SHARQ TILLARINI O’QITISHDA SUN’IY INTELEKTNING AHAMIYATI
Mirkamolova Laylo
O’ZDJTU Sharq filoligiya fakultet
FXIT 2505 guruh talabasi
Tel : +998773693088
Annotatsiya: Ushbu maqola Sharq tillarini, xususan xitoy tilini o‘qitishda sun’iy intellekt (Artificial Intelligence – AI) texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati tahlili haqida . Zamonaviy ta’limda AI vositalari – chatbots, virtual assistants, e-learning platforms va speech recognition texnologiyalari talabalarning til o‘rganish samaradorligini oshirishi mumkinligi ilmiy dalillar va amaliy misollar bilan asoslab beriladi. Maqola orqali sun’iy intellektning afzalliklari, imkoniyatlari va muammolari ham ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar: Sun’iy intellekt, Artificial Intelligence (AI), Sharq tillari, xitoy tili, machine learning, e-learning, speech recognition ,speaking .
Аннотация: Этo статья посвящена анализу роли и значения технологий искусственного интеллекта (Artificial Intelligence – AI) в обучении восточным языкам, особенно китайскому . Тот факт, что инструменты искусственного интеллекта-чат-боты, виртуальные помощники, платформы электронного обучения и технологии распознавания речи-могут повысить эффективность изучения языка учащимися в современном образовании, подтверждается научными данными и практическими примерами. В статье также рассматриваются преимущества, возможности и проблемы искусственного интеллекта.
Ключевые слова: Искусственный интеллект, искусственный интеллект (ИИ), восточные языки, китайский язык, машинное обучение, электронное обучение, распознавание речи ,говорение .
Annotation: This article is devoted to the analysis of the role and importance of Artificial Intelligence (AI) technologies in teaching Oriental languages, especially Chinese. The fact that artificial intelligence tools -chatbots, virtual assistants, e-learning platforms and speech recognition technologies -can improve the effectiveness of language learning by students in modern education is confirmed by scientific data and practical examples. The article also discusses the advantages, opportunities, and challenges of artificial intelligence.
Keywords: Artificial intelligence, artificial intelligence (AI), Oriental languages, Chinese, machine learning, e-learning, speech recognition, speaking.
Kirish
Bugungi globallashayotgan zamonda chet tillarini, ayniqsa Sharq tillarini o‘rganishga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda. O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarda insonlar xitoy, yapon va koreys tillarini o’rganishga qiziqishi kuchayotganini guvoh bolamiz . Shu bilan birga, zamonaviy ta’limda sun’iy intellekt (AI) texnologiyalarining jadal rivojlanishi yangi imkoniyatlarni ochmoqda. Xususan, AI asosidagi dasturlar va platformalar til o‘rganish jarayonini yengillashtirish, interaktiv qilish va samaradorligini oshirish imkonini berada. Bugungi kunda tillarni o‘rganish juda muhim bo‘lib borayabdi va ayniqsa Sharq tillari – xitoy, yapon va koreys tillari dunyo miqyosida katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu tillar murakkab yozuvi, talaffuzi va grammatikasi bilan ajralib turadi. Shu sababli ularni o‘rganish ko‘pchilik uchun qiyinchilik tug‘diradi. An’anaviy dars usullari ba’zida yetarli bo‘lmaydi, shuning uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish zaruriyatga aylanyabdi.Sun’iy intellekt (Artificial Intelligence – AI) ta’lim sohasiga kirib kelgani bilan yangi imkoniyatlar yaratdi. Masalan, speech recognition texnologiyasi orqali talabalar talaffuzini tekshirish va sun’iy intelekt yordamida ular bilan birga speaking (muloqot) qilishi mumkin. Yoki e-learning platforms yordamida o‘quvchilar o‘ziga qulay vaqtda mashq qilish imkoniga ega bo‘ladi ,ya’ni ular istagan joylari va vaqtlarida darslarni o’rganishi mumkun . Bundan tashqari, machine learning asosida yaratilgan dasturlar o‘quvchilarning xatolarini tez aniqlab, ularga to‘g‘ri javobni ko‘rsatib beradi.
Maqolaning asosiy maqsadi – Sharq tillarini o‘qitishda sun’iy intellektning imkoniyatlari va foydasini ko‘rsatib berishdir. Shuningdek, uning o‘quv jarayonidagi ahamiyati, afzalliklari va kelajakdagi istiqbollari haqida fikr yuritadi .
Asosiy qism
Sun’iy intellekt (Artificial Intelligence – AI) tushunchasi hozirgi kunda ko‘plab sohalarda qo‘llanilmoqda. Ta’lim jarayonida esa u, ayniqsa, chet tillarini o‘rgatishda katta ahamiyat kasb etmoqda.
Sharq tillarining, masalan, xitoy tilining murakkabligi - iyerogliflar, talaffuzdagi ohanglar va grammatik tuzilmalarning farqliligi sababli an’anaviy metodlarda ayrim qiyinchiliklar yuzaga keladi. Shu nuqtai nazardan, sun’iy intellekt asosidagi dasturlar til o‘rganishda samarali vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.AI texnologiyalaridan biri – machine learning (mashinaviy o‘qitish) yordamida dasturlar foydalanuvchi xatolarini aniqlab, individual tavsiyalar bera oladi. Masalan, Duolingo yoki HelloChinese kabi language learning apps talabalarga xitoy tilidagi mashqlarni moslashtirilgan tarzda taqdim etadi.Bundan tashqari, speech recognition (nutqni tanish) texnologiyalari talabalar talaffuzini nazorat qiladi. Bu xitoy tilidagi ohanglarni to‘g‘ri talaffuz qilishda katta yordam beradi.AI asosidagi chatbots va virtual assistants esa talabaga 24/7 rejimida muloqot qilish imkonini beradi. Bu esa kommunikativ kompetensiyani rivojlantiradi.Shuningdek, e-learning platforms (masofaviy ta’lim platformalari) orqali talabalar uy sharoitida ham Sharq tillarini samarali o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.Albatta, AI vositalarining afzalliklari bilan birga, ayrim muammolar ham mavjud. Masalan, insoniy muloqotning yetarli darajada bo‘lmasligi, texnologiyalarga haddan ortiq bog‘lanish, hamda ayrim dasturlarda milliy-madaniy xususiyatlarning to‘liq aks etmasligi kabi kamchiliklar kuzatiladi. Xitoy tilini o‘rganishda talaffuz, intonatsiya va madaniy muloqot muhim o‘rin tutadi. IA esa tirik suhbatdoshning emotsional reaksiyasi va ijtimoiy kontekstini to‘liq bera olmaydi. Natijada talaba tilni faqat texnik darajada o‘rganib, jonli muloqotda qiynalishi mumkin.Bundan tashqari ma’daniy kontekstdan uzilish yuz beradi. Xitoy tilini o‘rganish faqat grammatikani emas, balki Xitoy madaniyatini ham chuqur bilishni talab qiladi. IA tizimlari ko‘pincha madaniy ma’lumotlarni soddalashtirib beradi yoki ularni noto‘g‘ri talqin qiladi. Bu esa talabalarda yuzaki bilim shakllanishiga olib keladi. Keyinchalik ortiqcha texnologiyaga qaramlik vujudga kelishi mumkum . Talabalar IA dasturlaridan tezkor javob olishga o‘rganib qolib, mustaqil izlanish va tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantira olmaydi. Natijada ularning mustaqil fikrlash ko‘nikmalari pasayadi. IA vositalarida xatolik va noaniqliklar uchrab turadi. Masalan, xitoy tilidagi murakkab iyerogliflar yoki ko‘p ma’noli so‘zlar noto‘g‘ri tarjima qilinishi mumkin. Bu esa o‘rganuvchida xato bilim shakllanishiga sabab bo‘ladi.Shunday qilib IA xitoy tilini o‘rganishda samarali yordamchi bo‘lsa-da, uning salbiy jihatlari ham e’tibordan chetda qolmasligi lozim. Tilni chuqur o‘rganishda insoniy muloqot, madaniy muhit va mustaqil izlanish IA texnologiyalaridan ko‘ra muhimroq ahamiyatga ega. Ijobiy natijalarga misol sifatida Pekin Til Universitetida o‘tkazilgan tajribani keltirish mumkin. Talabalar IA asosida ishlab chiqilgan talaffuzni tahlil qiluvchi dastur yordamida mashq qilganlarida, ularning fonetik xatolari 35 foizga qisqargani kuzatilgan. Bundan tashqari, boshqa bir tadqiqotda IA yordamida iyerogliflarni yozishni mashq qilgan talabalar oddiy darsliklardan foydalanadiganlarga nisbatan tezroq yozish va eslab qolish qobiliyatini namoyish etishgan. Bu faktlar IA o‘quv jarayonida samarali yordamchi ekanini ko‘rsatadi. Biroq IA texnologiyalaridan noto‘g‘ri foydalanish salbiy oqibatlarga olib kelishi ham mumkin. Masalan, 2023-yilda Nankin Universitetida olib borilgan kuzatuvlarda IA tarjima dasturlariga haddan tashqari tayanib qolgan talabalar mustaqil yozma nutqda katta qiyinchiliklarga duch kelganlari aniqlandi. Ularning matnlarida grammatik xatolar ko‘paygani va murakkab iyerogliflardan foydalanish darajasi pasaygani qayd etilgan. Bundan tashqari, IA dasturlari ba’zida noaniq yoki kontekstdan uzilgan tarjimalar taqdim etadi. Bu esa o‘rganuvchida noto‘g‘ri tushunchalarning shakllanishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, ayrim mutaxassislar IAdan ortiqcha foydalanish talabalarda texnologiyaga qaramlikni kuchaytirishi mumkinligini ta’kidlaydi. Talaba IA yordamida tezkor javob olishga o‘rganib qolsa, u mustaqil izlanish, fikrlash va tahlil qilish qobiliyatlarini sekin-asta yo‘qotishi mumkin. Tilni o‘rganishda esa bunday ko‘nikmalar muhim ahamiyatga ega. Shunga qaramay, ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, sun’iy intellekt vositalaridan o’quvchilar va o’rganuvchilarga to‘g‘ri foydalanishsa albatta ularga samarali foydasi tegadi va AI (sun’iy intelekt ) xitoy , koreys , yapon tillarini o’rganishda samarali yordamchi vosita sifatida xizmat qilmoqda .
Xulosa qilib aytganda, sun’iy intellekt (Artificial Intelligence – AI) bugungi ta’lim jarayonida, xususan Sharq tillarini o‘qitishda katta ahamiyat kasb etadi . Machine learning, speech recognition, e-learning platforms kabi texnologiyalar talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Xitoy tilini o‘rganishda AI asosidagi dasturlar talaffuzni yaxshilash, iyerogliflarni o‘zlashtirish va interaktiv muloqotni rivojlantirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Biroq, texnologiyalarning insoniy muloqotni to‘liq almashtira olmasligini ham unutmaslik kerak. Sharq tillarini o‘qitish jarayoni nafaqat til bilimini, balki madaniyat, tafakkur va an’analarni ham chuqur o‘rganishni talab qiladi. Shu bois bu sohada zamonaviy yondashuvlar va ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash tabiiy zaruratdir. Sun’iy intellekt imkoniyatlari til o‘rganishga yangi ko‘rinish berib, jarayonni o‘quvchi uchun qiziqarli, samarali va interaktiv shaklga keltira oladi. Bugungi kunda ta’lim tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, raqamli texnologiyalarni chetlab o‘tib bo‘lmaydi. Dars jarayonini faqat an’anaviy usullar bilan chegaralash zamonaviy talablarni qondira olmaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, sun’iy intellekt Sharq tillarini o‘rganishda qo‘shimcha emas, balki zaruriy vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shuningdek, til o‘rganishda individual yondashuv muhim ahamiyatga ega. Har bir talaba o‘z qobiliyati, qiziqishi va bilim darajasiga ega. Sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan tizimlar ana shu farqlarni inobatga olib, o‘quvchiga mos mashqlarni taqdim eta oladi. Bu esa ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilganlik tamoyilini kuchaytiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Russell, S., & Norvig, P. (2021). Artificial Intelligence: A Modern Approach. Pearson.
2. Li, X. (2020). AI in Chinese Language Education. Beijing University Press.
3. Duolingo Research Report (2022). Language Learning with AI.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori: “Raqamli ta’limni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2021.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.