TARJIMADA LINGVOMADANIY MUAMMOLAR TAHLILI
Nazarmatova Yorqinoy Maxmudaliyevna
Fakultetlararo chet tillari kafedrasi o'qituvchisi
yorqinoy479@gmail.com
+998978085583
(“SHUM BOLA” ASARI MISOLIDA)
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola tarjima jarayonidagi lingvomadaniy so`zlar, so`z birikmalar, terminlar va gaplarni asliyat tilidan tarjima tiliga o`girishda yuzaga keladigan muammolarni analiz qiladi. Maqoladan ko`zlangan maqsad shuki, milliy koloritga xos so`zlar tarjimasida adekvatlikka erishish va undagi qiyinchiliklarga yechim topish kabi masalalardan iborat. Maqola uchun manba sifatida G`afur G`ulom qalamiga mansub “Shum bola” asari olingan.
Kalit so`zlar: lingvomadaniyat tushunchasi, milliy kolorit, lingvistika, transliteratsiya, transformatsiyalar.
ANALYSIS OF LINGUACULTURAL PROBLEMS IN TRANSLATION
(IN THE EXAMPLE OF THIS CHILD
ABSTRACT
This article analyzes the problems that arise in the process of translating linguacultural words, phrases, terms and sentences from the original language to the translation language. The aim of the article is to achieve adequacy in the translation of words characteristic of the national color and to find solutions to the difficulties in it. The work "Naughty boy" by Gafur Ghulam is taken as a source for the article.
Keywords: concept of linguaculture, national color, linguistics, transliteration, transformations.
АНАЛИЗ ЛИНГВОКУЛЬТУРНЫХ ПРОБЛЕМ ПЕРЕВОДА (НА
ПРИМЕРЕ “ОЗОРНИК”)
АННОТАЦИЯ
В данной статье анализируются проблемы, возникающие в процессе перевода лингвокультурных слов, словосочетаний, терминов и предложений с языка оригинала на язык перевода. Цель статьи – добиться адекватности перевода слов, характерных для национального колорита, и найти пути решения возникающих в нем трудностей. В качестве источника для статьи было взято произведение Гафура Гулама “Озорник”
Ключевые слова: понятие лингвокультурa, национальный колорит, лингвистика, транслитерация, трансформации.
KIRISH
Bugungi kunda tarjima va tarjimashunoslik sohalarining ahamiyati kundankunga ortib bormoqda. Bugungi yoshlar uchun tarjima sohasida keng ko`lamli imkoniyatlar yaratilmoqda. Bundan tashqari, yurtimizda turizmning rivojlanishi bilan birga tarjima sohasidagi professional kadrlarning ushbu soha bo`yicha faoliyati ham ortib bormoqda. Tarjima va tarjimonlik uzoq asrlardan buyon dunyo xalqlari tarixi va madaniyatida shakllanib kelayotgan ko'hna ijodiy faoliyat sohalaridan biridir. Yer yuzining turli qit'alari va mintaqalarida bir necha ming yildan buyon umrguzaronlik qilib kelayotgan odarnzod nasllari o'z ijodkorlik havaslari, qiziqishlari, imkoniyatlari, manfaatlarini tarjima vositasida ham namoyon qildi. Uni xalqlararo aloqa vositasiga aylantirdi, undan doim sarnarali tarzda foydalandi. Tarjima va tarjimonlar orqali insoniyat qavmlari bir-birlaridan xabardor bo'ldi, o'zaro borish-kelish qildi. Shu bilan birga savdo, hunarmandchilik, uy-joy, yo'l qurilishi, dehqonchilik, aslaha-anjomsozlik kabi sohalarni asrma-asr tadrijiy rivojlantirib, yo'lga qo'yib bordi. Odam qavmlari qulay va xatarsiz hayot kechirishni bir-biridan o'rgandi, bir-biriga yo'l ko'rsatdi, bir-biridan ulgi oldi va rang-barang madaniyatlarning jozibali qirralarini bir-biriga narnoyon qildi. Tilmochlar ishlarining o'zaro muvofiq, adolatli bitishi va xalqlarning totuvliklariga xizmat qiladilar. Ular insoniyat qavmlarini turli jaholat balo-ofatlari, behuda qirg'inlardan saqlashga sa'yi-harakat qilardilar. Tilmoch o'zini tilchi deb ham bilgan. Tilmochlarning tilchiligi juda katta aql-u zakovatni talab qilar, ular tarixiy-ijtimoiy jarayonlarda tenglikni vujudga keltirishga urinardilar. Tilchilar va tilmoch harnma vaqt o'z davri madaniyatining oldingi qatorlarida borardi. Shu tariqa tarjimonlik insoniyat yaratgan sohalar ichida bebaho, qadrli, oliyjanob, ilg'or faoliyat turiga aylandi. Tarjimonlar xalqlarning bir-birlarini bilish va o'rganishlariga tengsiz hissa qo'shdi. Birinchi tarixchilar, geografiya, geodeziya bilan shug'ullanuvchi kishilar ham tarjimonlar ichidan yetishib chiqdi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Tarjimon tarjima jarayonida lingvomadaniy so`zlarni tarjima qilishda bir qancha muammolarga duch kelishi mumkin. Lingvomadaniyat tilda va nutqda o’z aksini topgan va mustahkamlangan xalq madaniyatini o’rganadi. U birinch navbatda, muayyan madaniyatning mif, afsona, urf-odat, an’ana, udum, taomil, ramzlarini tadqiq etadi. Hozirgi kunda til va madaniyat tushunchalari birgalikda o’rganilmoqda. Bu ikki tushunchani birlashtirib yangi tushuncha lingvomadaniyat (lingvokultrologiya) tilshunoslikda paydo bo’ldi va bu shakllanish jarayoni bir necha davrni o’z ichiga oladi. Bu tushunchaning tarjimaga bog`liq bo`lgan barcha qirralarini biz G`afur G`ulom qalamiga mansub “Shum bola” asarining o`zbek tilidan ingliz tiliga tarjimasi orqali bilib olishimiz mumkin. Qissada ijodkorning bolaligi, 20-asr boshidagi Toshkent hayoti tasvirlangan. Qissa oʻtkir hajviy asar boʻlib, haqiqiy voqealar va shaxslar taqdiriga asoslangan. Ushbu qissani o`zbek tilidan ingliz tiliga I.M. To`xtasinov va U.R. Yo`ldashev tarjima qilgan. Ushbu tarjimada madaniyatlararo tafovutlarni ko`rishimiz mumkin. Masalan, o`zbek tilining milliy koloritga xos so`zlarini ingliz tiliga tarjima qilayotganimizda biz ularning ekvivalentini ya`ni muqobil variantini izlay boshlaymiz. Ushbu asar tarjimasida ham biz ko`rishimiz mumkinki:
“Ustida oldi ochiq yaktak, oyog‘ida qala kavush, zangori shohi qiyiq bog‘lagan, yelkasiga xolparang ro‘mol tashlagan xushfe’l yigit edi.”
Tarjimasi:
“He wore yaktak on his shoulder, leather-shoes on his legs, and glittering blue belt on his waist and covered his shoulders with a shawl”
Ushbu jumladagi “yaktak” so`zi o`zbek xalq milliy kiyimi hisoblanadi va uni tarjimada ushbu asarning mohiyatini to`liq aks ettirish uchun ushbu so`zni o`zini qo`llagan, hamda “oriental robe” tushunchasini yanada tushunarliroq bo`lishi uchun izoh sifatida tarjima qilgan.
“It Obidning otasi Zohid aka yakanchi edi”
Tarjimasi:
“Obid dog’s father Zohid was yakanchi”
Ushsbu jumladan ham ma`lumki, “yakanchi” so`zi ham tarjimada ham shu so`z qo`llangan. Ya`ni bu so`z ham o`zbek milliy koloritiga ega so`zlardan biri hisoblanadi, uning ma`nosi “eski kiyimlarni sotuvchi kishi”, tarjimada ham bu so`zga izoh berib o`tilgan.
XULOSA
Xulosa o`rnida shuni aytish kerakki, tarjima va madaniyat bir-biriga bog`liq tushunchalar hisoblanadi. Tarjima jarayonida bir xalqning madaniyatiga xos so`zlarni boshqa bir tilga va boshqa bir xalq madaniyatiga moslashtirib tarjima qilish, unga muqobil variant topish va adekvatlikka erishish bu qiyin masalalardan biri hisoblanadi. Undan tashqari, lingvokultrologik terminlar va jumlalarni tarjima qilishda muqobili bo`lmagan holatlarda ularga izoh berish va transliteratsiya usulidan foydalanish tavsiya etiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Tarjima nazariyasi: Oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo`llanma, /I.G‘ofurov, O.Mo‘minov, N.Qambarov. - Toshkent: Tafakkur-Bo‘stoni, 2012-yil.
2. G`afur G`ulom “Shum bola” asari
3. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Yaktak
4. https://fayllar.org/lingvomadaniyat--lingvokulturaningadabiyotshunoslikda-tutgan.html
5. “Tarjimashunoslik” o`quv qo`llanmasi.
6. http://search.rsl.ru/ru/record/01006099935
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.