ABDUVALI QUTBIDDIN SHE'RIYATIDA MILLIY QADRIYATLAR
Maxmudova Kamola Bolbekovna
Samarqand davlat universiteti o'zbek filalogiya fakulteti 2- kurs magistranti
ANNOTATSIYA
Abduvali Qutbiddin 1960 yil 20 iyunda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1983). Dastlabki she’riy to‘plami — «Nayson» (1988). Shundan so‘ng shoirning «Humo» (1989), «Baxtli yil» (1991), «Xayol kechasi» (1994), «Sen va sen uchun» (1996), «Uzoqdan olisga» (2007) kabi she’riy to‘plamlari nashr etilgan. «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan (1997).
Key words: adabiyot, shoir, gazeta, she’riyat.
Shoir Abduvali Qutbiddin iqtidorli, nozikta’b va yuksak didli qalamkash. Shoirning to‘plamlariga kirgan she’rlari sodda, ravon ifodalar asosiga qurilganligi bilan ajralib turadi. Shoirning she’rlarida dunyo o‘tkinchi, hamma vaqt hamma narsa o‘tadiketadi, ammo poklik, muhabbat, yaxshilik, mehr kabi buyuk tuyg‘ular qoladi, degan xulosa balqib turadi.
U 1960 yilning 20 iyunida Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tug‘ilgan.
Uning ota-onasi aslida toshkentlik bo‘lib, Shayxontohur mahallasidan, xo‘ja Ahror Valiy avlodiga mansub kishilar edi. Oktabr to‘ntarishi va qatag‘onlik davrining shamoli bu oilani ham chetlab o‘tmagan. Ular bir necha yillar davomida o‘z yurtlaridan judo bo‘lib yashadilar. Shu tufayli Abduvali Qarshida tug‘ilib, Samarqandda tahsil olgan.
1978 yili Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirib, uni 1983 yilda tamomlagan.
Samarqand viloyati gazetasida xizmat qilgan. 1985 yildan esa ona shahri Toshkentga kelib, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir bo‘lib ishlaydi.
Shoirning «Nayson» (1988), «Humo» (1989), «Baxtli yo‘l» va «Baxtli yo‘l» (1991) to‘plamlariga kirgan she’rlari sodda, ravon ifodalar asosiga qurilganligi bilan ajralib turadi.
«Er qa’riga», «Ikki amakimga xat» kabi she’rlarida dunyo o‘tkinchi, hamma vaqt hamma narsa o‘tadi-ketadi, ammo poklik, muhabbat, yaxshilik, mehr kabi buyuk tuyg‘ular qoladi, degan xulosa balqib turadi.
Abduvali Qutbiddinning ilk to‘plami “Nayson”ga so‘z boshi yozgan ustoz shoir Rauf Parfining e’tiroficha:”Abduvali she’riyati dunyoni obrazli idrok etishning ajoyib namunasidir.U borliqni yalang‘och tasavvur qila olmaydi. Qalbiga har bir lahzani, voqea va hodisani his qilib, kamalakdek jilo beradi.
U har bir she’rida, yangi ranglar, ohanglar izlab topishga intiladi. Daf’atan shoir kechinmalarini ilg‘ash qiyindek, tasavvuringizga bu ingichka holatlar bir-biri bilan uzviy emasdek tuyulishi mumkin. Favqulodda o‘xshatishlar, kinoyalar, istioralar… o‘qib ajablanasiz, bu she’rlar boshqalarning she’rlariga sira o‘xshamaydi. Hatto bir qaraganda “qovushmagandek”. Ammo hukm etishga shoshmang! Yana bir bor sinchkov o‘qing, shunda bu notanish satrlar bir-biri bilan pinhona bog‘lanib, o‘ziga xos ruhiy iqlimni yaratayotganiga ishonch hosil qilasiz. Bu iqlimda siz tiriklikning teran qa’rlariga ildiz otgan xotirotning kuyunchak sadolarini tinglaysiz”.
Adabiyotshunos olim Qozoqboy Yo‘ldosh shoirning lirik qahramoni haqida shunday yozadi:”A.Qutbiddinning lirik qahramoni – 80 yillar farzandini turg‘unlik yillari tarbiyalab, hayotga yo‘l ko‘rsatgan edi. 80 yillar avlodi oldida mashaqqatli vazifa – juda ko‘p yolg‘on aralashgan kechagi va bugungi hayotdan insoniy haqiqatni zarrazarralab terib Buyuk Haqiqatning yaxlit vujudini yaratish zarur edi. Bunga esa buyuk va sohir badiiyat qodir, xolos. Faqat ugina sohir aqldan ilgarilab ketishi, tarix sahifalari bo‘ylab sochilib ketgan hayotni faqatgina badiiy obrazlar bir nuqtaga jamlab, ko‘ngil mulkiga aylantirishi mumkin”.
She’rlarian birida A. Qutbidin shunday deydi:
Bu dunyoda topganim halol,
Burda nonim, umrim va yana…
Bu dunyoda topinganlarim
Bo‘ldi Vatan va yana onam!
Kutmasman hech kimdan marhamat,
Qarzga kelgan emas bu yo‘lim.
Bu dunyoda ustozim hayot,
U dunyoda shogirdim o‘lim!
Abduvali Qutbiddin ijodiga nazar tashlar ekanmiz, uning asarlari ham an’anaviy uslubda, ham modernizm yo‘nalishida bitilganini kuzatishimiz mumkin. Shoir she’rlari ramzlarga o‘ta boyligi bilan ajralib turadi:
Nahrlarda etagi yirtiq
Lo‘li qizday qarg‘anar osmon.
Sohil bo‘ylab ketmoqda yo‘rtib –
Oppoq biya
Bedard,
Bedarmon
Arqon kabi tortiladi yel,
Sug‘riladi oftobrang qoziq.
Sapchiyotgan to‘lqin uchidan –
Yana to‘rga
Tushadi
Baliq.
A.Qutbiddinning 1984 yili yozilgan “Nahrlarda etagi yirtiq” misralari bilan boshlanuvchi she’rida abstrakt, o‘ta ramziylashtirilgan tasvirni ko‘rish mumkin. O‘quvchi she’rning badiiy-g‘oyaviy mag‘zini uchinchi banddagi birgina misra – “Muqannani sotgan xiyonat” orqali ilg‘ab oladi. Demak, she’r muayyan tarixiy voqelik haqida. Bu o‘rinda biz uchun muhimi, tarixiy voqelikning muayyan tasvirda, tasvir bo‘lganda ham modernizmga xos abstrakt yo‘sinda ifoda etilganidir. She’rni o‘qirkansiz, shoir tasvirlayotgan manzaralar bilan Muqanna qismatini uyg‘unlikda ko‘ra boshlaysiz. Birinchi bandda kuchli dovul, momaqaldiroq, chaqmoq tasvirlangan bo‘lsa, ikkinchi bandda daryoning qoyaday ko‘tarilayotgan to‘lqinlarini ko‘rasiz. Ayni damda, shoir kichik detallar bilan Muqanna qismatining xarakterli o‘rinlariga urg‘u berib o‘tadi: “Sapchiyotgan to‘lqin uchidan – Yana to‘rga Tushadi Baliq”. Shoir she’r matnida tarixiy voqelikka ishora qilsa-da, aslida, o‘z davri voqealariga yuzlanayotganini anglash qiyin emas. U Muqanna siymosida nafaqat o‘zini va ziyolilarni, balki butun xalqni ko‘rayotgan bo‘lishi ham mumkin.
A.Qutbiddin ijodida she’riyatimizda birinchilardan bo‘lib modernistik tasvir to‘laqonli namoyon bo‘ldi. Undan oldingi shoirlarning she’rlarida muayyan modernistik vizual obrazlar yaratilgan bo‘lsa, A.Qutbiddin butun tasvirni, butun manzarani modernistik uslubda “chizadi”.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Mirvaliyev S., Shokirova R. “Oʻzbek adiblari” Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016. 2. https://qalampir.uz/uz/news/tanik-li-zhurnalist-abduvali-k-utbiddin-vafot-etdi11555 3. Abduvali Qutbiddin hayoti, faoliyati, asarlari, mukofotlari 4. Abduvali Qutbiddin. She’rlar & «Nayson» va «Xayol kechasi» to‘plamlari | Xurshid Davron kutubxonasi kechasi-toplamlari.html
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.