ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

“XIVA XONLIGINING ASOSIY SAVDO MARKAZLARI VA TASHQI SAVDO-TIJORAT ALOQALARI”

Annotatsiya

Maqolada, Xiva xonligi ichki savdo aloqalari va bozor munosabatlari hamda tashqi savdodagi tijorat aloqalari haqida maʼlumot beriladi. Xiva xonligidagi bozorlarning iqtisodiy, savdo-tijorat, ijtimoiy-ma’naviy oʻrni, ular bilan bogʻliq hunarmandchilik turlari yetarli darajada tadqiq etilgan. Shuningdek, Xorazm oʻlkasi qadimdan oʻzining obod shaharlari va gavjum bozorlari bilan turli xalqlarni oʻziga jalb etib kelgan hudud hisoblanadi.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

SAVDO-TIJORAT ALOQALARI”

Guliston davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Tarix yoʻnalishi 2-

bosqich talabasi

Yusupova Laylo

Annotatsiya: Maqolada, Xiva xonligi ichki savdo aloqalari va bozor munosabatlari hamda tashqi savdodagi tijorat aloqalari haqida maʼlumot beriladi. Xiva xonligidagi bozorlarning iqtisodiy, savdo-tijorat, ijtimoiy-ma’naviy oʻrni, ular bilan bogʻliq hunarmandchilik turlari yetarli darajada tadqiq etilgan. Shuningdek, Xorazm oʻlkasi qadimdan oʻzining obod shaharlari va gavjum bozorlari bilan turli xalqlarni oʻziga jalb etib kelgan hudud hisoblanadi.

Kalit soʻzlar: Yopiq bozor, Yangi Urganch, ichki bozor, M.Otajonov, Buxoro, Eron, savdo aloqalari.

Bilamizki, Xiva xonligida yirik ichki, tashqi va tranzit savdo markazlari sifatida Xiva, Xonqa, Xozarasp, Yangi Urganch, Gurlan kabi shaharlarni koʻrsatishimiz mumkin. Bu shaharlardagi bozorlar bir necha asrlik anʼanalar asosida rivojlanib kelgan. Oʻrta Osiyo xonliklarining har bir shahri uchun ma’lum bozor kunlari mavjud boʻlib, bu holat uchala xonlikdagi barcha bozorlar uchun xos ummumiy xususiyat hisoblangan. Xonlikdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayotning bir qancha oʻziga xos xususiyatlari bor. Bunda bozor munosabatlari alohida ahamiyatga molik. Jumladan, aholi ehtiyoji uchun zaruriy boʻlgan barcha turdagi tovarlar bozorda mavjudligi aytishimiz joiz. Xonlikda bojxona faoliyati ham yaxshi yoʻlga qoʻyilgan boʻlib uning vaziyafalari aniq belgilab qoʻyilgan. Manbalarga koʻra, Xiva xoni Muhammad Rahim I hukmronligi davri-da Xoʻja Mahram ismli saroy amaldori bojxona idorasi boshligʻi etibtayinlangan. Xivadagi Ichan-Qalʼa markazida 1839-yili Xoʻja Mahram rahbarli-gida bojxona ish boʻyicha mutaxassislarni tayyorlaydigan maxsus madrasa qurilgan. Ushbu madrasada bir vaqtning oʻzida 30 kishi taʼlim olgan. Xonlikdagi bozorlarga toʻxtaladigan boʻlsak, A.Abdurasulov turli manbalarga tayanib Xiva shahridagi Polvon darvozasi ichkarisida yopiq bozor joylashgan boʻlib, 1835 yilda Ollaqulixon tomonidan maxsus karvonsaroy qurilmasdan oldin ham bu yerda savdo rastalari joylashganligi va ular karvonsaroy vazifasini oʻtaganligi maʼlum qiladi.(1) 1646-yilda barpo etilgan Yangi Urganch shahri xonlikning muhim savdo markazi hisoblangan. Jumladan, “ Xolo Urganch ul mavzedir”- deb maʼlumot berilgan manbada. (2) Shaharning mavqeyi XVIII asrda yanada ortgan. 1753- yili Xiva xonligida boʻlgan rus savdogari D. Rukavkinning ta’kidlashicha, ham qirgʻiz-qaysoqlarga( qozoqlarga), ham Orenburg yaqin joylashganligi bois katta savdo asosan Urganch shahrida boʻlgan. M. Otajonovning esdaliklari orqali Xiva xonligida faoliyat yuritgan turli darajadagi savdogarlar va ularning qaysi davlatlar bilan savdo aloqalari olib borganliklari haqida maʼlumotga ega boʻlish mumkin. Jumladan muallif Ashxobod, Marv, Chorjoʻy, Buxoro va boshqa joylardan mollar olib kelib sotuvchi birinchi darajali savdogarlar, saroyda savdo qiluvchi ikkinchi darajali doʻkondorlar, har bir chorsilarda doʻkon ochgan uchinchi darajali, yoʻrgʻa otlarni minib uzoq bozorlarga boruvchi toʻrtinchi darajali, chorvachilik qiluvchi beshinchi darajali va har turli savdo ishlarini qiluvchi oltinchi darajali savdogarlar deb sanab oʻtilgan.(3) Shu tariqa bozor munosabatlari mustahkamlanib borgan. Ichki bozorning kuchli boʻlganligi bois, tashqi davlatlar bilan savdo munosabatlari ham ahamiyatga ega boʻlgan. Bunda, Buxoro, Eron, Orenburg bilan savdo-tijorat aloqalarini keltirishimiz mumkin Ayniqsa, u Rossiyaning Buxoro bilan savdo aloqalarida muhim o’rin egallagan. Xiva xonligi G’arb bilan Sharq o’rtasidagi savdoda faol qatnashgan. Xonlikning tashqi savdo aloqalaridagi keng ishtiroki uning hunarmandchilik taraqqiyoti bilan bog’liq. Xonlik poytaxti bo’lgan Xiva shahri hunarmandchiligi uzoq tarixiy ananalarga ega. O’rta asrlarda shahar hunarmandchiligi ixtisoslashtirilgan edi. Jumladan, Xivada gilam to’qish, yog’och o’ymakorligi, to’quvchilik va boshqa hunarmandchilik tarmoqlari mavjud bo’lgan. 1753-yil Xiva va Buxoroda bo’lgan rus savdogari D.Rukavkin paxta ekinining mo’lligi va hunarmandchilik korxonalari ochish uchun davlatning ma’lum tartib qoidalarining yo’qligini yozadi. Uning xabariga ko’ra, bu yerda hech qanday ruxsat olmasdan, xoxlagancha zavodlar, yani korxonalar ochish mumkin bo’lgan. Bu o’rinda albatta xivaliklarning xususiy korxonalarni ochishga davlat tomonidan to’siqning bo’lmaganligi etirof etiladi. XIX asrning 30-40-yillarida Xivada hunarmandchilik sohalarining eng muhimlaridan biri zargarlik hisoblangan. Zargarlar tilla buyumlar, taqinchoklar yasashda feruza, koral, marvarid, lal, zumrad, rangli shisha, sapfir kabi toshlardan ko’p foydalangan. XIX asrning ikkinchi yarmida saqlanib qolgan hunarmandlar va savdogarlar nomlari, Xiva bozorlarida tovarlar xilma-xilligi haqida tasavvur qilishga imkon beradi. Jumladan, pazachi-er haydash asboblari yasovchilar, xarrak-temirchilar, kuchanchi-buyincha yasovchi ustalar, misgar, zargar, 40 pichoqchi, qinchi, bo’yoqchi, choponfurush, telpakdo’z, konchi, kovushdo’z, tavoqchi, qulfgar, kiyizfurush, juvozchi, sholikor-sholitegirmonida ishlovchi, qassob, tuzchi, kallapozqo’y kallasi sotuvchilar, baliqchi, nonvoy, choy va tamaki sotuvchilar, baqqollar, yog’och furushlar, ko’mirchi, shamchi, sovunchi, sarrof, jarchi va boshqalar. Bozorlarda bazi hunarmandlarning do’konlari ham bo’lib, mahsulotni shu yerda ham tayyorlagan va ham sotgan. Demak, do’kon ham korxona, ham rasta vazifasini o’tagan. Masalan: temirchi, misgar, tunkachi, sandiqchi va boshqalar. Po’stindo’zlar, ipak mato to’quvchilar, etikchilar va boshqalar uylarida ishlaganlar, va bozor kunlari mahsulotni bozorga olib chiqib sotganlar. Xiva ananaviy metall buyumlar ishlab chikarish markazi bo’lib, XIX asrning o’rtalarida u yerda 38 misgar bo’lgan. Shunday qilib, Xorazmning hunarmandchiligi iqtisodiy hayotda muhim rol o’ynagan. Eng muhim badiiy buyumlar yasash ananalari Xorazm ustalaridan meros bo’lib kelgan. Mamlakatda hunarmandchilikning rivojlanishi bevosita iqtisodiy taraqqiyotga, ichki va tashqi savdo aloqalarining rivojlanishiga zamin yaratgan. Demak, serqirra hunarmandchilik tarmoqlarining mavjudligi Xivaning azaldan moddiy va ma’naviy madaniyat markazi bo’lib kelganligini, xivaliklarning boshqa davlatlar bilan iqtisodiy-savdo aloqalarini davom ettirib kelganligini XVI asrda ham kuzatish mumkin, degan xulosa qilishga imkoniyat beradi. Xiva xonligi XVI asrda Rossiya, Hindiston, Eron, Buxoro xonligi bilan savdo aloqalarida bo’lgan.Urganchlik savdogarlar Buxorodan viboyka, ip gazlama va rang-barang ipak matolari keltirishini, lekin, buxorolik savdogarlarning Xiva va Urganchga kam kelishini e’tirof etgan. Shu bilan birga I.Fedotov hindlar va balxliklar Xivaga kelishmaydi hamda Xivada hind omborlari ham yo’q, deb xabar beradi. Qizig’i shundaki, elchi Xiva bozorlarida sotilayotgan tovarlar narxini Astraxanda sotilish narxi bilan taqqoslab, bu tovarlarni Rossiyada sotishdan foyda chiqmaydi, deb hisoblagan. Oʻrta Osiyo savdo karvonlari, ularning tarkibida uzoq safarga chiqqan Xiva savdogarlari Eronning Kaspiy boʻyidagi savdo markazlari, jumladan Shemaxa bozorlariga paxta matolarini olib borganlar.

XIX asr oxirida esa xonlik iqtisodiyoti shu tariqa Rossiyadan olib kelinadigan mahsulotlar bilan rivoj topib, bozorlar savdogarlarning savdo-pul munosabatlarida asosiy vosita makoni edi.Ayniqsa, Qo’ng’irot, Ko’hna Urganch, Chimboy va Xo’jayli singari bekliklarda har kuni bozor uyushtirish huquqi xon tomonidan berilgan bo’lib, poytaxt Xivada esa haftada ikki kun—dushanba va juma kunlari bozor bo’lardi.Ana shu bozorlarni mahsulotlar bilan to’ldirishda esa Xorazmlik savdogarlar tinim bilishmagan. Ular endi oldingidek Orenburgga emas, Rossiyaning ichki shaharlariga ham bevosita o’zlari mahsulotlar olib borishgan.Masalan, 1880 yilning o’zida Xorazmlik savdogarlardan etti nafari 9900 pud paxta, 1210 pud chorvachilik mahsulotlari va 240 pud hunarmandlar yasagan turli buyumlarni olib borib sotishganlar.Ayniqsa, Xorazmlik savdogarlardan Xivalik og’a-ini Xudoyberganovlarning tashqi savdo aylanma pullari 270 ming, Polvonqoriniki esa 90 ming, Madrimovniki 54 ming rublni tashkil qilardi. Shuningdek, Yangi Urganchlik Polvon sag’irchining savdodagi aylanma puli miqdori 400 ming, Vaisboboniki 200 ming, Haji misgarniki 200 ming, Boboovulniki esa 100 ming, Muhammad Sharifniki bo’lsa 70 ming, Bobojon cho’loq laqabli savdogarniki 70 ming, Eshonqoraning savdodagi aylanma puli esa 50 ming rublni tashkil etardi. O’sha vaqtda bu pul miqdori katta hisoblangan.Aynan rus tilini bilganidan Moskva, Nijno’y Novgorod singari shaharlardan borib mahsulot keltiradigan Vais baqqol, og’a-ini Xudoyberganovlar, Polvonqora hamda Gavdonboylarning esa xonlikda obro’si g’oyat katta bo’lgan. Ushbu savdogarlar Rossiyadan movut, qimmatbaho choponlar uchun parchalar hamda chitlarni keltirishgan. Xivalik Polvonqora degan savdogarning bir o’zi esa har yili 15 ming rubllik parchani Rossiyadan olib kelardi.1880-85 yillarga kelganda bevosita Rossiyaga savdo qilib borgan savdogarlar soni tobora oshib bordi va 1890 yilda ular soni 30 tani tashkil etgan. Salimjonov, Odamov, Mustafoev va Ibragimov singari Yangi Urganch va Xivalik ayrim savdogarlar, hattoki Rossiya fuqaroligiga ham o’tishgan, ular Nijno’y Novgorod, Moskva shaharlaridan uy sotib olib, mahsulotlarni karvonboshilar orqali yubortirib, tijoratni o’sha yoqda turganicha boshqarib ham turishgan.Rossiyaga borish uchun XIX asrda Xorazmlik savdogarlar Xiva—Ko’hna Urganch-Sariqamish— Ilonli-Qo’ng’irot va u erdan qoraqalpoq cho’llari hamda qozoq dashtlari bo’ylab Orenburggacha bir yarim oy ot, tuyalarda yo’l yurishgan. N.Muravyovning «Xiva xonligiga va Turkmaniyaga sayoxat» asarida yozilishicha, «Xiva xonligi ushbu yo’llardagi 15 joyda 500 navkarni karvonlarni qo’riqlash uchun ajratardi.Bundan tashqari Kavkazga borish, dengizga chiqadigan Xiva-Qo’ng’irot-O’likqo’ltiqMang’ishloq degan 450 km.lik, Xiva-Toshhovuz-Ashxabod bo’ylab 447 km.lik va Xiva-Ko’hna Urganch-Krasnovodsk bo’yicha esa 600 km.lik savdo yo’llari bo’lib, karvondagi savdogarlar o’zlari istagan, ko’nikkan va yo’ldagi aholi joylaridayam savdo qilib boradigan manzillar bor edi.XIX asr oxiri va XX asr boshlariga kelib Xorazmning savdosida karvon yo’llaridan ko’ra, Amudaryo orqali safarga chiqish ancha arzonga tushar, natijada bu borada suv yo’llari rivojlantirilgan.Bu paytda ayniqsa bevosita Rossiyadan kelgan va shu erda o’z firma, aktsionerlik jamiyatlarini ochayotgan savdogar hamda fabrikantlar ko’paya boshlashdi. Bu borada Ryazanov, Lyashin, Ananov, Kotin, Tretyakov, Malyutin singari millioner rus savdogarlari Xiva xonligida o’z firmalarini tashkil etganlar. Bunga asos sifatida 1874 yilda Moskva savdogarlarining «Savdo-sanoat» shirkati katta rol o’ynagandi.

Xulosa qilib aytganda, Xiva xonligi ichki bozorning mavjudligi va ularning tartibli yoʻlga qoʻyilganligi bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa, Xiva, Gurlan, Xonqa, Urganch, Kat, Xoʻjayli, Shoxobod kabi shaharlarda bozorlarning ish tartibi yaxshi yoʻlga qoʻyilganligini aytishimiz joiz. Xiva xonligi tashqi iqtisodiy va savdo-tijorat aloqalarini qoʻshni davlatlar bilan olib borganligi va ularning mahsulotlarni xonlikka olib kelib savdo qilganliklari haqida koʻplab manbalar guvohlik beradi

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.Allayeva N.A. Xiva xonligi diplomatiyasi (XVI-XIX asrlar). — Toshkent: Adabiyot uchqunlari, 2018. — 272 b.

2.Allayeva N.A. Xiva xonligi diplomatiyasi va savdo aloqalari (XVI-XIX asrlar) / Toʻldirilgan va qayta ishlangan nashr. — Toshkent: Akademnashr, 2019. 496 b

3. A. Abdurasulov “ Xiva tarixiy etnografik ocherklar” – Toshkent , 1997.- B.29,32

4.Allayeva N.A. Xiva — Eron oʻzaro aloqalarining etnomadaniy jarayonlarga taʼsiri (XVI — XIX asrlar)

5. https://uz.m.wikipedia.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.