ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

Shukur Xolmirzayev asarlarida istorizmlarning qo’llanilishi

Annotatsiya

Shukur Xolmirzayev mahoratli ijodkopr bo’lish barobarida o’z asarlarida tilning xilma-xil xususiyatlarini namoyon eta oldi. Xususan, yozuvchi ijod namunalarida tarix manzarasini aks ettirish maqsadida istorizmlardan unumli foydalangan. Ushbu maqolada shu xususda so’z yuritiladi.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

Shukur Xolmirzayev asarlarida istorizmlarning qo’llanilishi

Islomova E’zoza Yorqin qizi

Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi

Annotatsiya: Shukur Xolmirzayev mahoratli ijodkopr bo’lish barobarida o’z asarlarida tilning xilma-xil xususiyatlarini namoyon eta oldi. Xususan, yozuvchi ijod namunalarida tarix manzarasini aks ettirish maqsadida istorizmlardan unumli foydalangan. Ushbu maqolada shu xususda so’z yuritiladi.

Kalit so’zlar: istorizm, tarixiy so’zlar.

Istorizmlar tarixini o‘rganish harakatlari Yevropa tilshunosligida ham, ingliz tilshunosligida ham umumiy lug‘atchilik masalalarini o‘rganishdan ikki-uch asr keyin boshlangan. O‘quv lug‘atlarini ilmiy asosda o‘rganish XVII asrda birinchi ingliz leksikografi S.Jonson, XIX asr boshlarida fransuz tilshunoslari J.Dyubua, K.Dyubua, G.Matore, K.Bak, ispan tilshunosligida Y.Malkil ishlaridan boshlanadi. Keyinchalik o‘zbek tilshunosligida leksikografiyaning bu tarmog‘ini takomillashtirish davlat ahamiyatidagi masala sifatida kun tartibiga qo‘yiladi. Ana shu xatti-harakatlar samarasi o‘laroq o‘zbek o‘quv lug‘atchiligi yuqori pog‘onaga ko‘tariladi va ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritadi. Bunda P.N.Denisov, L.A.Novikov, S.G.Barxudarov, V.V.Morkovkin, Y.N.Karaulov, M.A.Skopina, V.N.Sergeyev, V.A.RedkinA.V.Tekuchev, Z.A.Potixa, D.E.Rozental kabilarning xizmatlari katta bo‘ladi. Til taraqqiyotining ma'lum bir davrida muomalada faol qo‘llangan, lekin keyinchalik shu so‘z ifodalagan predmet, voqea yoki hodisa o‘zining hayotiy faoliyatini to‘xtatgach, uni anglatgan so‘z ham eskirsa, qo‘llanish darajasini susaytirib, yo‘qotib, tarixiy so‘zga aylanib qoladi. Demak, tarixiy so‘zlar o‘zi atagan narsa yoki tushuncha iste'moldan chiqib ketganligi bois qo‘llanmayotgan leksik qatlamdir. Bu qatlam har bir davrda jamiyat taraqqiyoti bilan bog'liq holda yuzaga keladi, kamayib boradi. Istorizmlar leksik, semantik, frazeologik xarakterga ega bo‘ladi. Eskirib iste'moldan chiqqan, o‘z sinonimiga ega bo‘lmagan so‘zlarga leksik istorizmlar deyiladi: omoch, cho‘ri, yuzboshi kabi. Istorizmlar tilning leksik tarkibidan tamoman chiqib ketmaydi, zarur payt-da nutqda qo‘llanib turadi, lekin eskirganligi, unutilganligi sababli ma'nosi ko‘pincha izoh talab qiladi. Hozirgi o‘zbek tili leksikasi tarkibidagi batrak, amin, vasiqa, vaqarnoma, mudarris, charx, kansava, tanob, choriq, quloq kabi so‘zlar tarixiy so‘zlar – leksik istorizmlardir. So‘z ma'nosi anglatgan narsa, voqea, hodisalar eskirmay, uning ma'nosida yangilanish yuz berib, oldingi ma'nosi istemoldan chiqsa, semantik istorizm deyiladi. Masalan, arbob – aristokrat, arbob – fan arbobi; saroy – podsho qarorgohi, saroy – san'at saroyi; vazir – podshoning o‘rinbosari, vazir – ministr; rais – shayxlar rahnamosi, rais – jamoa xo‘jaligi boshlig'i kabi. Eskirib iste'moldan chiqqan, o‘z ekvivalentiga ega bo‘lmagan iboralarga frazeologik istorizmlar deyiladi[17]. Masalan, madrasa tuprog'ini yalamoq, tarki dunyo qilmoq holatlari hayotda mavjud bo‘lmasa ham, ularning ifodasi tarixiylik sifatida saqlanib qolgan .

Jamiyat to’xtovsiz rivojlanib boradi. Yillar o‘tishi bilan mehnat qurollari, kiyimkechak, uy jihozlarining yangi nusxalari paydo bo‘ladi, eskilarining ba‘zilari ishlatilmaydigan bo‘lib qoladi, natijada ularni ifodalovchi so‘zlar ham bora-bora juda kam qo‘llanadi yoki iste’moldan chiqib ketadi. Masalan, qadimgi o‘zbek qatlamga tegishli ashu (qizil tuproq), ashuq (temir qalpoq, dubulg‘a), aqru (sekin) kabi so‘zlar eskirgan so‘zlardir. Demak, qadimda nutqda faol qo‘llanilgan, bugun esa kundalik hayotda ishlatilmay qolgan so‘zlar eskirgan so‘zlar deb atalar ekan. Tilshunoslikda eskirgan so‘zlar ikki guruhga ajratiladi: tarixiy so‘zlar; istorizmlar.

1) tarixiy so‘zlar – hozirda mavjud bo‘lmagan narsa hodisalarning iste‘moldan butunlay chiqib ketgan nomlaridir; bunda so‘z o‘zi ifodalagan tushuncha bilan birgalikda eskiradi: onboshi, ellikboshi, kanizak, olampanoh, eshik og`ası, xalfa kabi.

2) istorizmlar – hozirda mavjud bo‘lmagan narsa-hodisalarning iste‘moldan butunlay chiqib ketgan nomlaridir; bunda so‘z eskiradi, lekin tushuncha eskirmaydi, boshqa so‘z bilan ifodalanadigan bo‘lib qoladi, bunday so‘zlar iste‘moldan chiqish arafasida turgan, hozirgi tilda sinonimi bo‘lgan so‘zlardir. Agar buni ona tilimizda ifodalaydigan bo‘lsak, qavs ichida hozirgi tildagi sinonimlari berilgan: rayon (tuman), ekspress (tezyurar), oblast (viloyat), vrach (shifokor), xirurg (jarroh), injener (muhandis), redaktor (muharrir), redaksiya (tahririyat), ulus (xalq), bitik (yozuv) va h.

Bizning fikrimizcha, ushbu materialni o‘rganayotganda, istorizmlar haqida bir necha so‘z aytish kerak, ya'ni g'oyib bo‘lgan narsalar, hodisalar, tushunchalar nomlari: qo‘riqchi, zanjirli pochta, jandarm, politsiyachi, va boshqalar.

Til tizim sifatida uzluksiz harakatda, rivojlanishda bo'lib turadi, bu tilning ijtimoiy mohiyatidan kelib chiqadi: til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur o'rtasidagi ikki tomonlama aloqadorlik ularning bir-biriga ta’sirini belgilaydi — jamiyatda bo'lib turadigan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ilmiy- texnikaviy taraqqiyot, iqtisodiy va ma’rifiy sohalardagi islohotlar tilning lug'at boyligida yangi-yangi so'z va atamalaming yuzaga kelishini, ayni paytda ma’lum so'z-Ieksemalaming eskirib, tarixiy kategoriyaga aylanishini taqozo qiladi. Bu jarayon tilning lug'at boyligida istorizm, arxaizm va neologizm kabi leksik birliklarni yuzaga keltiradi1.

Surxon elining atoqli adibi Shukur Xolmirzyev mahoratli yozuvchi sifatida o’z asarlarida istorizmlardan unumli foydalangan.

“Yosh buxoroliklar” degan yoshlar davralari tashkil topibdi. Ular mamlakat idora usullariga isloh kiritish, chunonchi, usuli jadid maktablarini ochish, gazetalar chop etish, qozilarni ham saylash talablari bilan chiqishibdi va ushbu takliflar yozilgan bir maktubni amir nomiga ham yuborishibdi. Ushbu parchada qo’llangan qozi va amir so’zlari istorizm sanaladi. Amir - boshliq, hukmdor, hokim. Buxoroda va ba’zi musulmon mamlakatlarida: xon, podsholik unvoni hamda shu unvon egasi.2 Qozi arabcha so’z bo’lib, ijro etuvchi, hukm chiqaruvchi ma’nolariga ega. Musulmon davlatlarida hukmdor tomonidan tayinlanib, shariat asosida sud vazifasini bajaruvchi, sudya, shar’iy mahkama raisi sanalgan. Ba’zi qozilar ilm bilan ham shug’ullangan. Ba’zan imomlik vazifasini ham bajargan. 3

Boqi saroybon hazratning eski mijozi ekan. Kichkina, qirgʼiyburun bu kishi ikki bukilib, salom berdi. Soʼng hazratning etagini koʼziga surtib

— Toji sar, toji sar,-— dedi.

Keyin navkarlarga hujra koʼrsatib, ulovlarini tim ostiga opkirtirdi. Hazrat bilan Qurbonni shinam bir xosxonaga boshladi. Eshoni Sudur horigan, sahro shamoli yuzlarini qoraytirib tashlagan edi. U kishi tezda hammom qizitishni buyurdi-da, oʼrtadagi xontaxta yoniga tiz choʼkdi. Fotiha oʼqishdi. Soʼngʼ hazrat xoʼrsinib:

— Shaharda nama ahvol? O'rdada nima gaplar? Soʼzlang!.. Yegan-ichganingiz oʼzingizniki, koʼrgan-bilganingizdan soʼzlang!—dedi.— Аlhol biz poytaxtning obhavosini bilaylik.

Parchada qo’llangan saroybon forscha so’z bo’lib, saroyni qo’riqlovchi qorovul sanaladi. Shu bilan birga, karvonlar va savdogarlar qo’nadigan saroy egasi, qo’riqchisi. 1 H. Jamolxonov. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Toshkent, 2005. 204-b. 2 O’zbek tilining izohli lug’ati. – Toshkent, 2006. 3 Karimov Q. S. Turkistonda tarixan shakllangan qozilik mahkamalari faoliyatiga kiritilgan oʻzgarishlar (Qoʻqon PDI. Ilmiy xabarlar nashri), 2021. 150-53-b. Hujra arabcha so’z bo’lib, kishi yashaydigan kichkina xona, uycha ma’nosini anglatadi. Bu so’z ham bevosita tarix bilan bog’liq. Xosxona so’zi katta mansab egalari yoki hukumat boshlig’i turadigan joy, saroy ma’nosiga ega. O’rda tarixiy so’z bo’lib, turkiy va mo’g’ul xalqlarida hukmdor, xon qarorgohi, qal’ani nomlab kelgan.

Xulosa sifatida aytadigan bo’lsak, istorizmlar bugungi kunda qo’llanmasa ham tarixiy asarlarni mutolaa qilish, ularni tadqiq qilish maqsadida ularni o’rganish lozim. Har qaysi xalq milliy qadriyatlarini o‘z maqsad – muddaolari, shu bilan birga, umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, ma’naviy dunyosini yuksaltirib borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ya’ni tarixiy xotira tuyg’usi to‘laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib otgan yo‘l o’zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yo’qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o‘rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo`ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. H. Jamolxonov. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Toshkent, 2005

2. O’zbek tilining izohli lug’ati. – Toshkent, 2006.

3. Karimov Q. S. Turkistonda tarixan shakllangan qozilik mahkamalari faoliyatiga kiritilgan oʻzgarishlar (Qoʻqon PDI. Ilmiy xabarlar nashri), 2021.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.