EKSPORT TAHLILI
Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Inson resurslari boshqaruvi
yoʻnalishi 2-bosqich talabasi
Joʻrayeva Muxlisa
Annotasiya. Rivojlanish sari jadal harakat qilayotgan Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar oʻz natijasini koʻrsatib, jahon mamlakatlari bilan savdo aloqalarini yoʻlga qoʻymoqda. Ayniqsa, bugungi kunda eksport salohiyatini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish nuqtai nazardan qabul qilinayotgan qonunlar mahalliy bozor tadbirkorlarini jahon bozorida faoliyat almashinishiga turtki beradi. Shuningdek davlat eksportini jadallashtirish va milliy mahsulotlarni uzoq oʻlkalargacha kirgizib borish asosiy maqsad va ustuvorlik hisoblanadi.
Kalit soʻzlar: Tashqi savdo aylanmasi, Eksport, Import, oziq-ovqat mahsulotlarini koʻpaytirish, chatishtirish texnalogiyasi, Rivojlangan top-5 davlatlar bilan aloqa, kimyo sanoatini rivojlantirish, sertifikatlash.
FOREIGN TRADE TURNOVER IN UZBEKISTAN IN RECENT YEARS
EXPORT ANALYSIS
Abstract. The economic reforms carried out in our country, which is rapidly moving towards development, are showing their results and establishing trade relations with the countries of the world. Especially, the laws adopted today in terms of increasing the export potential and development of entrepreneurship encourage local market entrepreneurs to exchange their activities in the world market. Also, the main goal and priority is to accelerate state exports and import national products to distant countries.
Key words: Foreign trade turnover, Export, Import, breeding of food products, breeding technology, communication with the top-5 developed countries, development of the chemical industry, certification.
ВНЕШНЕТОРГОВЫЙ ОБОРОТ УЗБЕКИСТАНА ЗА ПОСЛЕДНИЕ
ГОДЫ: ЭКСПОРТНЫЙ АНАЛИЗ
Абстрактный. Экономические реформы, проводимые в нашей стране, стремительно идущей по пути развития, показывают свои результаты и налаживают торговые отношения со странами мира. В частности, принятые сегодня законы в части повышения экспортного потенциала и развития предпринимательства стимулируют предпринимателей местного рынка обменивать свою деятельность на мировом рынке. Также главной целью и приоритетом является ускорение государственного экспорта и импорта национальной продукции в дальние страны.
Ключевые слова: Внешнеторговый оборот, Экспорт, Импорт, селекция пищевой продукции, технология селекции, связь с пятеркой развитых стран, развитие химической промышленности, сертификация.
Serquyosh Oʻzbekistonimiz yetarlicha issiqlik energiyasiga ega boʻlib, quyoshli mintaqa hisoblanadi. Shu sababli yurtimizda tez pishar mahsulotlar bir muncha koʻp qismni tashkil etadi. Tez pishar mahsulotlar: meva, sabzavotlar va poliz ekinlari. Va ularni yetishtiruvchi tabiat manbalari quyosh issiqligi va suv taʼminoti yetarlicha. Ushbu mahsulotlar tugamaydigan eksport manbalarimiz desak mubolagʻa boʻlmaydi. Chunki ushbu mahsulotlarni qancha ishlab chiqarsak shunchalik koʻpayaveradi. Ushbu jarayonni jadallashtirish uchun bizga birinchi navbatda ishchi kuchi va yetarlicha mablagʻ kerak. Shunda hozirgi eksport koʻrsatkichlarini bir muncha oshirish imkoniyatiga ega boʻlamiz.
Respublikamizda eksportni ragʻbatlantirish borasidagi chora tadbirlar oʻz samarasini koʻrsatmoqda. Keyingi bosqichda Respublikamizdagi eksport hajmi 2023- yil holatini tahlil qilamiz. Oʻzbekistonda eng koʻp import qilingan oziq ovqatlar:
2023-yilda sabzavot va mevalar savdosi 1,76 mln tonnaga (+1,1 foiz), qiymat jihatidan esa 1,18 mlrd dollarga (+3,3 foiz) oshdi. Meva-sabzavot eksportining asosiy bozorlari Rossiya (37 foiz), Pokiston (16,7 foiz), Xitoy (12,3 foiz) va Qozog‘iston (10,3 foiz) bo‘ldi.
Donli ekinlar va undan tayyorlangan mahsulotlar eksporti 478,8 mln dollargacha (+34,4 foiz), qahva, choy, kakao eksporti hajmi 27,6 mln dollargacha (+12,1 foiz), ichimliklar 60,1 mln dollargacha (+35,3 foiz), neft va neft mahsulotlari 333 mln dollargacha (2 baravar), noorganik kimyoviy moddalar 497,5 mln dollargacha (+22,6 foiz), cho‘yan va po‘lat — 185,9 mln dollargacha (+11,3 foiz), metall buyumlar 130,2 mln dollargacha (+11,9 foiz), charm mahsulotlari eksporti esa 41,3 mln dollargacha (+17 foiz) oshdi.
O‘zbekistonga 2023 yilda 133,5 ming tonna banan import qilingan. Bu – 2022 yilda o‘rnatilgan rekord ko‘rsatkichdan 6,7 ming tonna yoki 5 foizga kam.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili import qilingan 133,5 mln tonna bananning umumiy qiymati 95,1 mln dollar bo‘lgan.
Importning 97,4 foizi Ekvador hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Shuni ham taʼkidlash lozimki,
Prezident farmoni bilan, O‘zbekistonning oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishni ta’minlashning 2030 yilgacha mo‘ljallangan strategiyasi tasdiqlandi.
Oziq-ovqat mahsulotini eksport qiluvchilarga moliyaviy resurslar ajratiladi
Oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash hamda aholining barcha qatlamlari sog‘lom va faol hayot kechirishi uchun tabiiy, moliyaviy va moddiy resurslardan foydalanishning samarali iqtisodiy va ekologik boshqaruv tizimlarini joriy qilish Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.
2025 yil yakunigacha oziq-ovqat xavfsizligi va iste’moli sohasida salohiyatni barqaror rivojlantirish, xavf-xatarlarni aniqlash, baholash, boshqarish va monitoringini yuritish hamda xavf-xatarlar to‘g‘risida erta xabardor qilishni tashkil etish maqsadida yaxlit idoralararo Milliy axborot platformasi ishlab chiqiladi.
2025 yil 1 martgacha qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari hamda ularning bozordagi narx-navolari to‘g‘risidagi doimiy, ishonchli va aniq ma’lumotlar bilan ta’minlaydigan «Elektron agrosanoat bozori» axborot tizimi ishga tushiriladi va Milliy axborot platformasi bilan integratsiyasi qilinadi.
Biz yuqoridagi jadvalda koʻrishimiz mumkinki, 2022-yil Tashqi savdo aylanmasi 13 209,4 mlnni tashkil etgan boʻlsa, 2023- yil esa 14 779,7 mlnni koʻrsatmoqda. Bu esa foiz hisobida qaraydigan boʻlsak +11.9% 2023-yildagi oʻsish tafavvutini koʻrsatmoqda. Shuningdek 2023-yil Eksportning tashqi savdodagi ulushi 38,5%, Import ulushi esa 61,5% ni koʻrsatmoqda. Ushbu koʻrsatkich orqali shuni anglashimiz mumkinki, Oʻzbekiston Respublikasida import hajmi eksport hajmidan ancha yuqori.
Endigi bosqichda 2023-yilda Oʻzbekiston bilan tashqi savdoda eng yuqori ulushga ega boʻlgan top-5 MDH davlatlarini tahlil qilamiz.
Oʻzbekiston bilan eng koʻp tashqi savdoni amalga oshirgan Rossiya boʻlib, umumiy tashqi savdo aylanmasi 9 883,8 mln dollarni tashkil etadi. Bunda eksport va import koʻrsatkichlari eksport 3 307,6 mln, import esa 3 026,4 mlnni tashkil etmoqda.
Ikkinchi oʻrinni esa Qozogʻiston davlati qayd etdi. Bunda umumiy tashqi savdo aylanmasi 4 398,9 mln boʻlsa, eksport 1 372,5 mln import esa 3 026,4 mlnni koʻrsatmoqda.
Top-5 MDH davlatlarida uchinchi oʻrinni Turkmaniston davlati egallagan. Bunda umumiy tashqi savdo aylanmasi 1 094,4 mln boʻlib, eksport 171,2 mln, import esa 321,9mlnni koʻrsatmoqda.
Toʻrtinchi oʻrinda Qirgʻiziston davlati. Umumiy tashqi savdo aylanmasi 953,4 mln boʻlib, eksport 631,5 mln, import esa 321,9 mln. Va oxirgi davlatimiz Tojikiston davlati boʻlib umumiy tashqi savdo aylanmasi 756,8 mln. Bunda eksport 605,0 import esa 151,8mlnni koʻrsatdi
Endilikda asosiy eʼtiborni eksport salohiyatini oshirishga qaratamiz. Biz oʻzimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eng uzoqdagi chet el davlatlariga ham olib chiqish yoʻllaridan kengroq foydalanishimiz kerak. Bizda dengiz orqali savdo qilishi imkoniyati yoʻq. Buning uchun biz Afgʻoniston Pokiston orqali dengizga chiqishimiz mumkin ammo oʻrtadagi masofa 5 000 dan yuqori boʻlganligi sababli, mahsulotlar sifatiga jiddiy taʼsir qiladi.
Eksport hajmini oshirishning yana bir yoʻli sifatida, mahsulotlarimizning tarkibini bizga arzonga tushadigan mahsulotlardan foydalanishimiz kerak. Arzon deyilganda yaroqsiz yoki sifatsiz mahsulotlar emas balki arzon ishlab chiqarish omillarini talab qiladigan mahsulotlar orqali ishlab chiqarishimiz kerak va uni chet elga yoʻnaltirishimiz maʼqul boʻladi. Albatta bu yerda davlatimiz tadbirkorlariga ishlab chiqarish yoʻllarini sifatli va tezlashtiruvchi zamonaviy texnologiyalar kerak bladi. Ushbu texnologiyalarni qayerdan olishimiz mumkin degan savolga esa, albatta uni bizga tajriba xoʻjaliklari, inkvatrlar, biznes markazlari va boshqa har hil taʼlim yoki inavatsion markazlarda tasdiqlangan yani himoyadan oʻtgan texnalogiyalarni bozorga yetkazish maqul hisoblanadi. Albatta bu yerda talim va ishlab chiqarishni bir biriga bogʻlash muhum oʻrinni egallaydi. Ushbu jarayonni jadallashtirish esa samaradorlikni olib keladi. Shuningdek biz kimyo va biologiya sohasidagi mutaxassislarni koʻpaytirishimiz kerak. Ular esa bizga yangi mahsulot turlarinini, ertapishar, inson sogʻligʻiga foydali boʻlgan mahsulotlarni chatishtirish orqali yangi navni hosil qilishda muhim rol oʻynaydi. Bu orqali biz yangi sifatli mahsulotni hamma uchun qiziqarli boʻlgan tarzda Jahon bozoriga yoʻnaltirishimiz mumkin.
XULOSA.
Mahsulotlarni eksport qilishda uning yaroqlilik muddatiga eʼtiborni qaratamiz. Xulosa oʻrnida aytish mumkinki bugungi kunda eksport qilinayotgan mahsulotlarni sifat darajasi asosiy jarayoni tashkil etadi. Ammo mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimiga yetarlicha eʼtibor berilmayabdi. Nima uchun deyilganda, sertifikatlashtirish yani yaroqlilik muddati qancha uzoq boʻlsa oʻshanda biz mahsulotni uzoq horij davlatlariga ham olib chiqishimiz mumkin boʻladi.
Asosiy tashabbus: Sertifikatlashtirish tizimini bizning mamlakatimizda ham joriy qilish yani byurosini ochgan maqul. Yani bizning sertifikatlashtirish tizimimiz bilan umumlashtirish maqul deb oʻylayman. Shunda mahsulotlar sifatli tarzda savdo maydonlarida istemolga chiqadi va ekspert hajmi bundan ikki uch barobarga oshadi deb oʻylayman.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston respublikasi statistika agentligi.
2. Invexi.org sayti
3. Sputniknews_uz
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.