“4 K”- XXI ASR KO’NIKMALARINI O’Z ICHIGA OLGAN TA’LIM MODELI
Usmonova Oydin Sherali qizi, Buxoro davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti, Buxoro, O‘zbekiston
Annotatsiya
KIRISH
globallashuv, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt jadal rivojlanayotgan XXI asrda ta’lim tizimi oldiga yangi talablar qo‘yilmoqda. Endilikda o‘quvchilarga faqat nazariy bilim berish yetarli emas, balki ularni hayotiy vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qila oladigan, muammolarni hal qila biladigan, jamoada samarali ishlay oladigan va ijodkor shaxs sifatida shakllantirish zarur. Shu ehtiyojdan kelib chiqib, xalqaro ta’lim amaliyotida “4K” modeli keng qo‘llanilmoqda. “4K” tushunchasi ingliz tilidagi Critical thinking (tanqidiy fikrlash), Creativity (ijodkorlik), Communication (muloqot), Collaboration (hamkorlik) ko‘nikmalarini anglatadi. Ushbu model o‘quvchilarning intellektual, ijtimoiy va kasbiy kompetensiyalarini kompleks rivojlantirishga xizmat qiladi.
MAQSAD
mazkur ishning asosiy maqsadi – “4K” ta’lim modeli mazmunini ochib berish, uning pedagogik ahamiyatini asoslash hamda zamonaviy ta’lim jarayonida qo‘llash mexanizmlarini tahlil qilishdan iborat. Shuningdek: XXI asr ko‘nikmalarining ta’limdagi o‘rni va ahamiyatini aniqlash; “4K” komponentlarining o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatish; Mazkur modelni amaliyotga joriy etishning samarali usullarini yoritish ko‘zda tutiladi.
MATERIALLAR VA METODLAR
ushbu tadqiqotda zamonaviy pedagogik adabiyotlar, xalqaro ta’lim dasturlari (PISA, UNESCO tavsiyalari), kompetensiyaviy yondashuv asosidagi me’yoriy hujjatlar, ilmiy maqolalar va metodik qo‘llanmalar, tahlil va sintez metodi, taqqoslash metodi, kuzatish va umumlashtirish, pedagogik tajribalarni o‘rganishdan foydalanildi. “4K” modeli asosida ta’lim jarayonida quyidagi interfaol metodlar samarali hisoblanadi: Muammoli ta’lim, loyiha metodi (Project-based learning), klaster va “Aqliy hujum” (Brainstorming), debat va munozaralar, jamoaviy topshiriqlar.Ushbu metodlar o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantiradi.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
olingan natijalar shuni tasdiqlaydiki, “4K” modeli an’anaviy ta’limdan farqli ravishda o‘quvchini passiv tinglovchi emas, balki faol ishtirokchi sifatida shakllantiradi. Bu model kompetensiyaviy yondashuv bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, bilimni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, modelni joriy etishda ayrim muammolar ham kuzatiladi: o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi yetarli darajada bo‘lmasligi, interfaol metodlarni qo‘llash uchun vaqt va resurslarning cheklanganligi,baholash tizimining an’anaviy mezonlarga asoslanganligini ko’ramiz. Mazkur muammolarni bartaraf etish uchun o‘qituvchilar malakasini oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish va kompetensiyaviy baholash mezonlarini ishlab chiqish zarur. Shunday qilib, “4K” modeli ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishini ta’minlash hamda ularni global mehnat bozoriga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
XULOSA
“4K” – XXI asr ta’limining asosiy tayanch modeli bo‘lib, u o‘quvchilarni zamonaviy jamiyat talablariga mos ravishda tayyorlashga xizmat qiladi. Tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, muloqot va hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali ta’lim jarayoni samaradorligi oshadi hamda shaxsning har tomonlama kamol topishi ta’minlanadi. Bugungi kunda ta’lim tizimida kompetensiyaviy yondashuvni chuqur joriy etish va “4K” modelini amaliyotga keng tatbiq etish muhim vazifalardan biridir. Bu esa kelajak avlodni raqobatbardosh, innovatsion fikrlovchi va ijtimoiy faol shaxs sifatida tarbiyalashga imkon yaratadi.
Kalit so‘zlar: 4K, tanqidiy fikrlash, ko’nikmalar, ta’lim modeli, kolloboratsiya, kommunikatsiya, kreativlik, tafakkur operatsiyalari
МОДЕЛЬ ОБРАЗОВАНИЯ «4К», ВКЛЮЧАЮЩАЯ НАВЫКИ XXI ВЕКА
Усмонова Ойдин Шерали кизи, базовый докторант Бухарского государственного педагогического института, Бухара, Узбекистан
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ
в условиях стремительного развития глобализации, цифровых технологий и искусственного интеллекта в XXI веке перед системой образования ставятся новые требования. В настоящее время недостаточно предоставлять обучающимся только теоретические знания; необходимо формировать у них способность самостоятельно принимать решения в жизненных ситуациях, решать проблемы, эффективно работать в команде и проявлять творческий подход. В связи с этим в международной образовательной практике широко применяется модель «4К». Понятие «4К» включает в себя навыки Critical thinking (критическое мышление), Creativity (креативность), Communication (коммуникация), Collaboration (сотрудничество). Данная модель направлена на комплексное развитие интеллектуальных, социальных и профессиональных компетенций обучающихся.
ЦЕЛЬ
основная цель данного исследования заключается в раскрытии содержания образовательной модели «4К», обосновании её педагогической значимости и анализе механизмов применения в современном образовательном процессе. Также предусматривается: определение роли и значения навыков XXI века в образовании; раскрытие взаимосвязи компонентов модели «4К»; освещение эффективных способов внедрения данной модели в практику.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ
в ходе исследования использованы современные педагогические источники, международные образовательные программы (PISA, рекомендации UNESCO), нормативные документы на основе компетентностного подхода, научные статьи и методические пособия. Применялись методы анализа и синтеза, сравнительный метод, наблюдение и обобщение, а также изучение педагогического опыта. В рамках модели «4К» в образовательном процессе эффективными считаются следующие интерактивные методы: проблемное обучение, метод проектов (Project-based learning), кластер и «мозговой штурм» (Brainstorming), дебаты и дискуссии, групповые задания. Данные методы способствуют формированию у обучающихся навыков самостоятельного мышления, творческого подхода и работы в команде.
РЕЗУЛЬТАТЫ И ОБСУЖДЕНИЕ
полученные результаты подтверждают, что модель «4К» в отличие от традиционного обучения формирует обучающегося не как пассивного слушателя, а как активного участника образовательного процесса. Данная модель непосредственно связана с компетентностным подходом и направлена на интеграцию знаний с практической деятельностью. Вместе с тем при внедрении модели выявлены определённые проблемы: недостаточный уровень методической подготовки педагогов, ограниченность времени и ресурсов для применения интерактивных методов, а также ориентация системы оценивания на традиционные критерии. Для устранения указанных проблем необходимо повышение квалификации педагогов, широкое внедрение современных педагогических технологий и разработка критериев компетентностного оценивания. Таким образом, модель «4К» играет важную роль в повышении качества образования, обеспечении личностного и профессионального развития обучающихся, а также их подготовке к глобальному рынку труда.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ
модель «4К» является ключевой основой образования XXI века и служит подготовке обучающихся к требованиям современного общества. Развитие навыков критического мышления, креативности, коммуникации и сотрудничества способствует повышению эффективности образовательного процесса и всестороннему развитию личности. В современных условиях важной задачей является глубокое внедрение компетентностного подхода в систему образования и широкое применение модели «4К» на практике. Это позволит воспитать конкурентоспособное, инновационно мыслящее и социально активное поколение.
Ключевые слова: 4К, критическое мышление, навыки, образовательная модель, коллаборация, коммуникация, креативность, мыслительные операции.
THE “4C” EDUCATIONAL MODEL INCORPORATING 21ST CENTURY SKILLS
Usmonova Oydin Sherali qizi, Basic Doctoral Student, Bukhara State Pedagogical Institute, Bukhara, Uzbekistan
Annotation
INTRODUCTION
in the 21st century, characterized by rapid globalization, digital technologies, and the development of artificial intelligence, new demands are being placed on the education system. It is no longer sufficient to provide students with only theoretical knowledge; it is essential to develop their ability to make independent decisions in real-life situations, solve problems effectively, work productively in teams, and demonstrate creativity. In response to these needs, the “4C” model has been widely implemented in international educational practice. The concept of “4C” includes Critical Thinking, Creativity, Communication, and Collaboration. This model aims at the comprehensive development of students’ intellectual, social, and professional competencies.
AIM
the main objective of this study is to reveal the content of the “4C” educational model, substantiate its pedagogical significance, and analyze the mechanisms for its implementation in the modern educational process. Additionally, the study seeks to: determine the role and importance of 21st century skills in education; demonstrate the interconnection between the components of the “4C” model; highlight effective methods for implementing this model in practice.
MATERIALS AND METHODS
this research is based on modern pedagogical literature, international educational programs (PISA, UNESCO recommendations), regulatory documents grounded in the competency-based approach, scientific articles, and methodological manuals. The following research methods were applied: analysis and synthesis, comparative method, observation and generalization, and the study of pedagogical experience. Within the framework of the “4C” model, the following interactive teaching methods are considered effective: problem-based learning, project-based learning (PBL), clustering and brainstorming, debates and discussions, and group assignments. These methods contribute to the development of independent thinking, creative approaches, and teamwork skills among students.
RESULTS AND DISCUSSION
the findings confirm that, unlike traditional education, the “4C” model transforms students from passive listeners into active participants in the learning process. The model is directly linked to the competencybased approach and serves to integrate knowledge with practical application. At the same time, several challenges have been identified in implementing the model: insufficient methodological preparedness of teachers, limited time and resources for applying interactive methods, and assessment systems primarily based on traditional criteria. To address these challenges, it is necessary to enhance teachers’ professional development, widely introduce modern pedagogical technologies, and develop competency-based assessment criteria. Thus, the “4C” model plays a significant role in improving the quality of education, ensuring students’ personal and professional development, and preparing them for the global labor market.
CONCLUSION
the “4C” model represents a fundamental foundation of 21st century education and serves to prepare students in accordance with the demands of modern society. The development of critical thinking, creativity, communication, and collaboration skills increases the effectiveness of the educational process and ensures the comprehensive development of the individual. In contemporary conditions, the deep implementation of the competency-based approach and the broad integration of the “4C” model into educational practice are among the most important priorities. This will contribute to nurturing a competitive, innovative, and socially active generation.
Keywords: 4C, critical thinking, skills, educational model, collaboration, communication, creativity, thinking operations.
XXI asr globallashuv, raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi hamda axborot oqimining keskin ortishi bilan tavsiflanadi. Bunday sharoitda ta’lim tizimi oldida faqat bilim berish emas, balki o‘quvchilarda zamon talablariga mos hayotiy va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish vazifasi ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. An’anaviy ta’lim yondashuvlari bugungi kunda shaxsning mustaqil fikrlashi, muammolarni hal qila olishi va ijtimoiy faol bo‘lishi uchun yetarli emasligi bilan ajralib turadi. Shu nuqtai nazardan, ta’lim jarayoniga “4K” – tanqidiy fikrlash (Critical thinking), ijodkorlik (Creativity), hamkorlik (Collaboration) va kommunikatsiya (Communication) ko‘nikmalarini integratsiya qilish zamonaviy pedagogikaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur model o‘quvchini bilim iste’molchisi emas, balki bilim yaratuvchi, faol va mas’uliyatli shaxs sifatida tarbiyalashga xizmat qiladi. “4K” ko‘nikmalari o‘quvchilarning nafaqat akademik muvaffaqiyatini, balki ularning ijtimoiy moslashuvi va kelajak kasbiy faoliyatida samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Demak, “4K” XXI asr ko‘nikmalarini o‘z ichiga olgan ta’lim modeli ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarni zamonaviy mehnat bozoriga tayyorlash hamda ularning intellektual va ijtimoiy salohiyatini rivojlantirishda muhim pedagogik asos bo‘lib xizmat qiladi.
XXI asr ta’limida asosiy e’tibor bilimlarni yod olishdan ko‘ra, o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, muloqot va hamkorlik kabi muhim kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilmoqda. Mazkur yondashuv ilmiy adabiyotlarda “XXI asr ko‘nikmalari” nomi bilan keng yoritilgan bo‘lib, uning markazida aynan “4K” modeli turadi. Amerikalik tadqiqotchilar B. Trilling va Ch. Fadel o‘zlarining tadqiqotlarida shunday ta’kidlaydilar: “Zamonaviy ta’lim tizimi o‘quvchini tez o‘zgaruvchan dunyoda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan shaxs sifatida tayyorlashi lozim” [1]. Ularning fikricha, “4K” ko‘nikmalari o‘quvchilarning mustaqil qaror qabul qilishi va muammoli vaziyatlarga moslashuvchan munosabat bildirishini ta’minlaydi. Shuningdek, Partnership for 21st Century Skills (P21) tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiyada “4K” ko‘nikmalari ta’lim mazmunining ajralmas qismi sifatida e’tirof etilgan. Ushbu konsepsiyada qayd etilishicha, “tanqidiy fikrlash va kommunikativ kompetensiyalar o‘quvchilarning akademik yutuqlari bilan bir qatorda ularning kelajak kasbiy muvaffaqiyatini ham belgilab beradi” [2]. UNESCO tomonidan e’lon qilingan ta’lim strategiyalarida ham hamkorlikda ishlash va ijodiy fikrlash global ta’lim maqsadlarining muhim komponenti sifatida ko‘rsatiladi. Xususan, UNESCO hisobotlarida *“ta’lim insonni faqat bilim bilan emas, balki ijtimoiy mas’uliyat va faol fuqarolik pozitsiyasi bilan qurollantirishi zarur”*ligi ta’kidlanadi [3]. Milliy pedagogik tadqiqotlarda ham “4K” ko‘nikmalarini rivojlantirish masalasi dolzarb bo‘lib, ular kompetensiyaviy yondashuv asosida ta’lim sifatini oshirishning muhim omili sifatida baholanadi. Tadqiqotchilar ushbu ko‘nikmalarni rivojlantirishda interfaol metodlar, muammoli ta’lim va loyiha asosida o‘qitish samarali ekanligini qayd etadilar. Mazkur maqolada “4K” XXI asr ko‘nikmalarini o‘z ichiga olgan ta’lim modelining pedagogik ahamiyatini yoritishda nazariy va empirik metodlardan foydalanildi. Jumladan: Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish metodi orqali xorijiy va mahalliy pedagogik manbalarda “4K” ko‘nikmalarining mazmuni va ahamiyati o‘rganildi; Qiyosiy-tahliliy metod yordamida an’anaviy va kompetensiyaviy ta’lim yondashuvlari solishtirildi; Umumlashtirish va tizimlashtirish metodi asosida “4K” ko‘nikmalarining pedagogik modeli shakllantirildi. Mazkur metodlar ta’lim jarayonida “4K” ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy asoslarini ochib berish va ularning amaliy ahamiyatini asoslashga xizmat qildi.
4K modeli XXI asr boshlarida, aniqrog‘i 2000-yillardan keyin rivojlangan. Uning paydo bo‘lishiga asosiy sabab — an’anaviy ta’lim zamonaviy hayot talablariga javob bermay qolgani. 2002-yilda AQShda “Partnership for 21st Century Learning (P21)” tashkiloti tuzildi. Ular zamonaviy inson uchun eng zarur ko‘nikmalarni tahlil qilib, 4 ta asosiy kompetensiyani ajratib ko‘rsatdi: (1-jadvalga qarang).
Critical Thinking – tanqidiy fikrlash
Communication – muloqot qilish
Collaboration – jamoada ishlash
Creativity – ijodiy fikrlash
1-jadval “4K” ta’lim modelining tuzilishi, mazmuni va uning natijasida shakllanadigan ko’nikmalar Kompetensiyalar Mazmuni O’quvchida
shakllanadigan
ko’nikmalar
Critical thinking (tanqidiy fikrlash)
Kritik fikrlash-bu ma’lumotni
shunchaki qabul qilish emas, balki
uni tahlil qilish, solishtirish,
baholash va xulosa chiqarish
qobiliyatidir.
savol berish va shubha
qilish;
dalil va faktni ajrata olish;
sabab–oqibatni aniqlash;
muammoni mustaqil hal
qilish. Kommunikatsiya (Communication)
Kommunikatsiya- o‘z fikrini aniq,
tushunarli va madaniyatli tarzda
og‘zaki va yozma ifodalash
qobiliyatidir.
nutq madaniyati;
fikrni asoslab ayta olish;
tinglash va tushunish;
muloqot etikasi. Kollaboratsiya (Collaboration)
Kollaboratsiya — bu jamoada
ishlash, mas’uliyatni bo‘lishish va
umumiy maqsad sari birgalikda
harakat qilish qobiliyatidir.
jamoada ishlash;
fikrlarni muvofiqlashtirish;
murosaga kelish. Kreativlik (Creativity)
Kreativlik-muammoga noan’anaviy
yondashish, yangi g‘oya va
yechimlar topa olish qobiliyatidir.
erkin fikrlash;
tasavvur qilish;
yangilik yaratish;
original yechim taklif qilish. Shu tariqa “4C skills”, bizda keng tarqalgan nomi bilan “4K modeli” shakllandi. Tadqiqot davomida tahlil qilingan ilmiy manbalar va pedagogik yondashuvlar shuni ko‘rsatadiki, “4K” XXI asr ko‘nikmalarini o‘z ichiga olgan ta’lim modeli zamonaviy ta’lim tizimining asosiy talablariga to‘liq mos keladi. Mazkur model o‘quvchilarda nafaqat bilimlarni egallash, balki ularni tahlil qilish, ijodiy qo‘llash va ijtimoiy muhitda samarali muloqot qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Muhokama jarayonida aniqlanishicha, “4K” ko‘nikmalarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish an’anaviy o‘qitish usullariga nisbatan o‘quvchilarning darsdagi faolligini oshiradi, mustaqil fikrlashini rag‘batlantiradi hamda o‘z fikrini asoslab berish ko‘nikmasini shakllantiradi. Ayniqsa, tanqidiy fikrlash va kommunikatsiya elementlarining uyg‘unlashuvi o‘quvchilarning muammoli vaziyatlarga ongli yondashuvini ta’minlaydi. Shuningdek, hamkorlik va ijodkorlikka asoslangan ta’lim muhiti o‘quvchilar o‘rtasida ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlab, jamoada ishlash madaniyatini rivojlantiradi. Bu esa pedagogik jarayonda o‘qituvchining rolini bilim beruvchi shaxsdan ta’lim jarayonini yo‘naltiruvchi va fasilitator sifatida qayta talqin etishni talab etadi. Natijada ta’lim subyektlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikka asoslangan pedagogik muhit shakllanadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, “4K” modeli samaradorligi ko‘p jihatdan o‘qituvchilarning pedagogik mahorati, metodik tayyorgarligi hamda interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish darajasiga bog‘liq. Demak, mazkur modelni muvaffaqiyatli joriy etish uchun pedagog kadrlarning kasbiy kompetensiyalarini muntazam rivojlantirish zarur. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, quyidagi xulosalar chiqarildi:
- “4K” modeli o‘quvchilarning intellektual, ijtimoiy va kommunikativ
kompetensiyalarini kompleks rivojlantirishga xizmat qiladi.
- Ta’lim jarayonida tanqidiy fikrlash va ijodkorlikka yo‘naltirilgan metodlardan
foydalanish o‘quvchilarning mustaqil o‘rganish motivatsiyasini oshiradi.
- Hamkorlik va kommunikatsiya ko‘nikmalarining rivojlanishi o‘quvchilarning
jamoada ishlash, o‘z fikrini erkin ifodalash va boshqalar fikrini hurmat qilish
madaniyatini shakllantiradi.
- “4K” asosidagi ta’lim modeli ta’lim sifatini oshirishda samarali pedagogik
mexanizm bo‘lib, uni umumta’lim maktablari va oliy ta’lim muassasalari am Umuman olganda, “4K” XXI asr ko‘nikmalariga asoslangan ta’lim modeli ta’lim jarayonini shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy va innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etish imkonini beradi hamda zamonaviy ta’lim tizimining barqaror rivojlanishini ta’minlaydi.aliyotiga tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. “4K” modeli aynan kompetensiyaviy ta’limning markazida turadi. Bu yo‘nalishda bilim emas, balki bilimni amalda qo‘llash qobiliyati ustuvor hisoblanadi. 1. Tanqidiy fikrlash - muammo yechish kompetensiyasini 2. Kommunikatsiya- ijtimoiy kompetensiyani 3. Hamkorlik- jamoaviy faoliyat kompetensiyasini 4. Ijodkorlik- innovatsion kompetensiyani shakllantiradi
XXI asr ta’limi shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyo talablariga moslashishni talab qiladi. Shu nuqtai nazardan, “4 K” modeli — kreativlik (Creativity), kritik fikrlash (Critical Thinking), kommunikatsiya (Communication) va kolaboratsiya (Collaboration) — ta’lim jarayonining markaziy komponentlariga aylanmoqda. Ushbu ko‘nikmalar o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, muammolarni samarali hal etish, jamoaviy ishda faol ishtirok etish va yangi g‘oyalarni yaratish qobiliyatini shakllantiradi. Ta’lim jarayonida “4 K” yondashuvini qo‘llash nafaqat bilimlarni oshirish, balki o‘quvchilarning hayotga tayyorgarligini ham mustahkamlaydi. Shu bilan birga, zamonaviy pedagogik metodlar va raqamli vositalar yordamida “4 K” ko‘nikmalarini rivojlantirish o‘quv jarayonini interaktiv, qiziqarli va natijaviy qiladi. Xulosa qilib aytganda, XXI asr ta’limida muvaffaqiyatga erishish uchun “4 K” modeli muhim platforma bo‘lib, o‘quvchilarning shaxsiy va professional rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Trilling B., Fadel Ch. 21st Century Skills: Learning for Life in Our Times. – San
Francisco: Jossey-Bass, 2009.
2. Partnership for 21st Century Skills. Framework for 21st Century Learning. –
Washington, 2015.
3. UNESCO. Education for Sustainable Development Goals. – Paris, 2017.
4. Marzano, R. J. (2010). Teaching with 21st century skills. ASCD.
5. Widodo, S., & Wardani, R. K. (2020). Mengajarkan keterampilan abad 21 4C
dalam sekolah dasar. MODELING: Jurnal Program Studi PGMI, 3(2), 45–56.
6. Karimova, E. D. (2021). 4K modeli asosida ta’lim jarayonini loyihalash. Ta’lim
innovatsiyasi va integratsiyasi, 5(1), 12–19. https://scientific-
jl.com/tal/article/view/11893
7. Najimatdinov, M. K. (2020). 4K modeli asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining
kreativ fikrlashini rivojlantirish. Pedagogik Tadqiqotlar Jurnali, 8(3), 34–42.
8. Matqurbonova, S. (2019). Boshlang‘ich sinf darslarini 4K modeli asosida tashkil
qilishning ahamiyati. Maktabgacha va Maktab Ta’limi Jurnali, 4(2), 55–62.
jurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/2258
9. Barus, R. A. (2021). 4C skills of the 21st century: Their nature and importance in
primary school learning. Multidisciplinary Indonesian Center Journal, 6(1), 23–31.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.