ISTIQBOLLARI
Turayev Ziyadulla Norsoatovich,
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti dosenti
Termiz (O‘zbekiston)
Tel:+ +998 91 5813778
Bekmuradov Suxrob Zakirovich,
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistri
Termiz (O‘zbekiston)
Tel:+ +998 995051911
Annotasiya. Maqolada kirish turizmining o‘ziga xos xususiyatlari, uning tasniflanishi va talqinidagi farqlar va o‘xshash tomonlar ochib berilgan. Kirish turizmining ijtimoiy-iqtisodiy vazifalari, unga ta’sir etuvchi omillar tadqiq etilgan. O‘zbekisonda, jumladan Surxondaryo viloyatida kirish turizmini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarga baho berilgan va tadqiqot natijalari bo‘yicha xulosalar qilingan.
Kalit so‘zlar: kirish turizmi, xalqaro turizm, milliy turizm, xorijiy turistlar, turistik infratuzilma, ziyorat maskanlari joylashgan destinasiyalar.
ОСОБЕННОСТИ СОВРЕМЕННОГО РЫНКА ВЬЕЗДНОГО
ТУРИЗМА И ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ В СУРХАНДАРЬИНСКОЙ
ОБЛАСТИ
Аннотация. В статье раскрываются специфические черты въездного туризма, различия и сходства в его классификации и трактовке. Изучены социально-экономические задачи въездного туризма, факторы, влияющие на него. Проведена оценка реформ, проводимых в Узбекистане, в том числе в Сурхандарьинской области, для развития въездного туризма и сделаны выводы по результатам исследования.
Ключевые слова: въездной туризм, международный туризм, национальный туризм, иностранные туристы, туристская инфраструктура, дестинации с местами паломничества.
FEATURES OF THE MODERN INBOUND TOURISM MARKET AND
DEVELOPMENT PROSPECTS IN THE SURKHANDARYA REGION
Annotation. The article reveals the specific features of inbound tourism, differencyes and similaritiyes in its classification and interpretation. The socioeconomic tasks of inbound tourism, the factors influyencing it have beyen studiyed. An assessment was made of the reforms carriyed out in Uzbekistan, including in the Surkhandarya region, for the development of inbound tourism, and conclusions wyere drawn based on the results of the study.
Key words: inbound tourism, international tourism, national tourism, foreign tourists, tourist infrastructure, destinations with placyes of pilgrimage.
Ko‘pgina mamlakatlarning strategik maqsadi xalqaro hamjamiyatning to‘laqonli a’zosi bo‘lishdan iborat bo‘lib, bu iqtisodiyotning eng samarali va istiqbolli tarmoqlarini oldindan belgilab olgan holda ularning jadal rivojlantirish orqali nafaqat mamlakat, mintaqa yoki alohida korxonaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni, iqtisodiy rivojlanish darajasini yaxshilashga yordam beradi., balki ularning jozibador qiyofasini va jahon bozorida munosib o‘rin egallashini ta’minlaydi. Bugungi kunda yuqori iqtisodiy salohiyatga ega, ayni paytda aniq ijtimoiy yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadigan, odamlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, turmush darajasini yuksaltirish va farovonligini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan soha va tarmoqlarni rivojlantirishga ustuvorlik berilmoqda[3].
Bu holat butun turizm sektorining va xususan, uning alohida turlari milliy iqtisodiyot tarkibida ahamiyati ortib borayotganidan dalolat beradi, uning rivojlanish samaradorligi mavjud resurs salohiyatidan yuqori darajada foydalanishga bog‘liq bo‘lib, bu raqobatbardosh ustunliklarga erishish va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishiga yordam beradi.
Mamlakatimizda turizm salohiyatidan samarali foydalanish[7], turistlar oqimini ko‘paytirish, kirish turizmini milliy iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biriga aylantirish[8], mamlakatning madaniy-tarixiy merosi va tabiiy boyliklarini keng targ‘ib qilish maqsadida bir qator hukumat qarorlari va president farmonlari va qarorlari qabul qilindi.
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida «turizm industriyasini jadal rivojlantirish, yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turizm xizmatlarini diversifikasiya qilish, eksport salohiyatini oshirish»[9] vazifasi qo‘yilgan.
Turizm sohasi yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda, aholi bandligini ta’minlashda, turli darajadagi byudjetlarni to‘ldirishda ham muhim o‘rin tutadi, mamlakatga xorijiy valyutaning kirib kelishiga, turizm bilan bog‘liq faoliyatlarning xususan, qurilish, aloqa, transport infratuzilmasi, qishloq xo‘jaligi va suvenir mahsulotlari ishlab chiqarish rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Turizmni rivojlantirishga xalqaro darajadagi turistik almashinuv kirish turizmi muhim hissa qo‘shmoqda.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.
Turizmni rivojlantirishning nazariy va amaliy muammolari va uning alohida segmentlari bo‘yicha ilmiy ishlanmalar o‘rganilib, xorijiy va mahalliy olimlar Balabanov I.T., Birjakov M.B., Temirov D.S., Chebotar Yu.M., Chudnovskiy A.D., Aliyeva M.T., Norchayev A.N. va amaliyotchilarning qator nashrlarida turizm iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlari, umuman turizm sohasining hozirgi holati yoritib berishgan.
Xalqaro turizmni rivojlantirish va uni xorijda davlat tomonidan tartibga solishning ayrim muammolari Aleksandrova A.Yu., Dracheva E.L., Zabayev Yu.V., Kvartalnov V.A., Senin B.C., Tixomirov O.V. kabi olimlarning ishlarida keltirilgan. Biroq, ularda turizmning kirish, chiqish, milliy, xalqaro turlarining ta’riflarini aniqlashtirish ko‘zga tashlanmaydi. Kirish turizmini tashkil etish jarayonlarini rivojlantirish va tartibga solish masalalari va uning imkoniyatlari Baikov A.V., Vengerov V.Yu., Dunayevskoy E.A., Kabirov I.S. Ushakova D.S. va boshqalarning tadqiqotlarida o‘z aksini topgan.
Tadqiqot metodologiyasi. Maqola umumqabul qilingan qiyosiy-mantiqiy tahlil, ketma-ketlik, holislik tamoyillari asosida yoritilgan bo‘lib, kiruvchi turizmning rivojlanish xususiyatlari, ularning tasniflanishi hamda evolyusiyasi tadqiq etilgan.
Tahlil va natijalar. Kirish turizmi nafaqat eng jadal rivojlanayotgan, o‘ziga xos va ommabop biznes turlaridan biri bo‘libgina qolmay, balki iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari bilan solishtirganda eng barqaror bo‘lishiga imkon beruvchi ma’lum afzallik va xususiyatlarga ega. Shu bilan birga, kirish turizmi hajmi mamlakatimizda jadal sur’atlarda o‘sib borayotgan bo‘lsada, turizmni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan asosiy omillarga haligacha yetarli darajada rivojlanmagan turistik infratuzilma, uning asosiy elementlari: transport tizimi, turar joy va oziq-ovqat ta’minotini modernizasiya qilish, sifatli va arzon narxdagi xizmatlarni rivojlantirish xisoblanadi. Shu sababli turistlarni qabul qiluvchi hududiy tuzilmalarda kompleks infratuzilmaviy o‘zgarishlarni amalga oshirish zarurati tug‘ildi.
Hozirgi kunda tadqiqotlarda "kirish turizmi" ta’rifi bilan bog‘liq ta’riflar va tushunchalar xilma-xilligi kuzatilmoqda. Shu bilan birga, mavjud talqinlarda qabul qiluvchi tarafning mas’uliyati, xavfsizligi va manfaatlarini, chet ellik sayyohlarga ovqatlanish, hordiq chiqarish, ekskursiya, transport bilan bog‘liq sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlashi kerak bo‘lgan turistik kompleks tuzilmasining rasionalligi muammosini to‘liq aks ettirmaydi. Shu bois, “kirish turizmi” ta’rifini iqtisodiy faoliyat turi nuqtai nazaridan ham ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq, biroq u xorijiy turistlarni mintaqaga, hududga jalb qilish bilan bog‘liq bo‘lsa, birinchi navbatda, har xil turizm turlarni dam olish, ta’lim, madaniy, ko‘ngilochar va boshqa xizmatlarni taqdim etadi.Ya’ni, kirish turizmi vaqtincha tashrif buyurgan chet el fuqarolariga sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qabul qiluvchi hududning mas’uliyatini ham, majburiyatlarini ham ochib beradigan kategoriyadir.
Xalqaro tasnifga ko‘ra turizmning quyidagi turlari ajratiladi:
- turistlarning o‘z mamlakati ichida sayohatlarini o‘z ichiga olgan ichki turizm;
- ma’lum bir mamlakat rezidenti bo‘lmagan turistlarning, ya’ni chet el fuqarolarining sayohatini o‘z ichiga olgan kirish turizmi;
- aholining bir mamlakatdan boshqa davlatga sayohatini o‘z ichiga olgan chiqish turizmi.
Turizmning ushbu asosiy turlarini birlashtirish ham mumkin, bu esa turizmning quyidagi toifalarini vujudga keltiradi:
- ichki turizm va kirish turizmini o‘z ichiga olgan mamlakat ichidagi turizm;
- ichki turizmni ham, chiqish turizmini ham qamrab oluvchi milliy turizm;
- kirish va chiqish turizmidan iborat xalqaro turizm.
Kiruvchi turizmning o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning mahsuloti (xizmatlar, tovarlar, ishlar majmui) mustaqil ravishda mavjud bo‘lolmaydi, u iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari bilan uzviy bog‘liqdir[1].
An’anaga ko‘ra, turizmda, shu jumladan kirish turizmida, uning segmentlaridan biri sifatida uchta iqtisodiy funksiya mavjud: - turistik mahsulotni takror ishlab chiqarish; - ishlab chiqarish; -bandlikni ta’minlash va daromad olishga hissa qo‘shish. Bir qator olimlar faqat ushbu funksiyalarning mavjudligini etarli emas deb hisoblaydilar va turizmning iqtisodiy funksiyalarini hududiy nomutanosibliklarni yumshatish va to‘lov balansidagi og‘ishlarni tekislash kabi funksiyalar bilan to‘ldirishni taklif qiladilar, chunki ularni amalga oshirish hozirgi vaqtda juda dolzarb xisoblanadi. Demak, kirish turizmining davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rnini bu funksiyalarning barchasini amalga oshirish jarayonida aniqlash mumkin (1-rasm).
Yumshatish (tekislash) funksiyasi turizmning ma’lum sharoitlarda tarkibiy jihatdan zaif, ammo sezilarli rekreasion salohiyatga ega bo‘lgan hududlarning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shishida namoyon bo‘ladi. Olis va sanoat rivojlangan hududlarda turizm korxonalarining tashkil etilishi ularning iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Bunday holda, turizm tekislash funksiyasini bajaradi, chunki tabiiy yoki madaniy jihatdan jozibador bo‘lgan ko‘plab hududlar kirish turizmi yordamida iqtisodiy o‘sishni, yuqori o‘rtacha ko‘rsatkichlarni ta’minlashi mumkin, bu esa qo‘shimcha daromadlarni jalb qilish va yangi ish o‘rinlari yaratishni anglatadi.
Kirish turizmining hozirgi holati uning tarkibini tashkil etishda, rivojlanish yo‘nalishida, sifat va miqdoriy xususiyatlar holatida qarama-qarshiliklar mavjudligi bilan ajralib turadi [2].
Bir tomondan, dunyodagi turizmning hozirgi holatini inqiroz deb hisoblash mumkin. Bu turistik xizmatlar sohasida ilgari erishilgan miqdoriy ko‘rsatkichlarning keskin kamayishi, turizm korxonalari moddiy-texnik bazasi o‘sishining kamayishi va aholining ko‘rsatilayotgan turistik xizmatlarga bo‘lgan talablaridagi katta tafovutlar bilan bog‘liq (2-rasm).
1-rasm. Kirish turizmining asosiy ijtimoiy-iqtisodiy vazifalari1
Boshqa tomondan, jahon andozalari darajasiga javob beradigan yangi turistik obektlarni qurishning yuqori sur’atlari, turli yoshdagi sayohatchi turistlar sonining ko‘payishi, turistik tashkilotlar sonining o‘sishini alohida ta’kidlash lozim. Buning natijasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi ham oshib bormoqda. Surxondaryo viloyatida ixtisoslashtirilgan joylashtirish vositalari xizmatlari hajmi 2010 yildagi 0,2 mlrd so‘mdan 2015 yilda Boysun tumanida Omonxona balneologik shifoxonasi ishga 1 Левченко К. К. Организационно-экономические аспекты развития въездного туризма и его влияние на экономику территории (на примере Краснодарского края) дисс. к.э.н., Сочи 2017. – С. 19.
KIRISH TURIZMINING IJTIMOIY-IQTISODIY VAZIFALARI
Ishlab chiqarish omillari
Er, jahon darajasidagi turmaxsulot i/ch
uchun zarurbo’lgan tabiiy resurslar
mavjudligi orqali aniqlanadi
Kapital: investitsiya va aktivlar orqali
aniqlanadi
Axborot: turistik salohiyat va turistik
resurslar haqida ma’lumotlar orqali
aniqlanadi
Tadbirkorlik faolligi: raqobatbardosh
turmaxsulot olish uchun tashkil etish va
boshqarish
Mehnat, turizmni boshqarish va turizm
tashkilotlari faoliyati orqali aniqlanadi
Bandlik turlari
Bilvosita – turistlar uchun maxsus
mo’ljallanmagan, ammo ular tomonidan
foydalaniladigan korxonalarda
(umumiy ovqatlanish korxonalari,
ko’ngilochar, sport muassasalari,
muzeylar va boshqalar
Bevosita – turistlar uchun maxsus
mo’ljallangan korxonalarda (jamoaviy
va ixtisoslashgan joylashtirish
vositalari, turfirmalar)
Turistik maxsulotni
takror ishlab chiqarish
Bandlikni
ta’minlash
Hududiy tafovutlarni
tekislash
To’lov balansini
tekislash
Turistik
multiplikator tushirilgandan so‘ng 4,3 mlrd so‘mgacha, 2019 yilda “Xo‘jaipok” sanatoriysog‘lomlashtirish va dam olish majmuasi ishga tushirilishi xizmatlar hajmi 18,6 mlrd so‘mgacha oshishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan, biroq pandemiya sababli 2020 yilda o‘tgan yilga nisbatan 37,6 foizga xizmatlar hajmi kamaygan bo‘lsa, 2021 yilga kelib 22 981,0 mln so‘mni tashkil etgan.
2-rasm. Surxondaryo viloyatida ixtisoslashgan joylashtirish vositalari2
Bugungi kunda viloyatda 49 ta mehmonxona, 141 ta oilaviy mehmon uylari, 9 ta xostel, 40 ta turistik toifaga kiruvchi transport vositalari ishlab turibdi. Jumladan, 2022 yilda qiymati 178,6 mlrd.so‘mlik 38 ta loyiha ishga tushirilgan.
Surxondaryo viloyatiga 2022 yil yakuniga ko‘ra qo‘shni Tojikiston Respublikasidan 256 ming nafar, boshqa xorijiy davlatlardan (85 ta davlatdan) 150 ming nafar xorijiy turistlar tashrif buyurgan.
Kirish turizmini rivojlantirish, turizm salohiyatidan to‘liq va samarali foydalanish, birinchi navbatda transport-logistika va turizm infratuzilmasidagi muammolarni tezkor hal etish, shuningdek, mavjud resurslar va imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish hisobiga turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subektlari uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida respublikamizga 2023 yilda 2 www.stat.uz/uz ma’lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan
19 23
20152016
Ixtisoslashgan joylashtirish vositalari (dam olish va sanatoriya-kurort muassasalari) 10 mln, Surxondaryo viloyatida esa 56 min xorijiy turistlarni jalb qilish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar belgilab olingan[9].
Bundan tashqari 2030 yilgacha bo‘lgan davrda Surxondaryo viloyatida turistik infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha quyidagi maqsadli parametrlar belgilab olingan[4]:
- turistlar tashrif buyuradigan yangi va yirik ob’yektlar sonini kamida 140 taga oshirish;
- Shuningdek, Termiz shahri, Boysun, Sariosiyo, Denov, Sherobod va Oltinsoy tumanlarida mehmonxonalar soni 85 tadan 150 taga yetkazish;
- mehmonxonalardagi o‘rinlar soni 6450 taga yetkazish;
- viloyatning tog‘li hududlarida 25 ta xostellar va 200 dan ortiq oilaviy mehmon uylari tashkil etish va ulardagi o‘rinlar soni 2500 taga yetkazish;
- Termiz, Boysun, Sherobod, Sariosiyo va Oltinsoy tumanlarida dam olish va sog‘lomlashtirish markazlari qurish;
- Sherobod tumanidagi Xo‘jaikon tuz g‘ori atrofida tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilgan holda 2 ta sog‘lomlashtirish markazi tashkil etish;
- turistlar doimiy tashrif buyuradigan Oltinsoy tumanidagi Xo‘jaipok bulog‘i atrofida 1 ta, Boysun tumanidagi Omonxona bulog‘i atrofida 1 ta, Sariosiyo tumanidagi Sangardak sharsharasi atrofida va Termiz tumanidagi Uchqizil ko‘li atroflarida 1 tadan, jami 6 ta aholi uchun zamonaviy va arzon sog‘lomlashtirish va dam olish markazlari qurish orqali viloyatda tabiiy sog‘lomlashtirish markazlari soni 10 taga
- Boysun tumanining o‘zida tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan qariyb 100 mlrd.so‘m evaziga 2 ta yirik turizm kompleksi qurish va ushbu kompleksda mehmonxonalar, restoranlar, sog‘lomlashtirish markazlari va boshqa xizmat ko‘rsatish markazlari qurish;
- Surxondaryo tarixida muhim rol o‘ynagan 10 ta jumladan, Xumxona, Tallitog‘ara, Qoratepa, Zurmola, Uzundara, Poyonqo‘rg‘on, Dalvarzintepa, Robot, Burgutqal’a, Hayitobod tepa kabi madaniy meros ob’yektlarida arxeologik qazishma ishlarini olib borishlari uchun davlat tomonidan 50 mlrd so‘m mablag’ ajratish;
- viloyatdagi tabiiy ofatlar natijasida katta ziyon yetayotgan Qirqqiz, Zurmola, Fayoztepa, Qoratepa kabi buddizm ob’yektlarining ustini yopish bo‘yicha amaliy ishlar olib borish;
- har yili 5 tadan Surxondaryo viloyatining madaniy meros ob’yektlarida arxeologik qazishma ishlari olib borish;
- viloyatdagi turistlar doimiy tashrif buyuradigan 30 ta turistik ob’yektlarga olib boruvchi 42 km yo‘llar holati yaxshilash;
- viloyatdagi Madaniy meros ob’yektlarini saqlash, ularni restavrasiya qilish va ularga olib boruvchi yo‘llar holatini yaxshilash maqsadida 50 mlrd.so‘m miqdoridagi mablag‘lar ajratish;
- Termiz shahrida qariyb 30 mlrd.so‘mga viloyatning buyuk tarixiy shaharlarini o‘zida umumlashtirgan “Etno shaharcha” bunyod etish;
- ushbu shaharchada viloyatning tarixi, dini, madaniyati va etnografiyasi namoyish etish, mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun shou konsert tomoshalari tashkil etish;
- viloyatda 2030 yilda 8 ta yangi masjidlar qurilib, aholiga diniy amallarini bajarishlari uchun foydalanishga topshirish;
- viloyatga keluvchi turistlar sonini ko‘paytirish maqsadida, avia va temir yo‘l qatnovlari soni orttirish;
- 2030 yilga kelib viloyatga tashrif buyuruvchi xorijiy turistlar soni kamida 900 ming nafarga, mahalliy sayyohlar soni 5 mln nafarga yetkazish;
- xorijlik sayyohlarga xizmat ko‘rsatish hajmini oshish va bir kunlik xarajatlarini hozirgi 80 dollardan - 150 dollargacha yoki 1,8 barobarga oshirish orqali xorijlik sayyohlarga xizmat ko‘rsatish orqali yillik daromadni 70 mln dollarga
- viloyatda o‘tkazilayotgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali o‘tkaziladigan kunlar 2 kundan - 7 kungacha uzaytirish, “Al-Hakim at-Termiziy” xotirasiga bag‘ishlangan kurash musobaqasida ishtirok etuvchi davlatlar sonini ko‘paytirish, xorijlik ishtirokchilar bilan birga kurash sport turiga qiziquvchi muhlislarni ham keng jalb etish;
- Surxon vohasida xalqaro darajadagi rassom Ro‘zi Choriyev nomidagi xalqaro rassomlar ko‘rik tanlovi tashkil etish va Ro‘zi Choriyevning 100 yillik yubileyi keng nishonlash;
- ushbu tadbirlarni tashkil etish va tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida Surxondaryo viloyatiga tashrif buyuruvchi sayyohlarning qolish kunlari hozirgi 3 kundan 5 kungacha uzayishiga erishish nazarda tutilmoqda.
Surxondaryo viloyatining shonli o‘tmishi, bugungi zamonaviy qiyofasi, qolaversa, yaratilayotgan qulay infratuzilmalar vohaning jozibador turistik salohiyatini yanada oshirishga imkon beradi.
Xulosa
Tadqiqotning asosiy natijalari kiruvchi turizmni rivojlantirish va uning hudud iqtisodiyotiga (Surxandaryo viloyati misolida) ta’sirini ta’minlash bo‘yicha nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalarda namoyon bo‘ladi. Tadqiqot natijasida quyidagi asosiy xulosalar chiqarildi.
1. Kirish turizmining faoliyati bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy turizm biznesi mutaxassislarining kirish turizmiga katta qiziqishlariga qaramasdan, bugungi kunda ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlar avtonom yoki tavsiflovchi xarakterga ega bo‘lib, kirish turizmi sanoati, turistik mahsulot, ko‘rib chiqilganidek, turli talqinlarga ega. Bu holat bir qancha sabablar bilan bog‘liq bo‘lib, ularning asosiysi shundaki, ko‘pchilik mualliflar kirish turizmini umuman turizmning hosilasi deb hisoblaydilar, bu esa uning mamlakat, mintaqa va hudud iqtisodiyotiga qo‘shgan hissasini baholashni va unda sodir bo‘ladigan jarayonlarni tizimli ko‘rishni imkonsiz qiladi.
2.Ushbu tadqiqotning konseptual qoidalarining asoslanishi kirish turizmining rivojlanish jarayonlari xususiyatlarining yaxlit ko‘rinishini shakllantirish zarurligini ko‘rsatadi. Har qanday tizimning, shu jumladan kirish turizmi tizimining muhim xususiyatlarini tushunish uchun uni tashkil etuvchi elementlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir yo‘nalishlarini, shuningdek, tegishli quyi tizimlar, xususiyatlar, maqsadlar, funksiyalarni aniqlash kerak. Bundan tashqari, tizimli yondashuv tizimning ob’ekt xususiyatlarini ham nazarda tutadi: turistik mahsulot, turlar, bozor va turistik biznesning o‘zi, bu qabul qiluvchi hududning turistik-rekreasion kompleksini optimallashtirish va rasionallashtirish imkonini beradi.
3. Surxondaryo viloyatida kirish turizmini rivojlantirish uchun zarur infratuzilmani takomillashtirish borasida olib borilayotgan islohotlarni jadallashtirish orqali viloyat iqtisodiy rivojlanishda turizmning etakchi sohaga aylanishiga erishish va boshqa tarmoqlarning rivojlanishiga sinergetik ta’sirini oshirishga ta’sir etuvchi omillar orasida birinchi navbatda u erda o‘zlashtirilayotgan investisiyalar hajmi va tayyorlanayotgan etuk mutaxassislarga ko‘p darajada bog‘liq.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Александрова А. Ю. Международный туризм: учебное пособие для вузов / А. Ю. Александрова – М.: Аспект Пресс, 2007. – 358 с.
2. Байков А. В. Въездной туризм: современное состояние и перспективы развития в Российской Федерации // Российское предпринимательство. 2008. -№ 5. -Вып. 1 (110). – С. 120–124.
3. Восколович Н.А. Маркетинг туристских услуг: учебник для студентов вузов, обучающихся по экономическим специальностям. – 2-е изд., перераб. и доп. – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2009. – 207 с.
4. Islomov F. Surxon vohasining turizm salohiyatiga bir nazar // (03.07.2023)
5. Левченко К. К. Организационно-экономические аспекты развития въездного туризма и его влияние на экономику территории (на примере Краснодарского края) дисс. к.э.н., Сочи 2017. – С. 19.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60- son «2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni \\www.lex.uz
7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo’yicha qo’shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5326-son Farmoni // lex.uz
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi “Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3509-son qarori//lex.uz
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi «Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ135-son Qarori//lex.uz.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.