ResearcherUz LogoResearcherUz

XALQARO TAJRIBALARDA ONALARNING BOLA RIVOJIGA TA’SIRINI O‘RGANILISHI

Annotatsiya

Ushbu maqolada xalqaro ilmiy tadqiqotlar asosida onalarning bola rivojlanish jarayoniga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda AQSh, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida olib borilgan izlanishlar onaning emotsional barqarorligi, tarbiya uslubi, psixologik salomatligi hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanish darajasi bola shaxsiyati shakllanishida hal qiluvchi omil ekanligini ko‘rsatmoqda. Maqolada ona va bola o‘rtasidagi emotsional bog‘lanish, erta yoshdagi rivojlanish, kognitiv hamda ijtimoiy ko‘nikmalarning shakllanishi masalalari qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, turli mamlakatlar tajribasi asosida samarali yondashuvlar umumlashtirilib, amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Bola rivojlanishi murakkab va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, biologik, psixologik va ijtimoiy omillar o‘zaro uyg‘un holda namoyon bo‘ladi. Ushbu jarayonda onaning roli alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki bola hayotining dastlabki yillarida aynan ona bilan shakllangan emotsional munosabat uning ruhiy barqarorligi, o‘ziga ishonchi va atrof-muhitga moslashuviga asos yaratadi. Xalqaro ilmiy adabiyotlarda ona shaxsining bola rivojiga ta’siri keng miqyosda o‘rganilgan. AQShda olib borilgan tadqiqotlar onaning ruhiy salomatligi va bola kognitiv ko‘rsatkichlari o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatgan. Yevropa mamlakatlarida esa oilaviy muhit barqarorligi va tarbiya strategiyalari bola ijtimoiy kompetensiyasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Osiyo davlatlarida o‘tkazilgan izlanishlarda esa madaniy qadriyatlar va onalik modeli bola xulq-atvoriga ta’sir etuvchi muhim omil sifatida baholanadi. Shu bois onalarning bola rivojiga ta’sirini xalqaro tajribalar asosida tahlil qilish zamonaviy psixologiya va pedagogika fanlari uchun dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.


This article examines the influence of mothers on child development based on international research findings. Recent studies conducted in the United States, Europe, and Asia demonstrate that maternal emotional stability, parenting style, psychological well-being, and social support play a crucial role in shaping a child’s personality. Particular attention is given to the emotional attachment between mother and child and its impact on cognitive and social development. Through a comparative analysis of global experiences, effective approaches are identified and practical recommendations are formulated. Child development is a complex and multidimensional process influenced by biological, psychological, and social factors. Within this framework, the mother’s role is especially significant. During early childhood, the emotional bond formed with the mother lays the foundation for psychological resilience, self-confidence, and social adaptation. Recent international research highlights a strong correlation between maternal mental health and a child’s cognitive and social outcomes. European studies emphasize the importance of parenting styles in shaping social competence, while research in Asian countries underlines the role of cultural values and maternal models. These findings underline the growing global relevance of examining maternal influence in a broader comparative context.

To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar