ZULFIYA- SADOQAT KUYCHISI
Rozikova Sayyora Xabibullayevna Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta'lim
metodikasi o‘qituvchisi
Djamolova Shahnoza Sirojiddinova Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta'lim
yo‘nalishi talabasi
Annotatsiya: O‘zbekning buyuk shoirasi Zulfiya Isroilovaning hayoti,ijodiy faoliyati,uning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni atroflicha tahlil qilingan.Zulfiya she’rlaridagi insonparvarlik,muhabbat va sadoqat kabi tuyg`ularning aks ettirilishi.
Kalit so‘zi: Zulfiya, she’r, she’riyat, adabiyot, muhabbat, sadoqat, oliyjanoblik
Kirish. Zulfiya Isroilova – taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi. Yorqin rassom, oddiy inson qalbini o‘tkir his qilgan – mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol. Zulfiya she’riyatining nufuzi – bizning dabdabali murakkab davrimizning haqqoniy ifodasi, o‘ziga xosligi, zamondoshlarimizning qalbi va harakatlarining yorqin tasviridadir. O‘zbek xalqining atoqli va ardoqli vakili, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi Zulfiya Isroilova xalqaro “Nilufar”, Javoharlal Neru nomidagi hamda Davlat mukofotlari sohibasidir.
Zulfiyaxonim Isroilova 1915-yili Toshkent shahrining qadimiy Degrez mahallasida tavallud topgan. Avval boshlang’ich maktabda, so‘ng xotin – qizlar bilim yurtida tahsil olgan. Shoira badiiy ijodga juda erta kirishdi. O‘n yetti yoshida “Hayot varaqalari” deb atalmish dastlabki she’riy kitobini chop ettirdi.1935-1938-yillarda O‘zekiston fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti aspiranturasida o‘qigan. Shundan keyin turli nashriyotlarda ishlagan. 1935-yildan 1980-yilgacha, qariyb o‘ttiz tilga yaqin respublikamizda keng tarqalgan “Saodat” nomli xotin -qizlar jurnalida bosh muharrir bo‘lgan. Uzoq ijodiy umri davomida o‘ttizga yaqin she’riy to‘plamlar, o‘ndan ortiq dostonlar yaratdi.
Zulfiyaxonim Isroilova Hamid Olimjon bilan turmush qurgan. Biroq ular orzularga to‘la hayot kechirayotgan pallada 1944-yili mashina halokati tufayli turmush o‘rtog’idan ayrildi.
Zulfiyaning ulkan iste’dodi faqat yurtimizdagina emas, balki dunyo miqyosida ham e’tirof etilgan. Shoira she`rlarining elaro mashhurligi tasodifiy emas. U bolaligidan olamga hayrat ko‘zi bilan qarovchi, uning boshqalar ko‘rolmaydigan jihatlarini ilg’ovchi qizaloq ekanligi bilan ajralib turardi. Buning ustiga, oilasidagi muhit ham yosh Zulfiyada badiiy ijodga ishtiyoqni alangalatardi.
Shoira bolaligini shunday eslaydi: “Otamni… Isroil degrez der edilar. Otam zahmatkash temirchi edi. Otamning hamma vaqt olovga yo‘ldosh kasbidan faqat zavq ko‘rar edim. Otamday qudratli odam yo‘q edi men uchun. Temirlar otam qo‘lida chaqmoqlar taratishiga boqib, hayratda qolar edim. Uning qo‘llari cho‘g’ga aylangan temir parchasini istagan shaklga solib, inson uchun kerakli narsaga aylantirishga qodir edi. Men hali-hanuz otamday bolishni orzu qilaman, ammo na iloj, inson qalbiga kira bilish temirga ishlov berishdan mashaqqatliroq, yurakni chaqmoq kabi alanga oldirish har kimga ham muyassar bo‘lavermas ekan…
Mening onam o‘zining ta’biricha, “usti butun – ichi tutun” ayollardan edi. U hamma vaqt kamgap, xayolchan edi, lekin fikrlari, o‘ylari mudroq emasligini, unga mutelik, zaiflik yot ekanligini bilar edim. Ruhidagi ma’yuslik, ovozidagi hazinlik faqat uning xarakteriga xos bir sifatgina edi, xolos.
Onamning qancha-qancha qo‘shiq va afsonalarni, doston va ertaklarni bilishiga aqlim bovar qilmasdi. Bu sehrli afsona va ertaklar bizga benihoya huzur bag’ishlar, o‘ziga rom qilib olar, har safar yangi jilva kasb etardi. Aminmanki, mo‘jizalar yaratishga qodir, jahonni ko‘zga keng ochuvchi, insonni go‘zallik sari yetaklovchi so‘zga shaydolik hissini mening qalbimda ostona hatlab ko‘chaga chiqmagan oddiy ayol – onam uyg’otgan…”
Zulfiya she’riyati ana shunday pokiza buloqlardan suv ichgan ijoddir. Ayni shu sababdan uning tinchlik haqidagi, inson ruhiyatini g’ajib tashlay oladigan hijron to‘g’risidagi, tabiatning ajib bir holati borasidagi she’rlari hech kimni befarq qoldirmaydi. Shu bois shoiraning barcha ayollarga, barcha onalarga, barcha ma’shuqalarga xos, tushunarli, anglanarli bo‘lgan she’riyati aslo eskirmaydi. Uning asarlarida halol inson tuyg’ularining porloq yulduzi charaqlab turadi.
Shoiraning “Oydinda”, “Sensiz”, “Yurak”, “Falak”, “Bahor keldi seni soʻroqlab”, “Oʻgʻirlamang qalamim bir kun”, “Boʻm-boʻsh qolibdi bir varaq qogʻoz” kabi sheʼrlari, “Oʻgʻlim, sira boʻlmaydi urush”, “Mushoira” kabi sheʼrlari xalq orasida mashhur. “Uni Farhod der edilar”, “Quyoshli qalam”, “Xotiram siniqlari” kabi lirik va liro-epik dostonlar muallifi. Shoira turmush o‘rtog`i Hamid Olimjonning bevaqt vafotidan soʻng koʻplab mahzun sheʼrlar yozdi. Pushkin, Lermontov, Nekrasov, L. Ukrainka, V. Inber va boshqa koʻplab shoirlarning asarlaridan namunalarni oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Zulfiya she’riyati tabiatga hamda uning ajralmas qismi va yuqori cho‘qqisi bo‘lmish odamzotga nisbatan hayajonli sevgi bilan burkangan. Uning she’rlarida tabiat och ranglarda, yorqin bo‘yoq va timsollarda gavdalanadi.
Zulfiyaning olijanoblik, jasorat, haqqoniy xalq g‘ururi, tabiat va insonga nisbatan samimiy tuyg‘ular va hurmat, boy ranglar va kutilmagan yangi timsollar bilan yo‘g`rilgan lirikasi kitobxon qalbini larzaga keltiradi, insoniyatning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi.
Iqtidorli shoira va yozuvchi, inson qalb tug‘yonlarini o‘tkir bilimdoni bo‘lib, turli janrlarda asarlar yaratgan: dostonlar, balladalar, elegiyalar, nasriy she’rlar, hikoyalar, ocherklar, publististik maqolalar va gazeta xabarlari. Uning ko‘p she’rlari SSSR xalqlari tinchligi va do‘stligi sari kurashga bag‘ishlangan edi. Urush yillari u vatanparvarlik she’rlarini yozgan. U tomonidan, shuningdek, o‘zbek bastakorlarining operalariga librettolar ham yozilgan, masalan, “Zaynab va Omon” operasiga libretto. Shu bilan birga, turmush o‘rtog‘i Hamid Olimjon qalamiga mansub “Semurg‘” dostoni mavzusi asosida, ertak-sahna asarini ham yozgan.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsam, Zulfiyaxonim o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos o‘ringa ega shoira bo‘lishi bilan birga inson sifatida ham shu xalqning barcha olijanob xislatlariga ega ayol bo‘lgan. Bugun shu maqolani yozish va Zulfiyaxonimni ijodiga chuqurroq nazar solish orqali yana bir karra amin bo‘ldimki, o‘zbek adabiyoti XX asrda har qancha ziddiyatli, mashaqqatli va murakkab yo‘lni bosib o‘tgan bo‘lmasin, unda bir qator tom ma`nodagi ijodkorlar yetishib chiqgan va ularni ichidagi porloq yuzluzlardan biri bu- Zulfiyaxonim! Bugungi istiqlol kunlarida ularning ijodlari yangi qirralari bilan namoyon bo‘lmoqda. Zulfiyaxonimning hayoti va ijodi barcha xotin-qizlar uchun ibrat. Nеgaki, uning hayotidagi mеhnatsеvarligi, doimo olg’a intilishi, sеvgi bobida sadoqatli yor ekanligi, badiiy ijod borasida tinimsiz izlanuvchanligi hamda hayot qiyinchiliklarida esankiramasligi, erishilgan yutuqlar oldida o‘zini yo‘qotmasligi har qanday qiz yoki ayol qalbida havas uyg’otadi.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Qayumov L.Shoira Zulfiya.Toshkent,O‘zadabiynashr,1965 2. Mirvaliyev S. O‘zbek adiblari. Toshkent; Yozuvchi,2000 3. Tanlangan asarlar (3jildi), Toshkent, 2008 4. G'afurov I. Zulfiya siymosi // Sharq yulduzi, 2015, №1. - B. 114-120. 5. Sharafiddinov O. Sizni sog'indim, Zulfiya opa! - Ijodni anglash baxti. - T., Sharq, 2004. 6. Habibullayevna, R. S. (2023). BOBUR ADABIY MUHITI VA UNING MANBALARI. Scientific Impulse, 1(7), 157–162. Retrieved from 7. Habibullayevna, R. S. (2022). O ‘ZBEK TILINING LUG ‘AT BOYLIGI. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(6), 825-826. 8. Khabibullayevna, R. S. (2021). HISTORY OF NAMING OF UZBEK LITERARY LANGUAGE. ResearchJet Journal of Analysis and Inventions, 2(06), 26- 28. 9. N. N. Donayeva, & F. A. Normurodova (2021). O’QUVCHILARDA
MA`NAVIY-AXLOQIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY
AXBOROT VOSITALARIDAN FOYDALANISH. Academic research in educational sciences, 2 (NUU Conference 1), 214-216.
10. Donayeva, NNT (2020). ZAMONAVIY AXBOROT MUHITIDA O'QUVCHI
YOSHLARNING MA'NAVIY-AXLOQIY QIYOFASINI
YUKSALTIRISH. Talabalar gazetasi , (22-8), 65-66. 11. Baxriddin o‘g‘li, F. O., Abdunabiyevich, F. A., & Norbo‘Tayevna, N. D. (2022). Scientist: International Scientific Research Journal, 3(02), 577-580.
12. Donaeva, N. (2022). PEDAGOGICAL SYSTEM OF FORMING SPIRITUAL
MATURITY IN STUDENTS IN INFORMATION ENVIRONMENT. Emergent
Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL), 3(12), 64-72. 13. Abdunabievich, F. A., Ugli, F. O. B., & Norbutaevna, N. D. (2022). TYPES OF
PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES THAT CORRESPOND TO THE SPECIFICS
OF MORAL AND AESTHETIC EDUCATION AND TEACHING OF STUDENTS.
14. Abdurazakov, F. A., & Meliev, S. K. (2022). Interactive Methods Used In The Formation Of Creative Activity (On The Example Of Primary School Students). Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(1), 257-262. 15. Abdurazakov, F. A., & ugli Odinaboboev, F. B. (2022). Pedagogical importance of using module educational Technologies in the system of continuous education on the basis of modern approaches. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(1), 173-180. 16. Абдуразақов, Ф. (2022, October). ЎҚУВЧИЛАРГА АХЛОҚИЙ-ЭСТЕТИК
ТАРБИЯ БЕРИШДА НОТИҚЛИК МАДАНИЯТИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ
МЕХАНИЗМЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. In E Conference Zone (pp. 110- 115). 17. Абдуразақов, Ф. (2022). ЎҚУВ МАШҒУЛОТЛАРИДА
УҚУВЧИЛАРНИНГ НОТИҚЛИК МАДАНИЯТИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ.
Conferencea, 78-84.33 18. Чарыев, И., & Абдураззоков, Ф. (2021). СОВРЕМЕННЫЕ
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ОБРАЗОВАНИИ В УЗБЕКИСТАНЕ.
Энигма, (32), 86-93.
19. Abdurazakov, F. (2022). SPEAKING SKILLS FORMATION MECHANISMS.
Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(11), 91-100.
20. Абдуразақов, Ф. А. (2023). ОҒЗАКИ ВА ЁЗМА НУТҚҚА ҚЎЙИЛАДИГАН
ТАЛАБЛАР. Journal of Universal Science Research, 1(1), 36-42. 21. Xudayqulov, X., & Abdurazaqov, F. (2022). ЁШЛАР ОРАСИДА НУТҚ
МАДАНИЯТИ РИВОЖЛАНТИРИШ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ. Science and
innovation, 1(B7), 815-821. 22. Чарыев, И. Профессор кафедры Педагогики ТерГУ. Абдураззоков Фазлиддин, Магистрант 2-курса ТерГУ. СОВРЕМЕННЫЕ
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ОБРАЗОВАНИИ В УЗБЕКИСТАНЕ.
Научно-практический журнал «Энигма» Выпуск № 32 (Апрель 2021)., 86. 23. Baxriddin o‘g‘li, F. O., Abdunabiyevich, F. A., & Norbo‘Tayevna, N. D. (2022). Scientist: International Scientific Research Journal, 3(02), 577-580
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.