ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

Zog‘ora baliq (Cyprinus carpio ) ning ba’zi biologik xususiyatlari

Annotatsiya

Bugungi kunda dunyo miqiyosida oziq ovqatga bo’lgan ehtiyojning ortib borishi, ichki suv havzalari biologik potensialidan, jumladan baliq resurslaridan oqilona foydalanishni taqozo etmoqda.  Bu o’rinda suv havzalari tabiiy ozuqa bazasidan samarali foydalanish uchun baliqchilik texnologiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor berish talab etiladi.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

Zog‘ora baliq (Cyprinus carpio ) ning ba’zi biologik

xususiyatlari

*N.R. Buvrayev, **A.R. Jabborov, ***I.Z. Kuchimova,

***R.O‘. Safarov

* Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti stajiyor tadqiqotchisi

** Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti professori

*** Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti talabasi

Annotatsiya:

Bugungi kunda dunyo miqiyosida oziq ovqatga bo’lgan ehtiyojning ortib borishi, ichki suv havzalari biologik potensialidan, jumladan baliq resurslaridan oqilona foydalanishni taqozo etmoqda. Bu o’rinda suv havzalari tabiiy ozuqa bazasidan samarali foydalanish uchun baliqchilik texnologiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor berish talab etiladi.

Kalit so‘zlar:

Cyprinus, Cyprinus carpio, Zarafshon daryosi o‘rta oqimi, Zog’ora baliq

Kaspiy, Orol dengiz

Taksanomik ta`rifi: turkum Cypriniformes-karpsimonlar; oila-Cyprinidae; avlod - Cyprinus; tur- Cyprinus carpio Linnaeus

Tuzilishi. Tana uzunligi 80 sm gacha, ogʻirligi 16 kg gacha bo’lishi qayd etildi. Ogʻzi pastga qaragan. Tanasi suyri shaklda. Tanasi ikki yon tomondan yassilashgan, bosh va dum qismlari ingichkaroq bo’ladi. Tanasining yuqori qismi to’q yashil, qorin tomoni oqish rangda.

Tarqalishi. Zog’ora baliq O’rta Osiyoda Qora, Kaspiy, Orol dengizlari va Amur daryosi havzalarida shu jumladan Samarqand viloyatidagi barcha suv havzalarida uchrashi ma’lum bo’ldi. U daryo va ko’llarda, turli- xil sharoitda yashashga moslashganligi, lekin tez oqadigan suvlarda uchramasligi, suv ostidagi tinch kamarlarda esa ko’p miqdorda uchrashi ma’lum bo’ldi Yana bu baliqni kanal, soy va kollektorlarda ham uchratdik.

Bu baliq har xil sharoitga va yuqori o’zgarishga moslashuvchanligi sababli hududlarda keng tarqalganligi ma’lum bo’ldi. Bu baliqning madaniylashtirilgan formasi tadqiqot hududidagi baliqchilik xo’jaliklarida uchratdik. Ko’plab ko’llardagi va suv havzalaridagi zog’ora balig’i yovvoyi turidan mahlliylashtirilgan. Zarafshon vohasi suv havzalarida zog’ora baliqning oddiy va kichkina turlari yashashi qayd etildi. Qishda esa bu baliq suv ostidagi kamarlarda to’planib yotishi aniqlandi.

Zog’ora baliqning morfologik xususiyatlari. Zog’ora baliq tez o’sadigan baliqligi, pelagik va reofil xususiyatga egaligi, oligagalin baliqlar guruhiga kirishi aniqlandi. Biologiok jihatdan tabiiy sharoitda o`tuvchi baliqlar guruhiga mansub ekanligi ma’lum bo’ldi.

Urg`ochi jinsga mansub zog’ora baliqning plastik belgilari. (“Zarafshon”) № Plastik ko`rsatgichlar Minimal Maxsimal O`rtacha 1. Tana uzunligi l (mm) 310 557 448 2. Umumiy og' irlik W(g) 1265 4512 3770 3. Tana og'irligi Klark bo'yicha W

(g)

1075 4126 3486 4. Postdorsal masofa PD 19.2 34.5 27.8 5. Antidorsal masofa aD 21.1 38.2 30.5 6. Antipektaral masofa aP 16.3 29.2 23.6 7. Antiventral masofa aV 25.5 45.7 36.8 8. Antianal masofa aA 37.2 66.9 53.8 9. Dum tanasi uzunligi lC 11.7 21 16.9 10. Orqa suzgich qanot asosining

uzunligi lD

6.2 10 8

11.Orqa suzgich qanoti maksimal

balandligi HD

9.3 15.7 12.6

12.Anal suzgich qanotining uzunligi

lA

7.7 12 9.7

13.Anal suzgich qanotining

balandligi hA

7.3 11.2 9

14.Ko'krak suzgich qanoti uzunligi

lP

12.9 23.1 18.6

15.Qorin suzgich qanoti uzunligi lV 10.9 16.2 13

16.P-V orasidagi masofa 10.6 17.2 14

c) o`sishi: Zog’ora baliqning o’sishi yashaydigan yerining ekologik va ovqat sharoitiga bog’liq ekanligi, ekologik sharoit yaxshi bo’lsa, 2 yoshidayoq bu baliqning bo’yi 30 smga, og’irligi 500-600 grga yetishi aniqlandi. Bularning jinsiy voyaga yetishi 3-5 yoshigato’g’ri kelishi, erkaklari ertaroq, urg’ochilari esa kechroq voyaga yetishi ma’lum bo’ldi. Hatto ularda ozuqa mo’l bo’lsa 2 yoshida 0,5 kg va undan ham og’irroq bo’lishi aniqlandi. Zog’ora baliqning yosh ko’rsatkichlarini og’irligi va uzunligiga bog’liqligi 1-rasmda keltirilgan.

1-rasm. Zog’ora baliqning yosh ko’rsatkichlari og’irligi va uzunligiga ta’siri

Zog’ora baliqning o’sishi jinsiy voyaga yetgunga qadar davom etishi, lekin bizning tadqiqot hududimizda 1+, 3+ yoshda nibatan tez o`sishi. keyinchalik 5+, 6+ yoshlarda nisbatan sekinlashishi ma’lum bo’ldi. Zarafshon vohasida erkaklari ertaroq 2+ yoshida, urg’ochilari esa 3+ yoshda voyaga yetishi aniqlandi.

Serpushtligi. Zog’ora baliqlar asosan may-iyun oylarida ko’payishi ma’lum bo’ldi. Janubiy mintaqalarda zog’ora baliqlar 2 yoshida jinsiy voyaga yetsada

1 YOSH 2 YOSH 3 YOSH 4 YOSH 5 YOSH 6 YOSH

OG'IRLIGI (G) 156 325 1710 2610 3703 5260

UZUNLIGI (SM) 183 171 410 464 584 660

Столбец1

-1000

Zog'ora baliqning yosh ko'rsatkichlari og'irligi va

uzunligiga ta'siri

OG'IRLIGI (G) UZUNLIGI (SM)

Zarafshon vohasida esa erkaklari 2 yoshida, urg’ochilari 3 yoshida jinsiy voyaga yetishi aniqlandi. Ular aprel-may oylarida suvning havo harorati 17-190 C bo’lganda urchiy boshlashi ma’lum bo’ldi. Uvildirig’ini ertalab sayoz yerlarga, qamish yoki suvo’tilar orasiga tashlashi aniqlandi. Ularning uvildirig’ tashlashi 3 yoshdagi urg’ochi zog’ora baliqda 20-30 mintagacha, kattalarida esa 100 mingta hatto 1.8 mlngacha yetishi aniqlandi. Ikralarining diametric 1.5-1.7 mm rangi ancha tiniq bo’lishi aniqlandi. Ikralarning rivojlanishi suvning harorati bilan chambarchas bog’liq ekanligi agarda suv harorati 200 C bo’lsa chavoqlar 3 kunda tuxumdan chiqishi, 160 C bo’lganda esa 5 kunda tuxumdan chiqishi ma’lum bo’ldi.

Oziqlanishi. Zog’ora baliqning ozuqa tarkibi o’rganilganda unda tendepedid lichinkasi, xironomida, boshqa bentik organizmlar, copepod va cladosera, suv o’simliklari (urug’ va boshqa bo’laklari) mavjudligi aniqlandi. Zarafshon vohasi hududidagi zogo’ra balig’ining iste’mol qilgan ozig’i 21 kompanentni -15 hayvon va 6 o’simlikni o’z ichiga olishi aniqlandi. Ko’pincha yosh zog’oralar hayvon oziqlari bilan (nereis, mizid, molyuska, xironomida) bilan oziqlanishi, biroq 23 % o’simlik ozuqalari bilan oziqlanishi aniqlandi. Oq daryo suvombori havzasidagi voyaga yetgan zog’ora baliqlari xironomida lichinkasi bilan oziqlanishi ma’lum bo’ldi. Asosan xironomida lichinkasining har xil rivojlanish bosqichidagilari bilan oziqlanishi aniqlandi. 2018- 2019 yillar davomida kuzatishlar natijasiga ko’ra ichagining 90 %ini o’simlik ozuqalari va makrofitlar tashkil qilishi aniqlandi.

Tuxumdan chiqqan lichinkasining bo’yi 4 mm, bo’lishi dastlab u “sement organi” ( yopishqoq modda ishlab chiqaradigan a’zosi) yordamida o’simlikka yopishib olishi, bo’yi 2-3 smga yetganida erkin suzib yurishi ma’lum bo’ldi. Lichinkasi suvning ekologik sharoitiga qarab, 3-10 kunda uvildiriqdan chiqishi aniqlandi. Lichinkasi dastlab o’simliklarga yopishib olishi, keyinchalik erkin suzib yurib, infuzoriya, siklop kabi mayda organizmlar bilan ovqatlanishi ma’lum bo’ldi. Kattaroq bo’lganda esa chuvalchang va hasharotlar qurti kabi jonivorlarni yeya boshlashi aniqlandi. Voyaga yetgani qisqichbaqa, molyuska kabi jonivorlar, o’simliklar va hatto suvga to’kilgan urug’lar bilan ham ovqatlanishi qayd etildi.

Foydalanilgan Adabiyotlar

1. Xaqberdiyev P.S., Davlatov R.B. Baliqlarni oziqlantirish, ularning kasalliklarini davolash va oldini olish. — Samarqand, 2012.

2. D. Xolmirzayev, P.S. Haqberdiyev, D.R. Shohimardonov, E.S. Shaptaqov Baliqchilik asoslari Kasb-hunar kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma Toshkent “ Ilm ziyo”

3. T.Z. Zohidov. Zoologiya ensiklopediyasi. Baliqlar va Tuban Xordalilar. O’zbekiston SSR “Fan” Nashriyoti. Toshkent-1979.

4. O’zbekistonning umurtqali hayvonlari aniqlagichi. J. L. Laxanov. Toshkent-O’qituvchi 1988y.

5. Axmedov X.Y, Barxanskova G.M. “Nasldor karp va o`txo`r baliqlarni bantirovkadan o`tkazish bo`yicha uslubiy qo`llanma” Toshkent-2006

6. Axmedov X.Y.,Turgunova U, Saidov Z. Baliq chovoqlarini yetishtirish .CHF” KARRLO”-Toshkent 2006

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.