hozirgi kunda jahon andozalari talablariga mos ta’lim berish jarayonini amaliyotga joriy etish ta’limning bir qator tarkibiy qismlarida sifat masalasiga qat’iy e’tibor qaratishni taqozo etadi. Yosh avlodning sog‘lom o‘sishi, sifatli ta’lim olishi va barkamol shaxs bo‘lib voyaga etishini ta’minlash, shuningdek, yoshlarning madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini har tomonlama qo‘llabquvvatlashga qaratilgan “besh muhim tashabbus”ni joriy etish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Talim sifatini oshirish bu iloji boricha ko‘prok bilim to‘plash, axborotga ega bo‘lishgina emas, balki tafakkurni rivojlantirish, nihoyatda katta axborot oqimidan zarurlarini tezda tanlab olish, yo‘nalishni tezda mo‘ljalga olish, vaziyatni baholash, nostandart muammolarni еchish ko‘nikma va malakasini shakllantirishdir. Hayot sifati muammolarini hal qilish, ayniqsa, tarkibiy qayta qurish, ijtimoiy siyosat modellarini o'zgartirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yangi yo'nalishlari, yo'llari va mexanizmlarini izlash davrini boshdan kechirayotgan Yangi O’zbekiston uchun juda muhimdir. Hozirgi davrda mamlakatimizda olib borilayotgan barcha islohotlarning pirovard maqsadi-aholining hayot darajasi va sifatini oshirishga qaratilgandir. Bu borada juda ko’p ishlar qilinganligiga qaramasdan, ularning ayrim masalalari nazariy jihatdan o’z еchimini topmagan. Ulardan biri-insonning hayot darajasi va sifati tushunchalarining nazariy jihatdan asoslangan ta’rifi, ularni ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqilmaganligi, mazkur masalaning ijtimoiy-psixologik jihatlari o’rganilmaganligi kabilarni keltirish mumkin.
в настоящее время процесс внедрения образовательных подходов, соответствующих мировым стандартам, требует пристального внимания к вопросам качества в различных компонентах образования. Обеспечение здорового роста молодежи, качественного образования и их формирования как гармоничных личностей, а также поддержка интереса молодежи к культуре, искусству, спорту, информационным технологиям и чтению книг является частью «пяти важных инициатив», направленных на всестороннюю поддержку. Повышение качества образования включает не только сбор большего объема знаний и информации, но и развитие мышления, способность быстро выбирать необходимую информацию из потока данных, прогнозировать, оценивать ситуацию и решать нестандартные проблемы, что способствует развитию навыков и компетенций. Решение проблем качества жизни, особенно в период структурных реформ, изменения моделей социальной политики и поиска новых направлений, путей и механизмов социальноэкономического развития, чрезвычайно важно для Нового Узбекистана. Основной целью всех проводимых в стране реформ является повышение уровня и качества жизни населения. Несмотря на значительные достижения, ряд вопросов теоретически не имеет решения, например, теоретическое обоснование понятий уровня и качества жизни, отсутствие системы показателей, которые их характеризуют, а также не изучены социально-психологические аспекты этих понятий.