiy ekin sifatida ilg’or innovatsion texnologiyalar qo’llanilganda 30-35 s/ga va undan ham yuqori hosil olinmoqda. Yeryongʻoq- Fabaceae dukkakdoshlar oilasiga, Arachis hypogaeae L. avlodi va turiga mansub bir yillik moyli o’simlik [2]. Sistematikasi
Bo’lim: Gulli o’simliklar (magnoliya toifa)
Sinf (ajdod): Ikki urug`lilar (magnoliyasimonlar) Oila: Dukkakdoshlar( Fabaceae)
Turkum: Yeryong‘oq ( Arachis)
Tur: Arachis hypogaeae L.
Yeryong’oq (Arachis hypogaea L.) Fabaceae oilasiga mansub bo’lib, bu oila o’z navbatida 70 dan ortiq turlarni o’z ichiga oladi. Shundan faqat bitta turi Arachis hypogaea L. madaniylashtirilgan bo’lib, xalq xo’jaligida keng foydalaniladi. Madaniy yeryong’oqning ikkita (Hypogaea va Fastirgiata kenja turlari bo’lib, ular o’z navbatida Hypogaea (hypogaea hirsuta), fastirgiata (fastirgiata, vulgaris, peruviana, aequatoriana) botanik nav guruhlariga bo’linadi. Yeryongʻoq issiqsevar, namsevar, yorugʻsevar va qisqa kun oʻsimligi [6]. Yeryong‘oqning ildizi oʻq ildiz, tuproqqa chuqur kirib boradi, azot to’plovchi tugunaklar hosil qiladi.
1-rasm. Yer yong‘oq o’simligining chorlangan tuproqlarda unib chiqishi
Yon tarafdan chiqqan ildizlar asosiy ildizga vertikal holatda joylashgan. Ildizlar 90-120 sm chuqurlikkacha o’sib boradi. O’rtacha yosh ildiz og’irligi tuproq usti qismida shakllangan nihol og’irligining 14 foizini tashkil etadi. Asosiy va yon ildizlar ustida kurtak shaklidagi tugunlar, yaʼni atmosferadagi biologik azotni o’zlashtiruvchi Rizobium bakteriyalari joylashgan kurtaklar shakllangan bo’ladi [8].
Poyasi o’tsimon, balandligi 50-60 sm, shoxlangan, tik, yon shoxlari yer bag’irlab o’sadi. Baʼzi turlarida (asosan tik o’suvchanlarda) antotsian (siyohrang) rang beruvchi moddasi bor. Antotsianli bo’lganlarning poyalari boshqalarnikiga nisbatan yog’ochsimon. Bu o’simliklarda turlarga ko’ra yon poyalar yoyiq, qiya va tik shaklda o’sishi mumkin. Yeryong’oq poyalari endi o’sayotgan paytida burchakli va yassidir, rivojlanganida esa poyalar yumaloqlashadi. Poya rangi, yashil va to’q yashil orasida o’zgarib turadi. Odatda poyaning ustida hech nima yo’q, ammo baʼzi turlarida tuk mavjud. Bargi murakkab, juft patsimon, yoki teskari tuxumsimon shaklda har bir barg qo’ltig’ida gulto’plam (shingil) joylashgan. Barglar, yorug’likka va qurg’oqchilikka qarshi chidamli hisoblanib, kechqurunlari va qurg’oqchilik paytida qarama-qarshi shaklda yopiladi. Barglarning shakllari uzun-ovalsimon. Barg ranglari poyalari kabi turiga bog’liq bo’lib, och yashil rangdan to’q yashil rangga o’zgaradi. Urug’ida moy miqdori ko’p bo’lib, o’simlik moyi olish uchun parvarishlangan turlarga mansub navlarda barglar yirik va och yashil rangda bo’lishi bilan urug’idan oziq-ovqat sanoatida foydalaniladigan navlardan farqlanadi. Gullari ikki jinsli, rangi sariq, zarg’aldoq. Yer tagidagi gullari ochilmaydi, o’zidan changlanadi. Yer ustidagi gullari esa chetdan changlanadi. Guli changlangandan keyin tugunchasi avval tik, so’ng pastga qarab o’sadi, 8-10 sm chuqurlikda tuproqqa kirib boradi va meva (dukkak) tugadi [2].
Ginafor, yeryong’oqga xos bo’lib, tuproq ichida dukkak hosil qiluvchi yosh o’simtalardir. Uning guli boshqa o’simliklardan ajratadigan o’ziga xos qismi hisoblanadi. Gullar urug’langandan so’ng gultojbarglari to’kiladi va har bir gulning urug’lanishidan 10-12 kundan so’ng, tuxumdonning ostidagi to’qima tezda ko’payadi va vaqti bilan tuxumdonni o’rab olgan to’qima bilan birlashib kengaytma hosil qiladi va bu kengaytmaga ginafor deyiladi. Odatda ginoforning bo’yi 15 sm bo’ladi. Ginaforlar tuproqqa kirgandan so’ng 8-10 kundan so’ng qobiqlarni hosil qilishni boshlaydi. Ginaforlar tuproqqa qarab rivojlanadi va tuproqqa kirib dukkak qobiqlarni shu yerda hosil qiladi. Ginaforning novdaga o’xshash tuzilishi, ildizga o’xshash vazifasi bordir. Tuproqda ginaforning uchidagi urug’langan tuxumdonning rivojlanishi bilan meva, yaʼni yeryong’oq dukkagi paydo bo’ladi. Gullashdan taxminan 2 oy o’tib ilk meva hosil bo’ladi. Har bir o’simlik uchun nav va parvarishlanish sharoitlariga ko’ra, 20-40 donayetuk meva hosil qilishi davom etadi. Dukkagida 2-4 tagacha urug’i bo’ladi. 1000 ta dona urug’ining vazni 200-1500 g (o’rtacha 400-500 g). Dukkagi chatnamaydi. Bir tupda 700 tagacha dukkak boʻladi. Yeryong’oq mevasi maʼlum kattalikka erishgandan so’ng, tarkibida urug’lar paydo bo’lishni boshlaydi. Dukkaklar ichida odatta 1-3 dona urug bo’ladi. Urug’ning atrofini yupqa qog’oz kabi urug’ po’stlog’i o’rab turadi. Tarkibida 45-55 foiz moy, 20-25 foiz oqsil, 16-18 foiz uglevod va mineral moddalar mavjud [1].
Qumoq va unumli tuproqlarga talabchan, shoʻrlangan va botqoqlangan yerlarda yaxshi oʻsmaydi. Urugʻi 12-15° C da unib chiqadi, maysasi -1o C sovuqda nobud boʻladi. Oʻsuv davri 150-170 kun. O’zbekistonda yer yong’oq sug’oriladigan yerlarga ekiladi, hosildorligi 20-40 s/ga. Mevasi tarkibida 48-66% yog’, 23-38% oqsil va 22% gacha uglevodlar bor. Yeryongʻoq tuproqda biologik azot toʻplab, tuproq unumdorligini oshiradi. Urug’i va yog’i qandolatchilikda ishlatiladi. Yog’i qurimaydigan yog’larga kiradi, sifati jihatidan zaytun yog’iga tenglashadi [8].
2-rasm. Yer yong‘oq o‘simligining gulash davri
Poyasi, bargi chorva hayvonlari uchun yaxshi oziqa. Respublikamizda tuproqiqlim sharoitida yeryong’oq ekish uchun maxsus seyalkalar mavjud emas. Biroq katta maydonlarga yeryong’oq ekish uchun Turkiyada ishlab chiqilgan seyalkalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo’lib, urugʻlarni bir me‘yorda, bir xil chuqurlikda ekish, ustini tuproq bilan sifatli yopish operatsiyalarini bajarishda Ruminiya (SPCH4-6-8M) seyalkalaridan ustunlikka ega ekanligi tajribalarda aniqlandi. Agrotexnikasi chopiq qilinadigan ekinlarnikiga oʻxshash. 2-3 marta haydalib boronalangan maydonlarga bahorda aprel oylarida ekiladi. Fosforli va azotli oʻgʻitlarga talabchan. Urugʻi yoki dukkagi makkajoʻxori yoki chigit seyalkalarida keng qatorlab (60-70 sm) 70x10, 70x15 sxemasida har uyaga 7-8 yoki 4-5 tadan urugʻ tashlab 5-7 sm chuqurlikka ekiladi. Gektariga 70-100 kg urugʻlik sarflanadi. Oʻsish davrida 4-6 marotaba sugʻoriladi. Qator oralariga ishlov beriladi, oʻsuv davrida 2-3 marta chopiq qilinadi, ildiz boʻgʻzi tuproq bilan koʻmilsa hosildorlik ancha oshadi [7]. Hozirgi kunda Qoraqalpog’iston sharoitda 2ta navi yetishtirilmoqda bular Lider – O’zbekiston o’simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti seleksion navi. Nav mualliflari: Amanova M., Rustamov A. Vegetatsiya davri: 150 kun. Poya balandligi: 35-38 sm. Yon shoxlar soni 5-13 ta. Barg rangi yashil, urug’i rangi qizil. Hosildorligi: 40 s/ga. Moy miqdori 49,8%. Sinov davrida qishloq xo’jalik kasalliklari bilan zararlanish holatlari kuzatilmadi. 2015-yildan Respublika bo’yicha sug’oriladigan yerlarda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan. Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan [6].
Yetishtirish texnologiyasi . Yeryong‘oq donli (arpa, bug‘daoy makkajoxir) kartoshka va ildizmevalar , sabzavotlardan keyin ekiladi . yeryong‘oq dala ekinlari uchun yaxshi o‘tmishdosh bo‘lib hisoblanadi.
Og‘itlash. Shudgordan oldin 10-15 t go‘ng va 60-80 kg fasfor solinadi. Osuv davrida 20-30kg azot va 60-80 kg fasfor beriladi. Yer yong‘oq ekiladigan yer chimqirqali plug bilan 27-30 sm chuqurilikda chudgor qilinib haydaladi. Erta bahorda (Fevral-mart) oylarda borona qilinadiekishgacha 1-2 marta kultivaciya qilish kerak va yana borona qilinadi. Yeryong‘oq keng qatorlab . qator orasi 60-70 sm qatorda o’simliklarning orasi 10-15 sm qilib ekiladi yer yong‘oq aprel-may oylarda ekiladiekish chuqurligi 5-7 sm bo‘ladi. Ekish uchun urug‘ yoki bitta urug‘li dukkaklar ishlatiladi.bir gektar maydonga 70-100 kg urug‘ sarflanadi. 1000 urug‘ning vazni 200- 400g boladi. Maysalar ko‘ringandan keyin qator orasiga ishlov beriladi.3-4 marta kultivatsiya qilinadi. yagana qilinmaydi. Sizot suvlari chuqur joylashgan yerlarda 5-6 marta sug‘oriladi. Tuganaklar va dukkaklar hosil boladigan davrida tez-tez sug‘iladi. Yeryong‘oq to‘la ekilganda dukkakdan ginoforlar oson ajraladi, bargi sarg‘ayadi.
3-rasm. Yer yong‘oq o’simligining mevasi.
Xulosa. Araxis o’simligi moyli o‘simligi va oziq-ovqat sanoatida ahamiyati katta, Qoraqalpog‘istonda bu o‘simlikning mevasini eksporti yilda-yilga ortib bormoqda. O’simlikning iqtisodiy samaradorligini oshirish, kasalliklarga chidamlilik mexanizmlarini ishlab chiqish, xorijiy ertapishar navlarni respublikamiz iqlimiga moslashtirish va keng maydonlar ekishga tadbiq qilish ahamiyatli hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Atabayeva X.N., Umarov Z. va boshqa. O’simlikshunoslik, -Toshkent: ―Mehnat‖, 2000,270 b.
2.Аtabaeva X.N., Xudayqulov J.B. Yeryong’oq. Monografiya. ―Navro’z‖ nashriyoti. 8,85 b.t., Toshkent, 2019. – 140 b
3.Xudayqulov J.B. Yeryong’oq navlarining tezpisharlik ko’rsatkichlari // O’zbekiston qishloq xo’jaligining «AGRO ILM» ilmiy ilovasi. – Toshkent, 2016. Maxsus son. – b. 26-27. (06.00.00., №1)
4.O’zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo’jalik ekinlari Davlat reestriga 2007-2017 yillarda kiritilgan navlar va duragaylarning tavsifi. Toshkent 2017. 377 b.
5.A.Xoliqov – O‘simshilik Tashkent – 2018 241-242 b
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.