ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

YANGI O‘ZBEKISTONDA MILLATLARARO MADANIYATNI YUKSALTIRISHNING AXLOQIY VA DINIY KO‘RINISHLARI

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekistonda millatlararo madaniyatni rivojlantirishning falsafiy mohiyati ochib berilgan. O‘zbekistonda millatlararo bag‘rikenglik madaniyatini rivojlantirishning axloqiy va diniy qadriyatlar bilan aloqadorligida hamda yurtimizda milliy maʼnaviy qadriyatlar asosida millatlararo madaniyatini rivojlantirish, u asosida tinchlik va barqarorlikni taʼminlashi tahlil qilingan.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

YUKSALTIRISHNING AXLOQIY VA DINIY KO‘RINISHLARI

Xoliqov Yunus Ortiqovich

Zarmed universiteti (Samarqand kampusi), “Ijtimoiy fanlar, pedagogika va

psixologiya” kafedrasi dotsenti falsafa fanlari doktori (DSc)

Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekistonda millatlararo madaniyatni rivojlantirishning falsafiy mohiyati ochib berilgan. O‘zbekistonda millatlararo bag‘rikenglik madaniyatini rivojlantirishning axloqiy va diniy qadriyatlar bilan aloqadorligida hamda yurtimizda milliy maʼnaviy qadriyatlar asosida millatlararo madaniyatini rivojlantirish, u asosida tinchlik va barqarorlikni taʼminlashi tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar: maʼnaviyat, urf-odatlar, axloq, milliy, qadriyat, dunyoqarash, bag‘rikenglik, madaniyat, maʼrifat, mentalitet, milliy qadriyat, urf-odat, millat, elat, ong, kuch-qudrat.

ЭТИЧЕСКИЕ И РЕЛИГИОЗНЫЕ АСПЕКТЫ ПРОДВИЖЕНИЯ

МЕЖДУНАРОДНОЙ КУЛЬТУРЫ В НОВОМ УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация. В данной статье раскрывается философская природа развития межэтнической культуры в Узбекистане. Взаимосвязь развития культуры межэтнической толерантности в Узбекистане с нравственными и религиозными ценностями и развитие межэтнической культуры на основе национальных духовных ценностей в нашей стране, обеспечение мира и стабильности на его основе были проанализированы.

Ключевые слова: духовность, традиции, нравственность, национальная, ценность, мировоззрение, толерантность, культура, просвещение, менталитет, национальная ценность, обычай, нация, народ, сознание, власть.

ETHICAL AND RELIGIOUS ASPECTS OF PROMOTING

INTERNATIONAL CULTURE IN THE NEW UZBEKISTAN

Annotation. This article reveals the philosophical nature of the development of inter-ethnic culture in Uzbekistan. The relationship between the development of the culture of inter-ethnic tolerance in Uzbekistan with moral and religious values and the development of inter-ethnic culture on the basis of national spiritual values in our country, and the provision of peace and stability on the basis of it, were analyzed.

Key words: spirituality, traditions, morality, national, value, worldview, tolerance, culture, enlightenment, mentality, national value, custom, nation, people, consciousness, power.

Dunyo hamjamiyatida millatlararo bag‘rikenglik madaniyatini rivojlantirish bugungi kunning dolzarb masalasi bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi kunda, turli xil sivilizatsiya, diniy, milliy va etnik qadriyatlar uchun zarur bo‘lgan millatlararo madaniyat bilan bog‘liq turli xalqlar madaniyatiga va qadriyatlariga ijobiy tasir etadigan tushuncha bo‘lib hisoblanadi.

Millatlararo madaniyat tushunchasi dunyoqarash, hatti-harakatlar va din, turmush tarsi, urf-odatlar, millat va etnik qadriyatlar uchun bag‘rikenglikni anglatadi. Xususan, insonning maʼnaviy kamoloti va bag‘rikenglikning uyg‘un jihatlari, millatlararo madaniyatining rivojlanish tendensiyalari, millatlararo madaniyat va bag‘rikenglik umuminsoniy qadriyat sifatida yoshlar faoliyatida namoyon bo‘lishiga oid tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi yuksak maʼnaviy qadriyat sifatida azaldan xalqimizning ongutafakkurida shakllanib, takomillashib kelganligi va u mamlakatimizda kuchli demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etilishining asosiy tamoyillaridan biri sifatida jamiyatimizda o‘ta muhim ahamiyat kasb etishi to‘g‘risida fikr bildirib: “Asrlar davomida xalqimiz umumbashariy, umuminsoniy qadriyatlar takomiliga ulkan hissa qo‘shgan. Turli millat vakillariga hurmat, ular bilan bahamjihat yashash, diniy bag‘rikenglik, dunyoviy bilimlarga intilish, o‘zga xalqlarning ilg‘or tajribalari va madaniyatini o‘rganish kabi xususiyatlar ham xalqimizda azaldan mujassam”1, deb eʼtirof etgan.

Yangi O‘zbekistonni barqarorligini taʼminlashda, tinchlik va birdamlikni mustahkamlashda millatlararo madaniyatni taʼminlash mexanizmlaridan bo‘lgan bag‘rikenglik va axloq kabi tushunchalarning ahamiyati muhimdir. Millatlararo 1 И.Жабборов. Ўзбек халқи этнографияси. – Т.: Ўқитувчи, 1994, 259-бет. madaniyatning mahiyati bo‘lgan din, bag‘rikenglik va axloq o‘rtasidagi bog‘liqlik jihatlari ham bugungi globallashuvning integratsiyalashuv davrida o‘zgacha kasb etib bormoqda.

Millatlararo madaniyat bizning davlatchilik tariximizda xar bir davrda yoki davlat boshqaruv sohasida xam qo‘llanib kelinganini ko‘rishimiz mumkin. Millatlararo madaniyat va bag‘rikenglik mamlakatimizda asosiy g‘oyalaridan bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda, chunki O‘zbekiston ko‘p millatli mamlakat hisoblanadi, maʼlumotlariga ko‘ra bizning mamlakatimizda 130 dan ortiq turli millat va elat vakillari istiqomat qiladilar. Boshqa millat va elat dunyoqarashiga, turmush tarziga, boshqa odamlarning urf-odatlariga, diniy qarashlariga hurmat fazilatlarini har bir millat vakillarida millatlararo madaniyat va bag‘rikenglik madaniyatini rivojlantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylanib bormoqda.

Millatlararo madaniyat va diniy bag‘rikenglik ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat masalasi millatlararo madaniyatning diniy bag‘rikenglikni taʼminlashdagi o‘rni, uning ko‘p asirlardan buyon tinchlik va barqarorlik vazifasini bajarib kelganligini ko‘rishimiz mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiku “Do‘stlik va hamkorlik ruhi – ijtimoiy munosabatlarning insonlararo, davlatlararo va tamaddunlararo aloqalarda namoyon bo‘ladigan, ularning uzviyligi va barqarorligini taʼminlaydigan maʼnaviy omil bo‘lib xizmat qiladi. Dunyodagi ko‘plab xalqlarning millati, diniy eʼtiqodi, dunyoqarashi, turmush tarzidagi tafovutlarga qaramay, ijtimoiy taraqqiyotga erishgani do‘stlik va hamkorlik ruhi bilan belgilanadi. Shu bois bugungi tahlikali va qarama-qarshiliklarga to‘la dunyoda ijtimoiy munosabatlarning barcha jabhalarida aynan shu azaliy omilning qaror topishiga jiddiy eʼtibor qaratish zarur”2

O‘zbekiston hududida tarixdan bizga maʼlumki turli xil etnik va madaniy guruhlarning vakillari asrlar davomida yashagan, ko‘plab madaniy, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar mavjud bo‘lib kelganligini ko‘ramiz. O‘zbekistonda yashovchi xalqlarni etnik guruhlarning yagona tizimi sifatida, o‘ziga xos etnik ijtimoiy hodisa sifatida qarash mumkin. Ko‘p millatli, madaniyatli xalqlarning tarixiy taqdirlari, turmush tarzi va mentalitetidagi o‘xshashliklar, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik bilan birga yashashning kuchli asoslarini yaratmoqda. Mamlakatimizda millatlararo madaniyatini rivojlantirish, turli xil millatlarning o‘sishiga olib keladi jamiyatning axloqiy ong, axloqiy madaniyat, bag‘rikenglik ong, bag‘rikenglik madaniyatini millatlararo madaniyatni rivojlantirish sharoitida ijobiy oqibatlarga olib keladigan millatlararo 2 Маънавият асосий тушунчалар изоҳли луғати.Ғафур Ғулом нашриёти.Т. 2010. – Б 148-149 bag‘rikenglik madaniyatini kuchaytirish muhim ahamiyat kasib etadi. Do‘stlik, mehr oqibat, mehmondo‘stlik, qalb saxovati, insonparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirish asosida boshqa millatga farq tobora ortib borishiga yo‘l qo‘ymaslik, o‘z navbatida, mamlakatimizda millatlararo bag‘rikenglik madaniyatini rivojlanishiga olib keladi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi yuksak maʼnaviy qadriyat sifatida azaldan xalqimizning ongu shuurida shakllanib kelgani, u mamlakatimizda kuchli demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etilishining asosiy tamoyillaridan biri ekkanligi va jamiyatimizda o‘ta muhim ahamiyat kasb etishi to‘g‘risida fikr bildirar ekanlar, “Bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va fuqarolararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni shu asosda, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash O‘zbekistonda davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. Bularning barchasi hayotda o‘z isbotini topdi”3, deb taʼkidlaydilar.

Millatlararo bag‘rikenglik – umuminsoniy jarayon. U barcha insonlarga barobardir. Masalan, ezgulik insonparvarlik, mehr-oqibat, yoshi kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, mehmondo‘stlik, qalb saxovati kabi insoniy fazilatlar yana-da erkin namoyon bo‘lmoqda O‘zbekistonda turli millat va elat vakillari farovon yashashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, rus, tojik, turkman, qozoq, qoraqalpoq, arab va boshqa millat va elat vakillari bilan birgalikda ularning turli xil urf-odatlari, qadriyatlari, anʼanalarini hurmat qilgan holatda tinch, osoyishta va farovon hayot kechirib kelmoqda.

Xuddi shuningdek, millatlararo madaniyat ham milliy va umuminsoniy bo‘ladi. Milliy bag‘rikenglik, millatlararo madaniyat tarixiy jarayon sifatida ko‘rishimiz mumkin millatlararo madaniyat bir kunda, yoki bir yilda shakllana olmaydi. O‘rta Osiyoda bag‘rikenglik madaniyatini shakllanishini biz asrlar qariga singib ketgan maʼnaviyat va urf odatlarimizda ko‘rishimiz mumkin bo‘lib, ularning bir necha ming yillik maʼnaviy qadriyatlar pillapoyalarini bosib o‘tganligini aniqlash bugun uchun o‘ta muhim bo‘lib hisoblanadi. Faylasuf olim I.Jabborovning aytganidek, bu yerda o‘tmish va bugungi kun o‘rtasidagi dialektik aloqadorlik amal qiladi. Binobarin, «o‘tmish xotirasi maʼnaviy va madaniy taraqqiyot uchun muhim omillardan biri bo‘lsa, asrlar davomida to‘planib kelgan tajriba insonning kamol topishida, elat va xalqning tarixiy rivojida eng zarur zamin hisoblanadi»4. Darhaqiqat, milliylik, millatlararo madaniyati 3 Каримов И.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. 3-жилд. – Т.: “Ўзбекистон”, 1996. – Б. 8-9. 4 Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. 1-жилд. – Т.: Ўзбекистон, 2018. – Б. 295. inson tarixiy tajribasining mahsuli, uning ijtimoiy xotirasining mazmunidir.

Millatlararo madaniyat mamlakatimizda istiqomat qilayotgan insonlar, millatlar dinlar, urf-odatlar, eʼtiqodlar, elatlar turli ijtimoiy–siyosiy, iqtisodiy munosabatlarni muvozanatini taʼminlashga xizmat qiladi. Millatlararo madaniyat jamiyatda diniy, maʼnaviy, iqtisodiy, g‘oyaviy, mafkuraviy, umuminsoniy qadriyatlar tizimi asosida inson axloqiga qo‘yiladigan maʼlum maʼnaviy-axloqiy qonun-qoidalar majmui ekkanligini ko‘rishimiz mumkin.

O‘zbekiston yoshlarining millatlararo munosabatlardagi hamjihatligi, jamiyatda tutgan o‘rni hamda ahamiyati hozirgi jahon hamjamiyatining markazida turibdi. Globallashuv zamonida insonning hayotga va jamiyatning insonga bo‘lgan munosabatlarida turli-tuman dialektik jarayonlar ko‘zga tashlanmoqda. Bu jarayon qanchalik axloq-odob, madaniyat va din bilan bog‘liq bo‘lsa insoniyat va jamiyat uchun foydali samara beradi.

“Mintaqaviy hamkorlik - bu obyektiv zaruriyat natijasida ma’lum bir davlatlarning tenglik, ixtiyoriylik, umummilliy manfaatlarning uyg’unlashuvi asosida birgalikdagi faoliyati, deb ta’rif berish mumkin. Bunda mintaqaviy hamkorlik o‘zagini obyektiv zaruriyatdan boshlanib, ma’lum tamoyillar asosida mintaqaviy integratsiyani shakllantiruvchi yaxlit jarayon tashkil etadi”5.

Bundan ko‘rinib turibdiki turli dunyoqarashlar, madaniy urf-odatlar vakillarining ziddiyatsiz va uyg‘un hayot kechirish usullari va vositalarini izlash hamda qo‘llash mavzusi har doim faylasuflar, madaniyatshunoslar, sotsiologlar, dinshunoslar, psixologlar, siyosiy, jamoat va din arboblarining eʼtiborini tortib kelgan. Millatlararo madaniyat ana shunday dolzarb masala hisoblanadi.

Millatlararo bag‘rikenglik insonparvarlik qadriyatlari, fanatizm va shovinizmning turli shakllari o‘rtasidagi qarama-qarshilik sifatida Yevropa falsafasi tarixida mavjud bo‘lgan. Jumladan, D.Lokk tolerantlikni talqin qilishda liberal yondashuvni taʼkidlagan. Uning “Bag‘rikenglik to‘g‘risida” risolasini, shuningdek, I.Kantning “Abadiy tinchlikka” asarini, L.N.Tolstoyning “Vatanparvarlik yoki tinchlik” asarini alohida qayd etish mumkin.

Bizning nuqtai nazarimiz bo‘yicha esa, insonning har qanday hatti – harakati uning ongi bilan bog‘liqligi shubhasiz, biroq inson u yoki bu narsani bilishi mumkin. Buni falsafiy nuqtai nazardan biz huquqiy ong, huquqiy madaniyat, estetik ong, estetik madaniyat, axloqiy ong, axloqiy madaniyat va xuddi shunga o‘xshash bag‘rikenglik 5 M.M. Muhammmadsidiqov. Xalqaro mintaqashunoslik. 0‘quv qo‘llanma. -Т: «Barkamol fayz media». 2017. B-103. ongi va bag‘rikenglik madaniyatiga ajratishimiz mumkin. Ularning asosiy farqi bag‘rikenglik ongida u bilan bog‘liq bilimlarga subyektning egaligi bo‘lsa, bag‘rikenglik madaniyatida ana shu bilimlarni amalda qo‘llashi tushuniladi. Shu jihatdan, bag‘rikenglik madaniyati ustuvorlik kasb etib, natijani namoyon qiladi. Bag‘rikenglik ongini, o‘zi shaxs uchun kifoya qilmaydi toki uni amalda qo‘llamasa yoki amal qilmasa, bag‘rikenglik madaniyati shakllanmaydi. Biri poydevor bo‘lsa, ikkinchisi uning ustqurmasi hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda o‘sib kelayotgan yosh avlodning ongida shakllangan va rivojlangan millatlararo axloqiy bag‘rikenglik g‘oyalarini milliy mentalitetimiz bilan uyg‘un rivojlanib borishini taʼminlashimiz, ommaviy axborot vositalari yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlarning ongiga singdirishga qaratilgan intolerant g‘oyalarning oldini olishimiz darkor.

XXI asrlar modernizatsiyasini yetaklovchi kuch globallashuv hisoblanadi. Globallashuv natijasida ko‘p madaniyatlilik, shu bilan birga milliy madaniyatlarni saqlab qolishga urinishlar ham mavjud. Ushbu qarama-qarshilikning yechimi umumbashariy madaniyatning umumiy tendensiyalarida ham namoyon bo‘lmoqda. Tolerantlik esa bu tendensiyalarning zaruratidir. Bunday sharoitda jamiyatda bag‘rikenglik madaniyati oqilona tashkil etilgan jamoaviy madaniyat doirasida shakllanadi. Bag‘rikenglik madaniyatining zaruriyati bir makonda yashovchi turli xil ijtimoiy guruhlarga mansub shaxslarning tinch – totuvlik va hamkorlikda yashashini taʼminlash bilan bog‘liq.

Foydalangana dabiyotlar ro‘yxati: 1. I.Jabborov. O‘zbek xalqi etnografiyasi. – T.: O‘qituvchi, 1994, 259-bet. 2. Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug’ati.G’afur G’ulom nashriyoti.T. 2010. – B 148-149 3. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild. – T.: “O‘zbekiston”, 1996. – B. 8-9. 4. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. 1-jild. – T.: O‘zbekiston, 2018. – B. 295. 5. M.M. Muhammmadsidiqov. Xalqaro mintaqashunoslik. O‘quv qo‘llanma. -T: «Barkamol fayz media». 2017. B-103.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.