ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

TURKISTON O‘LKASIDAGI XORIJIY FUQAROLAR FAOLIYATI TARIXIDAN (XIX ASR OXIRI VA XX ASR BOSHLARIDA)

Annotatsiya

Maqolada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida rivojlanishining iqtisodiy, ilmiy va madaniy faoliyati tarixiy manbalar asosida yoritiladi. Ularning joylaridagi ta’siri, tahlillari va jamiyat bilan aloqalari yordami


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

TARIXIDAN (XIX ASR OXIRI VA XX ASR BOSHLARIDA)

Raximov Bektosh Elmurodovich

Samarqand davlat universiteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari

bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya. Maqolada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida rivojlanishining iqtisodiy, ilmiy va madaniy faoliyati tarixiy manbalar asosida yoritiladi. Ularning joylaridagi ta’siri, tahlillari va jamiyat bilan aloqalari yordami.

Kalit so‘zlar: Turkiston, xavfsizlik, tarix, faoliyat, XIX–XX asrlar, tasir, aloqalar.

Аннотация. Статья посвящена деятельности иностранных граждан в Туркестанском крае в конце XIX — начале XX века. На основе исторических источников рассматриваются формы их экономической, научной и культурной активности, а также влияние на местное сообщество. Анализируется характер их взаимодействия с населением региона.

Ключевые слова: Туркестан, иностранцы, история, деятельность, XIX– XX века, влияние, контакты.

Abstract. The article examines the activities of foreign citizens in the Turkestan region in the late 19th and early 20th centuries. Based on historical sources, it explores their economic, scientific, and cultural roles, as well as their impact on and interactions with local communities.

Key words: Turkestan, foreigners, history, activity, 19th–20th centuries, influence, interaction.

O‘zbekistonning Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davridagi tarixi haqida so‘z ketganda, o‘lkada sanoat korxonalarining yuzaga kelishi, ularning faoliyat sohalari va mintaqadagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda tutgan o‘rni borasida to‘xtalmaslikning iloji yo‘q. Ayniqsa, ushbu davrdagi xorijiy firmalar va fuqarolarning faoliyatini o‘rganish alohida ahamiyat kasb etadi. XIX asrning ikkinchi yarmida rus harbiylari bilan birgalikda Turkiston o‘lkasiga xorijlik savdogarlar, sanoatchilar va tadbirkorlar kirib kela boshladi. Bu savdo va sanoat korchalonlarining Turkistonga kelishdan asosiy maqsadi mahalliy sanoat rivojlanishiga hissa qo‘shish emas, balki o‘lkani talash, arzon ish kuchi va xom ashyodan foydalanib juda katta boyliklarga ega bo‘lish edi.

1867 yili Turkiston General-gubernatorligi tashkil etilgandan keyin general K. P. Kaufman rus va chet el sanoatchilari uchun qulay sharoit yaratib berishga harakat qildi. U o‘lkaga kelgan savdogarlar, sanoatchilar, tadbirkorlar va ish yurituvchilarni har jihatdan qo‘llab-quvvatladi. Ko‘rilgan tadbirlar natijasida Yevropa tipidagi dastlabki korxonalar Toshkentda ish boshladi. 1867 yili (Muhandis-texnolog N.V.Ulyanov, D.Kasyanov, I.Yablonskiy, N.P.Pisarevskiy, O.I.Plavitskiylardan iborat shirkat tomonidan) Yevropa tipidagi birinchi suv tegirmoni qurildi1. Turkistonga kelgan ishbilarmonlar bir soha bilan cheklanib qolmasdan, boylik orttirish maqsadida sanoat ishlab chiqarishining bir necha tarmoqdariga qo‘l urishgan. Masalan, o‘lkaga birinchilardan bo‘lib kelgan rus sanoatchisi I.I.Pervushin 1871 yili Toshkentda aroq va vino zavodidan tashqari, pillachilik fabrikasini ham qurdi2. 1868 yili I.Pervushin, Mixaylov va fransuz Gurdelarning ipak o‘rash fabrikalari ishga tushirildi3.

Chorvaning go‘shtidan tortib, terisi, juni, hatgo ichak-chavogagacha talab katta bo‘lgan. 1868 yili o‘lkaga kelgan G.F.Shota ismli nemis ishbilarmoni Toshkentda kolbasa ishlab chiqarishga kirishdi. 1883 yili chet el shirkatlarining vakili sifatida kelgan G.Dyurshmidt ichak sotib olish bilan shug‘ullandi. U Samarqandda ichak zavodi ham qurdi. 1888 yildan boshlab uning shirkati o‘lkada o‘z faoliyatini keng miqyosda amalga oshirdi va qisqa vaqt ichida millionchi boyga aylanadi. Chorva go‘shti avvaliga tuzlangan holda Moskva, Vladivostok, Sibirga olib ketilgan, biroq keyinchalik salqinlashtirilgan vagonlarda yangi qo‘y go‘shtini olib ketish yo‘lga qo‘yilgan4. Ichakchovoq tozalash zavodlarining kengayishi ham bevosita Yevropa sanoati talabidan kelib chiqqan edi. Tuzlangan, sifatli qo‘y ichaklari turli xil kolbasalar ishlab chiqarishda nihoyatda qimmatli xom ashyo hisoblangan. Bu yerdan yuborilgan qo‘y ichaklari Rossiya, Yevropa mamlakatlari bozorlarida sotilgan. Yevropaliklar undan musiqa asboblariga tor yasashda foydalanishgan.Bundan tashqari savdo va tadbirkorlik maqsadida Samarqandga Polьsha, Frantsiya, Angliya, Avstriya va boshqa mamlakatlar vakillarining ham tadbirkorlik maqsadidagi tashriflari kuchaydi. Masalan, Samarqand shahrida Avstriya fuqarosi Dulo va Polshalik Levinskiylar o‘zlarining galanteriya va kiyim-kechak magazinlariga ega bo‘lganlar5 1 Мустабид тузумнинг Ўзбекистонда миллий бойликларини талаш сиёсати: тарих шоҳидлиги ва сабоқлари (1865-1990 йиллар).Тошкент: Шарқ. 2000. – 106 бет 2 Мустабид тузумнинг Ўзбекистонда миллий бойликларини талаш сиёсати: тарих шоҳидлиги ва сабоқлари (1865-1990 йиллар).Тошкент: Шарқ. 2000. – 107 бет 3 Мустабид тузумнинг Ўзбекистонда миллий бойликларини талаш сиёсати: тарих шоҳидлиги ва сабоқлари (1865-1990 йиллар).Тошкент: Шарқ. 2000. – 106 бет 4 Мустабид тузумнинг Ўзбекистонда миллий бойликларини талаш сиёсати: тарих шоҳидлиги ва сабоқлари (1865-1990 йиллар).Тошкент: Шарқ. 2000. – 145 бет 5 Пиримқулов Ш.Д XIX аср охири ва ХХ аср бошларида Самарқанддаги хорижий тадбиркорлар фаолияти

Nemis tadbirkorlarini Turkiston foydali qazilmalari hamda shifobaxsh o‘simliklari juda qiziqtirgan. Ushbu tadbirkorlar ularni sotib olib, Germaniyaga jo‘natganlar. Nemis farmatsevt tadbirkorlarining ichida eng mashhuri Dragendorf bo‘lgan. Foydali qazilmalar ichida ozokerit (tog‘ tabiiy mumi) ga talab katta bo‘lgan. U nemis firmalari tomonidan sotib olinib, Boku va Botumi orqali Germaniyaga yuborilgan. 1912 yilda ozokerit qazib olish bilan faqat bitta Lyuborad firmasi shug‘ullangan. 1913-1914 yillarda Lyuborad bilan birga Feysflog, Baxshi-Baxshiyev firmalari ham ozokerit qazib olishgan6.

Kaspiyorti viloyatidagi Cheleken oroli nafaqat tuz zaxiralariga, balki nafta konlariga ham boy bo‘lgan. Ushbu ma'lumotlar konlar mahalliy aholiga azaldan ma'lum bo‘lib naftani qazib olish bo‘yicha ular o‘zlarining qadimiy texnologiyalariga ega ekanligi va bu sohada katta mahorat sohibi bo‘lganligidan dalolat beradi. Nafta quduqlaridan tashqari nafta ko‘llari va nafta buloqlari ham bo‘lgan. Bunday hududlarningaksariyati 20-30 yilga xorijliklarga ijaraga berib yuborilgan. Masalan, hududdagi xorijiy tadbirkorlar haqida muallif shunday yozadi: “...Aka-uka Nobellar jamiyati shunday hududlardan 8 tasini ijaraga olgan. 3 quduq texnika yordamida va 164 tasi qo‘l kuchi bilan qazilmoqda. Palashkovski 30 tacha hududga ega bo‘lib 16 qazish mashinalarini ishga solgan va ushbu hududda Petroleum fabrikasini ham qurib olgan. Qazib olingan nafta Fors davlatiga yuborilgan: 1891 yilda 966 420 kg., 1892 yilda 160 524 kg.,1893 yilda 187 710 kg. Nobel jamiyati 1893 yil jami 1924 650 kg nafta qazib olgan...”7

O‘lkada ko‘plab chet el firmalari faoliyat yuritgan. Germaniya va AvstroVengriya fuqarolari bo‘lmish savdo va sanoat firmalarining egalari (Gergard va Gey, aka-uka Kraftlar, aka-uka Knoplar, Lui Zalma, aka-uka Shlossberg va h.k.) soxta savdolar, rus familiyali shaxslarni, rus fuqarolarni aktsiyadorlar tarkibiga kiritish, o‘z korxonalarini qayta nomlash kabi choralar yordamida o‘z mol-mulklarini qisman yoki to‘liq sekvestr qo‘yilishidan saqlab qoladilar va daromad olishda davom etganlar. Misol uchun, 1915 yil may oyida «Aka-uka Knoplar» savdo uyi «Volokno» («Tola») jamiyatiga qayta nomlagan, «Gergard va Gey» firmasi - «Russkoye transportnoye obщestvo» («Rus transport jamiyati»), 1917 yildan boshlab harbiy kiyimlar tikuvchi материаллари Тошкент— Самарқанд Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси «Фан» нашриёти 2007 382 6 Обзор Закаспийской области за 1912-1913-1914.-Асхабад. 1916 -С.88 7 Krahmer G. Russen in Mittelasien. (Reprint der Ausgabe Leipzig. 1897)- Muenster; Hamburg: Lit. 1994, S. 136. «Lui Zalьma» fabrikasining egasi, deb Petr Vaxrushev e'lon qilingan8.

Manbalarda tadbirkorlik maqsadida viloyatga kelib hayoti fojiaviy yakun topgan nemislar haqida ham ma'lumotlar uchraydi. Kaspiyortiga kelgan Gustav Gustavovich Granberg Ashxabod shahri go‘sht ta'minotini yaxshilash maqsadida 1905 yilda hukumatdan besh yilga o‘z tadbirkorligi uchun ruxsatnoma va imtiyozlar olishga muvaffaq bo‘lgan. Ashxabodda katta go‘sht do‘koni, shahar tashqarisida unga Kurtsu degan joydan dehqonchilik va qoramol ko‘paytirish uchun bepul yer maydoni berilgan. Granberg shijoat bilan o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ya boshlagan. Ijobiy natijalarga erishilsa, hokimiyat unga imtiyozlarni besh yildan keyin ham uzaytirishga va'da bergan. Qisqa fursatlarda u ferma, suv hovuzlari, Kurtsudan toqqa olib boradigan yo‘l qurdirgan. Uchta quduq qazdirgan. Ashxabod aholisiga do‘konidan sifatli go‘shtni davlat tomonidan belgilangan tarifda yetkazib bergan. Biroq ushbu muvaffaqiyatli tadbirkor 1906 yilda o‘ldirilgan. Ushbu holat Turkistonning iqtisodiy rivojlanishida xorijiy tadbirkorlar faoliyatining naqadar katta ahamiyatga ega bo‘lishini yaqqol ko‘rsatadi. Ashxabod shahri o‘sha paytda imperiya manfaatlariga xizmat qilgan yirik siyosiy va harbiy markaz bo‘lgan.

Turkistonda xorijiy fuqarolarning yangi guruhi-harbiy asirlar va qochoqlar paydo bo‘ldi. 1917 yil fevralida o‘lkada 200 mingdan ziyod harbiy asirlar bor edi 9. Ularni moddiy jihatdan ta'minlash tub aholining zimmasiga tushgandi. 1915 yilda Kaspiyorti viloyatining Marv va Ashxabod shaharlariga ko‘plab Avstro-Vengriya harbiy asirlari joylashtirilgan.

Kaspiyorti viloyatida o‘sha davrda faoliyat yurgizgan xorijiy tadbirkorlar paxtachilik sohasi bilan shug‘ullanishgan. Jumladan, o‘lkadagi banklar bilan keng aloqalari yordamida katta miqdorda paxta sotib olish bilan shug‘ullangan «Aka-uka N. va A.Ter-Mikrtichevlar», «Fors shirkati», «S.X.Kevorkovlar», «B. Arzumanov»10, « Vadyaevlar savdo uyi »11, Ashxabod va Marv shaharlarida faoliyat yurgizgan Germaniyaning «Gerxard va Gey Aktsionerlik jamiyati» kabi paxta firmalari yaxshi foyda ko‘rgan.

Turkiston qishloq xo‘jaligi jamiyati 1911 va 1914 yillarda AQShda bo‘lib o‘tgan xalqaro dehqonchilik kongresslarida qatnashgan. Hujjatlardagi Qishloq xo‘jaligi jamiyatining Butun jahon ko‘rgazmalasida qatnashgani aks etgan ma'lumotlar ham jamiyat mavqeini oshiradi. Hujjatlarda Qo‘qonda faoliyat yuritgan tadbirkor Neymark 8 Матвеев А. М. Зарубежные выходцы в Туркестане на путях к Великому Октябрю.... – С. 36. 9 Ғаффоров Ш.С. Тарих ва тақдир: Россия империясидан Туркистонга кўчирилганлар. – Тошкент, 2006. – Б. 135. 10 ЎзМА, Ф-И-3, 461-иш,115-варақ. 11 ЎзМА, Ф- И, 461-иш , 30-варақ ва унинг орқаси, Ф.- И, 1496-иш, 31- варақ ва унинг орқаси. tomonidan Amerikadan yangi paxta urug‘ini olib kelish jarayoni aks etgan12

XIX asr oxiri vaXX asr boshlarida Samarqand shahriga xorijiy Sharq va G‘arb mamlakatlari tadbirkorlari oqib kela boshladilar. 1893 yilda Turkiston generalgubernatorining ruxsati bilan Samarqandga katta guruh-italiyaliklar, greklar va nemislar keldi. Turkiston general-gubernatorligi tomonidan xorijiy tadbirkorlarga Rossiya sanoat korxonalari ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zavod va fabrikalar ochishga, savdo shahobchalari tashkil qilishga ruxsat berildi. Kelgan italiyaliklar toshtaroshlik ishlari bilan shug‘ullanganlar. Italiyalik toshtaroshlardan Nikolo Kardini va Jovani De Tonilar o‘zlarining toshtaroshlik sexini tashkil etganlar. Greklar makaron ishlab chiqarish bilan shug‘ullanganlar. Grek mutaxassislaridan Grigoriy Kapo makaron ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zining yuqori malakaga ega ekanligini ko‘rsatdi. Nemislar esa asosan paxta sanoati bilan shug‘ullandilar. Prussiya fuqarolaridan Minder va Yugovichlar Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlarida paxta tozalash zavodi qurdilar. Xorijiy tadbirkorlar o‘z zavod, fabrikalari, ishlab chiqarish korxonalari va savdo shahobchalari uchun xizmatchi xodimlarni ham o‘z vatan-laridan chaqirib kelishgan. Masalan, XIX asr oxirida bir guruh avstriyalik va saksoniyalik nemislar Samarqand shahridagi Otto Vogau pivo zavodiga mutaxassis sifatida taklif qilinganlar13

XIX asr oxiri vaXX asr boshlarida kirib kelgan xorijiy tadbirkorlar va savdogarlarning bir qismi keyinchalik Turkiston general-gubernatorligining viloyatlarida muqim o‘rnashib qoldilar. Turkiston o‘lkasining ko‘p millatli mintaqa sifatida shakllanishida xorijiy fuqarolar vakillarining ham o‘rni bor. Xorijiy tadbirkorlar avlodlarining taqdiri kelgusida mintaqamiz tarixi bilan chambarchas bog‘lanib ketdi. 12 Азизбек Назаров, Туркистон қишлоқ хўжалиги жамияти фаолияти тарихидан// (ЎзМА И-103 фонди асосида)//Ўтмишга назар журнали, 2021йил 2 сон 4 жилд 44 бет 13 Пиримқулов Ш.Д XIX аср охири ва ХХ аср бошларида Самарқанддаги хорижий тадбиркорлар фаолияти материаллари Тошкент— Самарқанд Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси «Фан» нашриёти 2007 383

Adabiyotlar ro‘yxati:

1. Азизбек Назаров, Туркистон қишлоқ хўжалиги жамияти фаолияти тарихидан// (ЎзМА И-103 фонди асосида)//Ўтмишга назар журнали, 2021йил 2 сон 4 жилд 44 бет

2. Вексельман М.И. Российский монополистический и иностранный капитал в Средней Азии (конецXIX- началоXXв.). –Ташкент: Фан, 1987.–С. 76- 79. – С. 91-92.

3. Krahmer G. Russen in Mittelasien. (Reprint der Ausgabe Leipzig. 1897)- Muenster; Hamburg: Lit. 1994, S. 136.

4. Матвеев А. М. Зарубежные выходцы в Туркестане на путях к Великому Октябрю. Ташкент: Фан, 1977. – С. 36.

5. Мустабид тузумнинг Ўзбекистонда миллий бойликларини талаш сиёсати: тарих шоҳидлиги ва сабоқлари (1865-1990 йиллар).Т.; “Шарқ”, 2000. . – 106, 107, 145-149 бетлар.

6. Обзор Закаспийской области за 1912-1913-1914.-Асхабад. 1916 -С.88

7. Пиримқулов Ш.Д XIX аср охири ва ХХ аср бошларида Самарқанддаги хорижий тадбиркорлар фаолияти тарихидан// Самарқанд шаҳрининг2750 йиллик юбилейига бағишланган халқаро илмий симпозиум материаллари Тошкент - Самарқанд Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси «Фан» нашриёти 2007.– 382,383 бет

8. ЎзМА, Ф-И-3, 461-иш,115-варақ.

9. ЎзМА, Ф- И, 461-иш , 30-варақ ва унинг орқаси, Ф.- И, 1496-иш, 31- варақ ва унинг орқаси.

10. Ғаффоров Ш.С. Тарих ва тақдир: Россия империясидан Туркистонга кўчирилганлар. – Тошкент, 2006. – Б. 135.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.