ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

SURXONDARYO VILOYATIDA CHORVACHILIK TARMOQLARINI RIVOJLANTIRISH.

Annotatsiya

Ushbu yozilgan maqolada yurtimizda chorvachilikka qaratilgan e’tibor hamda uning istiqbollari, Surxondaryo viloyatida xususan bu borada amalga oshirilayotgan loyihalar, viloyat va tumanlarda joylashgan chorvachilik tarmoqlari go’shtni qayta ishlash va undan xalqimiz extiyoji uchun zarur bo’lgan mahsulotlar tayyorlanishi yoritilib o’tilgan. Xulosa o’rnida chorvachilik xususiyatlari va sohani rivojlantirishdan xorij davlatlari tajribalaridan o’rganish katta samara ekanligi keltirilgan.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

RIVOJLANTIRISH.

Turopova Shaxnoza Olim qizi

turopovashaxnoza168@gmail.com

Termiz agrotexnalogiyalar va innavatsion rivojlanish instituti.

Annotatsiya: Ushbu yozilgan maqolada yurtimizda chorvachilikka qaratilgan e’tibor hamda uning istiqbollari, Surxondaryo viloyatida xususan bu borada amalga oshirilayotgan loyihalar, viloyat va tumanlarda joylashgan chorvachilik tarmoqlari go’shtni qayta ishlash va undan xalqimiz extiyoji uchun zarur bo’lgan mahsulotlar tayyorlanishi yoritilib o’tilgan. Xulosa o’rnida chorvachilik xususiyatlari va sohani rivojlantirishdan xorij davlatlari tajribalaridan o’rganish katta samara ekanligi keltirilgan.

Kalit so’zlar: qulay tabiiy geografik sharoit, chorvachilik sohalari, intensiv chorvachilik, tog’ va tog’ oldi yaylovlar, qoramolchilik turlari, fermer xo’jaliklari sutchilik, go’sht kambinatlari, qoramollar soni.

РАЗВИТИЕ ЖИВОТНОВОДСТВА В СУРХАНДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ

Аннотация. В данной письменной статье основное внимание уделяется животноводству в нашей стране и его перспективам, проектам, реализуемым в Сурхандарьинской области в частности в этой связи, животноводческим производствам, расположенным в областях и районах по переработке мяса и производству продукции, необходимой для потребление нашего народа подчеркнуто. В заключении констатируется, что большой пользой является изучение опыта зарубежных стран в особенностях животноводства и развития отрасли.

Ключевые слова: благоприятные природно-географические условия, животноводческие районы, интенсивное животноводство, горные и предгорные пастбища, виды скотоводства, молочные фермы, мясокомбинаты, поголовье крупного рогатого скота.

DEVELOPMENT OF ANIMAL HUSBANDRY IN SURKHANDARYA

REGION

Abstract. This written article focuses on animal husbandry in our country and its prospects, projects implemented in the Surkhandarya region in particular in this regard, livestock production located in the regions and districts for meat processing and production of products necessary for the consumption of our people is emphasized. In conclusion, it is stated that it is of great benefit to study the experience of foreign countries in the features of animal husbandry and the development of the industry.

Keywords: favorable natural and geographical conditions, livestock areas, intensive livestock breeding, mountain and foothill pastures, types of cattle breeding, dairy farms, meat processing plants, cattle.

KIRISH

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2022-yil 16 fevral kuni chorvachilik sohasidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig’ilishi o’tkazildi. Ma‘lumki, bu soha 9 oilalar farovonligi va oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashda katta o‗rin tutadi. Aholining kundalik iste‘mol xarajatlarining 30 foizini go‗sht, sut va tuxum mahsulotlari tashkil etadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Oxirgi uch yilda chorvachilik bo’yicha chiqarilgan qarorlarga asosan, 8 turdagi subsidiya va imtiyozli kreditlar ajratish yo’lga qo’yildi. Shu davrda chorvachilikka 15 trillion so’mdan ziyod kredit ajratilib, 4 ming 500 ga yaqin loyiha amalga oshirildi. Naslchilik xo’jaliklarining soni 3 baravarga ko’payib, 1 ming 414 taga yetdi. Natijada, 2019-2021 yillarda chorva mollarining bosh soni 1 million 200 mingtaga ko’paydi. Lekin iqlim o’zgarishlari, suv va yer tanqisligi, pandemiya kabi zamonamizning dolzarb muammolari chorvachilikni ham qiyinlashtirmoqda. Surxondaryo va Qashqadaryoda takroriy ozuqabop ekin maydonlari 23 ming gektarga qisqargan. Shu bois, chorvachilik sohasini qo’llab-quvvatlash, resurs tejovchi texnologiyalarni keng qo’llash orqali go’sht, sut va tuxum yetishtirishni ko’paytirish har qachongidan ham zarur bo’lmoqda. Davlatimiz rahbari bu yil chorvachilikda kamida 300 ming, qo’yechkichilikda 150 ming, pillachilikda 1 million 200 ming, jami 1 million 650 ming aholi bandligini ta‘minlash imkoni borligini ta‘kidladi.

TADQIQOT NATIJALARI

Buning uchun, avvalo, xonadonlarda kooperatsiya orqali chorvani ko’paytirish kerak. Prezident bunday tajribalarni boshqa tuman va mahallalarda ham kengaytirish muhimligini ta‘kidladi. Shu bois, chorvachilik sohasini qo’llab-quvvatlash, resurs tejovchi texnologiyalarni keng qo’llash orqali go’sht, sut va tuxum yetishtirishni ko’paytirish har qachongidan ham zarur bo’lmoqda Aholiga kooperatsiya asosida 350 ming bosh qo’y va echki tarqatilishi, bu maqsadlar uchun 100 million dollar yo’naltirilishi ma‘lum qilindi Jumladan, yerning bir qismini almashib ekish hisobiga, har bir klasterda kamida 500 boshli chorvachilik kompleksi tashkil etish mumkin. Shuningdek, foydalanishdan chiqqan va yangi yerlarni o’zlashtirib, chorva boqsa bo’ladi. Buni birgina surxondaryo misolida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak Qadimdan chorvachilik Surxondaryo ahlining doimiy mashg'ulotlaridan biri bo'lib kelgan. Har xonadonda bo'lmasa ham, har ikkidan bir uyda chorva mollari boqiladi. Odamlar kundalik iste'mol mahsulotlarining ma'lum qismini xonadonidagi chorva, parranda mollaridan oladi. Vohada aholining go'sht, sut va tuxum maxsulotlariga bo'lgan ehtiyojini to'laroq qondirish maqsadida chorva mollarining tuyoq sonini oshirish, hududning iqlim sharoitiga mos keladigan zotli qoramollarni xorijdan bo'lsada olib kelinishi hamda xalqimizning oziq-ovqat maxsulotlariga, xususan go'sht, sut va tuxum maxsulotlariga bo'lgan extiyojini to'la qondirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada, 2022-yil 1-yanvar holatiga ko'ra, Surxondaryo viloyatida barcha toifadagi xo'jaliklarda yirik shoxli mollar 1 023,6 ming bosh, ya`ni o'tgan yilga nisbatan 103 foizga o'sgan. Shundan sigirlar 396,3 ming bosh, qo'y va echkilar 2 478,7 ming bosh, otlar 15 436 bosh, parrandalar 5 079,7 ming bosh ko'payishiga erishilgan. Bilamizki chorvachilik — qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlaridan biri. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirish uchun chorva mollarini boqish va urchitish bilan shugʻullanadi; aholining oziqovqat mahsulotlari (sut, qatiq, goʻsht, yogʻ, tuxum va boshqalar), yengil sanoatni xom ashyo (jun, teri, moʻyna va h.k.), dehqonchilikni organik oʻgʻit bilan taʼminlaydi. Chorvachilik mahsulotlari va chiqindilaridan ayrim ozuqalar (yogʻi olingan sut, goʻshtsuyak uni, suyak uni va boshqalar), shuningdek, har xil doridarmonlar (shifobaxsh zardoblar, gormonal preparatlar va boshqalar) olinadi. Chorvachilikning taraqqiy etishi va mahsuldorligi dehqonchilikning rivojlanishi, yerdan intensiv foydalanish bilan chambarchas bogʻliq. Chorvachilikni asosiy tarmoqlari: qoramolchilik, qoʻychilik, echkichilik, yilqichilik, tuyachilik, parrandachilik, asalarichshshk, quyonchilik, va boshqalardan iborat. Jahon mamlakatlarida tabiiyiqlim sharoitlari va ozuqa bazasiga koʻra Chorvachilik rivoji oʻziga xos xususiyatlarga ega. Bundan ko‘rinib turibdiki chorvachilik soxasidan hech qanday chiqindi chiqmaydi. Surxondaryo viloyatida tog‘ va tog‘ oldi hududlarida chorva mollarini boqish va ko‘paytirish juda xam qulay hisoblanadi viloyatda chorvachilik sohalari tarmoqlarini kengaytirib bo‘sh ish o‘rinlarini joriy qilish va aholini ish bilan taminlash xalqimizning sut , qatiq , saryog‘ va h,k bo‘lgan talabini to‘la to‘kis qondirish .

MUHOKAMA

Kundalik hayotimizda ovqatga ishlatish uchun asosan sigir sutidan foydalaniladi. Aholi tomonidan isteʼmol qilinadigan sutning 95 %ga yaqinini sigir suti tashkil etadi Sut mineral moddalar kalsiy, kaliy, natriy, magniy, fosfor, temir va h.k. lar tuzlaridan iborat bo’ladi. Ularning hammasi kishi organizmi uchun katta ahamiyatga ega. Sutdagi oqsillar, yog’lar va uglevodlar kishi organizmida deyarli to’la hazm bo’ladi. Bir litr sut taxminan 670 kkal beradi. Sutning tarkibi doim bir xil bo’lmaydi va ular sigirning nasli va yoshiga, parvarish qilinishi, boqilishi, sog’ilishi davrining davomiyligiga va boshqa sababiy omillarga bog’liq bo’ladi. Bu omillardan eng asosiysi – chorvaning boqilishi va nasli hisoblanadi. Yaxshi boqim sut sog‗imini oshiradi, uning tarkibi va sifatini yaxshilaydi. Goʻsht — qimmatli oziq-ovqat mahsuloti; soʻyilgan hayvon nimtasi yoki nimtasining bir qismi. Go‘sht inson isteʼmol qiladigan oziq-ovqatdagi oqsilning asosiy manbai hisoblanadi. Go‘shtning tuzilishi va taʼmi, sifatlari hayvonlar turi, zoti, jinsi, yoshi, boqish va saqlash sharoitlariga bogʻliq. Hayvonlarning turiga qarab, mol (qoramol), qoʻy, ot goʻshti va boshqalarga ajratiladi. Qoramol, qoʻy, echki go‘shi sifati va semizligiga qarab birinchi va ikkinchi toifalarga boʻlinadi. Go‘sht mushak toʻqimalarining kimyoviy tarkibi (%): suv 72—75, oqsil 18—22, yogʻ va yogʻsimon moddalar 0,5—3,5, azotli ekstrativ moddalar 1 — 1,7, uglevodlar 0,7—1,4, mineral moddalar 0,8—1,8. Go‘shtning sifat jihatdan eng muhim qismi mushak toʻqimalari hisoblanadi. Go‘shtda uning miqdori 40—70% ga boradi. Mushaklar oqsillarida hayotiy zarur aminokislotalar bor. Mushak tolalaridagi mioglobin oqsili go‘shtga qizil tus beradi. Go‘shtning isteʼmol qilinadigan qismining mineral tarkibi (mg%): fosfor 180—230, kaliy 200— 300, kalsiy 7—15, magniy 17—25, temir 1,5—3,0 va boshqa go‘sht tarkibida yana turli xil kislotalar, vitaminlar (RR, V,, V2, Ye va boshqalar) boʻladi. Go‘shtni uzoq muddatga saqlash uchun muzlatgich xonalar barpo etish kerakdir.

XULOSA

Go‘sht va sut maxsulotlari bilan viloyatimiz respublikamiz nafaqat o‘z yurtimiz qolaversa chet Yevropa va MDH davlatlariga ham eksport qilish imkonini yaratishimiz umuman chorvachilik sohasida chet davlatlar tajribasini o‘rganib amalda tadbiq etishimiz kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. А. А. Soliyev ―Qishloq xo‘jaligi geografiyasi‖ Toshkent – 2002

2. Xaсанов П. А. ―ВОЗНИКНОВЕНИЕ ТЕОРИИ О ВЫСОТНЫХ

ОБЛАСТЯХ И ЕЕ СВОЕОБРАЗНОЕ РАЗВИТИЕ‖ "Экономика и социум" №11(90) 2021

3. Rakhmatov Abdukholiq Farkhodovich ―Development of Fishing Farms in River and River Areas of Surkhandarya Region | Middle European Scientific Bulletin‖

4. Raxmatov A.F. Olimqulov Y.M. АЗВИТИЕ ЖИВОТНОВОДСТВА НА

ГОРНЫХ И ПРЕДГОРНЫХ ПАСТБИЩАХ СУРХАНДАРЬИНСКОЙ

ОБЛАСТИ. "Экономика и социум" №11(90) 2021 https://www.iupr.ru/teknomer

5. www.agroinspeksiya.uz

6. Abdullayev, Muxtorjon, and Samandarbek Mamarajabov. "VARIETIES AND

ACHIEVEMENTS OF WHEAT PLANT SELECTION IN UZBEKISTAN." Eurasian

Journal of Academic Research 2.11 (2022): 100-104.

7.Xayitovna, Pirimqulova Muxabbat, and Mamarajabov Samandarbek Faxriddinovich. "Cauliflower Growing Technology." Texas Journal of Multidisciplinary Studies 6 (2022): 8-10.

8.Xayitovna, Pirimqulova Muxabbat, and Mamarajabov Samandarbek Faxriddinovich. "KARTOSHKANING TARQALISH

HUDUDLARI." O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI 2.18 (2023): 209-212.

9. Xayitovna, Pirimqulova Muhabbat, and Mamarajabov Samandarbek Faxriddinovich. "Types of corn grown in Uzbekistan and their peculiarities." Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences 3 (2022): 59-63

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.