bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning intellektual, ma’naviy va estetik tarbiyasini rivojlantirishda kitobxonlikning o‘rni beqiyosdir. Ayniqsa, tayyorlov guruhlarida kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirish bolalarda o‘qishga qiziqish uyg‘otish, og‘zaki nutqni rivojlantirish, tasavvur va tafakkurni kengaytirishga xizmat qiladi. Ushbu jarayonda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llash orqali bolalarning mustaqil fikrlash, tinglab tushunish, rivoyat va voqealarni hikoya qilish malakalari shakllanadi. Kitob bilan ishlash madaniyatini erta yoshdan boshlab singdirish, bolalar qalbida kitobga muhabbat uyg‘otish, o‘quvga tayyorgarlik bosqichining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir.
в настоящее время чтение играет важную роль в интеллектуальном, духовном и эстетическом развитии детей в системе дошкольного образования. Особенно формирование навыков чтения в подготовительных группах способствует развитию интереса к чтению, устной речи, воображения и мышления. Применение современных образовательных технологий в этом процессе помогает детям развить навыки самостоятельного мышления, понимания на слух и пересказа.