ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

Toyloq shevasida qo‘llaniladigan etnografizmlar xususida

Annotatsiya

Ushbu maqolada o‘zbek tili Toyloq shevasida qo‘llaniluvchi nisbatan faol etnografizmlar hamda ularning adabiy til bilan munosabati va areal jihatdan o‘ziga xos ayrim xususiyatlari haqida  so‘z boradi.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

Toyloq shevasida qo‘llaniladigan etnografizmlar xususida

Jalilova Muxlisa Sharof Rashidov nomidagi

Samarqand davlat universiteti talabasi

Telefon: +998990246678

jalilovamuhlisa23@gmail.com

Annotatsiya

Ushbu maqolada o‘zbek tili Toyloq shevasida qo‘llaniluvchi nisbatan faol etnografizmlar hamda ularning adabiy til bilan munosabati va areal jihatdan o‘ziga xos ayrim xususiyatlari haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar: etnografizm, faol, lug‘at tarkibi, dialekt, sheva, bilingvizm, ikki tillilik sharoiti, leksika, semantika, dialektal leksika, areal leksika, marosim leksikasi, leksikaning sohalarda qo‘llanilishi.

O‘zbek tili asrlar osha shakllanib, taraqqiy etib keldi. Ajdodlarimiz zakovati tufayli tilimizning noyob javohirlardan iborat so‘z xazinasiga yangi so‘zlar qo‘shilib, uning nafosati va imkoniyatlarini beqiyos darajada oshirdi. Tilimiz juda go‘zal til. Bu go‘zallikni nafaqat adabiy tilimizda, balki shevalarda ham yaqqol ko‘ra olamiz. Qadim xalqimizning turmush sharoiti, o‘y-xayollari-yu fikrlari, orzu maqsadlari, uning dunyoqarashini biz avvalo, shevalarimizdan ilg‘ashimiz mumkin. Nega deganda, uzoq o‘tmishdan sas beruvchi yodgorlik ham shevalarimizdir desam, ayni haqiqatni aytgan bo‘laman. Shu o‘rinda, olima Nigora Murodovaning quyidagi fikrlari yuqoridagi fikarlarimizning mantiqiy davomi bo‘ladi: “O‘zbek tilining bunday boy va betakror o‘ziga xosliklarini, mo‘jizalar yarata oladigan, qudratini oshiradigan lisoniy manbalarini aniqlash, ularni avaylab asrash lozim. Shu bois ham shevalarni o‘rganish – xalq tili, tarixi, etnik-madaniy hayotini tadqiq etish uchun qimmatli materiallar beradi. Sababi jonli xalq shevalari adabiy tilning yozma yodgorliklariga nisbatan qadimiy manbadir. Shuning uchun ham shevalarni o‘rganish ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir.” [4.6]

Qarluq lahjasi Toyloq tumani shevasi qаtlаmining rаng-bаrаngligidа nаmoyon boʻlаdi. Bu esа mаzkur hududdа аholi nutqidа uchrаydigаn so‘zlаrni o‘zbek аdаbiy tilidаgi vа boshqа shevаlаrdagi lugʻаviy birliklаr bilаn qiyoslаsh, ulаrning o‘xshаsh vа fаrqli jihаtlаrini аniqlаsh shevаlаrning bugungi holаtini baholash imkonini berаdi. O‘zbek tilining Toyloq shevasida qo‘llaniladigan so‘zlarning leksik-sematik xususiyatlari juda xilma-xildir. Ikki tilning aralashuvi natijasida yuzaga kelgan ayrim so‘zlar semantik jihatdan ko‘proq etnografizmlarda o‘z aksini topgan. Sababi, tojik millatiga mansub xalq vakillari bilan doimiy aloqa aralashuv hamda quda-andachilik munosabatlari etnolingvistikada umumiylik kasb etgan.

Etnografizmlar. Bu guruhgа mаhаlliy-milliy urf-оdаt, diniy, madaniy to‘y mаrоsim vа mоtаm nоmlаri kirаdi. Iqоn shеvаsi bundаy so‘zlаrgа judа bоy. Shuningdеk, оlqish, qаrg‘ish mа’nоlаrini ifоdа qiluvchi so‘zlаrni hаm etnоgrаfik lеksikаgа kiritish mumkin, chunki ulаrdа hаm хаlqning o‘zigа хоs ruhiyati, e’tiqоd vа nаfrаti o‘z ifоdаsini tоpgаn.

Gävräbännān – O‘zbek xalq shevalar lug‘atida bu so‘zga quyidagicha ta’rif berilgan: (Qashqadaryo) chaqaloqni beshikka solish marosimi. [3.63] Haqiqatan ham, chaqaloq tug‘ilganidan ko‘p o‘tmay Yoshi ulug‘ insonlar tomonidan beshikka

solish marosimi o‘tkaziladi. Bizni sheva bilan aytganda, beshikka belanadi. Misol uchun, Gävräbännāngä kő:p kämpirlä: kegän.

Hӓlbā (sochaloq) sāčӓr – bu marosim chaqaloqni beshikka solish marosimi bilan birgalikda o‘tkaziladi. Sochaloq marosimi ham deyiladi. Ya’ni bunda chaqaloqning onasi yoki buvisi tomonidan kichik bolalarga holva, turli-xil shirinliklar ulashiladi yoki bolalarning ustidan sochiladi. Kim ko‘proq tersa o‘shanga pul ham berishadi. So‘z (soch+a+loq.) -Loq bu yerda kichraytirish ma’nosida kelib, marosimga yaqin ma’no berishga xizmat qilgan. Misol, Sochaloqqa buncha ko‘p bachala kelipti.

Xayāshi – (xay- ha (undov so‘z) + osh) unashtiruv marosimiga nisbatan qo‘llaniladigan atama. Bu so‘zni o‘zbek xalq shevalar lug‘atidan ham, izohli lug‘atdan ham topmadik. Qiz tomonidan yigit tomonga rozilik berilgandan so‘ng o‘tkazilinadigan marosim. Ya’ni “ha” so‘zi shevamizda “xay” so‘zi bilan ifodalangani uchun ham bu so‘z yasalgan. Masalan, Qizimni xayoshisini o‘tkaziv olluk bir balo qilib.

Rőbinān - (fors-toj. ro‘y-yuz, bin-ko‘rmoq+on qo‘shimcha) yuz ochar marosimiga nisbatan ishlatiladi. Mazkur so‘z ham shevalar lug‘atidan joy olmagan. Bu so‘zning adabiy tildagi muqobili qilib, kelin salom marosimini olishimiz mumkin. Yangi kelinning yuz ochishi uchun uning yaqinlari tomonidan sovg‘a-salom beriladi. Shundan so‘ng kelin yuzini ochib, yaqinlariga salom beradi. Misol, Man rőbinānni uygamas, restoranga qlishim kerak.

Libāspőshān – (fors-toj. libos-kiyim, po‘shidan-kiymoq”) - kuyovga kiyim kiygizish marosimi shunday atama bilan ataladi. Bu so‘z ham etnik jihatdan faqat biz tomonda ishlatiladi. So‘z izohli lug‘atda ham, shevalar lug‘atida ham berilmagan. Kelin tomonidan kuyovga chopon va shunga o‘xshash liboslar kiygiziladi. Odatda, bu marosim faqat erkaklar tomonidan to‘ydan biroz avval o‘tkaziladi. Misol, libāspőshānga apangni qaynotasiniyam ayt, balam.

Kärdä – (fors-toj. kardan-qilmoq) kelinning uyiga kuyov tomonidan vakillar borib, to‘y qanday o‘tkazilishi, qachon va qayerda o‘tkazilishi, bundan tashqari, to‘y xarajatlarining miqdorini aniqlash uchun maslahatlashishadi. Bu marosim ham ikki tomonning hurmatga loyiq, kayvoni erkaklari tomonidan amalga oshiriladi. Fikrimcha, bu marosim boshqa joylarda sut puli, qalin puli deyiladi. Misol, kärdäga kegan erkaklani yarmini tanimadim, kimligini keyin aytti billim.

Mustaqillikning keyingi davrlarida oʻzbek shevalarining oʻrganilishiga davlat ahamiyati sifatida alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada muayyan ishlar amalga oshirildi, oʻzbek shevashunosligida shu kunga qadar oʻrganilmagan shevalar tadqiqot obyekti sifatida oʻrganildi, shevashunoslikning lingvistik geografiya sohasida jiddiy tadqiqotlar olib borildi. Va amalga oshiriladigan ishlar hamda vazifalar ko‘p. Shevalarni qacha o‘rgansak, biz nafaqat tilni balki tarixni ham qayta o‘rgangan, uning ochilmagan sahifalarini ham ochgan bo‘lamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ashirboyev S. O‘zbek dialektologiyasi. – Toshkent, 2016. – 176 b.

2. Reshetov V.V., Shoabdurahmonov Sh. O‘zbek dialektologiyasi. –Toshkent, 1978.

3. O‘zbek xalq shevalari lug‘ati. – Toshkent, 1972.

4. Xidraliyeva Z. O‘zbek tili Iqon shevasi. Avtoreferat. – Toshkent, 2023.

5. Islamova D., Jalilova M. Some comments on Uzbek folk proverbs. Asian Journal of Multideminsional Research Journal. Volume: 10, Issue: 5. – India, May 2021. – P.410-414. (Impact factor: SJIF 7.69.) DOI: 10.5958/2278-4853.2021.00424.9 icle=061

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.