TARIXSHUNOSLIGIDA
Komiljonova Nozima Avazbek qizi,
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Tarix fakulteti talabasi
Annotatsiya: 1917-yil fevral burjua-demokratik inqilobining Turkistonga ta'siri masalalari haqida mustaqillikka erishganimizdan so’ng bir guruh olimlar tomonidan o’rganiladi boshladi. Xususan bu davr tarixi yoritilgan R.M Abdullayev, D.A.Alimova, M.Asqarov, G.Sh.Zunnunova, S.S.A’zamxo’jayev1 va boshqa mualliflar jamoasi, M.Jo’rayev, R.Nurullin, S.Kamolovlarning2 kitobi, S.A.Toshtemirovaning3 kitoblarida bu davr yoritilganligini ko’rishingiz mumkin. Chet el tarixchilaridan bu mavzu bo’yicha o’rgangan olimlardan Alexander J. Park4 1917–1927 yillar tarixi bilan haqidagi bu asarda mavjud hujjatlardan mazmunli talqinni siqib chiqarishga urinilgan. Bu osha o’n yillikdagi Turkistonga bag'ishlangan yagona asar bo'lib qolmoqda. Bundan tashqari amerikalik tadqiqotchi Adib Xolid5 ning izlanishlari va kitoblaridan foydalanib tahlil qilindi. Bundan tashqari bu maqolaning maqsadi bolsheviklar burjua-demokratik inqilobini Turkiston ziyolilari va aholisiga ta’sirini tarixshunoslik orqali yoritish, fevral inqilobini Turkistonga ta’sirini mustaqillik davrida obyektiv tarixshunoslik orqali tahlil qilish, 1917-yil fevraldagi Turkiston hududidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni hozirgi davr nuqtai nazari bilan o’rganib chiqish, Bu haqda fikr mulohazalarni chet el olimlari 1 Узбскистон гарихи (1917-1991 йи.). Узбскистон 1917-1939 йилларда масъул мухаррирлар Р. Абдуллаев. М. Рахимов. К- Ражабов; Узбекистон Республикаси Фанлap академияси Тарих института. Узбекистоннинг янги тарихи масалалари буйича мувофиклашгирувчи методнъик марказ Тошкент «0‘zbekiston»
ПМИУ. 2019. 560 Б
2 Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида //Тузувчи- лар: М.Жўраев, Р.Нуруллин, С. Камолов ва бошқ.; Таҳрир хайъа- 6. ти: А. Азизхўжаев (раис) ва бошқ./. - Т.: «Шарқ», 2000. - 688 б. 3 S.A. Toshtemirova “Tarixshunoslik [Matn]: o'quv qo'llanma” /. -Toshkent: <<ZEBO PRINT», 2022. - 314 b. 4 Alexander J. Park. Bolshevism in Turkestan, 1917 - 1927. - New York, 1957. 5 “0‘zbekiston tavalludi: ilk SSSR davrida millat, imperiya va inqilob” / Adib Xolid. - Toshkent: «Akademnashr», 2022. - 424 b. va mustaqillik davri tarixchi olimlari orqali bildirish va ularning tarixshunoslikka oid adabiyotlaridan foydalanib yoritishdan iborat. Bu maqolada yoritilayotgan tarixning davriy chegarasi 1917-1924 yillar Turkiston ASSR(1918-1924) va Xiva xonligi , Buxoro amirligi (1917-1920), BXSR va XXSR (1920-1924) yillarda sodir bo’lgan voqealar nazarda tutilgan. Bu davrning o’rganilish tadqiqotlari esa 1991-yildan hozirgi kungacha bo’lgan davrda o’rganib kelinmoqda va izlanishlar olib borilmoqda.
Resume: The effects of the bourgeois-democratic revolution of February 1917 on Turkestan will be studied by a group of scholars after our independence. the history of this period is covered in the books of R. M. Abdullayev, D. A. Alimova, M. Askarov, G. Sh. Zunnunova, S. S. Azamkhozhayev and other authors, in the books of M. Jorayev, R. Nurullin, S. Kamolov, in the books of S. A. Toshtemirova. it can be shown that this period is illuminated. Alexander J. Park, one of the foreign historians who studied on this topic, tried to extract a meaningful interpretation from the existing documents in this work related to the history of 1917-1927. This remains the only work dedicated to Turkestan in the decade. Also, high-quality analysis from the research and books of the American researcher Adib Khalid. In addition, the purpose of this goal is to analyze the impact of the Bolshevik bourgeois-democratic revolution on the intellectuals and residents of Turkestan through historiography, the influence of independence and freedom on Turkestan through objective historiography, and the socio-political processes in Turkestan in February 1917 from the point of view of the current era. study, It is to express opinions about it through foreign scholars and scholars of the period of independence and to protect the literature related to historiography from its sources. The periodic boundary of the history covered in this article is 1917-1924 Turkestan ASSR (1918-1924) and Khiva Khanate, Bukhara Emirate (1917-1920), BSR and XXSR (1920-1924). What can be studied in this period is being studied and researched in the period from 1991 to the present day.
Kalit so’zlar: Inqilob, firqa, ultimatum, burjua, bolshevik, miting, idealogiya, miting, kadet.
KIRISH
1917 yil fevral inqilobining Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotiga ta’siri masalalarining mustaqillik davri tarixshunosligi keng o’rganilib ko’plab tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Masalan bu mustaqillik davrida nashrdan chiqqan “O’zbekiston tarixi (1917-1991 yillar)” kitobida 1917-yil fevral inqilobining Turkistonga ta’siri keng yoritiladi. Bundan tashqari bu kitobda Xiva va Buxoro amirligining so’nggi kunlari, ularning qizil armiya tomonidan zabt etilishi (bu qo’shtirnoq ichida xalq inqiloblari deb atalgan), hamda siyosiy hayotdagi ziddiyatlar, Yosh xivaliklar va Yosh buxoroliklarning aholi turmush sharoitini yaxshilash yo’lidagi islohotlarga ta’rif beriladi. M.Jo’rayev, R.Nurillin, S.Kamolov va boshqalarning hamuallifligida yozilgan “O’zbekiston sovet mutamlakachiligi davrida” kitobi ham bu davr tarixini atroflicha yoritgan. Bu kitobda 1917-yil fevral inqilobidan keying Turkiston hududidagi siyosiy kuchlar guruhlanishi, Sho’roi Islomiya va Sho’roi Ulamo tashkilotlarining tashkil topishi uning tarkibiy a’zolari haqida ma’lumotlar beriladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Kitobda shunday deyiladiki-“Xalq o‘z baxti-saodati uchun kurash bayrog‘i ostida turli tashkilotlarni vujudga keltira boshladi. Samarqandda “Musulmonlar klubi”, “Mirvajul-Islom”, Qo‘qonda “Musulmon mehnatkashlari ittifoqi”, Kattaqo‘rg‘onda “Ravnaq-ul islom”, Xo‘jandda “Muayin at-tolibin” kabi tashkilotlar tuzildi.Taraqqiyparvar ziyolilar tomonidan tashkil qilingan “Turon” jamiyati tashabbusi bilan 1917 yil mart oyida vujudga kelgan yirik milliy tashkilotlardan biri“Sho‘roi Islomiya” edi. Tashqilot nega bunday nom oldi? 1917 yilda Sovetlar (sho‘rolar) tashkil qilish-g‘oyasi keng tarkalgan edi. Joylarda “Hamma hokimiyat Sovetlarga” degan shior ostida namoyishlar o‘tkazila boshlandi.
NATIJALAR
1917-yilning 7-15 aprel kunlari ishchi va soldat deputatlari sovetlarining I Turkiston o‘lka syezdi bo‘lib o‘tdi. Undagi jami 263 delegatning deyarlik barchasi ovrupaliklar vakillari edi. O‘lka hokimiyati to‘g‘risidagi masala muhokamasida bir qancha delegatlar musulmonlarning yagona hokimiyat barpo etish to‘g‘risidagi istaklarini hisobga olishni talab etdi. Syezd demokratik respublika tuzishni yoqlab chiqdi-yu, lekin Turkiston xalqlari uchun o‘lkaga muxtoriyat berish, milliy tengsizlikni tugatish singari masalalarga o‘z munosabatini bildirmadi. Bu masalalar 9-16 aprelda bo‘lib o‘tgan Turkiston o‘lkasi ijroiya qo‘mitalari syezdida ham ko‘rildi. Uning 171 delegatidan 99 tasi ovrupalik edi. Unda delegatlar markazlashtirilgan respublikaga qarshi chiqqan bo‘lsalar ham, lekin muxtoriyat faqat madaniy va siyosiy yetuk xalqlarga berilishi mumkin deb hisobladi. Ayrim delegatlar esa muxtoriyat milliy bo‘lmay, balki hududiy bo‘lishi kerak deb hisoblar edilar. Syezd rezolyutsiyasida ham hududiy muxtoriyat yoqlab chiqildi.Mana shu ikki syezdda ham o‘lka xalqlarini mensimay, ularga ishonchsizlik bildirdilar.
1-RASM
Toshkent. 1918 yil
Turkiston Respublikasi Sovetlarining 2-syezdi delegatlari.
(Ular orasida oq gvardiyachilarning fitnasi paytida halok bo'lganlar ham bor.
1919 yil yanvar voqealari)
MUHOKAMA
Odamlar “Endi xalq Sovetlar orqali o‘z taqdiri va kelajagini hal eta oladi”, deb uylay boshladi. Tashqilotning 1917 yil 14 martdagi yig‘ilishda shunday taklif kiritildi: “Nega rus ishchi va askarlarida o‘z sho‘rolari Sovet ma’nosida bor, biz musulmonlarda esa xech qanday sho‘ro yo‘q. Keling biz ham bugungi majlisda tashkilotimiz nomini ”Musulmonlar sho‘rosi“ yoki chiroyli qilib aytganda ”Sho‘roi Islomiya" deb aytaylik. Shunday qilib, Toshkent shahrining mahalliy aholisi o‘zi saylangan va unga ishonch bildirgan milliy tashkilotga ega bo‘ldi.” Bundan tashqari yana bu davrda yozilgan chet el tadqiqotchisi Adib Holidning “O’zbekiston tavalludi. Ilk SSSR davrida millat, imperiya, inqilob” kitobi ham bu davrdagi voqealarni yoritgan yirik asar bo’ldi.
XULOSA
O’zi umuman olganda Turkiston jadidlari islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni, taraqqiyot va rivojlanishga faqat tinchlik yo‘li bilan, parlament orqali erishishni mo‘ljallagan edilar. Biroq 1917-yildagi voqealar jarayoni, jadidchilik harakatining yirik nazariyotchisi Abdurauf Fitrat o‘sha paytda yozganidek, “Rusiyada bosh ko‘targan yangi bir balo – bolshevik balosi” kuchlar nisbatini butunlay o‘zgartirib yubordi. O‘zbek xalqining boshqa bir fidoyi farzandi Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan o‘rtaga tashlangan “Haq olinur, berilmas!” shiori butun millatning jangovar chaqirig‘iga aylandi. Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, bizning ota-bobolarimiz asrlar davomida o‘z oilalari, muqaddas tuproqlari, diniy e’tiqodlari, urf-odatlari va an’analariga sodiq qolishni ulug‘ ish deb hisoblashgan. Bu daxlsiz urf-odatlarning buzilmasligi uchun o‘zbek xalqining ming-minglab sodiq o‘g‘lonlari o‘z hayotlarini qurbon qilganlar, yurt mustaqilligi uchun bo‘lgan janglarda shahid ketganlar. Turkiston mintaqasi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan vaqtdan beri to‘xtamagan milliy ozodlik harakati xalqning milliy o‘zligini anglashida, o‘z Vatani va millatining ozodligi va mustaqilligi uchun uning vatanparvarlik intilishlarini mustahkamlashda ulkan ta’sir ko‘rsatdi. Qahramon Rajabovni “Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash” kitobida ham 1917-yil fevral inqilobining Buxoro amirligi siyosiy hayotiga ta’siri va bu hududdagi Yosh buxoroliklarning siyosiy harakatlari haqida keng o’rganilib tadqiq qilingan. Bu kitob ham bu davrning mustaqillik davri tadqiqotlarini ichinida salmoqli o’ringa ega. Otamurod Qo’shjonov va Ne’matjon Polvonovlarning “Xorazmda ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va harakatlar (XIX asr ikkinchi yarmi-XX asr birinchi choragi) kitobi 1917-yil fevral inqilobining Xorazmga ta’siri, bu hududagi siyosiy jarayonlar, Yosh xivaliklar harakti va ularning islohotlari haqida batafsil yoritilgan. Yana bir muallif Alisher Doniyorovning “Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi” kitobida va S.A.Toshtemirovaning “Tarixshunoslik” o’quv qo’llanmasida bu davr voqealari mustaqillik davri tadqiqotlari yoritilgan. Yana bu davr yoritilgan maxsus tadqiqotlardan biri Xodamir Qodiriyning “Turkistonda ocharchilik, qahatchilik, yut (1917-1924 yillar)” kitobida garchi bu kitob Turkistondagi ocharchilik va qahatchilik muamolarini yoritsa ham bu davrdagi aholining iqtisodiy holati va turmush tarsi hamda sharoiti haqida tasavvur hosil qiladi
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Узбскистон гарихи (1917-1991 йи.). Узбскистон 1917-1939 йилларда масъул мухаррирлар Р. Абдуллаев. М. Рахимов. К- Ражабов; Узбекистон Республикаси Фанлap академияси Тарих института.
2. Узбекистоннинг янги тарихи масалалари буйича мувофиклашгирувчи методнъик марказ Тошкент «O‘zbekiston» ПМИУ. 2019. 560 Б
3. 1 Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида //Тузувчи- лар: М.Жўраев, Р.Нуруллин, С. Камолов ва бошқ.; Таҳрир хайъа- 6. ти: А. Азизхўжаев (раис) ва бошқ./. - Т.: «Шарқ», 2000. - 688 б.
4. 1 S.A. Toshtemirova “Tarixshunoslik [Matn]: o'quv qo'llanma” /. - Toshkent: <<ZEBO PRINT», 2022. - 314 b.
5. 1 Alexander J. Park. Bolshevism in Turkestan, 1917 - 1927. - New York, 1957.
6. 1 “0‘zbekiston tavalludi: ilk SSSR davrida millat, imperiya va inqilob” / Adib Xolid. - Toshkent: «Akademnashr», 2022. - 424 b.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.