KIRISH: sahna nutqi — teatr san’atida aktyor ijodining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, u tomoshabinga obrazni yetkazish, dramatik effekt yaratish va sahnada jonli ifoda berishning vositasidir. Nutq orqali aktyor nafaqat matnni o‘qiydi, balki obrazning ichki kechinmalarini, emotsional holatini va xarakterini tomoshabinga etkazadi. Sahna nutqining samarali bo‘lishi uchun ovoz, intonatsiya, ritm, pauza va artikulyatsiya kabi komponentlar muvozanatli ishlashi zarur. Shu bilan birga, sahna nutqi aktyorning shaxsiy madaniyati, fikrlash darajasi va pedagogik tayyorgarligi bilan chambarchas bog‘liq. Zamonaviy teatr pedagogikasida sahna nutqini o‘rgatish nafaqat texnik, balki psixologik va estetik jihatlarni ham o‘z ichiga oladi. MAQSAD: mazkur tadqiqotning maqsadi sahna nutqi aktyor mahoratining ajralmas elementi ekanligini ilmiy jihatdan asoslash, uning tarkibiy qismlarini aniqlash va samarali shakllantirish usullarini belgilashdan iborat. METODLAR VA MATERIALLAR: tadqiqotda nazariy va amaliy metodlar birgalikda qo‘llanildi. Nazariy metod sifatida dramaturgiya, teatr pedagogikasi va vokal san’ati bo‘yicha ilmiy adabiyotlar tahlil qilindi. Amaliy metod sifatida sahna mashg‘ulotlarida kuzatish, nutqni talaffuz va intonatsiya bo‘yicha o‘rgatish, dramatik monologlar va dialoglar orqali mashqlar qo‘llanildi. Shuningdek, qiyosiy tahlil yordamida aktyorlarning sahna nutqi va tomoshabiga ta’sir ko‘rsatish usullari o‘rganildi. Tadqiqot materiali sifatida turli janrdagi sahna matnlari, monologlar, aktyorlar ijrosi va pedagogik kuzatuv natijalari xizmat qildi. NATIJA VA MUHOKAMA: tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, sahna nutqi aktyor mahoratining markaziy elementi bo‘lib, uning sifati sahnadagi obrazning ta’sirchanligi va tomoshabin bilan aloqa darajasini belgilaydi. Samarali sahna nutqi quyidagi tarkibiy elementlarni o‘z ichiga oladi: Ovoz texnikasi – ovoz balandligi, tembri va rezonansni boshqarish, ovoz apparatini jismoniy jihatdan tayyorlash. Artikulyatsiya va talaffuz – so‘zlarni aniq, tushunarli va ohangdor aytish orqali matnning mazmunini yetkazish. Intonatsiya va ritm – nutqdagi urg‘u, pauza, tezlik va melodik ohang orqali dramatik effekt yaratish. Emotsional ifoda – nutq orqali obrazning his-tuyg‘ularini tomoshabinga yetkazish. Shuningdek, natijalar shuni ko‘rsatdiki, muntazam mashqlar va psixologik tayyorgarlik orqali sahna nutqi ko‘nikmalari shakllanadi va ular aktyorning sahna madaniyati, ijodiy ifoda qobiliyati va tomoshabinga ta’sirchanligi bilan bog‘liq. Muhokama jarayonida, sahna nutqi faqat texnik elementlar bilan cheklanmaydi, balki psixologik va estetik jihatlarni ham qamrab olishi muhimligi aniqlangan. XULOSA: sahna nutqi aktyor mahoratining asosiy elementi hisoblanadi. Uni samarali shakllantirish uchun nazariy bilimlar, amaliy mashqlar, ovoz va intonatsiya texnikasi, shuningdek, psixologik tayyorgarlik uyg‘unligi zarur. Sahna nutqi rivojlangan aktyor tomoshabiga chuqur ta’sir o‘tkazadi, obrazning jonli va emotsional ifodasini ta’minlaydi hamda teatr ijodining samaradorligini oshiradi.
INTRODUCTION: stage speech is a key component of an actor’s creative work in theater, serving as a means to convey a character to the audience, create dramatic effect, and provide lively expression on stage. Through speech, the actor not only reads the text but also communicates the character’s inner experiences, emotional state, and personality. Effective stage speech requires a balanced use of components such as voice, intonation, rhythm, pause, and articulation. Moreover, stage speech is closely connected with the actor’s personal culture, level of thinking, and pedagogical preparation. In modern theater pedagogy, teaching stage speech involves not only technical but also psychological and aesthetic aspects. AIM: the purpose of this study is to scientifically substantiate that stage speech is an integral element of actor mastery, identify its structural components, and determine effective methods for its development. METHODS AND MATERIALS: the study employed both theoretical and practical methods. The theoretical approach included analysis of literature on dramaturgy, theater pedagogy, and vocal art. Practical methods involved observation during stage rehearsals, teaching proper pronunciation and intonation, and exercises using dramatic monologues and dialogues. Comparative analysis was also used to study how actors’ stage speech affects audience perception. Research materials included various genre stage texts, monologues, actor performances, and results of pedagogical observations. RESULTS AND DISCUSSION: the results demonstrated that stage speech is the central element of actor mastery, and its quality determines the expressiveness of the character on stage and the level of interaction with the audience. Effective stage speech includes the following components:Voice technique — controlling volume, timbre, and resonance, and physically preparing the vocal apparatus. Articulation and pronunciation — speaking clearly, understandably, and melodically to convey the meaning of the text. Intonation and rhythm — using stress, pauses, speed, and melodic patterns to create dramatic effect. Emotional expression — conveying the character’s feelings and emotions through speech. The findings also showed that regular practice and psychological preparation help develop stage speech skills, which are closely linked to an actor’s stage culture, creative expressiveness, and impact on the audience. The discussion emphasized that stage speech covers not only technical aspects but also psychological and aesthetic dimensions. CONCLUSION: in conclusion, stage speech is a fundamental element of actor mastery. Effective development requires a combination of theoretical knowledge, practical exercises, voice and intonation techniques, and psychological preparation. Welldeveloped stage speech allows actors to deeply influence the audience, ensure lively and emotional character expression, and enhance the effectiveness of theatrical performance.