ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

ABU RAYHON BERUNIYNING ILMIY QARASHLARI.

Abstract

“Abu Rayhon Beruniyning ilmiy qarashlari” maqolasida o‘rta asrlarning atoqli olimining dunyoqarashi taqriz va tahlilidir. Abu Rayhon Beruniy astronomiya, matematika, falsafa, tarix va boshqa fanlar sohasida faoliyat yuritgan mashhur olim edi. Maqolada uning tarixni fan sifatida o‘rganishga bo‘lgan yondoshuvi, uslubining asosiy tamoyillari, tarixshunoslik rivojiga qo‘shgan hissasi yoritilgan. Muallif Beruniy ijodini tahlil qilib, uning o‘tmishdagi tadqiqotlarni chuqur bilishini ko‘rsatib, yondashuvining asosliligi va ilmiy jiddiyligini ta’kidlaydi. Maqolaning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, Abu Rayhon Beruniyning tarix faniga oid ilmiy qarashlari o‘tmishni o‘rganishga ilmiy yondashuvni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan. Uning manbalarni tanqidiy tahlil qilishga, turli nuqtai nazarlarni qiyosiy o‘rganishga va xolislikka intilishga asoslangan uslubi keyingi ko‘plab tarixchi va olimlarga o‘rnak bo‘ldi. Maqolada Beruniyning asosiy asarlari va g‘oyalari ko‘rib chiqilib, ularning zamonaviy sharoitda dolzarbligi va ahamiyati ta’kidlangan. Demak, unda olimning nafaqat tarjimai holi, erishgan yutuqlari, balki ilmiy tafakkur rivojiga ta’siri va tarixiy tahlil usullari ham qamrab olingan.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

ABU RAYHON BERUNIYNING ILMIY QARASHLARI.

Aminov Rahmatjon Iskandar o'g'li

Berdaq nomidagi QMU magistranti.

Annotatsiya: “Abu Rayhon Beruniyning ilmiy qarashlari” maqolasida o‘rta asrlarning atoqli olimining dunyoqarashi taqriz va tahlilidir. Abu Rayhon Beruniy astronomiya, matematika, falsafa, tarix va boshqa fanlar sohasida faoliyat yuritgan mashhur olim edi. Maqolada uning tarixni fan sifatida o‘rganishga bo‘lgan yondoshuvi, uslubining asosiy tamoyillari, tarixshunoslik rivojiga qo‘shgan hissasi yoritilgan. Muallif Beruniy ijodini tahlil qilib, uning o‘tmishdagi tadqiqotlarni chuqur bilishini ko‘rsatib, yondashuvining asosliligi va ilmiy jiddiyligini ta’kidlaydi. Maqolaning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, Abu Rayhon Beruniyning tarix faniga oid ilmiy qarashlari o‘tmishni o‘rganishga ilmiy yondashuvni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan. Uning manbalarni tanqidiy tahlil qilishga, turli nuqtai nazarlarni qiyosiy o‘rganishga va xolislikka intilishga asoslangan uslubi keyingi ko‘plab tarixchi va olimlarga o‘rnak bo‘ldi. Maqolada Beruniyning asosiy asarlari va g‘oyalari ko‘rib chiqilib, ularning zamonaviy sharoitda dolzarbligi va ahamiyati ta’kidlangan. Demak, unda olimning nafaqat tarjimai holi, erishgan yutuqlari, balki ilmiy tafakkur rivojiga ta’siri va tarixiy tahlil usullari ham qamrab olingan.

Kalit so‘zlar: Abu Rayxon Beruniy, Xorazm, Hindiston, (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, tarix, geografiya, falsafa, Oʻrta Osiyo, anʼana va urf-odatlar.

Abu Rayhon Beruniy XI asrda yashab o‘tgan O‘rta Osiyoning atoqli olim va mutafakkiri. U turli xalqlar va madaniyatlarni, jumladan, Oʻrta Osiyo xalqlari tarixini oʻrgangan, uning asarlari bu xalqlarning anʼana va urf-odatlari haqida qimmatli maʼlumot manbai hisoblanadi. Beruniy oʻzining “Hind xalqlari kitobi” asarida turli hind qabilalari haqida taʼrif berib, bu xalqlarning madaniyati, dini, urf-odatlari, turmush tarzi haqida maʼlumotlar beradi. Afg‘oniston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari tarixini ham o‘rgandi, bu esa ushbu mintaqa tarixining keng ko‘lamini yaratish imkonini berdi. Uning nasl-nasabida «berun» so‘zi “tashqi shahar”, “Beruniy” esa “tashqi shaharda yashovchi kishi” ma’nosini bildiradi.

Beruniyning ilm-fanga qiziqishi yoshligidanoq kuchli bo‘lgan. Mashhur olim Abu Nasr ibn Iroq Mansur qo‘lida ta’lim oladi. Ibn Iroq falakiyot va riyoziyotga oid bir qancha asarlar yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bag‘ishlaydi. Beruniy ham ustozining ismini hamma vaqt zo‘r hurmat bilan tilga oladi[1].

Beruniy nafaqat Markaziy Osiyo xalqlarining tarixi va etnografiyasi, balki ularning ilmiy yutuqlari, jumladan madaniy yutuqlari bilan ham qiziqdi. U birinchilardan bo‘lib islom ilmi va falsafasini faol o‘rganib, bu sohalar rivojiga hissa qo‘shgan.

Beruniy “Al-osor al-boqiya an al-qurun al-holiya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) asarini Jurjonda muhojirlik davrida yoza boshlagan va 1000-yilda tamomlagan. Beruniy uni yozishga juda katta tayyorgarlik ko‘rdi. Qunt va matonat bilan turli xalqlar tarixi, madaniyati va tillarini o‘rgandi. Ilm-fanga oid asarlar juda kam nusxada va qo‘lyozma shaklida ayrim shaxslar qo‘lida saqlangan bir davrda yosh olim fanning turli sohalarini bu qadar egallab olishi, uning nihoyatda iste’dodli ekanini ko‘rsatadi[1].

Beruniyning G‘aznadagi davri uning ilmiy faoliyati uchun eng mahsuldor davr bo‘ldi. G‘urbatda hayot kechirgan olim o‘zining barcha vaqtini ilmiy-tadqiqot ishlariga sarf etdi. Beruniyning “Xorazmning mashhur kishilari” asari ham shu davrda yaratilgan.

Beruniyning mashhur “Hindiston” asari — “Tahqiq mo lil-Hind min ma’qula maqbula filaql av marzula” (“Hindlarning aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan ta’limotlarini aniqlash kitobi”) 1030 yilda yozilgan. Bu asar G‘arb va Sharq olimlari tomonidan yuksak baholangan. Mahmud G‘aznaviyning Hindistonga qilgan yurishlarida Beruniy shohga hamroh bo‘lgan. Garchi olimning Hindistonda qachon va qanday yashagani aniq bo‘lmasada, Xorazmdan olib ketilgandan keyin bir oz vaqt Hindistonning shimolidagi Nandna qal’asida yashagani ma’lum. Hindistonda sanskrit tilini puxta o‘rganish uning hind madaniyati, adabiyoti va Hindistonning o‘sha davr olimlari bilan yaqindan tanishishiga hamda bu mamlakat haqida o‘lmas asar yaratishga imkon berdi. “Hindiston” hajmi jihatidan juda katta asar. Unda hind adabiyoti, falsafasi, aniq fanlar, geografiya, elshunoslik, qonun va urf-odatlar, falsafa, din, tarixiy-diniy rivoyatlar, hind yozuvining turlari haqida ma’lumotlar bor. Hoz. zamon Hindiston olimlari Beruniyning bu asarini hind madaniyati tarixini yoritish nuqtai nazaridan juda yuqori baholaydilar va muhim manbalardan biri deb hisoblaydilar. Ularning ta’kidlashicha, Beruniy o‘z asarida bizgacha yetib kelmagan sanskritda yozilgan ko‘pgina manbalardan foydalangan[2].

Beruniy astronomiyaga oid “Al-Qonun al-Mas’udiy” (“Mas’ud qonuni”) asarini sulton Mas’udga bag‘ishladi. Kitobning qachon yozib tugatilgani aniq emas. Bu asar Beruniyning falakiyotga doir eng muhim asaridir. O‘rta asr olimlari bu asarni juda yuksak baholaganlar[4].

Beruniy fanning hamma sohalarida samarali ijod qilgan edi. Uning ilmiy merosi juda keng va rang-barang. Beruniyning ilmiy ish sohasidagi zo‘r qobiliyati uning ko‘pchilik zamondoshlari va keyingi olimlar tomonidan e’tirof etilgan. 1035— 36 yillarda Beruniy o‘z ilmiy ishlarining ro‘yxatini tuzadi. Bunda shu vaqtgacha yozgan kitob va risolalari 113 taga yetgani ko‘rsatilgan. Keyingi yozgan asarlarini ham qo‘shsak, u qoldirgan ilmiy meros 152 kitob va risoladan iborat. Uning asarlari mavzu jihatdan turli tuman. Ko‘pchilik asarlari o‘z zamonasida o‘ziga xos bir ensiklopediya hisoblangan. Asarlarining 70 tasi falakiyot, 20 tasi riyoziyot, 12 tasi geografiya va geodeziya, 3 tasi ma’danshunoslik, 4 tasi xaritagrafiya, 3 tasi iqlimshunoslik, biri fizika, biri dorishunoslik, 15 tasi tarix va elshunoslik, 4 tasi falsafa,18 tasi adabiyot va Beruniy fanlarga oiddir. Beruniy turli tillardan bir qancha ilmiy va adabiy asarlarni tarjima ham qilgan. Afsuski, hozircha olimning faqat 28 asarigina ma’lum. Qolganlari bizgacha yetib kelmagan yoki hali topilganicha yo‘q. Beruniy ijodini o‘rganish, uning asarlarini nashr etish, boshqa tillarga tarjima qilish ishlari o‘tgan asr oxirlaridan boshlandi. Uning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Geodeziya”, “Mineralogiya”, “Mas’ud qonuni”, “Munajjimlik san’atidan boshlang‘ich tushunchalar” va Beruniy asarlarining matni nashr etildi, turli tillarga tarjima qilindi. Tanlangan asarlari rus va o‘zbek tillarida chop etildi[5:79].

“Al Qonun al Mas’udiy” asarida yassi va sferik trigonometriyani bayon qilgan. Geografiya, geodeziya va geologiya fanlari sohasida ham Beruniyning qushgan hissasi beqiyos. Tasviriy geografiya sohasida Beruniy geografik adabiyotda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni umumlashtirib o‘ziga zamondosh bo‘lgan sayyoh va savdogarlar to‘plagan ma’lumotlar bilan uni yanada boyitadi. Olim qoldirgan geografik ma’lumotlarning ko‘pchiligi u yoki bu geografik masalalarni yoritishda Sharq adabiyotida birinchi manba hisoblanadi[8:266].

Beruniyning o‘sha vaqtda uncha ma’lum bo‘lmagan shimoliy o‘lkalar, Boltiq va Oq dengiz haqidagi ma’lumotlari, Sibirning “bizda yoz bo‘lganda, u yerda qish bo‘ladigan” joylari haqida xabarlari ayniqsa qiziqarli. Beruniy Xitoy va Tibetga tutash o‘lkalarni ham o‘zidan oldingi olimlarga nisbatan to‘la va aniq tasvirlagan. Ptolemeyga qarama-qarshi Atlantika va Hind okeanlarining janubiy tomoni bir-biriga tutashganligini isbotlab bergan. U Osiyo va Afrika qit’alari orasida bir vaqtlar bo‘g‘oz bo‘lgan va Yer sharining janubiy tomoni quruqlik bo‘lgan deb taxmin qiladi. U qoldirgan noyob ma’lumotlar sharq geografik adabiyotida muhim rol o‘ynagan[3].

Tarixda Amerika qit’asini 1492 yili oktyabr oyida dengiz sayyohi Xristofor Kolumb kashf etganligi qayd qilingan. Ammo bu borada Beruniyning ilmiy farazi mavjudligi ham ma’lum. Olim o‘zining “Hindiston” asarida yer yuzasining tuzilishi, dengiz va quruqlik to‘g‘risida gapirib, “…Yerning choragi ma’muradir. Ma’murani g‘arb va sharq tomondan Muhit okeani (Atlantika va Tinch okean) o‘rab turibdi. Bu Muhit okeani, yerning obod qismini dengizlarning narigi tomonida bo‘lishi mumkin bo‘lgan quruqdik yoki odam yashaydigan orollardan ikkala yoqdan (g‘arbdan va sharqdan) ajratib turadi…” deb yozgan. Shunday fikrni “Al-qonun al-Mas’udiy” asarida ham uqtiradi. Demak, g‘arbiy yarim sharda yaxlit bir quruqlikning, keyinchalik Amerika deb nomlangan qit’aning mavjudligini Beruniy yevropalik olimlardan 450 yilgacha oldin taxmin qilib, o‘z asarlarida bir necha bor yozgan. Beruniyning g‘arbiy yarim sharda katta quruqlik borligi to‘g‘risidagi fikri 15—16- asrlarda o‘z tasdigini topdi.

Hindistonning sobiq bosh vaziri Javaharla’l Neru “Hindistonning kashf etilishi” asarida ѐzadiki: “Beruniy yunon falsafasini o‘rganib, hind falsafasini mutolaa qilish uchun sanskrit tilini o‘rgana boshladi. Beruniy hind va yunon falsafasini bir-biriga solishtirib. bularda mavjud bo‘lgan umumiylikni ko‘rib, hayratda qoldi. Beruniyning kitobi daliliy materiallarni qamrab olish bilan birga, u urush, talon-toroj, ommaviy qirg‘inlar bo‘lishiga qaramay, fan ahllari o‘z ishlarini davom ettirganliklarini ko‘rsatib beradi. Ikki orani nafrat va xudbinlik kayfiyatlari buzib turgan paytlarda ham Beruniy begona odam bo‘la turib, bu o‘lka kishilari ahvolini tushuntirishga harakat qiladi”[7:246-247].

Rus sharqshunosi akademik I.Yu.Krachkovskiy ulug‘ olimning “Hindiston» asarini mutolaa qilar ekan, uning yunon tilini bilganligi shubhasizligini, keyingi yillardagi tekshirishlar buni ijobiy hal qilishga asoslar berganligini ko‘rsatib o‘tgan edi. I.Yu.Krachkovskiy M. Meyerxofga tayanib, uni Beruniy “sanskrit, grek, ibroniy, surѐniy tillarda o‘kib, o‘ziga kerakli narsalarni arab harfi bilan ѐza olganini qayd qilgan edi. “Hindiston”da keltirilgan iqtiboslar bu fikrning to‘g‘riligini ko‘rsatadi, chunki Gomerning “Iliada”sining to‘la tarjimasi u mahallarda arab tilida mavjud bo‘lmagan[6:406].

Uning Amudaryo vodiysining geologik o‘tmishi va Orol dengizining paydo bo‘lishi haqidagi xulosalari o‘sha zamonning eng muvaffaqiyatli geologik tahlillaridan biri hisoblanadi. Olim “Dengizlar quruqlikka, qurukliklar esa dengizga aylanadi” degan nazariyaga suyanadi.

Beruniy Markaziy Osiyo va umuman Yaqin Sharqda birinchi ilmiy globuslardan birini bunyod etgan edi. Bu globusda aholi yashaydigan joylar aniq ko‘rsatilgan va buning yordamida ularning geografik koordinatalarini aniqlash mumkin bo‘lgan.

Beruniy ijtimoiy nazariyalar sohasida ham samarali ijod etdi, bu sohalar rivojiga hissa qo‘shdi. Uning kupgina asarlari o‘z mohiyati bilan tabiiy fanlarning sohalari bo‘yicha ham, shuningdek o‘sha zamonlarda yashab o‘tgan xalqlarning ijtimoiy, xo‘jalik va siyosiy hayoti sohasida ham butun bir ensiklopediya bulib xizmat qilgan. Beruniy o‘zining “Kitob fi axborot ilmubayyizot valqaromita” (“Oq kiyimliklar va qarmatiylar xabarlari haqida kitob”) asarini O‘rta Osiyoda o‘sha davrda eng ilg‘or ijtimoiy harakatlardan biri bo‘lgan qarmatiylarga bag‘ishlagan. Keyinroq “Yodgorliklar”, “Hindiston” kitoblarini yozgan.

“Yodgorliklar” (“Alosor alboqiya”) podshohlar va mashhur shaxslarning tarixini yorituvchi va o‘sha davrning madaniyatini aks ettiruvchi tarixiy etnografik asardir. Asarning qimmati shundaki, u islomgacha bo‘lgan (Xorazmda) butun bir davrni ochish imkoniyatini tug‘dirdi. Bu kitobda yunonlar, rimlik, eroniy, sug‘diy, xorazmlik, harroniy (yulduzga sig‘inuvchilar), qibtiy, xristian, yahudiylar, islomgacha bo‘lgan arablarning yil hisoblari, turli bayram va mashhur kunlari mufassal tasvirlangan, unda ko‘p xalqlarning ma’naviy hayoti va tarixiga oid qimmatli ma’lumotlar bor[5:79-80].

Uning maxsus tabiatshunoslik masalalariga bag‘ishlangan kitoblari ham ijtimoiy fanlarning ko‘pgina sohalarini o‘ziga qamrab oladi. Bu xususda uning “Geodeziya”, “Mineralogiya” va Beruniy asarlarida tarix, adabiyot, tilshunoslik kabi sohalarga oid qimmatli ma’lumotlar jamlangan. Masalan, “Mineralogiya»da har bir qimmatbaho tosh yoki metallni tavsiflash jarayonida arab mumtoz shoirlarining o‘sha tosh yoki metall haqida yozgan she’rlaridan namunalar keltirilgan. Olim tarixni bayon qilishda diniy, irqiy farqlardan qat’i nazar, xolisona turish kerak, deb talab qiladi. Qiyosiy tahlil qilish metodidan keng foydalangan. Masalan, u hind ilmi va falsafasi, hindlarning diniy e’tiqodlari va urf-odatlari haqidagi ma’lumotlarni yunon falsafasi va mifologiyasi bilan solishtiradi.

Bilish nazariyasi xususida ham o‘ziga xos fiqolari bor. Uning fikricha, bilishning asosi, bizning dunyo haqidagi bilimlarimiz manbai bo‘lmish sezgi a’zolari orqali olingan bilimlardir. Umuman, ilmiy bilimlar haqida gapirar ekan, bu—aql idrok tufayli erishilgan yutuqdir, deydi. Olim bu sohada tajribaning ahamiyatini alohida ta’kidlaydi. U birinchilardan bo‘lib, Aristotelning fan sohasidagi xizmatiga yuksak baho berish bilan birga tanqidiy fiqolar ham bildirgan. Beruniy Aristotelning “tabiiy joy”, “dunyoning yagonaligi”, “ogirlik va yengillik” kabi tushunchalarini tanqid qiladi. Aristotelning “og‘ir” va “yengil” degan tushunchasidan farqli ravishda Beruniy Ibn Sinoga yozgan “E’tirozlar”ida hamma narsalarning yer markazi tomon tortilishi haqidagi fikrni olg‘a suradi. Bu, tortilish kuchi haqidagi nazariyani ishlab chiqish yo‘lida qo‘yilgan muhim qadam edi.

Beruniy ijtimoiy hodisalarni tushuntirishda geografik muhit, kishilarning moddiy ehtiyoji kabi omillar ahamiyatini hisobga oldi. Uning fikricha, tilning kelib chiqishiga odamlarning bir-biri bilan muomala qilishdagi ehtiyojlari, turlin fanlarning paydo bo‘lishiga esa ularning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari sabab bo‘lgan. Beruniy hokimiyatni nasldan naslga o‘tib turish qonun qoidasini umuman tan olsa ham, u yoki bu davlat arbobining hokimiyatni boshqarishga yaroqliligi uning davlatga rahbarlik qilishdagi qobiliyatiga bog‘liq, deydi. Beruniy ilm fanning buyuk homiysi va muxlisi edi. Mamlakatning obodonchiligi ilm fanning gullashiga bog‘liq, odamning baxti esa uning bilim va ma’rifatida, deb yozadi. U ma’rifat dushmanlariga, yomon urfodatlarga, adolatsizlikka qarshi edi.

O‘rta asrlarning buyuk olimi Abu Rayhon Beruniy nafaqat ilm-fanning turli sohalaridagi kashfiyotlari, balki ilmiy qiziqishlarining asosini tashkil etgan ta’limoti bilan ham mashhur bo‘lgan. Turli xil bilim sohalarida keng ma’lumot olgan Beruniy ko‘plab tillarni biladigan poliglot olimga aylandi, bu unga turli madaniy sohalardagi turli xil bilim manbalaridan foydalanish imkoniyatini berdi. Uning ilmiy qiziqishlari ko‘p qirrali yedi: astronomiya, matematika, fizika, kimyo, geografiya, falsafa va boshqalar. Beruniy turli madaniyat va dinlarni o‘rganishga alohida e’tibor berib, ko‘plab asarlarini bag‘ishlagan. Uning keng ilmiy qiziqishlari va keng dunyoqarashi uni o‘z davrining yeng ko‘zga ko‘ringan olimlaridan biriga aylantirdi.

Abu Rayxon Beruniy Markaziy Osiyo xalqlari tarixida ulkan iz qoldirgan buyuk olim, faylasuf va tarixchi olimdir. Uning asarlari Oʻrta Osiyo mintaqasi xalqlari madaniyati, tarixi, geografiyasi va ilm-fanining turli jabhalarini oʻrganishga bagʻishlangan.

Beruniyning xalqlarning urf-odatlari, tili va diniga mansub keng qamrovli tadqiqotlar olib borishi unga Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatiga oid qimmatli asarlar yaratish imkonini berdi. U mifologiya, astronomiya, matematika, tibbiyot va shu hududdagi qadimgi xalqlarning boshqa bilim sohalarini o‘rgangan.

Bundan tashqari, Beruniy turli xalqlar madaniyati va dinlarini qiyosiy tahlil qilgan birinchi olimlardan biri bo‘lib, Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatini zamonaviy tadqiq qilish uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Uning ijodi turli mavzularni qamrab olgan bo‘lsa-da, uning ijodida bu mintaqa xalqlari tarixi alohida muhim o‘rin tutadi.

Beruniy o‘z asarlarida O‘rta Osiyoning turli madaniyatlari, xalqlari va davlatlarini tadqiq qiladi. U mavjud tarixiy manbalarga tayangan holda bu hududning o‘tmishini sinchiklab o‘rganadi. Beruniy Oʻrta Osiyo xalqlarining tarixi, urf-odatlari, diniy maʼlumotlari bilan chuqur qiziqadi va bu bilimlarni oʻz asarlarida yetkazishga harakat qiladi.

Beruniy Markaziy Osiyodagi turli sivilizatsiyalarning tarixiy rivojlanishi va oʻzaro taʼsiriga alohida eʼtibor beradi. U hudud turli imperiya va davlatlar tarkibida bo‘lgan davrlarni, masalan, Makedoniyalik Iskandar imperiyasi va Turk xoqonligi davrlarini ko‘rib chiqadi. Beruniy ularning mahalliy aholi va madaniyatga ta’sirini tahlil qiladi.

Beruniy shu bilan birga Oʻrta Osiyodagi ismolitiylar, sunniylik, shialik va boshqa musulmon oqimlariga ham eʼtibor qaratadi. U ularning tarixi va e'tiqodlarini, shuningdek, boshqa dinlar va falsafalar bilan o'zaro munosabatlarini o'rganadi.

Abu Rayhon Beruniy O‘rta asrlarning atoqli olimi va faylasufi bo‘lib, uning fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi ulkan bo‘lgan. U matematika, astronomiya, fizika, astrologiya, algebra, geografiya, tarix va filologiyani faol o‘rgangan. Beruniy birinchi bo‘lib geografiya va yetnografiya sohasida keng qamrovli tadqiqotlar olib borgan va uning asarlari Yevropa ilm-faniga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Shuningdek, u ilmiy asarlarni yunon va Sanskrit tillaridan Arab tiliga tarjima qilish orqali madaniy rivojlanishga hissa qo‘shdi, bu yesa turli madaniyatlar o‘rtasida bilim va g‘oyalarni tarqatishga hissa qo‘shdi. Shunday qilib, Abu Rayhon Beruniyning ijodi o‘z davrining ilmiy va madaniy yo‘nalishlarining shakllanishi va rivojlanishida muhim rol o‘ynadi.

Shunday qilib, Abu Rayxon Beruniy ijodi bizga Markaziy Osiyo xalqlari tarixining noyob manzarasini ochadi. Bu bizga ushbu mintaqaning jahon tarixidagi ahamiyatini tushunish va qadrlash imkonini beradi, shuningdek, dunyoning ushbu qismining madaniyati va urf-odatlari haqidagi tushunchamizni boyitadi. Uning asarlari bilan biz o‘tmishdagi voqealarni chuqurroq anglab, tahlil qilishimiz mumkin, bu esa, o‘z navbatida, Markaziy Osiyo xalqlarining buguni va kelajagini yaxshiroq tushunish va shakllantirishga yordam beradi.

Demak, Abu Rayxon Beruniy ijodi O‘rta Osiyo xalqlari, ularning bu mintaqada madaniyat va ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi haqida qimmatli ma’lumot manbai hisoblanadi. Uning asarlari hamon tadqiqotchilarning o‘rganish ob’ekti, ulug‘vorligi va zakovati yodgorligi hisoblanadi.

Umuman olganda, Abu Rayhon Beruniy ijodi O‘rta Osiyo xalqlari va ularning tarixi haqida muhim ma’lumot manbai bo‘lib, uning asarlari mintaqaning zamonaviy tadqiqotchilari uchun qimmatli manba bo‘lib qolmoqda.

Abu Rayhon Beruniy ijodining merosi va ta’siri zamonaviylikka sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. U o‘z asarlarida astronomiya, matematika, geografiya, filologiya va falsafa kabi ko‘plab bilim sohalariga to‘xtalib o‘tgan. Uning matematika va astronomiyadagi faoliyati ushbu fanlarning rivojlanishi uchun asos bo‘lgan. Beruniy bugungi kunda katta ahamiyatga ega bo‘lgan Islom madaniyati va mafkurasini o‘rganishga ham ulkan hissa qo‘shgan. Uning turli fanlarni o‘rganishdagi usullari va yondashuvlari dolzarb bo‘lib qolmoqda va butun dunyo olimlarini ilhomlantiradi. Uning asarlarining dolzarbligi zamonaviy ilm-fan va ijod uchun chuqur va har tomonlama bilimlarning muhimligini ta’kidlaydi.

FOYDALANILGAN ADOBIYOTLAR

1. Eloktron resurs: http://forum.oyina.uz/kiril/generation/44

2. Eloktron resurs: https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/4-sentyabr-buyukqomusiy-olim-abu-rayhon-beruniy-tavalludiga-1040-yil-toladi.html

3. Eloktron resurs: https://qomus.info/encyclopedia/cat-b/beruniy-uz/

4. Eloktron resurs: https://ziyouz.uz/ilm-va-fan/tarix/manaviyat-yulduzlari/aburayhon-beruniy-973-1048/

5. Бешимов М. Ўрта аср шарқининг даҳоси. TAFAKKUR VA TALQIN Magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy maqolalar to’plami. Buxora 2019. – B. 79-80.

6. Бўриев О, Искандаров Ш, Хўжарёров А. Абу Райҳон Берунийнинг “Ҳиндистон” асари ноёб этнографик манба сифатида. Republican Scientific and Practical Conference. – Б.399-411.

7. Неру Дж. Открытие Индии. – М., 1955. – С.650.

8. Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 2-том. Тошкент 2001. – Б.266

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.