--⊱⊱ 69 ⊰⊰--
TAYYORLASHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI
F.J.Roʻziyev
MTTDMQTMOI, Ilmiy pedagogik
faoliyatni muvofiqlashtirish boʻlimi
boshligʻi, p.f.f.d (PhD)
Annotatsiya: Ushbu maqolada boʻlajak tarbiyachilarning oʻz-oʻzini rivojlantirish uchun kasbiy kompetentligini shakllantirishda xalqaro tajribalarni oʻrganish natijalariga koʻra taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi asosida boʻlajak tarbiyachilarni tayyorlashning didaktik imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan.
Kalit soʻzlar: Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi,taʼlim dasturlari, boʻlajak tarbiyachi, taʼlim natijalari (Learning Outcomes), mehnat bozori, taʼlim sifati,mexanizmlar.
Аннотaция: В статье рассматриваются дидактические возможности подготовки будущих педагогов на основе международного стандартного классификатора образования, основанные на результатах изучения зарубежного опыта формирования профессиональной компетентности для саморазвития будущих педагогов.
Ключевые слова: Международная стандартная классификatsiя образования, учебные программы, будущие педагоги, результаты обучения, рынок труда, качество образования, механизмы.
Abstract: The article examines the didactic possibilities of training future teachers based on the international standard classifier of education, based on the results of studying foreign experience in the formation of professional competence for self-development of future teachers.
Keywords: International Standard Classification of Education, curricula, future teachers, learning outcomes, labor market, education quality, mechanisms.
Mamlakatimizda mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi darajalarini hisobga olgan holda ish beruvchi tashkilotlar talablarining taʼlim dasturlari mazmuni bilan oʻzaro bogʻliqligini kuchaytirish ustivor vazifa sifatida qaralmoqda. Oliy taʼlim mazmuni sifat va samaradorlikni taʼminlashning pedagogik nazariyalari nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda yetakchi tadqiqot institutlari va xalqaro taʼlim tizimini joriy qilish markazlari tomonidan chuqur tadqiq qilinmoqda. Bugungi kunda xalqaro va ichki mehnat bozori talablari, integratsion jarayonlarning jadallashuvi, raqamlashtirish, sanoatdagi texnologik jadallashish zamon talablariga mos koʻnikma va malakalarga ega mutaxassislarni tayyorlashni talab qiladi. Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichiga mos keluvchi taʼlim dasturlarini yaratish jarayonida “Taʼlim natijalari” (Learning outcomes) ga tayangan holda boʻlishi maqsadga muvofiq, chunki mehnat bozori sharoitida boʻlajak tarbiyachilarni baholashdagi asosiy mezon ularning kasbiy kompetentligi boʻlib, ularning raqobatbardoshligi va professional mobilligi aynan shunga bogʻliqdir. Rivojlangan mamlakatlarda oliy taʼlim standartlarining talablari taʼlim mazmunining minimum talablarini emas, balki kompetensiyalar bilan ifodalangan talablarni asosiy taʼlim dasturlari taʼlim natijalari (Learning Outcomes)ning tarkibi (bilish, bajara olish, egallash) va qanday erishish kerakligini aniq tushunib olish talab etiladi.
--⊱⊱ 70 ⊰⊰--
Yevropaning bir qator mamlakatlarida olib borilgan qiyosiy tadqiqot natijalari taʼlim natijalari (Learning Outcomes) va oʻquv rejalari va oliy taʼlim sohasidagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq. “Taʼlim natijalari (Learning Outcomes) ” tushunchasi faqat taʼlim va tarbiya bilan cheklanib qolmasdan, uning milliy va Yevropadagi oliy taʼlim siyosatida hamda oʻquv dasturlari mazmunini modernizatsiya qilish boʻyicha ilmiy munozaralarda dolzarbligicha qolmoqda. Bunga koʻra, “Taʼlim natijalari (Learning Outcomes)” – “talab bilgan narsalar haqidagi bayonotlar, oʻquv jarayonini tugatgandan soʻng tushunadi va qila oladi” - bu asosiy jihat shaffoflikni qoʻllab-quvvatlaydigan taʼlim vositalarini turli darajalarda loyihalashtirish konsepsiyasi, taqqoslanuvchanlik, oʻtkazuvchanlik va malakalarning turli xilligini tan olishni nazarda tutadi.
Oʻzbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 15-maydagi “Oʻzbekiston respublikasida kasbiy malakalar,bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari” toʻgʻrisidagi 287-sonli qarori bilan quyidagilar belgilab berildi: Milliy malaka ramkasi, kasbiy malakalar, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimi toʻgʻrisidagi nizom, kasbiy malakalarni rivojlantirish respublika kengashi toʻgʻrisidagi nizom,kasbiy bilim hamda koʻnikmalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari haqidagi nizom,tarmoqlar malaka ramkalarini shakllantirish va amaliyotga joriy etish boʻyicha uslubiy tavsiyalar,kasb standartlarini shakllantirish va amaliyotga joriy etish boʻyicha uslubiy tavsiyalar, kompetensiyalarni baholash boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar registri,kasb standartlari milliy registri,tasdiqlangan malakaga ega shaxslar milliy reestri kabilar. Shu nuqtai nazardan, mehnat bozoridagi oʻzgarishlar oliy taʼlim tizimi mazmunida talabalarni bilim, koʻnikma va malakalar bilan qurollantirishi kerak. Ular birinchi navbatda hayotiy vaziyatlarga moslashishlari va muayyan kasbiy malakalarga ega boʻlishlari talab etiladi. Aynan shunday pedagogik prognostika natijasida oliy taʼlim tizimi mazmunini fan-texnika taraqqiyoti xalqaro va mehnat bozori talablari asosida belgilash muhim ahamiyatga ega. Bunda ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-shaxsiy, kasbiy-taʼlimiy ehtiyojlarni hisobga olish, iqtisodiyotning liberallashtirilishi va diversifikatsiya qilinishi, globallashuv, tashqi bozorga kirish, raqamlashtirish, sanoatlashuv jarayonlarining shiddati har bir soha uchun raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashni, mehnat munosabatlarining bozor iqtisodiyoti qonunlariga moslashtirilishi, migratsiya va tashqi mehnat bozorlarining ochilishi, talabalarda kelajak koʻnikmalar deb nomlanayotgan tanqidiy fikrlash, kreativlik va jamoada ishlash kabi kasbiy malakalarni shakllantirish lozim.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xalqaro tajribalarni oʻrganish natijalariga koʻra xalqaro standartlar asosida boʻlajak tarbiyachilarni tayyorlashning didaktik imkoniyatlari quyidagilardan iborat:
-taʼlim tizimining uzluksizligi va uzviyligini taʼminlash maqsadida turli bosqichlarda oʻqitiladigan va oʻrganiladigan bilim va koʻnikmalar ketma-ketligini aniqlashtirish;
-“Hayot davomida taʼlim” strategiyasi doirasida boʻlajak tarbiyachilarning taʼlim traektoriyasini ongli va mustaqil tanlashga imkon yaratish;
-boʻlajak tarbiyachilarning tez oʻzgarib turadigan mehnat bozoriga moslashish qobiliyatini oshirish;
-boʻlajak tarbiyachilarning raqobatbardoshligini taʼminlash;
-boʻlajak tarbiyachilarning oʻz-oʻzini rivojlantirish uchun kasbiy motivatsiyasini shakllantirish, bu esa hayotda muvaffaqiyat qozonishiga imkon yaratadi;
-boʻlajak tarbiyachilarning mehnat bozori talablariga mos oʻzgaruvchanligini taʼminlash choralarini koʻrish;
-taʼlim sifatini taʼminlash mexanizmlarini xalqaro standartlarga moslashtirish;
--⊱⊱ 71 ⊰⊰--
-boʻlajak tarbiyachilarga ish beruvchilarga malaka va sifatni taʼminlash mexanizmlarini tavsiflashning barcha mezonlariga mos va tushunarli boʻlgan yagona formatini ishlab chiqish.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Оʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 28-apreldagi “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tоʼgʻrisida” PF-73-sonli farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 31. 12.2020 yildagi PQ-4939 sonli “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori.
3.С.Гафитулин. Модель перспективного образования. 2017г .
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.