ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

1917 YIL FEVRAL INQILOBI VA OKTYABR TO'NTARISHI

Abstract

 Rossiyada samoderjaviyega barham bergan inqilob sifatida 1917-yil fevral inqilobi qayd etiladi. Fevral inqilobi harbiy magʻlubiyatlar va xoʻjalikdagi vayrongarchilik bilan bogʻliq ravishda mamlakatda iqtisodiy va siyosiy tanazzulning keskin kuchayishi oqibati edi. Oziq-ovqat yetishmasligi tufayli 23 fevralda Petrogradda stixiyali tarzda urushga qarshi mitinglar boshlandi.  U ish tashlashlar va namoyishlarga, kazaklar va politsiya oʻrtasidagi toʻqnashuvlar bilan ulanib ketdi. Natijada esa 24 — 25 fevral da esa yalpi ish tashlashga aylanib ketdi. 26 fevralda qoʻshinlarga qarshi janglar, 27 fevralda yalpi ish tashlash qurolli qoʻzgʻolon darajasiga koʻtarildi, askarlar ommaviy tarzda qoʻzgʻolonchilar tomoniga oʻta boshladi


Full PDF Document

Related Articles

Full text

1917 YIL FEVRAL INQILOBI VA OKTYABR TO'NTARISHI

Sarvarbek Abduvahobov

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti

Tasviriy san’at fakulteti dekan o‘rinbosari

Rossiyada samoderjaviyega barham bergan inqilob sifatida 1917-yil fevral inqilobi qayd etiladi. Fevral inqilobi harbiy magʻlubiyatlar va xoʻjalikdagi vayrongarchilik bilan bogʻliq ravishda mamlakatda iqtisodiy va siyosiy tanazzulning keskin kuchayishi oqibati edi. Oziq-ovqat yetishmasligi tufayli 23 fevralda Petrogradda stixiyali tarzda urushga qarshi mitinglar boshlandi. U ish tashlashlar va namoyishlarga, kazaklar va politsiya oʻrtasidagi toʻqnashuvlar bilan ulanib ketdi. Natijada esa 24 — 25 fevral da esa yalpi ish tashlashga aylanib ketdi. 26 fevralda qoʻshinlarga qarshi janglar, 27 fevralda yalpi ish tashlash qurolli qoʻzgʻolon darajasiga koʻtarildi, askarlar ommaviy tarzda qoʻzgʻolonchilar tomoniga oʻta boshladi. Qoʻzgʻolonchilar shaharning muhim joylarini, hukumat idoralarini egalladilar. Nikolay II taxtdan voz kechdi. Davlat dumasining Muvaqqat komiteti tuzildi. Ishchi va soldat deputatlari Soveti saylandi. Muvaqqat komitet hukumat tuzdi. 1 mart kuni Moskvada, mart oyi davomida butun mamlakatda yangi hokimiyat oʻrnatildi. Fevral inqilobi Turkiston oʻlkasi musulmon aholisini siyosiy jihatdan uygʻotishda, demokratik oʻzgarishlarga boshchilik kilmoqchi boʻlgan yangi kuchlarning siyosat maydoniga chiqishida muhim ahamiyat kasb etdi. Jadidlar vujudga kelayotgan milliy demokratik kuchlarning oʻzagi boʻlishdi. Ular mintaqa tub xalqlarining taraqqiyoti va mustaqilligi toʻgʻrisidagi oʻz gʻoyalarini Fevral inqilobi shiorlari bilan bogʻlab, oʻzlari eʼlon qilgan prinsiplarni amalga oshirishga faol kirishdilar.

1917 yil 27 fevralda Rossiyadagi fevral burjua-demokratik inqilobi g'alabasi tufayli podsho Nikolay II taxtdan ag'darilib, hokimiyat tepasiga rus burjuaziyasi chiqdi va ular muvaqqat (vaqtli) hukumat tuzdilar. Petrogradda bo'lib o'tgan hodisalarlar ta'siri ostida Turkistonda yangi hokimiyat tuzilmalarini barpo qilish yuzasidan kuchli jarayon boshlandi. Bolsheviklar ta'sirida hamma shahar va ishchilar mavzelarida ishchi va soldat deputatlari Sovetlari tuzila boshladi. Ular inqilobiy demokratiya orzusini yuzaga chiqarishga vakil etilgan va muvaqqat hukumat mahalliy muassasalarining xatti-harakatlari ustidan nazorat olib borish huquqini da'vo qiladigan qurollangan xalq organlari tariqasida tashkil topib bordi. Bu sovetlar hay'atiga asosan yevropalik aholi vakillari kirdi.

2. Turkiston Rossiya tomonidan bosib olingan vaqtdan beri to'xtamagan milliyozodlik harakati xalqning milliy o'zligini anglashida, o'z Vatani va millatining ozodligi va mustaqilligi uchun uning vatanparvarlik intilishlarini mustahkamlashda ulkan ta'sir ko'rsatdi. Ma'lumki, jadidlar islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish uni, taraqqiyot va rivojlanishga faqat tinchlik yo'li bilan, parlament orqali erishishni mo'ljallagan edilar. Ular o'zbek xalqining o'ziga xos milliy xususiyati (mentaliteti), uning samimiyligi, bag'rikengligi, sabr-toqati, bardoshi va chidamini ham hisoblagan holda tinch yo'l bilan hokimiyatni qo'lga olishga intilgan edilar. 1917 yilning mart aprel oylari o'lkaning siyosiy uyg'onishida burilish davri bo'ldi. Paydo bo'lib kelayotgan milliy demokratik kuchlarning yetakchisi jadidlar bo'lib qoldi, ular o'zlarining avvalgi butun faoliyatlari bilan shu vazifaga tayyorlangan edilar. Ular demokratik inqilobga va u e'lon qilgan tamoyillarga katta umid bog'lab, uning g'oyalari va shiorlarini amalga oshirishga faollik bilan kirishdilar. Shu oylarda ular xalq ongi shuurida jipslashish, milliy birlikni mustahkamlash ehtiyojini uyg'otish bobida muhim qadamlar qo'yishga erishdilar.

Rossiyada 1917 yil fevral inqilobidan so‘ng avj olgan umumdemokratik harakatda mustaqil Turkiston uchun kurashdi. Taraqqiyparvar islohotchilar matbuot va mitinglarda Turkistondagi ijtimoiy tengsizlik, mehnatkash ommaning og‘ir ahvoli haqida kuyinchaklik bilan so‘zlab, uning ijtimoiy sabablari, ildizlarini anglashga va xalqqa tushuntirishga harakat qilishdi.

Fevral voqealaridan keyin Turkistonda ruhoniylar orasida ham uyg‘onish sodir bo‘ldi. Ular ham umummusulmon birligi g‘oyasiga tayanib, 1917 yilning aprel oyi boshlarida “Shuroi Islomiya”ga qo‘shilib, tashkilot tarafidan uyushtirilgan tadbirlarda qatnashdilar. Biroq shu yilning yozida jadidlar (yangi islohotlar tarafdorlari) va qadimlar (eskilik tarafdorlari) orasidagi munosabat keskinlashdi, natijada qadimlar “Ulamo” jamiyatini tuzib, Turkistonda feodal tuzumni tiklash va uni shariat asosida boshqarish vazifasini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydilar.

3.Fevral voqealaridan keyin siyosiy tashkilotlar faoliyatida ham o'zgarishlar sodir bo'la boshladi. "Sho’royi Islomiya", "Ulamo" va "Alash O'rda" singari yangi firqalar tashkil topdi. Xalq o'z baxti-saodati uchun kurash bayrog'i ostida turli tashkilotlarni vujudga keltira boshladi.Samarqandda "Musulmonlar klubi", "MirvajulIslom", Qo'qonda "Musulmon mehnatkashlari ittifoqi", Kattaqo'rg'onda "Ravnaq-ul islom", Xo'jandda "Muayin at-tolibin" kabi tashkilotlar tuzildi. Taraqqiyparvar ziyolilar tomonidan tashkil qilingan "Turon" jamiyati tashabbus bilan 1917 yil 14 martida vujudga kelgan yirik milliy tashkilotlardan biri "Sho’royi Islomiya" edi.1

15 martda Munavvar qori hovlisida I idora majlisi bo'lib o'tdi, unda doimiy rais, kotib, sarkotib, xazinador va ularga muovin saylandi. Raislikka Abulvoxid qori Abdurauf qori o'g'li, muovinlikka Munavvar qori Abdurashidxon o'g'li, sarkotiblikka Katta xo'ja Boboxo'ja o'g'li, xazinadorlikka mulla Rizo Oxun Yo'ldoshxo'ja o'g'li, muovinlikka Abdusamin qori Xidayotboy o'g'li saylandi." “Sho‘roi Islomiya” tashkiloti o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsad va vazifalarni muvaqqat qonunning quyidagi bandlarida bildirgan:

1. Turkiston musulmonlari orasida siyosiy, ilmiy va ijtimoiy jihatdan zamonaga muvofiq islohot fikri tarqatmoq.

2. Butun Turkiston musulmonlarini bir fikr va bir maslakka kelturmoqqa tadbir va harakatlarqilmoq.

3. Mamlakatlarning usul idoralari haqida ma’lumot yig‘ib, Ta’sis majlisiga hozirlanmoq.

4. Turkistonning har bir shahar, qishloq va ovullarida mitinglar yasab, siyosiy, ilmiy va ijtimoiy xutbalar o‘qitmoq.

5. Eski ma’murlarni o‘rindan qoldirib, o‘rniga yangi ma’murlar qo‘ymoq yo‘llarini xalqqa ko‘rsatmoq.

6. Turkistondagi turli millatlar orasida bo‘lgan va bo‘ladurg‘on ixtilof va shubhalarni bitirib, bir-birlariga yaqinlashtirib, birlashtirmoq uchun tadbir va harakatda bo‘lmoq.

7. Turli millat va firqalarning komitetlari ila aloqada bo‘lib, o‘z vakillari vositasi ila musulmon extiyojlarini ul komitetlarga bildirmoq va lozim topganda ulardan yordam so‘ramoq.

Aprel oyining boshlarida o‘lkaning boshqa shaharlarida ham «Shuroi Islomiya» tashkilotlari barpo etildi. Ularning asosiy vazifasi-kelajakda Turkiston avtonom (mustaqil) jumhuriyatini barpo etish edi. 1 Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. 3-kitob. –T.: Sharq, 2010. – B.14.

Bu tashkilot Turkistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida juda katta rol o'ynadi. Uning vakillari Moskva va Qozonda bo'lib o'tgan Umumrusiya musulmonlari qurultoyida qatnashdi. Turkiston shaharlari Dumasiga a'zo bo'lib kirdi, Ta'sis majlisida tasdiqdan o'tkazish uchun o'lkani idora etish usuli qonun loyihasini tayyorlashda faol qatnashdi, har xil xayriya ishlarida faol bo'ldi. Maktab va madrasani isloh qilish yo'llarini belgilab berdi. Demak, "Sho’royi Islomiya" a'zolari bo'lmish turkistonlik milliy demokratik ruxdagi taraqqiyparvar ziyolilarimiz Rossiyada 1917 yil fevral inqilobidan so'ng avj olgan umumdemokratik harakatda mustaqil Turkiston uchun kurashdi. Taraqqiyparvar islohotchilar matbuot va mitinglarda Turkistondagi ijtimoiy tengsizlik, mehnatkash ommaning og'ir ahvoli haqida kuyinchaklik bilan so'zlab, uning ijtimoiy sabablari, ildizlarini anglashga va xalqqa tushuntirishga harakat qilishdi. Biroq 1917-yildagi voqealar jarayoni, “Rossiyada bosh ko'targan yangi bir balo - bolshevik balosi” (Fitrat) kuchlar nisbatini butunlay o'zgartirib yubordi2 . Mahmudxo'ja Behbudiy tomonidan o'rtaga tashlangan “Haq olinur, berilmas” shiori butun millatning jangovar chaqirig'iga aylandi. Mustaqillik va ozodlik uchun, Turkistonda muxtoriyat o'rnatish uchun parlament yo'li orqali kurashgan Turkiston Muxtoriyati hukumati bolsheviklar tomonidan qonga botirildi3 . Turkistonda kommunistik mafkuraga tayangan mustabid sovet rejimi qaror topdi.

4. Fevral inqilobidan keyin Muvaqqat hukumatning ishchilar va dehqonlarning talablari, milliy masalalarni hal qilishdagi sustkashligi va qatʼiyatsizligi, Rossiyaning urushda ishtiroki davom etayotganligi umummilliy inqirozni avj oldirdi, markazda ekstremistik (oʻta soʻl) partiyalarning, mamlakatning chekkalarida esa millatchi partiyalarning kuchayishi uchun sharoit tugʻdirdi. Hammadan ham bolsheviklar faol harakat qildilar. Ular Rossiyada sotsialistik inqilobni boshlaymiz, bu jahon inqilobining debochasi boʻladi, deb bong urdilar. 1917-yil avgust oxiri — sentyabr boshlarida bolsheviklar Petrograd va Moskva Sovetlarida koʻpchilikni egalladi va qurolli toʻntarishga tayyorgarlik koʻrishdi. 24-oktyabrdan 25-oktyabrga oʻtar kechasi (yangi taqvim boʻyicha 6—7 noyabr) qurollangan ishchilar, Petrograd garnizonining soldatlari va Boltiq flotining matroslari „Qishki saroy“ga bostirib kirdi va Muvaqqat hukumat aʼzolarini qamoqqa oldi. Butun Rossiya Sovetlarining II syezdida 2 Турсунов Х. ХХ аср бошларидаги миллий матбуотдаги Туркистондаги ижтимоий-иқтисодий ҳаёт масалалари // O’zbekiston tarixi. 2007. –№. –Б.45-48 3 Аъзамхўжаев С. Туркистон мухторияти. – Т.: Маънавият, 2000. –Б.48 bolsheviklar dastlab soʻl eserlar bilan hamkorlikda Muvaqqat hukumat agʻdarilganligini qoʻllab-quvvatlab, “Tinchlik va Yer” toʻgʻrisida dekretlar eʼlon qildilar. V.I.Lenin boshchiligidagi hukumat — Xalq Komissarlari Soveti (XKS)ni tuzdilar. Petrograd va Moskvada Muvaqqat hukumatga sodiq kuchlarning qarshiligini shafqatsiz bostirib, Rossiyaning muhim markaziy sanoat shaharlarida tezlik bilan hukmronlikni oʻrnatdilar. Asosiy dushman — kadetlar partiyasi esa qonundan tashqari deb eʼlon qilindi, partiya yoʻlboshchilari qamoqqa olindi, matbuot erkinligiga chek qo’yildi.

28-oktabrda Toshkentning yangi shaharida rus ishchilari va soldatlari bolsheviklarning qutqusi bilan qurolli to‘qnashuvlarni boshlab yuborishdi. Ular general Korovichenko qismlaridan ustun keldilar. 1 noyabrda Korovichenko va Muvaqqat hukumatning Turkiston Ko‘mitasi qamoqqa olindi. Toshkentda zo‘ravonlik yo‘li bilan sovet hokimiyati o‘rnatildi.

Hujjatlarning guvohlik berishicha, 1917-yilning kuziga kelib, o‘lka shaharlari, viloyatlari va uyezdlarida aholining hokimiyatni sovetlarga o‘tishini talab qiluvchi faol chiqishlari kuzatilmagan. Aksincha, joylardan kelib turgan xabarlar va telegrammalarda Muvaqqat hukumatni qo‘llab-quvvatlash haqida gapirilar ekan, bolsheviklar va boshqa bosqinchilarning hokimiyatni sovetlarga berish haqidagi talablari fosh etilar, mamlakat taqdirini hal qiladigan Ta’sis Majlisini chaqirish g‘oyasi qo‘llab-quvvatlanardi.

Demak, 1917-yil noyabr oyining boshida bolsheviklar faqatgina qurol kuchiga tayangan holda Toshkent shahrida hokimiyatni qo‘lga kiritishdi. Bu holni arxivlarda saqlanib qolgan o‘sha davrga oid ko‘plab rasmiy hujjatlar ham isbotlaydi. Turkiston respublikasi rahbarlarida biri keyinchalik quyidagi fikrni e’tirof etishga majbur bo‘lgan edi: ”Turkiston bir necha o‘n yillar mobaynida chorizm mustamlakasi bo‘lib keldi va bu hol barcha ijtimoiy kayfiyat va munosabatlarda o‘zining o‘chmas muhrini qoldirdi. Samoderjaviye tomonidan olib borilgan mustamlakachilik kayfiyati va siyosati amaldorlar va xizmatchi unsurlardan tashqari hatto, rus temir yo‘lchilariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan edi. Shundan ma’lumki to‘ntarish ham, sovet hokimiyatini ham bu yerda faqat rus kishilari amalga oshirdi. Tub aholidan esa, mustamlakachi hokimiyatga aloqador kishilargina, unda qatnashishi mumkin bo‘lib, tub aholining qolgan qismi uchun bu g‘oyalar begona va tushunarsiz edi”.

1917-yil 15-22 noyabrda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘lka rus ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining III syezdida 15 kishidan iborat hukumatTurkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Soveti tuzildi. Unda 8 o‘rin so‘l eserlarga, 7 o‘rin bolsheviklar bilan maksimalistlarga berildi. Biroq hukumat faqat rusiyzabon yevropaliklardan iborat bo‘ldi. Turkiston Xalq Komissarlari soveti (XKS) raisi lavozimini kasbi chizmachi bo‘lgan bolshevik F. Kolesov egalladi. Harbiy komissar qilib, izvoshchi Perfilyev, boshqa komissarlik lavozimlariga ham shunga o‘xshash kelgindilar tayinlandilar. Hukumat tarkibiga tub aholi vakillaridan bitta ham vakil kiritilmadi.

Hokimiyat bolsheviklar qo‘liga o‘tishi bilan o‘lkada Muvaqqat hukumatning barcha bo‘g‘inlari tugatilib, o‘rniga avvalo jazo organlari va sovet boshqaruv tizimi o‘rnatildi. Bu tasodifiy hol bo‘lmagan. Bolsheviklar hukmronligi zo‘ravonlik o‘rnatilgandagina saqlanib qolishi mumkin edi. Shuning uchun ham, Turkiston XKS 1917-yil 28 noyabrda o‘lkada qizil gvardiya bo‘linmalarini tuzish haqida qaror qabul qiladi. Bu bo‘linmalar sovet tuzumi va bolsheviklarga qarshi ko‘tarilgan dastlabki ongli chiqishlarni bostirishda faol ishtirok qildilar. Shu vaqtning o‘zida Butunrossiya Favqulodda komissiyasi (cheka) organlari va Inqilobiy tribunallar tashkil etildi. Proletariat diktaturasining bu jazo organlari ozodlik va demokratiyani bo‘g‘ishda, to‘g‘ri fikrlaydigan kishilarni qatag‘on qilishda muhim qurol bo‘ldi va Vatanimizning tarixida o‘zining mash’um asoratlarini qoldirdi.

Turkiston XKS 1917-yil oxirlarida o‘z qarori bilan “Sho‘roi Islomiya” va boshqa mahalliy demokratik tashkilotlarni tarqatib yubordi. Bu tashkilotlarning rahbarlari keyinchalik Turkiston Muxtoriyati hukumatiga qo‘shildilar, ayrimlari sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatiga g‘oyaviy rahnamolik qildilar. Shunisi xarakterliki, “Sho‘roi Ulamo” tashkilotining Toshkent sho`basi faqat 1918 yil 13 mayda yopildi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bir-biridan qisqa vaqt davomida farq qiluvchi bu ikki davlat to’ntarishining ta’siri nafaqat Rossiyadagi siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy hayotga ta’sir qilibgina qolmay, shu bilan birga o’lkaning barcha mustamlakalariga ta’sir qildi. Dastavval Rossiya markazida qaror topgan sovet tuzumi Turkistonda ham o‘rnatildi. Zo‘ravonlik va xalqlarni ezishga qaratilgan sovet siyosati o‘zining ilk kunlaridan boshlab, Turkistondagi tub xalqlarga nisbatan mustamlakachilik zulmini yuritdi. Rossiya imperiyasining mustamlakachilik tizimi sovet Rossiyasi davrida yanada takomillashtirildi. “Sho’royi Islomiya” va “Sho’royi ulamo” tashkilotlarni tuzilishiga qarshilik qilmasada, ularni o’z manfaatlariga bo’ysundirish kabi harakatlarni olib bordi.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.