KIRISH: ushbu tadqiqot ishida XIX asr Buxoro adabiy muhitida faoliyat yuritgan Abdurahmon Tamkin Buxoriyning lirik merosi tahlil qilinadi. Unda shoir ijodida yetakchi o‘rin tutgan g‘azal, ruboiy, fard va muammo janrlarining badiiy-estetik xususiyatlari, mazmun-mohiyati hamda ularning tasavvufiy-falsafiy talqini yoritilgan. MAQSAD: Tamkin ruboiylarida ilgari surilgan umuminsoniy g‘oyalar, fardlaridagi didaktik mazmun va muammo janrining o‘ziga xos badiiy talqini ilmiy asosda ochib beriladi. Maqolada shoir ijodining an’ana va yangilik uyg‘unligidagi o‘rni hamda uning bugungi ma’naviy-ma’rifiy tarbiyadagi ahamiyati asoslab berishga harakat qilinadi. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot mavzusini yoritishda biografik, tavsiflash, tarixiy-qiyosiy, kontekstual, analitik tahlil usullaridan hamda falsafiy va madaniy adabiyotlar tahlili, qiyosiy-tahliliy yondashuv, tizimli umumlashtirish hamda madaniyatlararo tahlil metodlaridan foydalanildi foydalanildi. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kutubxonasi qo‘lyozmalar fondiga murojaat qilindi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: ko‘p asrlardan buyon an’anaga aylanib qolgan zullisonaynlik hodisasining Buxoroda sobiq sho‘ro hukumati davrida tanazzulga yuz tutishi xalqning o‘z tarixiy me’rosidan bebahra qolishiga olib keldi. Natijada, sharq she’riyati ayniqsa, fors-tojik adabiyoting eng ko‘p tarqalgan lirik turlari: g‘azal, ruboiy, masnaviy kabilarning o‘z egalariga yetib bormaslik holatlari yuzaga keldi. Bu–ikki tilda ijod qilgan Abdurahmon Tamkin ijodi uchun ham xos bo‘ldi. Biz bugun shoirning go‘zal ijodini, ibratli g‘oyalarini xalqimizga yetkazib berishdek ishni amalga oshirishga jazm etdik. Zero, mamlakatimiz ravnaqi uchun nafaqat shaklan balki, ruhan, qalban, fikran sog‘lom avlodni tarbiyalashdek ulug‘vor ishda Abdurahmon Tamkin ijodiyoti munosib o‘rin tuta oladi. Faqat uni o‘quvchiga yetkaza bilishimiz kerak. XULOSA: Abdurahmon Tamkin o‘tmishdan qolgan madaniy meros zamonaviy muammolarni hal qilishda muhim rol o‘ynashini o‘z davridayoq chuqur idrok eta olgan ijodkorlardan biri edi. U o‘tmishning ulug‘ shoirlari ta’limoti va an’analari asosida inson qudrati va qadriyatini tushunishga da’vat qildi va o‘z davri hokimu hoziqlarini shunga chaqirdi. Shoir mumtoz adabiyotimiz an’analarini muvaffaqiyatli davom ettirdi. Zamondosh shoirlardan farqli ravishda ayrim lirik janlarda ham barakali ijod qildi. Jumladan, ko‘plab chuqur ma’noli ruboiylar yozganligi fikrimizning dalilidir.
INTRODUCTION: this article analyzes the lyrical heritage of Abdurahmon Tamkin Bukhari, who was active in the literary environment of Bukhara in the 19th century. It highlights the artistic and aesthetic features, content, and essence of such genres as ghazal, rubai, fard, and muammo, which occupy a central place in the poet’s творчество, as well as their Sufi-philosophical interpretation. OBJECTIVE: to provide a scientific interpretation of the universal ideas expressed in Tamkin’s rubai, the didactic content of his fards, and the unique artistic interpretation of the muammo genre. The article also seeks to define the role of the poet’s творчество in the harmony of tradition and innovation, and to substantiate its significance in modern spiritual and moral education. MATERIALS AND METHODS: the study employs biographical, descriptive, historical-comparative, contextual, and analytical methods, along with the analysis of philosophical and cultural literature, a comparative-analytical approach, systematic generalization, and intercultural analysis. Manuscripts from the collection of the Abu Rayhan Beruni Institute of Oriental Studies were also consulted. DISCUSSION AND RESULTS: the phenomenon of bilingualism, which had long been a tradition, declined in Bukhara during the former Soviet period, leading to a disconnection of the people from their historical heritage. As a result, many widely распространённые lyrical genres of Eastern poetry—especially in Persian-Tajik literature, such as ghazal, rubai, and masnavi—failed to reach their audience. This was also characteristic of the творчество of Abdurahmon Tamkin, who wrote in two languages. Today, we aim to bring the poet’s rich творческое наследие and instructive ideas to the public. Indeed, his works can play a significant role in educating a spiritually, morally, and intellectually mature generation. The key task is to effectively present them to the reader. CONCLUSION: Abdurahmon Tamkin was one of the thinkers who deeply realized the importance of cultural heritage in addressing contemporary issues. Based on the teachings and traditions of great classical poets, he called for an understanding of human dignity and potential, addressing both rulers and society of his time. The poet successfully continued the traditions of classical literature and, unlike many of his contemporaries, плодотворно contributed to several lyrical genres. In particular, his numerous profound rubai serve as clear evidence of this.