ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

Tadbirkorlarning mulkiy huquqlarini himoya qilishda hozirgi qonunchilikdagi o’zgarishlarning o’rni

Annotatsiya

Ushbu maqolada tadbirkorlarning mulkiy huquqlarining ta’minlanishi va mulkiy munosabatlarga oid normativ huquqiy hujjatlardagi o’zgarishlar yoritilgan. Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatidagi muammolar va ularning yechimlari batafsil ma’lumotlar berilgan. Hozirgi kunda qonunchilikda bo’layotgan o’zgarishlar qayd etilgan


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

Tadbirkorlarning mulkiy huquqlarini himoya qilishda hozirgi

qonunchilikdagi o’zgarishlarning o’rni

Qudratova Umida TDIU

Falsafa fanlari doktori (Phd), dotsent

Xodjamov Asliddin TDIU

“Iqtisodiyot” fakulteti 1- kurs talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada tadbirkorlarning mulkiy huquqlarining ta’minlanishi va mulkiy munosabatlarga oid normativ huquqiy hujjatlardagi o’zgarishlar yoritilgan. Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatidagi muammolar va ularning yechimlari batafsil ma’lumotlar berilgan. Hozirgi kunda qonunchilikda bo’layotgan o’zgarishlar qayd etilgan.

Kalit so’zlar: mulk huquqi, tadbirkor, o’zgarishlar, normativ huquqiy hujjat, subyekt, hokimiyat, investor.

So’nggi yillardan boshlab mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarini yanada rivojlantirish bo’yicha ko’plab qonun hujjatlari qabul qilindi. Tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar o’rganildi va ularning yechimini topish yo’llari ishlab chiqildi. Bunda eng muhim qonun hujjatlari sirasiga tadbirkorlik subyektlarining mulkiy huquqlarini yanada mustahkamlash bo’yicha olib borilgan ishlarni misol qilsak bo’ladi. 2016-yildan boshlangan keng ko’lamli islohotlar davomida tadbirkorlar tomonidan eng ko’p kelib tushgan murojaatlar ham mulkiy huquqlar bilan bog’liqligi aniqlandi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy huquqlarini ta’minlash uchun bir qancha normativ huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Tadbirkorlarning mulkiga bo‘lgan huquqlarini e’tirof etish hamda himoyalash uchun davlat organi yoki mansabdor shaxsning ma’muriy hujjatini bekor qilish yoki o‘zgartirish masalasi tadbirkorlik sub’ektining qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lsa, faqatgina sud tartibida ko‘rib chiqilishi belgilandi. Agarda biror bir davlart organi tomonidan tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararni o’rnini qoplash aynan shu davlat organi tomonidan sud tartibida qoplab berilishi belgilandi.

2016-yil 5-oktyabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolagan «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonida yangi institut hisoblangan Biznes Ombudsmanni Oliy Majlis huzurida tashkil etish ko’rsatilgan edi. Biznes Ombudsman 2023-yilga kelib tadbirkorlar tomonidan kelib tushgan minglab murojatlarni o’rganib ularni yechishda amaliy yordam ko’rsatib kelmoqda. Biznes Ombudsmanning asosiy vazifalaridan biri ham xususiy mulkchilikni rivojlantirish va tadbirkorlarning mulkiy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish, foydalanishga berish, zaxiralash, biriktirish, obodonlashtirish uchun berish yoki yerlarni boshqacha yo‘l bilan tasarruf qilish bo‘yicha hujjat qabul qilish huquqi 2021-yil 1-avgustdan bekor qilinishini ham yerga oid munosabatlarda iqtisodiyotni liberallashtirish va davlat boshqaruvini qisqartirishga qo‘yilgan yana bir qadam desak mubolag’a bo’lmydi. Bundan avvalgi yillarda yer ajratish masalasi faqatgina mahallaiy davlat hokimiyati organlariga tegishli bo’lgan bo’lsa, endilikda yerga oid oldi-sotdi masalalari «EAUKSION» yagona elektron savdo maydonchasi orqali amalga oshirilishi ta’minlandi. Bunda hech qanday inson omilisiz tadbirkorlar tomonidan yer maydonlari va obyektlarni sotib olishga shart-sharoit yaratildi.

Tadbirkorlarning yana bir katta muammolaridan biri ham hokimlar chiqargan qarorlarning beqarorligidadir. Bunda yuqorida aytib o’tilganidek, 2022-yilgacha ko’plab ovoragarchiliklar bo’lib o’tgan. Misol uchun tadbirkorga sobiq hokim ajratgan yerni keyingi hokim bekor qilgan, shuning uchun ham bu tadbirkorlar va mahalliy davlat hokimiyati o’rtasida katta noroziliklarni keltirib chiqargan edi. Buning yechimi sifatida chiqarilgan qarorni endilikda faqatgina sud orqali bekor qilish yo’lga qo’yildi. 2022-yilda tadbirkorlik sub’ektlaridan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan yer uchastkasi va bino-inshootlar uchun kompensatsiya to‘lovlarini olish bo‘yicha sudlarga 9 ta da’vo ariza kiritilib, tadbirkorlar foydasiga 3 milliard 772 million so‘m undirilgan. Jumladan, Xovos tuman hokimligining mas’ul mansabdor shaxsi tadbirkorga tegishli yer maydonini zaxiraga olib qo‘yilishida belgilangan tartibni buzib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik sodir etgani uchun sud qarori asosida ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyat organlariga qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida 2 ta taqdimnoma kiritilib, tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklanishi ta’minlagan. Fuqarolik jamiyating asosiy belgilaridan biri bu mulk daxlsizligi hisoblanishi ham bu boradagi islohotlarning naqadar dolzarbligidan dalolat beradi. Demak, biz bu yo’lda qonunchiligimizda har qanday nomutanosibliklar va aynan tadbirkorlarning mulkiy huquqlarini ta’minlab berishimiz shartdir. Mulkiy huquqlarning ta’minlanganlik darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlarga chet el investorlarining oqimi ham katta bo’ladi. Chunki hech qaysi investor o’zining kiritayotgan sarmoyasini xavf ostiga qo’yishga yoki ma’lum bir davlat organlari tomonidan majburiy tarzda huquqlari cheklanishini xohlamaydi. Respublikamizga chet el investitsiyalarini oqimini jadallashtirsh yuzasidan 2022-2023-yilning o’zida bir necha marotaba Toshkent xalqaro investitsiya forumlari tashkil qilinmoqda. Masalan, 27-28 aprel kunlari 2-Toshkent xalqaro investitsiyalar forumi doirasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 70 ta mamlakatlardan kelgan 2500 dan ortiq bank-moliya va ishbilarmonlar oldida nutq so’zlar ekan, xususan ularning huquq va erkinliklarining ta’minlanishi mamlakatimiz uchun katta ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi. Forumda O’zbekiston respublikasi tarixida bo’lmagan voqeaga hamma guvoh bo’ldi. Prezidentimiz chet el investorlari bilan mahalliy davlat hokimiyati va boshqa shaxslar o’rtasida kelib chiquvchi nizolarni endilikda xalqaro ekspertlar ko’magida tariximizda ilk bor yangi tashkil etiladigan Xalqaro tijorat sudi hal qilishini aytib o’tdi.Shu asnoda ularning barcha huquqlari bilan birga mulkiy huquqlari ham mustahkamlandi va davlatga bo’lgan ishonchi yanada ortdi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 02.05.2012 yildagi O‘RQ-328-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni

2. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 19.11.1991 yildagi 425-XII-sonli “davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida” gi qonuni

3. O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati, 27.04.2023 yildagi axboroti

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.