Ta’limda raqamli texnologiyaning o’rni
Nazarova Malohat Zayniddinovna
TATUSF TTKT fakulteti 21–05-guruh talabasi
Annotatsiya: Men bugungi maqolamda shuni ma`lum qilamanki. Hozirgi internet rivojlangan davrda, ta`lim sifatini raqamli texnologiyalarsiz rivojlantirish mushkul bo`lib qoldi. Hattoki endigina maktab ostonasiga qadam bosgan maktab o`quvchisi uchun ham raqamli texnologilayar ishlatilinib kelmoqda.
Kalit so`zlar: Internet, Roboto texnika, Sun`iy intelekt, O`qituvchi va o`quvchi, Raqamli texnologiya
Hozirgi internet rivojlangan davrda, ta`lim sifatini raqamli texnologiyalarsiz rivojlantirish mushkul bo`lib qoldi. Biz o`zimiz ham ta‘lim jarayonida zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanib kelmoqdamiz. Bu usul ta`lim sifatini yanada yuksaltirmoqda. Yosh avlodni raqamli texnologiyalar bilan har xil usullar bilan ta`limni o`ziga jalb qilmoqda. Oxirgi 31 yil Ichida yurtimizda juda keng o`zgarishlar ro`y berdi. Shu jumladan ta`limda ham ya`ni maktabgacha ta`lim, maktablarda, oliy ta`limlarda ham. Raqamli texnologiyalar hayotimizga shu darajada singib ketdiki, hatto ularsiz hayotimizni tasavur qilolmas darajaga yetib keldik. Nafaqat ta`limda balki boshqa sohalarda ham bu raqamli texnologilarni o`rni juda ham katta ro`l o`ynamoqda.
O`quvchilar hoxlagan vaqtida sifatli va malakali ta`lim olishi mumkin. Bu yanada o`qituvchi va murabbiylarga qulaylik bo`ldi. Sharoiti cheklangan yoki nogironligi bor yoshlar ham tengdoshlari kabi sifatli ta`lim olish imkoniyatiga ega. Hatto ob- havo mummolari bo`lganda ham o`qituvchilar va o`quvchilar darslarini to`xtatmagan holda davom ettirishlari mumkin. Shu bilan bir qatorda internet tezligi hamma joylarda ham yaxshi emasligini aytib o`tish joyiz menimcha. Hatto bazi vaqtlarda markaziy hududlarda ham internet tezligidan shikoyatlar kelib tushishidan hammamizning habarimiz bor. Albatta bu masalalar rahbarlar tomonidan ko`rib borilmoqda (deb umid qilamiz). Ayrim maktab va oliy ta`limlarda 3D farmatda dars o`tilish imkoniyati olib borilish masalasi ham ko`rib chiqilmoqda. Yuqorida aytib o`tganimdek hamma narsa internerga bog`lik.
Sun`iy intelekt: Bundan 3 yil oldin yurtimiz. COVID-19 nomli ko`rinmas lashkar bilan kurashdi. Faqat bizning yurtimiz emas, balki butun dunyo shu kassalikka qarshi kurashdi. Shu vaqtda sun`iy intelekt juda ham foyda keltirar edi. Ya`ni robotlar misolida olib qarasak, yuqumli kasalliklar bilan kasallangan bemorlarning oldiga shifokorlar kirishga qaysidir ma`noda qo`rqishadi. Bu tabbiy hol albatta, shu boyisdan, robotlarni ishga solsak bu jamiyatimizga albatta katta foyda keltiradi. Ham bemorlarni ham shifokorlarni saqlab qolgan bo`lamiz. Nafaqat shifokorlar balki o`qituvchilar nazarida qarasak ham bo`ladi. Hammamizga ma`lumki har jihatdan imkoniyati cheklangan bilimga chanqoq, shijoatli o`quvchilar bor. Kimningdir uyida internet tarmo`gi yo`q yoki bo`lmasa uyali aloqa muommosi bor. Shu jabhadan ta`limga berilayotgan imkoniyatlarga yuzlanadigan bo`lsak, hamma talaba yoshlarga emas aynan shu imkoniyati cheklangan yoshlarimizning sharoitidan kelib chiqib,ularga sifatli ta`lim olishga yordam berish maqsadida, “ O`qituvchi robotlar” ni yo`lga qo`ysak bu menimcha juda qulaylik tug`dirar edi. Yuqorida takidlaganimdek nogironligi yoki bo`lmasa mobil aloqa bilan muommosi bor yoshlarimizning xonadonlariga borib “O`qituvchi robotlar” ta`lim berishsa, ular ham bizlar singari sifatli ta`lim olishadi. Aynan robotlar miqyosida emas balki boshqa jihatga ham nazar tashlasak, hozirgi vaqtda 90% yoshlarimiz oyoqlariga oyoq kiyim sifatida krasofka kiyishadi,bu albatta qulay. Shu jabhadan kun davomida biz harakatdan to`xtamaymiz, shundan foydalanib oddiy oyoq kiyimlardan akumliyator ( power bag) sifatida foydalansak bo`ladi. Bosim ( P) har bir qadamimizda paydo bo`ladi. Ishqalanish kuchi ham yuzaga keladi ( I). Odam harakati davomida o`zidan energiya ham chiqaradi ( Ep) . Ko`rib turibsizki kun davomida harakatimiz bekorga ketmaydi. Shu boisdan har bir harakatimizdan samarali foydalansak. Hatto elektor enegriyani ham tejagan bo`lamiz. Bu jabhalarni minglab hatto millionlab ko`rsak bo`ladi…
Sun`iy intelekt foydami yoki zarar: Yuqorida juda ko`p namunalar aytib o`tdik, har bir narsaning ijobiiy tarafi bo`lgandek salbiy tarafi ham bo`ladi. Shifokor robotlar misolida, apiratsiyaga kirgan robot hech qachon tavakkal qilmaydi, ular faqat buyurilgan xabarni amalga oshiradi. Apiratsiya vaqtida bemorni faqat kesib tikish buyirilgan bo`lsa robotlar faqat shuni qiladi, lekin qaltis vaziyat yuzaga kelganda ular shifikorlardek tavakkal qilmaydi.Shuning uchun robotlarni ham har tomonini o`ylab ko`rish kerak. Akumliyator oyoq kiyimlar esa, qaysidir ma`noda kuchlanish yuzaga berib insonga zarar yetkazishi mumkin.(qushni so`ysa ham qassob so`ysin) degan maqolni ham buyuklarimiz bekorga aytilmagan.
Agar yoshlarimizda savol yoki bosh qotirma bo`lsa, har birimizga ma`lumki bu savolning javoblarini internetdan qidiradi. Hatto jahon olimpiadasiga tayyorlanadigan o`quvchilar ham online- o`qituvchi loyihasi yordamida tayyorlanadi. Online individual kuraslarni hozirda topish qiyin bo`lmay qoldi. Shuning uchun hozirda ko`p yoshlarimiz hatto DTM savollariga ham online tayyorlanmoqda. Bunda ko`rinib turibdiki yaqin 10- 20 yil ichida hamma narsa sun`iy intelekt bilan bog`lanadi. Bu bizning yurtimi hamm hozirda sun`iy intelekt sohasida jahonda kerakli natijalarga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Gaffarova G.G., B. Kodirov. Raqamlashtirish – innovatsion rivojlanish omili sifatida// Academic research in educational sciences. Vol. 1. No. 2. 2020. P.104- 112.
2. kun.uz
3. ”Yangi O`zbekiston” va “ Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati.
4. Chirchiq davlat pedagogika web sayti.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.